Arab tilini oʻrganamiz | al-ArabicUz • A1 - A2 🇸🇦

Description
بسم الله الرحمن الرحيم🤲

Arab (soʻzlashuv) tilini birgalikda oʻrganamiz ...
Boshlovchilar uchun manfaatli boʻladi degan umidda ochildi, inshaalloh...

Boshqa loyihalarimiz : • @KibrUz 📚

Murojaat uchun : @Kibrjoniy
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

3 months, 4 weeks ago
**بسم الله الرحمن الرحيم*****🤲***

بسم الله الرحمن الرحيم🤲

**Alloh taologa hamdlar va yo'l boshchimiz bo'lgan, Payg'ambarimiz Muhammad Mustofo salollohu alayhi va sallamga salovat-u salomlar bo'lsin.

🕌 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Birozgina tanaffusdan soʻng biz yana qaytdik. Xoʻsh nimalar oʻzgardi.
Tajriba oshdi. Bilimlar oʻsdi. Endilikda kun ora arab tiliga oid postlar joylab boriladi.
Qisqasi endi yoʻq boʻlib qolish yoʻq. Biz bilan qoling, inshaalloh hammasi zoʻr boʻladi. Alloh barchamizdan rozi boʻlsin@AlArabicUz - Jannat tilini birgalikda oʻrganamiz📚**

1 year ago

Yaxshi, inshaalloh tarovehdan keyin video yozaman) ...

1 year ago

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Ming bora uzr azizlar kanalga maʼlumot joylashga oxirgi paytda vaqt topa olmagan edim!

Lekin hech kimga kerak yoki foydali boʻlmayaptimi, kanalga lugʻat joylanmagan vaqtda hech kim joylashni soʻrashmadi!

Kanalni qanday tarzda yuritgan avzal. Yaʼni qanday boshlaganimiz yaxshi oʻz fikr-mulohazalaringizni #comment da yozib qoldiring.
Bu kelgusidagi kanal rivoji uchun muhim!)

1 year, 1 month ago
1 year, 1 month ago
1 year, 1 month ago

Endilikda har kuni 10-tadan arab-o‘zbek lugʻatlar tarjimasi, yozilishi va oʻqilishi #harKun10Lugat hashtegi ostida tashlab turiladi.
Video darslar ishonchli Youtube kanallaridan manba bilan olinib kanalga har 3 kunda joylab turish rejada mavjud.
Bizni kuzatishni davom eting ...

?@alArabicUz ☪️

1 year, 1 month ago

**Arab tili tarixidan...

Arab tili – Somiy tillar guruhining janubiy tarmogʻiga mansub til. Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrikaning shimoliy yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Mumtoz Arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri (5 – 7-asrlar) shoirlarining ogʻzaki ijodlarida namoyon boʻla boshlagan. Qur’oni Karimning nozil boʻlishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada goʻzallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. Arab tili lahjalar asosan 3 sababga koʻra yuzaga kelgan: 1) arab adabiy tiliga quraysh qabilasi (Makka) shevasida nozil boʻlgan Qur’oni Karim tili asos boʻlgan, zero oʻsha vaqtlardayoq Arabiston yarim orolda yashovchi qabilalarning tillarida turli tafovutlar bor edi; 2) hozirgi arab dunyosining aksar qismi kelib chiqishi arab boʻlmagan xalqlardir. Ular islom taʼsirida arablashgan. Ularning hozirgi soʻzlashuv tilida islomgacha mavjud boʻlgan ona tillarini unsurlarining boʻlishi, tabiiy; 3) arab dunyosining aksar qismi gʻarb istilochilari hukmronligi ostida boʻlganligi hududiy lahjalarning jiddiy farqlanishiga olib kelgan. 2010 yilgi maʼlumotlarga koʻra, arab tilida soʻzlashuvchilar soni 290.000.000 kishiga yetgan.
Hozirgi Arab alifbosida 28 ta harf va 12 ta yordamchi belgi bor. Keyinchalik Islomning Ajam mamlakatlariga ham yoyilishi yozuvda qisqa unlilarning boʻlishini zaruratga aylantirdi. Natijada mil. 688 yilda Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul Asvad Duvaliyga nahv(sintaksis) darsligi yaratishni buyurdi. U qisqa unlilarni a, i, u harf ustiga, ichiga va ostiga nuqta qoʻyish bilan belgiladi. Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid ibn Abdul Malik Marvon davrida amalga oshirildi.Ibn Xallikon "At-tashif" ("Notoʻgʻri talaffuz") kitobida shunday yozadi: odamlar qirq yildan ziyod, to Abdul Malik ibn Marvon zamonigacha Usmon musʼhaflarini oʻqishda davom etdilar. Hozirgi kunda arab tilidan butun dunyo xalqlari keng foydalanib kelishmoqda.**

Manba xadicha.uz & wikipedia

?@alArabicUz*☪️***

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago