Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.
Contact: @borz
Last updated 1 month, 2 weeks ago
Official Graph Messenger (Telegraph) Channel
Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph
Donation:
https://graphmessenger.com/donate
Last updated 8 months, 3 weeks ago
O'qishni bitirib, eng birinchi ishimga qabul qilinganimga 7 yil bo'libdi. Bu orada 2 yil magistraturada o'qiganim va boshqa uzilishlarni hisobga olsam, 5 yilga yetmagan professional tajribam bor ekan. Shu 5 yillik tajribam mobaynida juda ko'p dasturchilar bilan birga ishladim, muloqot qildim, ko'pchilikdan muhim bilimlarni o'rgandim. Ular ichida "junior"dan tortib, "principal" dasturchilargacha bor.
Shu injenerlarning ishlarini kuzatish orqali va tajribam o'sib borgan sari ZO'R dasturchining YAXSHI dasturchidan farqini tushunib yetyapman. Ularning farqlarini birma-bir sanab o'tirmoqchi emasman, lekin zo'r dasturchilarning aksariyatida bir sifat bor: "Engineering Excellence". O'zbek tilida aytganda – "Muhandislik Kamoloti".
"Engineering Excellence" bu – dasturchilikning har bir qismida eng yaxshi standard/amaliyotlarni qo'llashga harakat qilishdir:
• Dastur yaratishda;
• Dasturni sinovdan o'tkazishda;
• Boshqalar bilan muloqot qilishda va birga ishlash mobaynida;
• Muammolarga yechim topishda;
• Jamoani boshqarishda va hokazo.
Masalan, dasturning bir kichik (tahminan 2-3 hafta vaqt oladigan) qismini 2 xil dasturchiga topshirildi.
• Yaxshi dasturchi berilgan muammoga zo'r yechim topadi, uni sifatli va vaqtida tugatib, topshiradi.
• Zo'r dasturchi muammoga bir nechta yechimlar o'ylab, hammasining prototipini tezda qilib ko'radi, ularni bir hujjatga yozib, boshqalarga ko'rsatib, muhokama qiladi. Kelib chiqishi mumkin bo'lgan risklarni tahlil qiladi. Yechimlar ichidan eng yaxshisini tanlab, sifatli hamda vaqtida tugatadi.
--------
Engineering Excellence'ni o'rganishga ozroq tajriba kerak, lekin u shunchaki tajriba oshgani sari o'zlashtirib olinadigan narsa emas. Junior bo'lib turib ham hozirdanoq uni qo'llashni boshlash mumkin. Yoki aksincha, senior bo'lib turib ham unga amal qilmaslik mumkin. Uni o'rganish uchun xohish va qunt kerak.
Keyingi postlarimda Engineering Excellence'ga oid ma'lumotlarni va shaxsiy tajribalarimdan misollarni ulashib bormoqchiman. Qiziq bo'lsa, kuzatib boring.
PS: O'zimni hali zo'r dasturchi, deb hisoblamayman.
*DeepSeek haqida eshitishga ulgurgan bo’lsangiz kerak. Fond bozorini ham, ijtimoiy tarmoqlar, OAV, texnologik sektordagilarni larzaga solgan so’z.
Avvalambor, kontekst uchun: o’tgan haftagacha bir narsada konsensus bordek edi: AQShda yetakchi AI modellarni train qilish (o’qitish, o’rgatish) juda qimmatga tushayotgan edi.
Hisoblash quvvati uchun OpenAI va Anthropic korxonalari kamida $100 million sarflab, har bir donasi $40,000 turadigan GPUlarni (protsessorlar) sotib olishayotgan va butun elektr stansiyasi talab qiladigan yirik ma’lumotlar markazlarini qurib ishlatishayotgan edilar.*
AoCni o'zi boshdan yaratgan operatsion sistemada C bilan ishlayotgan ekan.
Am I a developer ??
Rust o'rganmaganim ozgina alam qildi.
Agar AoCni puzzlelari uchun Rustni ishlayototgan bo'lsangiz, yaxshi sovrinlar yutish uchun boshqa bir imkoniyat.
Bunday musoboqalarda sovrinlar ko‘pincha faqat bir qo‘shimcha motivatsiya sifatida qaraladi.
Agar yutmasangiz ham, bilimlaringizni namoyish etish, yuqori darajadagi recruiterlar e'tiboriga tushish va boshqalarning yechimlaridan o‘rganish orqali juda qimmatli tajriba orttirishingiz mumkin.
Agar o'rinlar egallamasangiz ham, bu jarayonni tajriba yig'ish va kelasi safar uchun tayyorgarlik deb qabul qilish kerak.
Advent of Code) dagi private leaderboardlar uchun yuqoridagi ka'bi qiziqarli ma'lumotlarni ko‘rishni istaysizmi? Unda, quyidagi browser extensionni sinab ko‘ring!
- Chrome va Chromium asosida ishlaydigan browserlar uchun.
- Firefox uchun.
Advent Of Code bugun boshlandi va ko'plab dasturchilar birinchi masalaga yechimlarini topshirishyapti.
Qatnashish uchun:
Sign up for advent of code at https://adventofcode.com
Join the leaderboard with the code 2432563-8d25532c
Hoxlagan dasturlash tili va darajasi bilan qatnashishingiz mumkin.
?Advent of Code haqida ba'tafsil
Farrukh Atabekov ham o’z sovg’alarini e’lon qildilar va bizda umumiy xolatda:
1-o’rin: Android figurine, 25 years of Google
2-o’rin: Keychron mechanical keyboard
3-o’rin: Clean Code by Robert C. Martin
Cheatingni oldini olish uchun Farrukh va men bir talab yaratishga qaror qildik. Sovg’alarni yutib olishingiz uchun kunlik yechimlaringizni public GitHub repo’ga commit qilib borishingiz kerak bo’ladi.
Buni qanday shaklda qilish sizga bog’liq, asosiysi so’ralganda yechimingizni ko’rsata olishingiz va uni qanday ishlashini tushuntira olishingiz kerak.
Let’s go ???
Advent Of Code ? boshlanishiga ham bir kun qoldi.
Bu yilgi Advent Of Code musobaqasida ishtirok etib, Vohidjon e'lon qilgan leaderboardda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan dasturchilar uchun mendan ham sovg‘alar bor!
Mechanical Keyboard from Keychron
Clean Code - A handbook of Agile Software Craftsmanship by Robert C. Martin
Advent Of Code challengelari haqida ba'tafsil bu yerda o'qishingiz mumkin.
Bu musoboqalarda yilda bir marta qatnashib turish bir ishda davomiy ishlayotganlar uchun skillarni yana charxlashga, katta kompaniyalarga ishga tayyorlanayotganlarga esa o'rgangan bilimlarini boshqalar bilan taqqoslashga imkon beradi.
Va albatta, top o'rin egallaganlar bilan bu yil ham suhbat quramiz. Oldingi yil bora olmagan edim.
Let's solve challenges together and have fun!
He is the perfect embodiment of the saying, "Luck favors those who are prepared."
Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.
Contact: @borz
Last updated 1 month, 2 weeks ago
Official Graph Messenger (Telegraph) Channel
Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph
Donation:
https://graphmessenger.com/donate
Last updated 8 months, 3 weeks ago