Publisher.uz

Description
Tilshunos va muharrir Yorqinjon Haydarov sahifasi.

O'zim uchun qiziq mavzular -- nashriyotlar va kitoblar, til, tarix, madaniyat, ilm-fan yangiliklari, mashhur shaxslar hayoti, kundalik voqea-hodisalar haqida yozib boraman.
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 months, 2 weeks ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 8 months, 1 week ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 10 months ago

2 months, 1 week ago

Navoiydan ikkita to‘rtlik
Xalq aro yaxshiroq deding kimdur?
Eshitib, shubha ayla raf’ andin,
Yaxshiroq oni bil ulus arokim,
Ko‘prak o‘lg‘ay ulusqa naf’ andin.

”Xalq ichida yaxshirog‘i kim?” desang, gapimni eshitgin-u, undan hech shubha qilma. Xalqqa ko‘proq foydasi tekkan kishini odamlar ichida eng yaxshisi deb bil.

Bu yozuq bas kishigakim, eldin
Har ne so ‘zkim eshitti, fosh etti.
Tog‘ eshitganni der, gunohidin
Go‘yiyo Tengri oni tosh etti.

Odamlardan eshitgan gapini boshqalarga aytib yurishning o ‘zi kishiga gunoh o‘laroq yetarli bo‘ladi. Tog‘ eshitgan narsasini aytadi, ya’ni aks-sado qilib qaytaradi. Go‘yoki shu gunohi sabab Alloh uni tosh qilib qo‘ygan.

@Publisheruz

2 months, 2 weeks ago

Yozish bo‘yicha tavsiyalar

1. O‘qing va kuzating. Har bir yozuvchi o‘quvchi bo‘lishiga kerak. Shuning uchun ko‘p kitob o‘qing. Hayotni har tomonlama kuzating, odamlar, voqealar va his-tuyg‘ularga e’tibor bering.

2. Sodda yozing. Fikringizni juda murakkab ifoda qilishga urinib, uni tushunarsiz qilmang. Oddiy, ravon va ma’noli so‘zlarni tanlang. O‘quvchiga gapingiz qanday ta’sir qilishini o‘ylab yozing.

3. Mulohaza qiling. Yozishdan oldin fikringizni to‘g‘ri shakllantiring. Nima yozmoqchi ekaningiz, nima uchun yozayotganingiz va bu kim uchun kerakligini aniq bilsangiz, matningiz ravon va ta’sirli chiqadi.

4.Har kuni yozing. Qancha ko‘p mashq qilsangiz, shuncha malakangiz oshadi. Hatto qisqa qayd, kundalik xotira bo‘lsa ham har kuni biror narsa yozishni odat qiling.

5. Qayta ishlang. Har qanday matnni bir marta yozish bilan tugatmang. Yozganingizni qayta-qayta o‘qing, keraksiz so‘z va jumlalarni olib tashlang. Fikringizni aniqroq va ravonroq ifoda qilishga harakat qiling.

6. O‘rinli tanqidlarni qabul qiling. Boshqalarning fikrini eshitishdan qochmang. Tanqid ijodingizni yanada rivojlantirish uchun zarur. O‘rinli tanqidlarni qabul qilib, o‘z ustingizda ishlang. Ayniqsa, hasadgo‘ylar, dushmanlar sizning kichik kamchiligingizni ham bo‘rttirib ko‘rsatadi. Siz o‘zingizga ko‘rinmagan aybni mana shunday "beminnat mikroskoplar" orqali ko‘rib, xatolaringizni tezda tuzatish bilan ag‘yorlaringizni "changingizda" qoldirib keting. Tanqidlardan aslo tushkunlikka tushmang, ortga qaytmang!

7. Ilhomni kutmang. Ilhom kelganda yozish zavqli, lekin ilhomsiz ham yozish mumkin. Dastlabki bir necha qatorni yozishga kuch topish bilan ilhomni "uyg‘otib oling".

8. Mazmunga e’tibor bering. Gaplarning chiroyli chiqishiga emas, balki ularning mazmuni qanchalik ta’sirli ekanligiga e’tibor qarating. Jimjimador so‘zlarning bir-biriga ulangani emas, ma’noli matn yaxshi matndir.

9. O‘z uslubingiz bo‘lsin. Biror yozuvchining uslubini takrorlashga intilmang. O‘z fikringiz, o‘z til va uslubingiz bo‘lsin.

10. Yozishni seving. Bu siz uchun og‘ir vazifa emas, yoqimli jarayon bo‘lsin. Yozish bilan yashang, nafasingiz kabi muhim bo‘lsin! Yozishdan zavq olishni o‘rganing, shunda ijod ham yoqimli va samarali kechadi.

@GiyosiddinYusuf

2 months, 2 weeks ago

Kun sayin qalami o'tkirlashib borayotgan do'stimiz G'iyosiddin Yusuf yozish ko'nikmasi bo'yicha yaxshi tavsiyalar beribdi.
Nazarimda, keltirilgan bandlar ichida shakllantirish eng qiyin bo'lgani 9-banddagi o'z uslubini shakllantirish bo'lsa kerak.
Foydalanib qoladigan joyi lekin deyisharmidi 😁👇

5 months, 3 weeks ago
[​​](https://telegra.ph/file/8994ef3ce17a43fa8dc46.jpg)[#yangikitob](?q=%23yangikitob)

​​#yangikitob

Bugun o'g'limga AsaxiyBooks'dan kitoblar sotib oldim. Ikkitasi "Dunyo daholari" turkumida nashr qilingan Muhammad Ali va Stiv Jobs haqidagi kitoblar. Rangli, rasmli, qog'ozi ham juda sifatli, muqovasi qattiq, xullas, yoshlarbop.

Muhammad Ali haqidagi kitobga ko'z yugurtirib chiqdim. Kitob qisqa-qisqa raund (bob)lardan iborat — har biri qahramon hayotining bir davrini yoki bir voqeani o'z ichiga oladi. Kitobda o'quvchini o'ylashga, o'zi uchun xulosa chiqarishga undovchi fikrlar va iqtiboslar talaygina. Xullasi kalom, menga yoqdi, o'g'limga ham yoqadi degan umiddaman.

Hozirgi gadjetlar zamonida bolalarga kitob o'qitish oson emas. O'g'limga turli kitoblar olib berib qiziqtirishga harakat qilganman. Shular orasidan "Britannika bolalar ensiklopediyasi" va Artur Konan Doylning Sherlok Xolms va uning do'sti doktor Vatson sarguzashtlari haqidagi hikoyalari unga juda yoqqan (ammo ko'pini inglizchada o'qigandi). Shuning uchun o'zimizning detektiv hikoyalarni ham o'qib ko'rsinchi degan ma'noda Omon Muxtorning "Sherlok Xolms Buxoroda yoxud sirli qo'lyozma tarixi" nomli detektiv hikoyalari to'plamini ham oldim. Ko'ramiz, ma'qul kelarmikan.

5 months, 3 weeks ago
Publisher.uz
5 months, 3 weeks ago
Икки нафар ўғлим бор: Акбар ва …

Икки нафар ўғлим бор: Акбар ва Алп Арслон! Шу кунларда учинчиси дунёга келгандек шодман, отини “Турон соғинчи” атадим!
“Излам” рукнида шу номдаги шеърий китобим босмадан чиқди. Бунинг учун Академнашрга, унинг раҳбари—замона жадиди Санжар Назарга, китоб муқовасини улуғвор ишлаган Баҳриддин Бозоровга ва барча нашриёт ходимларига миннатдорлик билдираман.
Сизларга ҳам бир юмиш бор: китобни сотиб олинг, совға қилинг, ўзингиз туғилган қишлоқ, ўқиган мактабларингиз кутубхоналарига улашинг! Нашриёт ва муаллифни қўллаб қувватлашнинг йўлидир бу!!!

Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo

Tel: 99 433-16-77

Manzil: t.me/Akademnashr/1461
Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)

10 months, 1 week ago

Qurbon hayiti muborak bo'lsin, azizlar!
Bayram shukuhi qalbingizni, xonadongizni to'ldirsin! ???

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 months, 2 weeks ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 8 months, 1 week ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 10 months ago