NODIRABEGIM SHERMATOVA SHE'RIYATI

Description
@Nodirabegim_Shermatova_84

"КЎНГИЛ ГАВҲАРИ СЕВГИ"
"СОҒИНЧ АЗОБИ"
КИТОБЛАРИНИНГ МУАЛЛИФИ

КАНАЛДАН ИЖОД НАМУНАСИНИ ОЛГАНДА МУАЛЛИФЛИКНИ ЎЧИРМАНГ?!
ШЕЪРЛАРДАН МУАЛЛИФНИ РУХСАТИСИЗ ФОЙДАЛАНИШ МУМКИН ЭМАС.

👉Murojaat uchun Admin:👈
@YASHIN_BEK👮
Advertising
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 5 days, 7 hours ago

✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"

Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!

REKLAMA: @aslfutbol_reklama

INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol

Last updated 1 week ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 3 months, 2 weeks ago

3 weeks, 4 days ago

КЎНГЛИМНИ ЙЎҚОТИБ ҚЎЙДИМ...

Ҳамманинг кўнглига меҳр-ла, қарадим,
Бир кўзда кўрдим ва, кўнгил сўрадим,
Кўнгил олиб кўнгил топмай йиғладим,
Кўнглимни йўқотиб қўйдим қайгадир?

Кимдир сувин ичди анордек сиқиб,
Кимдир босиб ўтди майсадек эзиб,
Кимдир кетди ғўра давчадек териб,
Кўнглимни йўқотиб қўйдим қайгадир?

Ҳувиллаган кўксим кўнглимсиз бўм-бўш,
Бош олиб кетибди қилмасдан хайр-хўш,
Қалбимдан айрилиб тўкдим юм-юм, ёш,
Кўнглимни йўқотиб қўйдим қайгадир?

Қанча меҳринг берсанг шунча қадринг йўқ,
Кўксинга қадайди кўзинг ўйиб ўқ,
Кўнглимсиз ўзим-ла, ўзим қолдим тоқ,
Кўнглимни йўқотиб қўйдим қайгадир?...

Нодирабегим ШЕРМАТОВА
Қашқадарё вилояти Косон тумани.

@Nodirabegim_Shermatova_84

T.me/Nodirabegim_Shermatova

3 weeks, 4 days ago

🍃🌺🍃ОДАМГА

ОДАМ КЕРАК!

🌈🌟🌈🌟🌈

Нодирабегим

Шерматова

🎤Нигорахон

Бердиева🎙🎙

@Nodirabegim_Shermatova_84

T.me/Nodirabegim_Shermatova

3 weeks, 4 days ago

#ЯНГИ_ШEЪР

СОҒИНТИРИШНИ ЎРГАТ...

Ваъда бериб сўздан қайтишни ўргат,
Севаман деб ёлғон айтишни ўргат,
Муҳаббатдан кечиб кетишни ўргат,
ЎРГАТ СОҒИНМАСДАН СОҒИНТИРИШНИ?

Зора шунда сени, мен унутарман,
Балки шунда сени, мен соғинмасман,
Эҳтимол шунда сени тинч қўярман,
ЎРГАТ СОҒИНМАСДАН СОҒИНТИРИШНИ?

Ўрганай сен каби эсламасликни,
Ўрганай соғиниб йиғламасликни,
Ўрганай сени ҳеч ўйламасликни,
ЎРГАТ СОҒИНМАСДАН СОҒИНТИРИШНИ?

Безовта қилмасман эҳтимол шунда,
Қўнғириқ қилмасман минг бор бир кунда,
Хавотир олиб СМС-лар, ёзмасман шунда,
ЎРГАТ СОҒИНМАСДАН СОҒИНТИРИШНИ?

Ўзига ўргатиб қочишни ўргат,
Аҳдга вафо қилмай кечишни ўргат,
Менга ҳам унутиб кетишни ўргат,
ЎРГАТ СОҒИНМАСДАН СОҒИНТИРИШНИ?...

✍️Нодирабегим ШEРМАТОВА
Қашқадарё вилояти Косон тумани.

@Nodirabegim_Shermatova_84

T.me/Nodirabegim_Shermatova

3 weeks, 5 days ago

Агар икки жуфтлик бир-бири билан учрашиб қолса...
Буни номи тақдирдир!
Агар бир-бирларига кўнгиллари тушиб қолса...
Буни номи қисматдир!
Агар ҳаёт йўллари бирлашиб никоҳланса...
Буни номи насибдир!

T.me/Nodirabegim_Shermatova

3 weeks, 5 days ago

,,СОҒИНЧ АЗОБИ,,

Нодирабегим Шерматова сўзи

Аслиддин Исоқов мусиқаси

🎹🎹 ПРЕМЕРА 🎹🎹

@Nodirabegim_Shermatova_84

T.me/Nodirabegim_Shermatova

3 months, 3 weeks ago
3 months, 3 weeks ago

Оила Сири Сабр ва Матонат билан ҚЎРИҚЛАНАДИ

T.me/Nodirabegim_Shermatova

3 months, 3 weeks ago

#ЯНГИ_ШEЪР

ҚАДРЛАНГ БОРИДА?!

Отанггиз бор учун сезилмас камлар,
Онанггиз бор сиздан йироқдир ғамлар,
Ота онанггиз бор давр олтин дамлар,
Ота онанггизни қадрланг борида?!

Ота она билан уйдаги шодлик,
Дуолари билан ҳаёт чиройлик,
Ота онанггизни борлиги бойлик,
Иккисини асранг тирик чоғида?!

Отанггизни тиланг дуода умрин!
Онанггизни олинг меҳр билан кўнглин!
Бор пайт билинг ота онанггиз қадрин!
Йиғламай десангиз ҳижрон доғида?!

Ота онаггизни жаннат пойлари,
Уйингизни қуёш билан ойлари,
Ота онанггизни сизда ўйлари,
Умр тилаб яшайди ҳар дуосида.

Отанггизни икки қилманг сўзини?
Элда ёруғ қилинг доим юзини!
Онаггизни ўпинг босган изини!
Кетса дил тилинар соғинч тиғида...

✍️ Нодирабегим ШEРМАТОВА
Қашқадарё вилояти Косон тумани.

T.me/Nodirabegim_Shermatova

3 months, 4 weeks ago

ADIBLAR VA KITOBLAR

Ernst Heminguey garov boylab, eng qisqa hikoya yozdi va g‘olib chiqdi. Ushbu hikoya ma'nodorligi hamda inson hissiyotlarini nozik ifodalashi bilan har qanaqa yirik badiiy asar bilan tenglasha olardi. Mana o‘sha hikoya, o‘qib ko‘ring va baho bering:

"Bolalar botinkachasi sotiladi. Kiyilmagan".

Eng qizig‘i shundaki, asliyatda olti so‘zdan iborat bo‘lgan bu hikoyani tilimizga to‘rtta so‘z bilan o‘girish mumkin.
Qalay, o‘zbek tiliga qoyilmisiz?!

"Robinzon Kruzo sarguzashtlari" ni Daniel Defo 60 yoshida yozgandi. Ushbu asar shotlandiyalik gengizchi Aleksandr Selkirkning boshidan keshirgani -- real voqealardan ilhomlanib yozilgan. Faqat Selkirk kimsasiz orolda Robinzonga o‘xshab 28 yil emas, 4 yil qolib ketganligi tarixiy fakt. Uni kema kapitani sodir etgan jinoyati uchun jazo sifatida kimsasiz Pasxa orollaridan biriga tashlab ketadi, ammo Aleksandr taqdirning omonsiz bu sinovidan tirik chiqadi.

Xalqaro Nobel mukofoti sovrindori, ingliz tilida ijod qilgan, yahudiy millatiga mansub mashhur rus shoiri Iosif Brodskiy 16 yoshida vrachlik kasbini tanlaydi. Ammo o‘likxonadagi bir oylik faoliyat uni bu fikridan qaytaradi. Yaxshiyam, u kishi doktor bo‘lmagani, aks holda, adabiyot bir buyuk shoiridan ayrilib qolardi.

Jyul Vernning yozuvchi bo‘lishiga esa otasi sababchi bo‘ladi. U kema kapitaniga yordamchi bo‘lib dunyoni kezmoqshi bo‘lgan 11 yoshli o‘g‘lini uydan qochib ketayotganida tutib oladi va diniy maktabga o‘qishga beradi. Shundan so‘ng Jyul sayohatni orzu qila-qila uyda o‘tirib, sarguzasht asarlar yozadi. Keyinchalik, mashhur yozuvchi bo‘lganidan so‘nggina bolalik orzusi ushalib, dengiz sayohatiga chiqishga muvaffaq bo‘ladi.

Afrikalik habash shahzoda Abram Petrovich Hannibalning avlodi Aleksandr Sergeevich Pushkin ruslarning chinakam faxri va borlig‘iga aylandi. Uning bobokaloni Hannibalni bir paytlar Efiopiyadan Rossiyaga keltirishib, Petr I ga sovg‘a qilishgan ekan. Chindan ham bebaho sovg‘a!

Amerikalik yozuvchi Frensis Skott Fitsjerald mayxo‘rlikka mukkasidan ketgan odam bo‘lib, mashhur asarlarini mast holda yozgan. Ammo u hushyor bo‘lishi bilan yozish qobiliyatini yo‘qotgan. Adib "Nafis tun" romanini hushiga kelmasdan yozib tugatgan deyishadi. Qizig‘i shundaki, kitobni yozib bo‘lgach, tahrir chog‘ida ichkilikni umuman og‘izga olmas ekan.

Lev Tolstoy garchand aslzodalardan bo‘lsa ham, kundalik hayotda g‘oyat kamtar bo‘lgan. U oddiy dehqon korjomasini kiyib, dalalarda mehnat qilar, hayot mazmunini hashamatdan qochib, tabiat bag‘ridan qidirar edi. Kim bilsin, uning buyukligi balki shundandir?!

Iste'dodli rus shoirasi Anna Axmatova bir necha bor adabiyot bo‘yicha xalqaro Nobel mukofoti olishga nomzod etib ko‘rsatilgan. Biroq, negadir, shoira bu mukofotni ololmagan. Ham eridan, ham o‘g‘lidan bevaqt judo bo‘lib, umri qayg‘uli kechgan munis ayolni bu borada ham taqdir siylamagan.

Mixail Lermontov Pushkinning fojiali o‘limidan g‘oyat o‘g‘ir iztirob chekkan. Bu haqda "Shoirning o‘limi" degan she'rini yozib, barisiga podshoni ayblagan. Oqibatda, hukmdorning qahriga uchrab, Kavkaz urushiga jo‘natib yuborilgan. Shoirning umriboqiy o‘lmas asarlari ana shu yillarda yaratilgan.

Uilyam Shekspir buyuk shoirlik bilan birga mohir tilshunos ham bo‘lgan deyishadi. U o‘z ijodi bilan tilning rivojlanib, boyib boruvchi jonli vosita ekanligini isbotlab bergan. Masalan, u muqaddam ingliz tilida bo‘lmagan "qorachiq", "udum" kabi so‘zlarni asarlarida qo‘llab, muomalaga kiritgan ekan. U yuzlab bunaqa yangi so‘zlarni asarlariga kiritib, ingliz tilini yanada boyitgan.

To‘plab taqdim etuvchi:
Xudoyberdi KOMILOV.

T.me/Nodirabegim_Shermatova

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 5 days, 7 hours ago

✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"

Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!

REKLAMA: @aslfutbol_reklama

INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol

Last updated 1 week ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 3 months, 2 weeks ago