Last updated 1 week, 5 days ago
Tervetuloa päätoimittaja Janus Putkosen viralliselle Telegram-kanavalle. Tänne ilmaantuvat sosiaalisen median postaukset, uutiset, kommentit... keskellä nopeasti leviävää internet-sensuuria. Pysytään yhteyksissä ja vankasti anti-globalismin vastarinnassa!
Last updated 2 weeks, 6 days ago
"Agar ko'zda yosh bo'lmasa, ruhda kamalak bo'lmaydi"
Shimoliy Amerika indeyslari hikmatlaridan
Tinch yashashni istasangiz tunda alahsiramang! Qanday tush ko'rishingizdan qat'iy nazar.
(Shahzod Shomansurov)
Shahzod ShomansurovMaktub
(hikoya)“Hullas, janob Stoun uzoq o‘ylab sizga xat yozishga axd qildim. Kamina sizni ashaddiy muxlisingizman. Men ham film olishga juda qiziqaman. Huddi siz kabi ajobtovur, qonli saxnalarga boy film olsam deyman. Filmni boshlang’ich kadrlari tayyor. Ularni tahminiy ssenariysini sizga ta’riflab beraman. Shunday qilib, kafellari to‘kila yozgan eski hojatxonada semiz va yoqimsiz nusxa gazeta o‘qigancha chekmoqda. Ha, to‘g’ri tushundingiz u hojatxonada. Kadrda uni yuzi birinchi planda ko‘rsatiladi. Yarashmagan shop mo‘ylabiga biroz oq oralagan. Ko‘zlari qisiq, sigaretani bo‘rqsitib-bo‘rqsitib chekmoqda. Hojatxonada uni pashsha talamoqda. U yanada asabiylashib gazeta varaqlaydi. Umimiy kadrda esa tor hojatxonadagi xira chiroq namoyon bo‘ladi. Yarim soniya o‘tdi. Jimlik…
Bang! Ana zo‘r saxna. Unitaz tagidagi bomba portlab ketadi. Tutun, devorlarda esa qon aralash inson najasi…Vax, kadrni zo‘ri. Sizni filmlaringizdan-da jirkanch, ko‘ngilni behuzur qiluvchi saxna. Ta-tang…musiqa boshlanadi. O‘sha devorlarda aktyorlar ismi aks eta boshlaydi. Titrlar orqa fonida devordan sirg’alib tushayotgan qon va sariq rangli suyuqqina najas! Shunday qilib film boshlanadi. Siz bir interyuingizda aytganingizdek, filmni birinchi saxnasini o‘zidayoq tomoshabinni kinoteatrga “mixlayman”! Hullas, film sarguzasht-jangari janrda bo‘ladi! Otishmalar, pichoqlar jangi, yalang’och mallasoch ayollar…va albatta baxtsiz yakun!
Men bu yerda ko‘plab filmlar uchun ssenariylar o‘ylab qo‘yganman. Ularni sizga mutlaqo tekinga beraman. Faqat shartim ulardagi eng jirkanch qahramonlardan birini o‘zim ijro etsam, degandim. Sizga aytsam avvallari sartarosh bo‘lganman. Qo‘lbola ustarani yaxshi ishlataman. Siyosatdan ham xabarim bor. Bizni sartaroshxona xaqiqiy “g’iybatxona” edi. Mijozlarimiz huddi katta siyosatchilarga o‘xshab dunyodagi urushlarni muhokama qilishardi. Vasliga erisholmagan janonlari haqida ham valdirab qolishardi. Ayni damda esa aytishga uyaladigan “bir joyda” man! Nimaga bu yerda ekanligim esimda yo‘q! Rost, nega bu yerdaman? Ha, aytgancha meni juda yaxshi bir hislatim bor, ko‘p narsalarni yodimdan chiqarib qo‘yaman! Sizga aytsam bu ham bir baxt! Vijdon ham qiynalmaydi, miyani bo‘lar-bo‘lmas fikrlar bilan to‘ldirmayman. Hullas, shunaqa!
Sizga ko‘p bora maktub yozdim. Cho‘zinchoq yuzli, peshonasi katta doktor barchasini yirtib tashladi. Bizni doktor sizning “Qonga botgan momiq Quyoncha” filmingizdagi cho‘loq cholga o‘xshaydi. Aynan o‘z! Men aqldan ozmaganman, shunchaki bu yerdagilardan intelektim biroz baland! Tushunyapsizmi, men boshqacharoq insonman. “Rangli odam” deydi-ku, shunaqa! Janob Stoun, maktubimni olgan zahotingiz meni bu yerdan olib chiqishga yordam bering. Keyin sizga hamma sarf etgan xarajatlaringizni qaytaraman. Ochig’ini aytsam, bu yerdagi ko‘k, sariq, oq tabletkalar o‘zimga ham yoqadi. Lekin, ijodkor ozod inson! Men ham dengiz bo‘yida yalangoyoq sayr qilgim, “kamera, mator” deb xayqirgim, qizil ko‘ylakli janonalar bilan tong ottirgim, shovqinli kechalarda baralla qo‘shiq aytgim keladi. Ha, aytgancha men aynan siz uchun ajoyib ssenariy yozib qo‘yganman! Hayotiy film bo‘ladi. Unda qanday qilib oddiy sartarosh uchiga chiqqan jinoyatchi-qotil bo‘lgani haqida hikoya qilinadi. Film ortiqcha bo‘yoqlarsiz ham zo‘r chiqadi. Hamma kadrlarni o‘zim saxnalashtirib beraman. Bunday qarasam yaxshi do‘st bo‘lib qoldik, sizga bir sirni aytaman! Men anavi meshqorin siyosatchini o‘ldirmaganman. Ishoning uni tanimayman, ham. Men faqat ayollar ko‘zlarini kolleksiya qilganman! Moviy, yashil, qo‘ng’ir ko‘zlar. Juda go‘zal bo‘ladi ayol ko‘zlari! Endi bu boshqa mavzu…”
2022
Last updated 1 week, 5 days ago
Tervetuloa päätoimittaja Janus Putkosen viralliselle Telegram-kanavalle. Tänne ilmaantuvat sosiaalisen median postaukset, uutiset, kommentit... keskellä nopeasti leviävää internet-sensuuria. Pysytään yhteyksissä ja vankasti anti-globalismin vastarinnassa!
Last updated 2 weeks, 6 days ago