Tarantinov

Description
Faqat kino va musiqa haqida
Murojaat uchun: @erkinov2110
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 9 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 2 years, 1 month ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 2 years, 1 month ago

hace 7 meses, 2 semanas
**Кино каналлар админларида йил якуни бўйича** …

Кино каналлар админларида йил якуни бўйича катта пост.

hace 7 meses, 2 semanas
17:00***⏰***

17:00

hace 7 meses, 2 semanas
[​​](https://cdn30.notepost.ru/UYlYM54vu57qkOCx-1735669563894.jpeg)[#top](?q=%23top)

​​#top

TOP-10: 2024-yilning eng yaxshi filmlari

1. Civil War 2. Dune: Part Two 3. Hit Man* 4. The Wild Robot
5.
Мастер и Маргарита* 6. Alien: Romulus 7. Godzilla Minus One* 8. Poor things* 9. Deadpool & Wolverine 10. Anora

*Ushbu topda rasman chiqqan vaqti 2023-yil hisoblansada, 2024-yilga kelibgina ko'rish imkoniyati paydo bo'lgan filmlar ham kiritilgan.

Umuman olganda, yil yaxshi filmlarga boy bo'ldi. Umid qilamanki, kirib kelayotgan 2025-yil ham bizni bu borada xursand qiladi.

hace 10 meses
[#fentezi](?q=%23fentezi) [#marafon](?q=%23marafon)

#fentezi #marafon

12. Harry Potter and the Half-Blood Prince

Shubhasiz, men uchun eng sevimli qism. Bu yerda hali maktab sho'xliklari yakunlanmaydi, yumor ham o'z o'rnida. Shu bilan birgalikda, qahramonlarning har tomondan yovuzlar bilan qurshab olinganini ham yoddan ko'tarmaysiz.
Ammo, bu qismni avvalgilaridan ajratib turadigan asosiy jihat - personajlarning chuqurroq ishlab chiqilganidir. Bunga yaqqol misol sifatida Drakoni keltirish mumkin. Karikatura darajasidagi yoqimsiz va kulgili antogonist aynan shu qismda bizga ko'pqirrali va murakkab shaxsiyat sifatida namoyish etilgan. Severusga nisbatan qanday munosabatda bo'lishga ham ikkilanasiz. Shu sabab final yuragingizni parchalaydi (albatta, birinchi marta ko'rayotgan bo'lsangiz). Qisqasi, yumor va jiddiy film elementlari ustalik bilan birlashtirilgan.

IMDb: 7.6
Tarantinov: 10

hace 10 meses
hace 10 meses
[#fentezi](?q=%23fentezi) [#marafon](?q=%23marafon)

#fentezi #marafon

11. Harry Potter and the Order of the Phoenix

Dolores Ambrij! Menimcha, boshqa hech qaysi personaj menda bunchalik kuchli nafrat uyg'otamagan bo'lsa kerak. Imelda Stontonga ham qoyil qolish kerak. Tomoshabinda bunday kuchli negativ kayfiyat hosil qila olish ham alohida san'at.
Umuman olganda, sifatli, yorqin personajlarga boy qism.

IMDb: 7.5
Tarantinov: 9

hace 10 meses, 1 semana
hace 10 meses, 1 semana
[#fentezi](?q=%23fentezi) [#marafon](?q=%23marafon)

#fentezi #marafon

10. Harry Potter and the Goblet of Fire

"Otash kubogi" shaxsan men uchun seriyaning eng yaxshi kitoblaridan biri hisoblanadi. Ammo, film haqida bunday deyish qiyin. Ko'plab qiziqarli voqealar hamda detallar filmdan o'rin olmagan (misol uchun, Rita Skiter asarda anchagina muhim rol o'ynaydi). Shuningdek, Dambldor rolini ijro etgan Maykl Gembonga ham e'tirozlar mavjud. Uning ijrosidagi Dambldor dono direktordan ko'ra, isterikka o'xshaydi.
Shunga qaramasdan, finalning juda ajoyib chiqqanini ham alohida ta'kidlab o'tish lozim (albatta, bu yerda ham ayrim muhim va qiziqarli detallar kiritilmagan).

IMDb: 7.7
Tarantinov: 8

hace 10 meses, 1 semana
hace 10 meses, 1 semana
[#fentezi](?q=%23fentezi) [#marafon](?q=%23marafon)

#fentezi #marafon

9. Harry Potter and the Prisoner of Azkaban

Rejissura tomonlama franshizaning eng kuchli qismlaridan biri. Alfonso Kuaronning uslubi har bir kadrda sezilib turadi. Montaj ham yuqori darajada, ayniqsa, fasllar almashinuvini ta'kidlab o'tgan bo'lardim. Kamchilik sifatida esa, faqatgina kitobda mavjud bo'lgan qiziqarli detallarning hammasining ham kiritilmaganinigina keltirish mumkin.
Jon Uilyamsning saundtreki esa, shunchaki, shedevr! Bu haqida avval ham aytib o'tgan edim.

IMDb: 7.9
Tarantinov: 10

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 9 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 2 years, 1 month ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 2 years, 1 month ago