Amir Temur va Temuriylar tarixi

Description
Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlari tarixi eng mukammal tarzda faqat bizda!

Muhokama guruhimiz: @Temuriylar_tarixi

Murojaat uchun
@AmirTemurtarixi_bot


Foydali ma'lumotlar:
@Temuriylartarixibot
Advertising
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 7 hours ago

✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"

Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!

REKLAMA: @aslfutbol_reklama

INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol

Last updated 2 days, 10 hours ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 3 months, 1 week ago

2 months ago
***??*****Telegramda manfaat olish mumkin boʻlgan Siyosat …

??**Telegramda manfaat olish mumkin boʻlgan Siyosat , Tarix , Geografiya va boshqa turli sohalarga 30 dan ortiq kanallar jamlanmasini sizlarga taqdim etamiz.

Siz ushbu "Ilmiy" jildimiz orqali koʻplab bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin.**Kanallarga a'zo boʻlish uchun ushbu yozuv ustiga bosing.

2 months ago
**Mafkuraviy kurash fronti. Oʻzbek tarixchilarining Temur …

Mafkuraviy kurash fronti. Oʻzbek tarixchilarining Temur shaxsiyatini tiklash va oqlash yoʻlidagi harakatlari

Jadid maʼrifatparvarlari yangi usul maktablarida tarix fani oʻqitishni, millat farzandlarini xolis oʻtmish bilan tanishtirishni oʻzlarining muqaddas burchi sifatida bilgan. Ular sovet mafkurachilarining buyuk o‘zbek tarixiy shaxslarini qoralash kampaniyasiga qarshi chiqqan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3032

Rasmiy sahifalarimiz?

Telegram | Facebook | YouTube | X

2 months ago
**Мирзо Улуғбек таваллудининг 630 йиллиги кенг …

Мирзо Улуғбек таваллудининг 630 йиллиги кенг нишонланади

Қарорга кўра, 2024 йилда Самарқанд шаҳрида Мирзо Улуғбек таваллудининг 630 йиллиги кенг нишонланади. Мамлакатдаги Мирзо Улуғбек номи билан боғлиқ обектлар, шу жумладан, Мирзо Улуғбек шарафига барпо этилган ёдгорлик мажмуалари мукаммал таъмирланади ва уларнинг ҳудуди ободонлаштирилади.

Батафсил ? Ўқиш

Каналга уланиш ? @hudud24official

4 months, 3 weeks ago
6 months, 2 weeks ago

TURON

Darsxona. Koʻzoynak taqqan ustozu
Oʻn-oʻn besh ilmga chanqoq bolalar,
Tizzasiga yamoq tushmagan orzu,
Deraza ortida koʻm-koʻk dalalar,
Yanogʻida esa loyqa oqar suv
Ilonday choʻzilgan ufqqa qadar... –
Dunyoning eng goʻzal manzarasi shu!
(Ikki dunyoniki boʻlmasa agar?!)
Yurakni gʻash qilar ovozi boʻrning,
Koʻksin kerib turar yozuv taxtasi.
Ustoz der, “Avlodimiz Amir Temurning,
Sizlar esa buyuk Turon bolasi”.
Bir soʻzga boyidi lugʻatim shunda,
Buncha goʻzal ekan vatanim ismi.
«Turon» deb pichirlab yotardim tunda,
«Bobo, – derdim tagʻin. – Sogʻindim sizni!».
Derazadan sinib tushgan oy nurin
Xayolan qoshiqlab ichmaganmisiz?
Yoki tushingizda yuztuban boʻlib,
Qishlogʻingiz uzra uchmaganmisiz.
Nogahon koʻksingiz toʻlib gʻururga,
«Sohibqiron bobom!» demaganmisiz.
Maktabdan qaytishda «loy jang»laridan
Yuzingiz shilinib kelmaganmisiz.
U kunlar yodini avaylab-asrab,
Bu kunlar dodiga qoʻshib aytaman.
Boboga noloyiq nabira sabab
Zil-zambil qaygʻuga choʻkib qaytaman.
Men ojiz noshudni kechiring, bobo,
Orzular etagin tuta olmadim.
Choʻntakka pul kirsa, faqat kayf-safo,
Ayolga suyuldim, chopsa omadim.
Ajdodlarim qilich solishgan yerda,
Kun boʻyi yalpayib, pista sotaman.
Vatanni sotarman amalga minib,
Neki bor, qoʻlimga tushsa, sotaman.
Nohaqliklarga ham ketaman koʻnib,
Shoirman, bobojon, gap desa, qop-qop.
Turonni ham oldik, maydalab boʻlib,
Ruhingiz hurmati, qilmadik insof.
Kechiring, bobojon!
Yuragim yigʻlar,
Siyqa hayotimdan koʻnglim toʻlmaydi.
Yamoq tushdi Turon xaritasiga,
Choklaridan goho oʻtib boʻlmaydi!..
Darsxona. Koʻzoynak taqqan ustozu
Oʻn-oʻn besh ilmga chanqoq bolalar,
Ot sotib olishni qilardik orzu,
Minib yursak derdik, Turon oralab…
Minnatdorman bobom nomi tirkalgan
Koʻzoynakli tarix darsxonasidan.
Oʻpib qoʻygim kelar, tunda pichirlab
«Turon» degan bola peshonasidan!

Bek ALI

Kanalimiz: @AmirTemurtarixi

7 months ago
*****?*****[**#FAKT**](?q=%23FAKT) **BUYUK XITOY DEVORI.

*?*#FAKT BUYUK XITOY DEVORI.

Aqlbovar qilmas uzunlikdagi Buyuk Xitoy devori 21 196 km uzunlikga ega. Aytishlaricha, bu devor kosmosdan ham ko'rinar ekan. Devorning qurilishiga 2 000 yil vaqt ketgan.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, devorning har bir kilometri $303 000 ga teng. Demak, umumiy hisobda bu Buyuk Xitoy devori $42 mlrd ga qiymatga ega.
══════════════**

7 months ago

**Yekaterinburgda Amir Temur qabrtoshining bir qismi topilganmidi?

Bizga o'tgan asr 40-yillarida Temurbekning qabri buzilgani va keyinroq Stalin buyrug'i bilan qayta ta'mirlangani ma'lum. Ammo 2015-yili Yekaterinburg o'lkashunoslik muzeyida Temur qabrtoshining eskiroq qismi topilgan. Bu bo'lak, aniqlanishicha 1868-yili shaharni bosib olgan va Go'ri Amirga zarar yetkazgan rus askarlari, aniqrog'i ofitser Baranov tomonidan Rossiyaga olib kelingan. Bu muzeyga yana ko'plab temuriylar qabrtoshlari keltirilgan va keyinchalik sotib yuborilgan. Eslatib o'tamiz Go'ri Amirga ilk va katta zarar yetkazgan shaxs Nodirshoh bo'lib, u ko'plab qabrlarni buzib, bir qancha boyliklar va Temurning shaxsiy qurollarini Eronga olib ketgan. Ammo rivoyatga ko'ra tez orada oilasida baxtsizliklar vujudga kelib, tushida bezovalana boshlagan afshorlar shohi Temurning qabrtoshi ustidagi qimmatbaho nefrit toshini Samarqandga qaytargan. Temur qabrini buzganlar uchun ofat yog'ilishi haqidagi ilk afsonalar ana o'sha davrdan boshlangan.

Kanalimiz 1391-yili Amir Temur Ulitov tog'larida To'xtamishga qarshi jang oldidan suratdagi toshga quyidagilarni yozdirgan:
“Qo'y yilida yetti yuz qora to'qmoqlar bo'lgan mamlakatda, bahor oyining o'rtalarida Turon Sultoni Temurbek ikki yuz ming lashkar bilan Toxtamish xonga yurish qildi.  Bu joyga yetib borib, xotira bo'lishi uchun ushbu tepalikga toshni o'rnatdi.  Xudo adolatni bersin!  Alloh odamlarga rahm qilsin!  U bizni rahm-shafqat bilan eslasin! "

Bu tosh yozuv hozir Ermitaj, Peterburgda. Uning ortga  qaytarilishi gumon.

Tosh yozuv arab, chig'atoy va uyg'urda yozilgan.

Kanalimiz** @AmirTemurTarixi

7 months ago

**Kuch adolatdadir.

Amir Temur**

9 months, 1 week ago

“Amir Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy filmining treyleri eʼlon qilindi

Oʻzbek kinoijodkorlari Samarqand amiri, atoqli sarkarda, Registon bunyodkori Amir Bahodir Yalangtoʻshga bagʻishlangan tarixiy badiiy film ishladi. Film premyerasi Navroʻz bayrami arafasiga reja qilingan.

Kanalimiz: @AmirTemurtarixi

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 7 hours ago

✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"

Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!

REKLAMA: @aslfutbol_reklama

INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol

Last updated 2 days, 10 hours ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 3 months, 1 week ago