Aziza Shokirova

Description
Avval orzulab yozasan, keyin xotirlab...
Yavru kuş, rüzgarın kızı...

Murojaat uchun @hiloledu
https://t.me/turktilisozlashuv_ibrat
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

hace 2 meses, 2 semanas

Bugünkü dersimiz çok güzel geçiyor 🤩

@AzizaShokirova

hace 2 meses, 2 semanas
hace 2 meses, 2 semanas

@Baxthidi kanalidan rostakam baxt isi taralgandek tuyilarkan. Bir kirib ko’ring, faqat muhabbatni his qilasiz. Bu esa yoqimliiii))))

hace 5 meses
Keting,

Keting,
Sizga ehtiyojim yo'q,
Sevib bo'ldim Sizsiz o'limni.
Yana ming yil yashasangiz ham,
Tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Kutmang,
Sizga bermayman ortiq,
Umrimning bir lahzasini ham,
Yuragimni yulib tashlayman,
Azoblarga topaman chidam!

Hechqisi yo'q,
Yashab ketaman!
Sizdan yorug', sizdan balandroq.
Nasib ekan so'ngsiz o'limni
Tirik murda bilan ko'tarmoq.

Qoldirmoqqa urinmang, illo,
Boqmang ilhaq, intiq, g'amangiz.
Menga behad yolg'on tuyular,
Ishqqa o'xshab ketgan ta'mangiz.

Nima qilay,
Shunday Ayolman,
Tabiatan va yoki dilan:
Sevsam juda qattiq sevaman,
Ruhim, jismim, hayotim bilan!

Ammo bildim.
Siz butkul boshqa!
Buloqdirsiz-sokin va beg'am.
Anglamaysiz, bir kuni aytmay,
Poyingizda suvsab o'lsam ham.

Yo'q, bu ishqni ko'tarolmaysiz,
Sizni ezar tahqir va ta'qiq.
Bu dunyoda eng go'zal sevgi,
Hamisha xor, mahkum, mustahiq!

Keting,
Sizga ehtiyojim yo'q!
Sevsam endi sevgum O'limni.
Yana ming yil yashasangiz ham
Tushunmaysiz, afsus, ko'nglimni...

Zebo Mirzo

@AzizaShokirova

hace 5 meses
[#Olis\_yaqin\_ovozlar](?q=%23Olis_yaqin_ovozlar) **Garov**

#Olis_yaqin_ovozlar Garov

Qalbda uvvos solib yig‘lar orzular,
Sog‘inch torlaridek uzilgan rishta.
G‘ururing, g‘ururim sinamoq uchun,
Kel, garov bog‘laymiz sog‘intirishdan.

Bir dam tin olsaydi sog‘inchga to‘lgan,
Osmonni ko‘targan kuraklarimiz.
Bu galgi bahsimiz biroz o‘zgacha –
Garovga qo‘yilgan yuraklarimiz.

To‘xtatib qo‘ysaydim jallod nigohing
Nayzadek ko‘zimga sanchilgan damni.
Azizim, shu qadar og‘ir ekan-a
Sog‘inish qarshingda turgan odamni.

Qara, ko‘ryapsanmi, shul g‘ururni deb,
Charchadik biz o‘zni ovuntirishdan.
Sen bo‘lding, men bo‘ldim, biz bo‘lolmadik...
Garov bog‘laymizmi sog‘intirishdan?

Aziza ShOKIROVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

hace 5 meses
***

​​Соатлаб айланган кир мошин
яхши кўрган кўйлагингнинг
тортиб олар нимпушти рангин,
Гулнинг хира сояси кўнглингдаги ғашни тиниқлаштирар вақт ўтган сари
(хато қилмагансан)

Ёруғлик ва зулмат аро
мукаммал ранг излаб
бой берасан энг шаффоф лаҳзаларни
қуёшнинг нуқси урар
сафсар япроқларга
қўлингда жон берар дунёнинг энг гўзал ранглари
(хато қилмагансан)

судралиб келасан уйга,
бир-биридан ширин табассумдан чиқар чарчоғинг
бугуним уларники, қўл силтайсан шовқин дунёга,
болага айланиб ўйнашга шайсан,
болага айланасан:
телбага қарагандай ҳайрон боқар сенга топ-тоза нигоҳлар
(хато қилмагансан)

Дунё - тескари:
кутганинг келмайди,
кутилмаганда келар кутганинг.

Башорат Отажонова

T.me/Bashorat_Otajonova

hace 5 meses

Yaqinda kanaldagi hamma o’zini “Usmon Azim she’rlari” kanalida o’tiribman, deb o’ylab qolmasa bo’lgani)))

hace 5 meses
БАЛЛАДА

БАЛЛАДА

Кўзимдан кўра
Юрагим кўпроқ йиғлади.
Оёғимдан кўра
Югурди кўпроқ.
Қўлларимдан ортиқ
Меҳнат қилди у.
Лабларимдан ортиқ
Лабларни севди.
Ватанни севди у
Жонимдан ортиқ.

Кўзимни мақтадилар —
Оёғини тагини кўради.
Қўлларимни мақтадилар —
Жуда меҳнаткаш.
Лабларимни мақтадилар —
Оғизни очирмайди.
Оёғимни олқадилар —
Беминнат югурдак...

Юрагим ёнидан жимгина ўтдилар.
Қичқирдим:
— Ҳей, қаранг, юрагим бор, мана!
— Душман! — дедилар улар.
— Душман — дедилар
(ўйлаб ўтирмай).

Усмон Азим

@AzizaShokirova

hace 5 meses, 1 semana

Ayrim sabablarga ko’ra o’zim bora olmagan bo’lsam ham, qalban yoningizda edim. Rasmim ham bor ekan ana??

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago