Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 Monat her
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 Monate, 2 Wochen her
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 Jahre, 6 Monate her
Mashinani 130 km/s tezlikda haydasa ham uchrashuvga kech qolgan murda.
Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo'lsin!
Darsdan so‘ng
Kimnidir koyidi chekkani uchun.
Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham.
Mashq daftarlarin yig‘di-da, so‘ngra
Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam.
"Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi?
Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr.
Bu safar ham ikki qo‘ymay turaman,
Ertaga qolganlar topshirsinlar. Xayr".
Qish kuni — bir tutam. Qoraygandi qosh.
Ikkilandi. O‘tmak kerak, axir, qirdan.
Eri ham kelmadi olib ketishga
"Ko‘ngli sovidimi..." — vahm etdi birdan.
Hamkasb dugonasi qistovga tutib,
"Tunab keting, — dedi . — Kech bo‘lib qoldi"
Ko‘nmadi. Qo‘ltiqlab mashq daftarlarni
Uyga yolg‘iz o‘zi yayov yo‘l oldi.
Ovul tugab, endi qirga chiqqanda
Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh.
Yo‘ldan qaytmoqchi ham bo‘ldi bir o‘yi.
"O‘g‘lim xastalanib qoldimikan yo..."
Yuragini battar vahima bosdi,
Qamradi tundan ham battar bir qo‘rquv.
O‘nqirmi, cho‘nqirmi, o‘rmi, qir demay
Yana ketaverdi, ketaverdi u.
Mudhish bir sharpani ilg‘adi nogoh,
Razm solsa qashqir. Qilardi ta’qib,
Esladi yirtqichning qo‘rqishin o‘tdan,
Iziga bir daftar tashladi yoqib.
Qashqir to‘xtab qoldi. So‘ng — yana, yana,
Muallima omon topgan bu olov
Yirtqichga berardi ilojsiz sabr.
Yo‘lovchi — yoqardi, qashqir — to‘xtardi,
Tin olardi ikkov har daftarda bir.
Yo‘l uzoq, tun qaro, qashqir esa och,
Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat.
Uyga yaqin qolgan vaqtda tutadi
Muallimda daftar, qashqirda — toqat.
Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda,
Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi.
Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi
Hammadan ham yomon yig‘ladi.
No‘noq nazmim uchun afv et, xalqim,
Na olim, na fozil, na so‘z piriman.
O‘z vaqtida daftar topshira olmay
Qolgan bolalarning biriman.
Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi
Yozgan she’rlarimni oshiqlar.
Men yaxshi bilaman, qo‘shiqlarim jo‘n,
Bilaman, bular bir oddiy mashqlar.
Lekin... ketmakdasan kelajak sari
Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan.
O‘zimcha asragim keladi seni
Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan.
Men mashq bajaraman, yozaman har kun
Daraklar, so‘roqlar, xitoblarimni.
... Sen yo‘l bo‘yi yoqib tashlab ketaver
Qashqirlar qo‘rqquvchi kitoblarimni.
Matnazar Abdulhakim
Yolgʻon gapira olmaydigan soqov.
Barselona - xavfsiz emas. Kissavurlar, o'g'rilar juda ko'p.
Bir necha oy oldin Barselona shahrini aylanib yurganimizda 2 ta fransuz kampir kelib, rasmga olib qo'yishimni so'ragan. Rasmga olganman. 10-15 daqiqadan keyin shu 2 ta kampir qaytib yonimga kelib, rasmga tushishda sumkasini skameykaga qo'ygani, rasmga tushgunicha o'g'irlab ketishganini aytgandi.
Yaqinda bir o'zbek qiz Facebook'da yozdi: 3 kun oldin Barselonaga kelgan ekan. Sumkasini o'g'irlatib qo'yibdi. Ichida hujjatlari, ATM kartasi, noutbuki va boshqalar bo'lgan. Endi kelgandim, nima qilsam bo'ladi, siz anchadan beri shu yerda ekansiz, maslahat bering dedi.
Politsiyaga xabar berishni aytdim (boshqa nima ham qilardim). Keyin Ispaniyadagi O'zbekiston elchixonasi kontaktini berdim. Facebook'da MDHdan kelganlar guruhi bor edi, uni ham linkini berdim. Boshqalar ham narsasini o'g'irlatgani haqida postlar ko'rgandim. Tajribasi bilan bo'lishadi.
Barselonaga kelganda shaxsiy buyumlaringizga niyohatda ehtiyot bo'ling.
Kanalga ulanish?*?***
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Biz tarjima qilgan navbatdagi kitob sotuvda“Azbobooks” loyihasi buyurtmasi bilan “Alibaba: Jek Ma bunyod etgan maskan (Alibaba: The House That Jack Ma Built)” kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan edik.
Kitob sotuvga chiqibdi.
Kitob oliygohni moliyaviy qiyinchiliklar bilan bitirgan oddiy ingliz tili oʻqituvchisining (Jek Ma) qanday qilib dunyoning eng qimmat kompaniyalaridan birini yaratgani va jahon iqtisodiyotini oʻzgartirib yuborgani haqida hikoya qiladi.
Kitobni oʻqir ekansiz, Jek Ma zamonaviy dunyoda insonning muvaffaqiyatga erishishida zarur boʻlgan xislatlarning aksariyatini oʻzida jamlaganiga guvoh boʻlasiz:
– Kuchli iroda, maqsad va maslakka ega boʻlish;
– Tap tortmas, dangal va hatto, ayrim oʻrinlarda “surbet” boʻlish;
– Insonlarni qanday boʻlmasin oʻziga ishontirish va ruhlantirish;
– Mohir notiq boʻlish;
– Turli vaziyatlardan mohirona va “shafqatsizlarcha” foydalanish va h.k.
Shuningdek, Jek Ma inson biror sohada muvaffaqiyatli boʻlish, shu sohaning magnati, milliarderi boʻlish uchun bu soha haqida toʻla bilimga ega boʻlish shart emasligini ham isbotlaydi.
Kitobni oʻqishni tavsiya qilaman.
Tarjimonlar: Maqsud Salomov va Gulsanam Roziqova
Muqova: Yumshoq
Hajmi: 400 bet
Narxi: 45000 soʻm
Buyurtma uchun:Telefon:
+998555000207
+998994817100
Telegram: @azboboooks
Yetkazib berish xizmati mavjud.
Janubiy Koreyada hojatxonadan foydalanganlarga pul toʻlay boshlashdiJanubiy Koreyadagi Ulsan milliy fan va texnologiya instituti professori Cho Je Veo inson axlatini biogaz va ogʻitga aylantiradigan hojatxona ishlab chiqibdi – BeeVi hojatxona. Bu hojatxonadan foydalanganlarga axlati uchun elektron pul (Ggool) toʻlanyapti ekan.Hojatxona mexanizmi axlatni metan gaziga aylantiradi, gaz esa universitet binosi uchun energiya manbasi boʻlib xizmat qiladi.
Hojatxonadan foydalanuvchi talaba kuniga 10 Ggool ishlab olishi va yigʻilgan elektron pullariga kofe, nudl, meva yoki kitoblar xarid qilishi mumkin. Ggoollarni maxsus QR kod orqali telefonga yigʻib borish mumkin.
Bir kishi kuniga oʻrtacha 500 gramm axlat ishlab chiqaradi, bu 50 litr metan gazi degani. 50 litr metandan esa 0,5 kilovat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi yoki avtomobilni 1,2 km masofaga haydash uchun foydalanilishi mumkin.
Bu xabarni oʻqib, Oʻzbekistondagi pul toʻlab kiriladigan jamoat hojatxonalari xayolimga keldi. Ayniqsa, bir shahardan ikkinchiga taksida borayotganda yonilgʻi quyish shoxobchalari yaqinidagi hojatxonalar: ayrimlari shu qadar iflos, badboʻy va yoqimsizki, eng soʻnggi chora sifatidagina kiradi odam.
Kanalga ulanish?****https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 Monat her
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 Monate, 2 Wochen her
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 Jahre, 6 Monate her