Unlock a World of Free Content: Books, Music, Videos & More Await!

Eng yaxshi+

Description
Hazil viruslar yaratish, qiziqarli darsliklar, dasturlash... - barchasi SINALGAN!
We recommend to visit

🤗 Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot 👇

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

💠 Elon va Garant: @TonyYT

💠 Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing 👇👇👇

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

👆👆👆 Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

😎 Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


💰 Reklama: @Xojisaid

6 years, 10 months ago
9-may — Xotira va qadrlash kuni. …

9-may — Xotira va qadrlash kuni. Bugun tarixiy kun.
Keling, shu bugungi yorug' kunimiz uchun jon fido qilgan haqiqiy insonlarni yod etaylik...
@UZPROBOYS

6 years, 11 months ago

* UZPROBOYS kanallaridan qaysi biri sizga ko'proq yoqadi? 📊 Sevimli kanalingizga ovoz bering...*

@DollarUZB – 196
👍👍👍👍👍👍👍 46%

@MusiqaUZ – 57
👍👍 13%

@BilimdonUZ – 37
👍 9%

@Vocabuilder – 27
👍 6%

@FanatUZ – 24
👍 6%

@iLovalarUZ – 22
👍 5%

@TubeUZ – 22
👍 5%

@TgBetaUZ – 15
👍 4%

@EngYaxshi – 12
▫️ 3%

@FonUZ – 11
▫️ 3%

👥 423 people voted so far. Poll closed.

6 years, 11 months ago

Smartfonlarda batareya quvvati tez tugab qolmasligi uchun nima qilish kerak?
@EngYaxshi
XXI asrda dolzarb muammoga aylanib ulgurgan yana bir masalardan biri, bu "Battareya charchashi" shunday emasmi?

Endigina yangi telefon olsangizu, uning quvvati ko'pga bormay o'chib qolaversa, bu holat kimga ham yoqar edi?!

Ushbu muammo bo'yicha bir qancha foydali maslahatlar berib o'tishni lozim topdik. Ular quyida ko'rsatilgan:
- Hech qachon telefoningiz batareyasini 0% ga tushurib keyin quvvatlagichga qo'ymang, bu eng katta xato.
- Telefoningiz quvvati 20% - 30% qolganda uni quvvatlagichga ulang.
- Telefoningiz quvvatlagichda bo'lganda undan foydalanmang, o'yin o'ynash haqida gap bo'lishi mumkin emas.
- Qurilma 100% quvvatlanishini kuting.
- Telefoningizni birinchi kun olganingizda, u 16 - 18 soat quvvatlanishi shart emas, 100% bo'lsa yetarli.

Qachonki yangi telefon olsangiz, sotuvchi sizga qurilma quvvati 0% gacha tugatilsin, keyin 16 - 18 soat quvvatlagichda tursin deydi, ammo bu shart emas.

Ma'lumot uchun:
- Batareya 20% dan kam qolgandan, mobil ineternetdan yoki Wi-Fi'dan foydalanayotgan bo'lsangiz, ammo quvvatlagichga ulash imkoni bo'lmasa, darhol ineterneti o'chiring, chunki batareya internet yoniq holda tezroq sarflanadi.

Yangi batareya sotib olganingizda, u eskisidak ishlamasligi mumkin, bu tabiiy hol, sababi telefon o'zi bilan kelmagan batareyani, uncha xushlamaydi, chunki ba'zi bir parametrlar to'g'ri kelmasligi mumkin.
@EngYaxshi

6 years, 11 months ago
Smartfoningiz batarekasi tez tugab qolyaptimi?

Smartfoningiz batarekasi tez tugab qolyaptimi?
Unda navbatdagi maqola aynan siz uchun!
@EngYaxshi

6 years, 11 months ago

💠 Suvda atom bormi?
Yoxud Internet haqida siz bilmagan faktlar...

Menimcha barcha "Suvda atom bormi?" retro hajviyasini eslasa kerak. Yaqinda bir ma'lumotga duch kelganimda aynan shu hajviya esimga tushib ketdi.
Nima deb o'ylaysiz internet nima orqali uzatiladi butun dunyoga?

Agar menga shu savolni 1 oycha oldin berishsa Sputnikdan, havodan, antenalardan, hech bo'lmasa internetdan deb javob berardim. Internetdagi ma'lumotlarning 99 foizi suvdan uzatilar ekan. Tasavvur qilyapsizmi biz doim ishlatadigan internet (aminmanki hozir ham ishlatayapsiz) SUVDAN uzatiladi.

Ozroq tarixga sayr qilsak. Ko'pchiligingizga Yevropadan Amerkikaga telegramma jo'natish uchun suv ostidan telegraf kabellarini o'tkazishgani ma'lum bo'lsa kerak. Gap shundaki, internet ixtiro qilinganda olimlar ma'lumot uzatishni boshqa yo'lini topishmagan ekan. Shuning uchun shu paytgacha suv ostidan internet uchun 278 ta kabel o'tkazishgan.

Hozirda Rossiya qandaydir sabablarga ko'ra bu kabellarni kesayapti. Olimlar 2019-yilga kelib internetni asosiy qismini sputnikdan uzatishga va'da berishyapti. Lekin bu haqda to'liq kelgusi maqolada gaplashamiz. Yashasak birga o'qiymiz 😉

Shunday ekan sizga savol: Suvda atom bormi?!.
Bu maqolani internetdan foydalanadigan barcha do'stlaringiz bilan bo'lishing. Aminmanki, ularga albatta qiziq bo'ladi.
@EngYaxshi

6 years, 11 months ago

*👤ANONIMUS👤***
3-qism

🌐 Anonimus Eron senzurasiga qarshi

2009-yil Eron prezidenti saylovida mojaro ro'y berdi. Davlatda tartibsizlik vujudga keldi. Xalq junbushga keldi. Oldingi Prezident Mahmud Ahmed Nejat saylov natijalarini soxtalashtirgandi. Barchasini bosdi-bosdi qilish uchun, ya'ni boshqa nomzodlar jahon ko'magiga ega bo'lmasligi uchun Eron hukumati televideniyada va internetda salbiy maqolalarni chekladi.
Anonimusga bu yoqmadi! Anonimus guruhidagilar eronlik hamkorlari yordamida "Aniq bo'lmagan eron" nomli sayt yaratishadi.
Saytni kuniga 27 ming odam kuzatardi. Ularning harakati besamar ketmadi. Bir nechta davlatlar Eron bilan aloqalarni uzishdi.

🌐Anonimus Nigeriya Iqtisodiyotiga qarshi

2012-yilda Nigeriya hukumati tomonidan mamlakatda yoqilg'i taqchilligi uyushtirildi. Natijada aholining kambag'al qismi (bu Nigeriyada ko'pchilikni tashkil qiladi) mashinadan voz kechisiga to'g'ri keldi.
Bunga javoban 2013-yil yanvar oyidan Anonimus va Nigeriyadagi hakerlar Nigeriya hukumatiga qarshi ish boshlashdi. Ular Nigeriyaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashuvchi davlat qo'mitasining rasmiy saytiga kiber hujum uyushtirib undagi axborotlarni o'zlashtirishdi va uni keng ommaga oshkor etishdi. Ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda nochorlikka qarshi hech qanday chora ko'rilmayotgandi...
@EngYaxshi

6 years, 11 months ago

📜Esimda o'sha damlar, o'zi uchar gilamlar...

Agar mendan "baxtli bo'lish uchun nima qilish kerak?" yoki "baxt uchun nimalar kerak?" deb so'rasangiz, men "Xohish" deb javob beraman. Shunchaki "Baxtli bo'lishni xoxlayman!" deyish emas, chin dildan, yuragingiz tubidan chiqishi kerak.

...shaxsan men baxtli bo'lish uchun 500-600 metrcha yurdim. Qaranga baxtli bo'lish qanchalar oson va o'z navbatida qanchalar qiyin. Mening aylanishga chiqqan vaqtim tunga to'g'ri keldi. Osmonga termular ekanman bolaligimdagi tun esimga tushib ketdi. Hammada ham shunday tun bo'lgan bo'lsa kerak.

O'sha damlar esimda...
Ochiq osmon ostida shundoqqina hovlida solingan o'rin. Osmonga qarab yulduzlarni kuzatib, oyni tomosha qilib yotibman. Shu payt birdan yurayotgan yulduzga ko'zim tushdi. Men "ana yulduz yurayapti" - dedim. Oldimda yotgan mendan 2 yosh katta amakivachcham esa "Yo'q, u yulduz emas, uchayotgan samalyot. Samalyot tunda chiroqlarini yoqib uchadi" - dedi. Qanchalar beg'ubor bolalik... Shu tarzda baxtli voqealar bir-biriga ulanib ketdi.
"Birinchi marta velosiped haydaganim", "husnixat fanidan 5 baho olganim" (ha bu men uchun haqiqiy quvonch edi chunki yozuvim yumshoq qilib aytganda shifokorlarnikidan ozroq yaxshi)... Barcha eslagan voqealarim quvonchli edi deyolmayman. Orasida eslashni xoxlamaydiganlarim ham bor edi. Ularga esa shunchaki e'tiborimni qaratmadim. Hayotimda eslashga arzigulik ko'p voqealar bor ekan. Hali endi hayotimni 17 yilini bosib o'tgan bo'lsamda, bulardan qanday qilib xursand va baxtli bo'lmaslik mumkin?

Agar mendan "baxtli bo'lish uchun nima kerak?" deb so'rashsa, men "Xohish" deb javob beraman...
@EngYaxshi

6 years, 11 months ago

*👤ANONIMUS👤***
2-qism
"Internet olami Robin Gudlari"

🌐 Robin Gud haqidagi maqolalar seriyasini davom ettiramiz. Anonimusni bunday atashni menga bir do'stim taklif qildi.
Aynan mos nom, shunday emasmi?!

🌐 Anonimus Xela Tyornerga qarshi

2006-yilning dekabr oyida Anonimus guruhidagilar Amerikalik radioboshlovchi Xela Tyornerga dars berib qo'yishga ahd qilishdi. Xela Tyorner fashistlikni oqlardi va Gitlerni yomon odam bo'lmagan deb hisoblardi. "Robin Gudlar" Xela Tyornerning internetdagi veb-saytini buzishdi. Qizig'i shundaki, veb-sayt bir necha ming dollar turardi.
Xela Tyorner Anonimusni sudga bermoqchi bo'ldi, lekin bundan hech nima chiqmadi. Chunki unda bu ishni ular qilganligi haqida dalillar yo'q edi.

🌐 Anonimus Xitoy hakerlariga qarshi

2011-yilda AQSh Davlat Xavfsizlik Xizmati ularning serveriga bir necha bora hujum bo'lganligini va bir qancha elektron pochtalarning parollari o'g'irlanganligini ma'lum qildi. Bunda butun davlat xavf ostida qoldi. Sal o'tib bu operatsiya Xitoy Xalq Respublikasi buyrug'i bilan Xitoylik hakerlar tomonidan uyushtirilgani ma'lum bo'di. Kim bundan xabardor qildi deb o'ylarsiz? Albatta bu paytda Anonimus maydonga chiqdi.
Anonimus guruhi Xitoy hakerlarining forumiga kiber hujum uyushtirdi.
Forumda keyingi hujumlar haqida gaplar borar edi. Anonimus olingan ma'lumotlarni AQSh Xavfsizlik Xizmatiga taqdim etdi. Ular esa o'z navbatida o'zining serverlarini shu ma'lumotlar orqali mustahkamladi.

💠 Bu maqolani tangani bir tomonini ko'radigan do'stlaringiz bilan ulashing. Balki ular hakerlar haqidagi fikrini o'zgartirar.
@EngYaxshi

6 years, 11 months ago

🎁Uzoq kutilgan SOVG'A!

🎁Bugun jamoamiz siz uchun o'zining 12-kanalini e'lon qiladi.
Bu kanal rosa 2⃣ oydan ortiq vaqt davomida sinov rejimida ishladi.
BUGUN U TAYYOR!
-----------------------------

*🇬🇧VOCABUILDER🇬🇧***

@Vocabuilder
Ingliz tilidan lug'at boyligingizni oshirmoqchimisiz?
#elementary \
#intermediate→ levellar
#advanced /
Shunchaki kanalda o'z levelingizni tanlang va o'zingiz kutmagan marralarga yetishingizga ishonamiz!
Ingliz tilini o'rganish bizda BEPUL!

@UZPROBOYS - katta maqsadli kichik jamoa

6 years, 11 months ago

💠Mif — "SPAMdan chiqish"

💠 Yaqinda bir tanishim bilan telegram tarmog'ida keng tarqalgan cho'pchakni sinab ko'rdik: rostan ham ish beradimi yoki yo'q. Spamga tushgan odamga ko'p odam profiliga yozsa chiqib ketadi degan gap yuradi telegramda. Tanishim butun umrlik spamga tushgan edi. Birdaniga unga ko'p odam yozishi kerak edi. Agar shunchaki guruhlarda yoki kanalda odamlardan iltimos qilsak, albatta ish bermas edi. Chunki ko'pchilik odamlar "spamga tushib qoldim menga yozib yuboringlar" degan yozuvga e'tibor bermasdi. Shuning uchun biroz ayyorlik ishlatdik. "Clash o'ynashdan zerikdim. Llichkamga birinchi yozgan odamga 9 th bazamni berib yuboraman" qabilida sms tarqatdik. Ishonsangiz, haliyam clashga qiziqadiganlar bor ekan! Yoki tekinligini eshitib shunchaki omadini sinab ko'rmoqchi bo'ldimi...
Ishqilib 2 kun ichida 50 tacha odam lichkaga yozdi.
💠 Endi esa natijalarga kelsak: SPAMdan chiqishdan darak yo'q. @spambot ham o'sha-o'sha javobni qaytaryapti.
💠 Shunday ekan so'ngi xulosa. Spamdan bu usulda chiqib bo'lmaydi. Shuning uchun spam tugashini kuting yoki unga tushmaslikka harakat qiling. Aytgancha eslatma : "Clash o'ynashdan zerikdim lichkamga birinchi yozgan odamga 9 th bazamni berib yuboraman" - kabi smslarga ishonmang. Oson joyda osh bo'lmaydi.
Bu maqolani spamga tushib qolgan yoki qizlarni lichkasiga ko'p yozadigan do'stlaringiz bilan bo'lishing. Zero ular ham bekorga qimmatli vaqtini sarflamasin.
@EngYaxshi

We recommend to visit

🤗 Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot 👇

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

💠 Elon va Garant: @TonyYT

💠 Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing 👇👇👇

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

👆👆👆 Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

😎 Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


💰 Reklama: @Xojisaid