@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Dunyoni yengaman, lekin qizimga
Ismingni qoʻyishga yetmas jur'atim.
Shuhrat Orif
Men seni koʻrdim-u, oʻsha-oʻshasan,
Haliyam turibdi yuzingdagi hol.
Yanoqlaring qizil, lablaring qizil,
Faqat xayollaring, hislaring behol.
Men seni koʻrdim-u, yodimga tushdi,
Qoʻshnimiz bogʻidan uzib olgan gul.
Baxtli boʻlmoq uchun qadam bosdik-u,
Baxtli boʻlmoq uchun topolmadik yoʻl.
Men seni koʻrdim-u, terakdek boʻlib
qottim, nafas olish orzu tuyildi.
Bir sas chiqarolmay, bir soʻz deyolmay,
Tishlarim tagida tilim oʻyildi.
Men seni koʻrdim-u, va'dalar berib,
Oʻylarim ichida qaytdim izimga.
Hali yillar oʻtar farzandli boʻlsam,
Ismingni qoʻyaman toʻngʻich qizimga...
© Bahodir JOVLIYEV
Koʻnglimga yorugʻlik nurini soch....
Menga balo urmaydi,
Sen qiynama joningni.
Yomgʻir yogʻsa olib yur,
Gullik soyaboningni.
Axir, sochlaringni ham,
Qizgʻonaman tomchidan.
Bilasan-ku rashk qilsam,
Qon tomadi qamchidan.
Mayli rashkni qoʻyatur,
Shomollasang netaman.
Yomgʻirni-ku bilmadim,
Jonim abgor etaman.
Bu yerning bulutlari,
Yosh toʻkadi faqat yosh.
Bizga baxtlar yarashar,
Erkatoyim qalamqosh.
Soʻzimni ikki qilma,
Iltimosmas bu talab.
Soyaboning boʻlmasa,
Olib beray oʻntalab.
Menga balo urmaydi,
Sen qiynama joningni.
Yomgʻir yogʻsa olib yur,
Gullik soyaboningni...
© Bahodir Jovliyev
Sizning UTOPIYAngiz bormi?
✍Muhammadali Gʻafforov
🎤Bahodir Jovliyev
— Fuzuliy yaxshi kitob, — dedi Kumush, — men ham yolg‘iz qolg‘an kezlarimda bu kitobdan boshimni ololmas edim, sizammi?
Bu oliyjanob go‘zalga nima deyishni bilmas, qayerdan so‘z boshlashqa hayron edi:
— Kim yig‘latdi sizni?
— Yig‘labmanmi?
— Ko‘zingiz, kiprakingiz...
— O‘zi shunaqa...
— Yig‘latg‘an men emasmi?
— Kitobni nega yopdingiz? Ochib o‘qung, men eshitay.
— Ota-ona rizolig‘ini bir tomchi ko‘z yoshingizga arzitdimmi?
— Men rozi, men ko‘ndim, — dedi daf’atan Kumush, bu so‘zni nimadandir
qo‘rqg‘andek shoshib aytdi.
— Ko‘ndingiz... nega, a?
Otabek hayrat va taajjub ichida edi.
— Negaki, — dedi Kumush, — men sizga ishonaman...
— Shuning uchun...
— Shuning uchun ko‘ndim...
— Ko‘nglingiz farishtalar ko‘nglidek.
— Sizning ham ko‘nglingiz...
Ikki jon, ikki yurak go‘yoki bittadek bir-birisini onglar, birisidan-birisiga o‘tib yurar edi shu vaqt.
— Bo‘lmasa nega yig‘ladingiz?
Bu savoldan Kumush bir muncha o‘ngg‘aysizlanib, uyat aralash bir tabassum bilan:
— O‘zim... — dedi va keyinidan o‘zining hamma tilak va shartlari ma’nosini jam’i
bo‘lg‘an, — menim unutmaysizmi? — degan so‘rog‘ini berdi. Ul nima deb aytishka so‘z topolmay qoldi. Chunki yurak sirini ifoda qilarliq jumla topish mumkin emas edi. Javob berish o‘rniga o‘zicha so‘zlandi:
«Ota-ona orzusi...»
— Bilaman, — dedi ovutquchi tovush bilan Kumush.
— Manim orzumni ham bilasizmi?
- Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan
Bir tush koʻrdim bugun
tong otar mahal,
seni farishtalar turar koʻrsatib.
Azizim,
sevikli bandalarin Haq,
Bir kuni yoʻllarin qoʻshadir nasib!
✍️ Bahodir Jovliyev
🎙️ Shahina Usmonova
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago