Oʻqituvchilar uchun

Description
Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...


Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin
Advertising
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 дня, 7 часов назад

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 1 месяц назад

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 1 месяц, 4 недели назад

1 week ago
Oʻqituvchilar uchun
1 week, 1 day ago

Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!


Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

1 week, 1 day ago

*❗️Prezident maktablari uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadiHujjatlar 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
*Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);*
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari)* aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o’quvchi qabul qilinadi?
* Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktablarining *5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.

Istalgan hududdagi Prezident maktabiga topshirsa bo’ladimi?

Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.

Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun o’quvchining baholariga qanday talab qo’yiladi?

Talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

2 months, 1 week ago
2 months, 1 week ago

📚1-sinf Ona tili fani taqvim-mavzu rejasi (4-chorak)

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

2 months, 2 weeks ago
2 months, 2 weeks ago

ЎҚИТУВЧИНИНГ ОХИРАТИ ОБОДМИ?
(ёхуд алдагани устоз яхшими?)
Кейинги вақтларда ижтимоий тармоқ, асосан ўқитувчилар гуруҳи ва каналларида бир видеотасвир айланётган, устозлар ундаги шеърни “сел” бўлиб тинглашаётган экан. Уни менга ҳам ташлаб қўйишибди.
Видеотасвирдаги шеърда мўйлови энди сабза ураётган йигит ровийлардан нақл келтириб, ўқитувчилар ўлганидан кейин (ҳа, айнан ўлганидан кейин) Сирот кўпригидан бир ҳатлаб ўтиб кетиши, жаннатга тушишини ваъда қилаётган экан!
Соддагина ўқитувчилар... Катталар етмаганидек, мўйлови энди сабза ураётганлар ҳам сизни аврай бошладими? Яхши кунларингизга асраб қўйган сўнгги тийинингизни ҳам интернетга, мегабайтга сарфлашга беихтиёр мажбур қила бошладими?
Сиз “сел” бўлиб, чайқалиб ўтириб, мегабайтга қарз олиб, уларнинг шеърини тинглаётганингизда - улар лайк, просмотр тўплаб ана шу мегабайтлардан улуш олиб, сизнинг ҳисобингиздан чўнтагини қаппайтираётганини наҳот англаб етмасангиз?
Шу йигитни топиб:
-“Укам, майли Сирот кўпригидан менинг ўрнимга сен ўтақол. Менга эса Истанбул кўприги бўлмаса ҳам, ўзимизнинг янги қурилган Зомин кўпригидан бир ўтиш учун юз минг сўм бериб тур,”-деб кўрингчи!
Бош бармоғини ўрта ва кўрсаткич бармоғи орасига суқиб кўрсатмаса – мен кафил!!!
Ҳурматли устозлар! Миллатимиз, кўпсонли халқимиз, давлатимиз келажаги сизларнинг қўлингизда. Демак, миллат, халқ, давлат келажаги қўлида бўлган зотлар тиригида эъзозланиши, вақтида дам олиши, ҳаж, умра зиёратларига бориши, денгиз соҳилида қаҳва ичиб, Сирот кўпригини ўйламай Истанбул кўпригини томоша қилишига ҳаққи бор.
Чўпчакларга ишонманг...
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

2 months, 2 weeks ago
2 months, 2 weeks ago
4 months, 2 weeks ago
[#сўраган\_эдингиз](?q=%23%D1%81%D1%9E%D1%80%D0%B0%D0%B3%D0%B0%D0%BD_%D1%8D%D0%B4%D0%B8%D0%BD%D0%B3%D0%B8%D0%B7)

#сўраган_эдингиз

**❓Men 2020-yilda o‘tkazilgan majburiy attestatsiya imtihonlarida qatnashganman. Pedagoglar har 5 yilda malaka sinovlarida qatnashishidan xabarim bor. Ammo maktabimiz direktori o‘rinbosari bu yildan yangi tartib joriy etilayotgani, shuning uchun men ham attestatsiyadan o‘tishim kerakligini aytyapti. Shu to‘g‘rimi?**

❗️Yo‘q, maktab rahbariyatining bu talabi o‘rnatilgan tartibga mos emas.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomda bu haqida aniq yozib qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Agar pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etgan holda mavjud malaka toifasini oshirishni istasa, navbatdagi attestatsiya jarayonlarida o‘z ixtiyorlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Bu bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.

Eslatma: Pedagog kadrlarning majburiy attestatsiyaga o‘z muddatida jalb etilishi uchun pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 дня, 7 часов назад

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 1 месяц назад

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 1 месяц, 4 недели назад