Online Olimpiada

Description
Bu kanalda barcha fanlardan online testlar o'tkaziladi.

🤖 @online_olimpiada_bot

🔗 https://www.youtube.com/@online_olimpiada

💳Donate:
https://tirikchilik.uz/online_olimpiada

Reklama:
@online_olimpiada_ads

Admin:
Muhriddin Fayziyev
@MuhriddinFayz
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

1 month, 1 week ago

🏢 BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI HUZURIDAGI ILMIY - O‘QUV AMALIY MARKAZI TOMONIDAN “OXFORD TEST OF ENGLISH” HAMDA “OXFORD TEST OF ENGLISH ADVANCED” XALQARO IMTIHONLARI TASHKIL ETILMOQDA

👤 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Oxford Test of English” hamda “Oxford Test of English Advanced” imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish my.uzbmb.uz sayti “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 10-fevral soat 10:00 ga qadar davom etadi.

🖥 Imtihon 20-fevral kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy, Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

“Oxford Test of English” hamda “Oxford Test of English Advanced” imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga “Oxford University Press” tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

❗️Ushbu sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar jahonning nufuzli OTMlarida tahsil olishlari mumkin!

💰 Imtihon topshirish narxi - 1 300 000 so‘m.

🔽 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
➡️ USTIGA BOSING

🔽 Test namunalari:
➡️ Oxford Test of English Advanced

Manba: Bilimni baholash agentligi

@online_olimpiada

1 month, 1 week ago
1 month, 3 weeks ago

#Eslatma

Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi.

ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283

@online_olimpiada

4 months ago
***⚡️***Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

Bugun 11-noyabrdan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 17-noyabr 23:59 ga qadar davom etadi.

?18-noyabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

? Test sinovlari  30-noyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

@online_olimpiada

4 months ago
***⚡️*** **2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet …

⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

??‍? Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

? Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

? Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Manba: Bilimlarni baholash agentligi

@online_olimpiada

6 months, 2 weeks ago

⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

? 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov undiriladi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.

Manba: Bilimni baholash agentligi

@online_olimpiada

7 months ago

*❗️Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi*

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

**⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

@online_olimpiada

7 months ago
7 months ago

*❗️Abituriyentlar diqqatiga!*

Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 10-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin.

Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar.

Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin.

Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling.

Barchaga omad!

@online_olimpiada

7 months, 1 week ago

**Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

? JAVOB: Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun** dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:

31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

? Asos: Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoni.

Manba: xushnudbek

@online_olimpiada

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago