Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago
**Мени тушингда кўрсанг
Сени соғинганим рост
Агар тушимга кирсанг
Чиқиб кетма илтимос..
Яна битта илтимос
Юрагимга муҳр бос
Кулгучимнинг остига
Жоним лабларингни бос..
Оғушингда ухлайин
Бирга олайин нафас
Жилмайганча уйқудан
Сархуш бўлиб турсам бас.
Маст айласин бу оқшом
Висол лаззати ҳаргиз
Тонгда уйғотсин нафис
Шаффоф латиф ажиб ҳис..
Муаллиф ✍Ферузабону
2024.11.10.🕰22.55**
**Сенсиз.....
Сенсиз ...ўлиб бўлди
танамдаги жон,
Сенсиз чиқмай қолди
бўғзимдан бир сас.
Бошимнинг устига
қулади осмон,
Сенсизлик жонимни
қийнаган қафас.
Сенсиз тентирадим
сенсизликда зор,
Қадамларим ботди
тупроқ қаърига.
Энди яшамаслик
айлаб ихтиёр,
Ширин жоним нисор
қилдим барига.
Сен йўқсан, яна ҳам
чидаябманда,
Ҳижрон дорларининг
азобларига.
Менинг ҳисларимни
ўйинчоқ қилган,
Ишқимнинг макрли
каззобларига.
Яшашимга қолмади
баҳона бошқа,
Кулмайди тонгдаги
нафасларим ҳам.
Дунём тўлиб кетди
кўздаги ёшга,
Қўл етмас ой бўлди
ҳавасларим ҳам .
Сенсиз қолиб кетдим
сенсизликда ёр,
Менсиз кунларингда
аламларим бор...
✍️. Зулфия Раимова**
**SOʻNGI SOʻZIM!!!.
Tòying kuni borib yonigga,
Yoshlaringni kòrib yiģladim,
Bevafoyim alvido deya,
Sòngi sòzim senga sòzladim.
Baxtli bòlgin òzga yor bilan,
Deya òksib òzim yiģladim,
Qalbim senga beribman bekor,
Sòngi sòzim senga sòzladim.
Qaroringdan larzaga kelib,
Òzligimni biroz yòqotdim,
Qalb ogritib ketgansan deya,
Sòngi sòzim senga sòzladim.
Endi bilmam yashashim qiyin,
Òtkan kunlarimni soģindim,
Baxt tiladim tòyingda bugun,
Sòngi sòzim senga sòzladim.
Armonlarni yor qilib endi,
Yolģizlikka òzim boģladim,
Bevafoyim alvido deya,
Sòngi sòzim senga sòzladim.
Nurali ✍**
**PREMYERA
U N U T O L M A Y M A N !
Go'zalim men seni unutolmayman,
Chiqaraolmayman yuragimdan hech.
Xushbo'y atring go'yo o'ziga chorlar,
Bahorda ochilgan qizg'aldog'imdek.---
G'ussalar ildilar bo'ynimga arqon,
Sudrabon etdilar sitam ellarga.
Sitamli ellarda sevgidan kuygan....
Uchradim o'zimdek yaro dillarga!
Bu qandoq hol bo'ldi, _ alamli, dardli
Aldading bevafo, ermaklar qilib.
So'ngi dam sevgingdan ko'rganim shumi,
Kunimni tun etding, bag'rimni tilib.
Go'zalim men seni unutolmayman,
Kulgularing hamon quloqdan ketmas.
Ishqingda yuragim yomon o'rtangan,
Bu yurak tushmagur o'zgani sevmas.
Muhabbat o'ziga asir etdimi ?
Yoqasan, hajringda hamon yoqasan,
Go'yoki yuragim do'zaxda yonar,
Dilim kuydirib, yomon yoqasan.
Tanamga o't qalar, shirin so'zlaring_
Xayoldan ketmaydi o'sha kechalar.
Suhbatimiz qizib tonggacha cho'zgan,
Umrimga alishmam oydin kechalar!
Go'zalim men seni unutolmayman,
Unutishim mumkin hatto o'zimni.
Chiroyli nozlaring ila rom aylab....
Quvontirar eding ikki ko'zimni.
Qaydanam sen qizni men uchratdimay,
Uchratdim shaydoyu, mastona bo'ldim.
Sen yo'q mag'zunli qaro tunlarda,
Rasmingga boqguncha devona bo'ldim.
Oh go'zal, parivash aqlimni olib---
Ko'ngilchang to'ldimi, aytaqol menga.
Axir yuragimning Mamlakatidan,
Men shahar bergandim jonginam senga.
Go'zalim men seni unutolmayman,
Ketmas xayollarim senga boshlaydi.
Shaytonlar qo'liga toshlarni olib,
Senga oshiq tanim chunon toshlaydi.
Naxotki ayrilmoq taqdirim ekan,
Shum taqdir boshimga sitamlar yog'ar.
Sevgingni chayoni uyqusiz tunlar,
Jonimga achinmay, ayamay chaqar.
Muhabbat degani magal shu bo'lsa,
Bosh olib ketaymi sevgi elidan.
Tushuning yoronlar bo'lgancha, bo'ldim....
Qismatga bitmagan o'tli sevgidan!
✍ Mehriddin Baqoyev.
14. 08. 2024.**
**PREMYERA she'r
ERIDAN NORIZO AYOLLAR
Ko'ngil oynasin sindirganlar,
Ko'z yosh yomg'irin tindirganlar,
Baxtsiz ekanin bildirganlar,
Eridan norizo Ayollar...
Bolasi uchun yashar chidab,
O'z - o'zini qo'yar goh aldab,
Ertasiga qo'ygan qo'l siltab,
Eridan norizo Ayollar...
Ortiq yetmaydi der sabrini,
Qazib qo'ying deydi qabrini,
Qismatim deb tortar jabrini,
Eridan norizo Ayollar...
Sizga kerakmi toju taxtlar,
Pul boylik keltirmaydi baxtlar,
Yolg'onmidi berilgan axtlar,
Eridan norizo Ayollar...
O'z uyida tatimas oshi,
Sitamlardan egilgan boshi,
Uvoli tutar ko'zin yoshi,
Eridan norizo Ayollar...
Yolg'iz ayollarga bir qarang,
Hol-ahvolini asta so'rang,
Boshga tushganda, deysiz attang,
Eridan norizo Ayollar...
O'tib ketar yoshligu, chiroy,
Bo'lsangiz ham osmondagi oy,
Shukur qilib, quyib bering choy,
Eridan norizo Ayollar...
Dilshodbek beradi bir savol,
Nedan yaralgan asli ayol?
O'zingizga qilasiz zavol,
Eridan norizo Ayollar...
**Vertualni MALIKAlariga
(BATLCHILAR O'QIB TURINGLAR SHU SHE'RNI)
ERSIZ BEVALAR
Yaxshi niyat bilan kirib ijtimoiy tarmoqqa,
Tushib qolibsizlar yaxshilar yomonroq qalmoqqa,
Hech kim kirmaydi, sizdek er izlab oila qurmoqqa,
Siz kirganmisiz bilmam, yor izlab, ersiz bevalar...
Ko'chada chirib qolmaydi,
Yaxshi pishgan chin mevalar...
Telegramda doim onlaynda yuribsiz tonggacha,
Chiqib keting deya sanagim kelar goh o'ngacha,
Yurmasangiz bo'ldi, yarim ochib qo'yib songacha,
O'ynashga ishonib, erim degan ersiz bevalar,
Ko'chada chirib qolmaydi, Yaxshi pishgan chin mevalar...
Birozga qo'yib bersa, bo'ydoqlarni er qilasiz,
Uylanmaydi aslida, o'zingiz ham zo'r bilasiz,
Nechtasini aldayman deb, aldanib ham qolasiz,
Botqoqqa botib qolmang, yor izlab, ersiz bevalar,
Ko'chada chirib qolmaydi, Yaxshi pishgan chin mevalar...
Aylanib qolasiz vertualda, bo'ydoqday qizga,
Birovlarni ana yuribti deya, aytmang bizga,
Shuncha so'zlarimiz ta'sir qilmasa nahot sizga,
Vertualda baxt yo'q, er izlamang, ersiz bevalar,
Ko'chada chirib qolmaydi, Yaxshi pishgan chin mevalar...
Erim, yorim, jonim, Hayotim deysiz har erkakni,
Tinmay Eshitasiz yolg'on-yashiq, to'qima ertakni,
Topib olgansiz, ikki - uchta yor bilib ermakni,
Yuzingizga niqob kiyib olmang, ersiz bevalar,
Ko'chada chirib qolmaydi, Yaxshi pishgan chin mevalar...
Asli bitta erni, bor - yog'iga yaramagansiz,
Erni er bilib, qosh-u, ko'ziga qaramagansiz,
Aytingchi? Ijod bahona kimni o'ramagansiz,
Bitta erkalashsa erigansiz, ersiz bevalar,
Ko'chada chirib qolmaydi, Yaxshi pishgan chin mevalar...
Haqiqatni aytgan odamlar siz uchun yomondir,
Sizni tanib qolganni qarang, rangi ro'yi somondir,
Chin Hayotta baxtni ko'rish, endi sizga armondir,
Telegram, imoda er izlagan ersiz bevalar,
Ko'chada chirib qolmaydi, Yaxshi pishgan chin mevalar...
Shoirlarni aldayman deya o'ylamang hech qachon,
Shoirlarni aldab, sharmanda bo'lasiz har on,
Dardingizni tinglaguvchi, joynamozdir, qizlarjon,
Instagram, bigodan baxt izlamang, ersiz bevalar,
Ko'chada chirib qolmaydi, Yaxshi pishgan chin mevalar...
Alhamdulillah deya zikr qilmasa bu tilingiz,
Er izlash bilan ovvora bo'lganda shu dilingiz,
Duo bilan yorug' bo'lar axir, baxt u yo'lingiz,
Jannatdan ayrilmang, zino qilib, ersiz bevalar,
Ko'chada chirib qolmaydi, Yaxshi pishgan chin mevalar...
Eri borni ham ko'rdikda, o'ynashib yurganin,
Yolg'iz erkakla chatlarda, zino qilib turganin,
Gruppalarda donoyu, lichkada turmush qurganin,
Sizga havasi keldimi, qarang ersiz bevalar,
Bozorga chiqib qolibti,
Narxin arzon bilgan mevalar...
Dilshodbek kuyib pishganidan rostini so'zladi,
Sizga achinib, She'ridan yaxshilikni ko'zladi,
Ijtimoiy tarmoqlardan, eh kimlar yor izladi,
Vaqtida yig'ishtiring, bu ishni, ersiz bevalar,
Hammaga kerak axir, yaxshi pishgan chin mevalar...
15.11.2023 RUS vaqtida 02:30
Uzbda 04:30
✍️ ?????????? ???????????
Eng zo'r ijrochilar o'qib yursangiz bo'ldi, ushbu she'rimizni egalari eshitib olib tushunib olishsa bo'ldi...**@Dilshodbek_Shoir@Sheriy_satr
**Kechiring ONA
Sogʻingan paytlariz yonizga borolmasam
Shirin soʻzlar bilan koʻnglingiz ololmasam
Bir qoʻngʻiroq qilib holingiz soʻrolmasam
Men Musofir oʻgʻlingizni kechiring Ona
Yoningizdan uzoqlarda yuribman yiroq
Yuragimni qiynayapti sogʻinchu firoq
Diydoringiz sogʻinchidan lablarda titroq
Men Musofir oʻgʻlingizni kechiring Ona
Ehtimol men sizga yaxshi oʻgʻil boʻlmadim
Yoshlik qilib goho aytganingiz qilmadim
Ex onajon mehriz qadrini ham bilmadim
Men Musofir oʻgʻlingizni kechiring Ona
Oʻzga yurtda mehringizni qadrin sezyapman
Koʻchalarda xatolarim oʻylab kezyapman
Pushaymon boʻlib oʻzimni oʻzim ezyapman
Men Musofir oʻgʻlingizni kechiring Ona
Muallif: ABUDIL ✍**
**Сиз меҳрибон, сиз азиз
Ҳурмат қилгим келади
Дўстим уйларимга
Меҳмон қилгим келади
Билмайсиз корингизга
Нажот бўлгим келади
Эҳ дўстим орзунгизга
Қанот бўлгим келади..
Дўстим содиқ бўлсангиз
Ўзгармасдан қолсангиз
Доим шундай турсангиз
Менинг кўнглим тўлади.
Марҳаматли малҳам деб
Диёнатли ошнам деб
Қиёматли дўстим деб
Айтиб юргим келади...
Сизга келса бирон озор
Ранжитса ким дилозор
Тиргак бўлиб ҳокисор
Фидо бўлгим келади.
Чорласангиз келинг деб
Дийдор ширин келинг деб
Дунёсидан воз кечиб
Шартта боргим келади..
Муаллиф ✍Ферузабону..(Зомин)
2024.05.30..**
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago