Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Xushnudbek.uz

Description
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
We recommend to visit

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 4 days, 22 hours ago

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 3 weeks, 1 day ago

🇪🇸 Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! 🗞

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

👨‍💻Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 1 year, 10 months ago

2 days, 6 hours ago

Yo‘l harakatiga oid qoidabuzarlik haqida ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa, haydovchilar jarima to'lamasligi mumkin

Bu haqdagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o'qishda qabul qilindi.

Loyihaga ko'ra, foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish tugatiladi.

👉 @xushnudbek 👈

3 days, 7 hours ago

O‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan

Shu kunlarda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. Unga ko‘ra, ustama olish uchun milliy sertifikat testidan o‘tib, tegishli ball to‘plagan o‘qituvchilar ayrim tushunmovchilikka duch kelishmoqda.

Ya’ni avvallari milliy sertifikat uchun test natijalari 100 ballik reytingda chiqarilardi, endilikda BMB testlar natijalarini hisoblashda Rash modeliga o‘tdi (batafsil).

Ammo o‘qituvchilarga ustama berishga oid hujjatlarda eski shkala qolib ketgani, hali hujjat yangilanmagani uchun tushunmovchilik yuzaga keldi.

Mazkur masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan bog‘landim va masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim.

Vazirlik ushbu muammodan xabardor hamda yechim sifatida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Hozirda hujjat loyihasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilib, eskpertiza uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.

Yangi loyihaga ko‘ra, avvalgi hisoblash tizimida olingan milliy sertifikatlar uchun 80 balldan yuqori ball olganlarga ustama belgilanadi. Yangi Rash modelida esa A va A+ darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa avvalgi hisoblash tizimida 60 ball olganlarga, yangi Rash modelida esa C+ yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilgan.

Albatta, bu hali loyiha xolos. Hozircha tasdiqlangani yo‘q.

❗️Taklif: o‘qituvchilarga ustama berish uchun talab etiladigan darajani avvalgidan ko‘tarib qo‘yilishi (har holda bir qarashda shunday tuyilmoqda), o‘qituvchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Bu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar yozilmoqda. Mas’ullar B+ daraja uchun ham ustama berish variantini ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq.

Savollar oson, bu test aslida abituriyentlar uchun” degan vajlar o‘tmaydi. Bunda o‘qituvchilarning aybi yo‘q. O‘qituvchiga mos imtihon tashkil qila olmayotganlarning muammosi bu aslida.

👉 @xushnudbek 👈

3 days, 8 hours ago

Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 22-apreldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.

👉 @xushnudbek 👈

1 week, 2 days ago
*****💥***** **Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi boshlanishiga …

*💥 *Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi boshlanishiga 2 kun qoldiTailandda bo’lib o’tadigan musobaqada O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi “B” guruhda to’p suradi.
1-tur
🇺🇿O‘zbekiston – Avstraliya *🇦🇺
🗓*** 17-aprel | 14:00

2-tur
🇮🇶*Iroq *– O‘zbekiston 🇺🇿*
🗓*** 19-aprel | 19:00

3-tur
🇺🇿O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni *🇸🇦
🗓*** 21-aprel | 19:00

Yigitlarimizga omad tilaymiz!

👉 @xushnudbek 👈

1 week, 3 days ago
Shavkat Mirziyoyev **18-19-aprel** kunlari rasmiy tashrif …

Shavkat Mirziyoyev 18-19-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo’lishi kutilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

1 week, 3 days ago

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda.

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi.

Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz.

👉 @xushnudbek 👈

2 weeks, 2 days ago

10-aprel, Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga BEPUL xizmat ko‘rsatadi.

👉 @xushnudbek 👈

2 weeks, 2 days ago

426 nafar shaxs afv etildi

Shavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 426 nafar shaxsni afv etish haqidagi farmonni imzoladi.

Afv etilgan shaxslarning 135 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 200 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 26 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 65 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 11 nafarini chet el fuqarolari, 50 nafarini ayol, 13 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 157 nafarini yoshlar (shulardan, 3 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

👉 @xushnudbek 👈

2 weeks, 2 days ago

*Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?*

Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bular:

🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.

👉 @xushnudbek 👈

3 weeks, 3 days ago

1-aprel, dushanba (22-kun)
Saharlik vaqti: 04:46Iftorlik vaqti: 18:50 (Toshkent vaqti)

Tavba. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.
Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya

👉 @xushnudbek 👈

We recommend to visit

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 4 days, 22 hours ago

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 3 weeks, 1 day ago

🇪🇸 Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! 🗞

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

👨‍💻Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 1 year, 10 months ago