? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Assalomu alaykum!
Challenge'da qatnashganlardan uzur so'rayman!
To'y harakatlari bilan bo'lib oxirgi 3 kunlik ko'rsatkichlaringizni, yakuniy natijalarni hali yozganim yo'q. Uzur so'rayman!
Challenge 24-sanada tugadi!
Har safar shu metodni bajarganimda o'zimni boshqacha his qilaman.. Bir muddat ko'zingizni yuming. Chuqur nafas oling. Yoshligingizni eslang. 6 yoshar siz.. Unga o'shanda nima yetishmagandi ? Atrofida yaqinlari bo'lsa ham mehr kamdek tuyulganmi? E'tibor yetishmaganmi?…
Har safar shu metodni bajarganimda o'zimni boshqacha his qilaman..
Bir muddat ko'zingizni yuming. Chuqur nafas oling. Yoshligingizni eslang. 6 yoshar siz..
Unga o'shanda nima yetishmagandi ?
Atrofida yaqinlari bo'lsa ham mehr kamdek tuyulganmi? E'tibor yetishmaganmi? O'zi istagan muhabbatni ololmaganmi? Unga ishonishmaganmi?
U nimani istardi? Ota-onasi undan faxrlanishinimi? Uni eshitishlarini, uning fikrini inobatga olishlarinimi? ..
Hayolan uni quching. Yig'lagisi kelsa yig'lashiga qo'yib bering. Quching, boshini silang. Uni yaxshi ko'rishlarini, qadrlashlarini ayting. Hammasi o'tib ketishini, bir kun o'zi istagan kunlariga yetishishi mumkinligi haqida gapiring ...
Istasangiz kundalik tuting, istasangiz xat yozing. Ancha yengil tortasiz )
Ma’no izlab
Youtubedagi kliplari millardlab ko’rilgan. Konsertlari stadionlarni to’ldirgan. Qo’shiqlari 100 million$ dan ko’proq pul keltirgan. (Chester, Bennington, linkin park)
Komediya, TV, Kinofilm yo’nalishlarining hammasida muvaffaqiyatga erishgan. Gremmi, Oltin Globus, Emmi Sovrinlarini olgan. Butun dunyo taniydigan aktyor bo’lgan. (Robin Williams)
35-yoshida Peru Prezidenti bo’lgan. Partiyasi tarixida prezident bo’lgan yagona odam. Prezidentlik paytida davlati iqtisodini Xitoynikidan ham tez o’stirgan. Kambag’allikni ikki barobar kamaytirgan. (Alan Garcia)
5-yil Janubiy koreya prezidenti bo’lgan. Koreya wonini kuchli valyutaga aylantirgan. Davlatni dunyoning 10-iqtisodi darajasiga olib chiqqan. Boshqaruvdan keyin fermerlik qilgan, blog yozgan. (Roh Moo-Hyun)
Eng boy davlatda tug’ilgan. 21-yoshida butun dunyoga DJ (Avicii) sifatida tanilgan. Ijodi o’nlab xalqaro reytinglarda birinchi o’rinlardan tushmay kelgan. Dunyo bo’ylab uning musiqasi qo’yilmaydigan klublar qolmagan. (Tim Bergling)
Aslida ro’yxat uzun. Cho’zmayman. Tepadagi odamlarni nima birlashtirib turadi?
Ular hammasi yaqin yillarda o’z joniga qasd qilishgan.
Hayotni mazali qiladigan narsa yutuqlar emas, ma’no. Muvaffaqiyat quvlamang, ma’no quvlang.
Qoyillatib qo’ying
-Bu klubga qo’shilishingiz kerak Aziz aka.
-Nega?
-Ilm olasiz.
-Ilm olish yo’llari ko’p.
-Network qilasiz. Mana bu va mana bunday odamlar bilan tanishasiz.
-Nima qilaman tanishib?
-Iye, hamma ular bilan tanishishni orzu qiladi. Bekorchi vaqti kam. Ko’p ish qilib qo’ygan odamlar. Ular sizni tanishi faqat plyus bo’ladi.
-Yaxshi g’oya berdingiz.
-Qanday g’oya?
-Ko’p ish qilib qo’ygan, bekorchi vaqti kam odam bo’lish g’oyasi.
-Ho’p, klubga qo’shilasizmi?
-Yo’q. Yuqoridagi odam bo’lish uchun ishlash kerak. Klub esa vaqtimni oladi.
-Imkoniyatni boy beryapsiz aka
-Ishingizni qoyillatib qo’ying. Imkoniyatlar kelaveradi.
*❗️Albatta, o'qing!!!*
Talabaman! 2-3yil o'qib izlanib talaba bo'lish nasib etdi. Vodiyda o'qish qiyin ekan!!!
O'qishga kirsam mazza, oq ko'ylak galstuklarni taqib kastyum shimlarda hammani ozimga qaratib yuraman, hamma menga havas qilib boqadi))) shunday o'ylardim.
— To‘g‘ri menga havas qilishyapti.
Lekin yuragim chetida bir nima kamdek!!!
— Bugun uydan pul keldi. Juda juda hursandman. Faqat pul emas pul bilan birga yaxshi ko'rishimni bilgan onam pista, bodom bervorishibdi. Faqat shuginamas uydaligimda! Oyiii pishtimi noniiiz qorin ochib kettikuuu! deb baqirgan paytimda oldimga kuyib pishib yanoqlariga qora tekkanini ham sezmasdan isssiq nonni oldimga qo'ygan onam yana shu nondan ham yuborishibdi. Pulni bir o'rtog'im olib keldi. Dadam pul berishsa dadasi bilmasin deb yoniga oz-moz yashirganini ham qo'shib beribdi onam.
Dadam bo‘lsa ayasi bilmay qo'ya qolsin o'g'il bolasilar bu pul yetmaydi begona joy deb ular ham yonidagi pulni qo'shib berishibdi.
Bugun gaplashdim onam o'rtog'ing yetib bordimi dedi.
— Raxmat onajon yetib keldi. Onam hudoga shukr yaxshi o'qinglar bolam dedi. Rahmat onaaa deyolmay tilimga so'z kelmadi. Bo'g'zimga yig'i tiqildi. Yana onam o'g'lim oyog'ingdagi tuflingni rangi menga yoqmasdi boshqa ovolgin deyishdi.
— Ehh onaa deb to‘xtab qoldim?. Sizgakuu tufligimni rangi yoqmabti boshqa ool deysiz o'ziz qachon yangi kiydingiz onaa?.
Kastyum shim kiyib birovga yoqishni o'ylabmanu, o'z jannatimni unutayozibmanku men nodon. Otam bolsa qizlar qale deb xazil qilishdi?. Kulgim kelib bo'g'zimdagi yig'i tarqab ketti. Yana o‘g'lim pul ozgina kam bo'lib qoldi o'zing kelganingda olib ketarsan. Yana o'sha yig'i bo‘g'zimni bug'di. Esimda dadam issiq kurtka olsam bo‘larkan deb yurgandi. Dada kurtka oldizmi dedim. Yoq o‘g'lim dedi biroz o'ylanib. Bittasi qarz so'ragandi shunga bergandim pulimni...
Ehhh dada men oldimkuu shu qarzni bugun sizdan. Hech narsa deyolmay qoldim hech narsa.
Dada o‘zim tel qilaman chaqirib qolishti deb zo'rg'a telefonni qo‘ydim. Menimcha hammaning ota-onasi o‘z farzandini o‘zidan ko'p yaxshi ko'radi.
Biz bo‘lsak hali vaqt boor deymiz. Tog'ri vaqt boor!!! Eendigina 21 ga kirdim. Xato o‘ylaymiz! 21ga kirgunimcha 21 yilga qarishtiku otam, onam. Tun-u kun telefon chuqulab qizlarga shirin gapirguncha onangga bir og'iz ona sizni yaxshi ko‘raman degin!!! Qizlarga aytsang ishonmadim ishontiring deydi sen onangga aytgin nima derkan. O'ylab o‘tirmasdan ehh oppog'im bolam sendan boshqa suyanchig'im bormi bu dunyoda. Shu gapni tinglaysan.
Sizdan iltimos ota onangizni bir yo'qlang. Rahmat! Hammamizning ota-onamiz baxtimizga sog'-omon bo'lishsin. O'qishilarga OMAD. Ota-onalarimizni qadriga yetaylik baxtimizga sog‘ bo'lishsin!!!
Imkon topsangiz yaqinlaringizga ham ulashing!
Safimizga qoʻshiling ?****
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
O'qishga kira olmagandan keyin nima qilmaslik kerakKo'p blog va boshqa manbalar o'qishga kira olmagan abiturientlarga turli xil maslahat va takliflar bilan chiqyapti. Shu sababdan yana bu haqida yozish biroz ortiqcha. Uning o'rniga men o'qishga kira olmay qolgan uka, singillarimizga nima qilmaslik kerakligi haqida ba'zi tavsiyalarni aytib o'tmoqchiman.
➡️ Tushkunlikka tushishO'qishga kira olmadingiz degani siz noshud, bilimsiz, "luzer"siz degani emas. Balki biroz dangasalik qilgandirsiz yoki biroz bosimni yenga olmagandirsiz, lekin bu butun umr shunday qoladi degani emas. Ehtimol siz o'z qobiliyatlaringizdan umuman boshqa tomonga qarab ketayotgandirsiz. Bu holatda o'qishga kira olmaganingiz 1 yil yo'qotganingizni emas, 4 yil asrab qolganingizni anglatadi.
➡️ Shoshib harakat qilishO'qishga kira olmaganingiz xabari albatta sizni xafa qilgani aniq. Uning ortidan esa turli xil xususiy universitetlar, agentliklar yoki o'quv markazlari reklamalari siz tomonga qattiq hujumga o'tgani ham aniq. Bu holatda eng muhimi shoshmaslik kerak. Hozirgi holat 5-6 yil avvalgidan ancha yaxshi. Variantlar 3-4 kun yoki 2-3 hafta ichida ham hech qayerga ketib qolmaydi. Shu sababli "shoshilgan qiz..." degan maqolga amal qilib, o'ylab olish uchun o'zingizga vaqt bering
➡️ Qiziqish, qobiliyat va maqsadlaringiz haqida o'ylab ko'rmaslikO'qishga kira olmaslik siz uchun o'z maqsadlaringiz haqida qayta va obdon o'ylab ko'rish uchun ajoyib imkoniyat. O'qishga kirib ketganlarda bunday imkoniyat yo'q. Shuning uchun o'tirib o'zi nimani xohlaysiz, qaysi sohada qobiliyatingiz bor, o'zi to'g'ri yo'nalishga topshiryapsizmi yoki odamlar gapi bilan ish qilyapsizmi o'ylab ko'rishingiz mumkin. O'qishga kirib keyin uni tashlab ketishga qaror qilgan odamlar yetarlicha. Ba'zilarda bu to'g'ri qaror bo'lgani shubhasiz. Lekin yanayam to'g'ri qaror boshidan shu ishni to'g'ri qilib ketish bo'lardi.
➡️ O'qishga kirishdan boshqa yo'lim yo'q deb o'ylashO'z maqsadini yaxshi anglagan odam universitet va diplom shu maqsad yo'lidagi bir yo'l va bu kabi yo'llar yuzlab topilishi mumkinligini yaxshi biladi. Siz ham o'tirib o'ylab ko'ring, balki bir yil yaxshiroq tayyorlansangiz, ingliz tilidan balandroq natija ko'rsatsangiz yoki ozroq pul yig'sangiz oldingizda maqsadingizga tezroq yetishtiradigan yaxshiroq yo'llar ochilar
➡️ Xatolardan xulosa chiqarmaslikAlbatta siz noshud emassiz, lekin nimanidir noto'g'ri qilganingiz yoki yetarlicha harakat qilmaganingiz aniq. Buni tan olishingiz va qaytarmaslikka harakat qilishingiz kerak. Hech kim sizni o'zingizdan ko'ra yaxshiroq bilmaydi va hech qaysi odam o'zingiz "simptom"larini aytib turmasangiz, sizga to'g'ri "tashxis" qo'ya olmaydi. Shuning uchun "kasalni" aniqlash va davolash uchun avvalo o'zingiz tashabbus ko'rsating
O'qishga kira olmagan abiturientlar ota-onalari uchun:
ℹ️ "O'qishga kira olmabdi" deb qizingizni turmushga, o'g'lingizni Rossiyaga jo'natib yubormangFarzandingizhayotingizdagieng katta javobgarliklaringizdan biri. Ularni har bir muvaffaqiyati kabi, muvaffaqiyatsizligida ham sizning o'rningiz bor. Agar siz qizingiz bir yil o'qishga kira olmagani uchun ersiz qolib ketadi yoki o'g'lingiz shu bilan Rossiyada qora ishchi bo'lib ishlashdan boshqasiga yaramaydi deb hisoblasangiz unda bu uchun o'zingizda ham kattagina ayb bor.
Albatta, har bir inson vaziyati o'zi va Yaratganga ayon. Lekin ayni hozirgi qiyin vaziyatda eng avvalo siz Farzandingiz oldida unga yelkadosh bo'lishingiz kerak.Postdagi gaplar yuzaga kelgan vaziyatni mo'jizaviy tarzda yaxshilab qo'ymasa ham, biroz bo'lsada yumshatishiga umid qilib qolaman.
Eng muhimi unutmang: 5 yildan keyin bo'lgan ishni "Yaxshiyam shunday bo'lgan ekan" deb eslash uchun hali barcha imkoningiz oldinda© Qudratxo'ja Musayev
? 16-22 yoshdagilar uchun: @tengdoshimga
Aytmasam ham botga kunlik natijalarini tashlayotganlarga juda ham katta rahmat! Tarbiya bergan Ota-onangizga rahmat! Huddi shunday intizomli, mas'uliyatli bo'lishdan charchamang
Assalomu alaykum!
Ozgina shaxsiy masalalar bilan bo'lib oxirgi kunlari passive bo'lib qoldim. Buning uchun uzr so'rayman sizlardan! Xudo xohlasa ertadan yana avvalgi holatga qaytamiz??
... ta'sir qildi
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid