Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Fan olimpiadalari

Description
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep
We recommend to visit

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 5 days, 15 hours ago

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 days, 23 hours ago

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 3 weeks, 2 days ago

1 month, 2 weeks ago

📣📣📣📣📣

Nufuzli xalqaro olimpiadalarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichi o‘tkazilish tartibi.
*😎*Nazorat materiallari quyidagi shaklda beriladi:
*▶️*fizika fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;

*▶️*biologiya fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish va bioinformatika yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test hamda biokimyo va molekulyar biologiya yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi hamda 3,5 soat vaqt ajratiladi;

*▶️*matematika fanidan – saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball, barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;

*▶️*kimyo fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

*▶️*informatika va axborot texnologiyalari fanidan – saralash olimpiadasi 4 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni 3 tadan masala beriladi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan har bir masala 100 balldan, barcha masalalar umumiy 1200 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 5 soatdan vaqt beriladi. Ishtirokchilarning natijalari faqat to‘plagan ballari asosida shakllantiriladi, ya’ni noto‘g‘ri urinishlar uchun jarima ballari berilmaydi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Telegram

Fan olimpiadalari

***🇺🇿*** Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada\_departamenti/ Youtube: bit.ly/olimpdep

***📣******📣******📣******📣******📣***
1 month, 2 weeks ago
***📣******📣******📣******📣******📣***

📣📣📣📣📣

Nufuzli xalqaro olimpiadalar hamda Xalqaro iqtisod va geografiya olimpiadalarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichi tashkil etiladigan sanalar.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

1 month, 2 weeks ago
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil …

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 20-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish topshirigi ijrosi yuzasidan tashkil qilinayotgan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash yo‘riqnomasi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

1 month, 2 weeks ago
[#Tabriknoma](?q=%23Tabriknoma)

#Tabriknoma

Aziz va muhtarama ayollar, qadrli opa-singillar!Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sizlarni bahorning ilk ayyomi – 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizga oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik va dasturxonlaringizga to’kinlik tilaymiz.

Hamisha oilangiz va yaqinlaringiz hamda el-yurtimiz ardog‘ida bo’lib yuring!

Bayram muborak bo’lsin, aziz ayollar!

#Siz_borsizki_olam_munavvar
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt

1 month, 2 weeks ago

Joriy yil 28-fevral kuni bo‘lib o'tgan Xalqaro Geografiya olimpiadasiga saralashning hududiy(viloyat) bosqichi topshiriqlari.

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

1 month, 2 weeks ago

Joriy yil 27-fevral kuni bo‘lib o'tgan Xalqaro Iqtisod olimpiadasiga saralashning hududiy(viloyat) bosqichi topshiriqlari.

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

3 months, 3 weeks ago

Onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

3 months, 4 weeks ago

📣📣📣📣📣 2024-yil 28-yanvar kuni Xalqaro informatika Bebras Olimpiadasining yakuniy bosqichi Toshkent shahri, Yangi O‘zbekiston Universitetida offlayn tarzda tashkil etiladi.

**Boshlanish: soat 11:00 da.
📍Yangi O‘zbekiston Universiteti

⚠️Ma'lumot uchun Bebras musobaqasining birinchi bosqichi onlayn tarzda tashkil etilgan bo‘lib joriy yilning 1-4-dekabr kunlari oo.uzedu.uzplatformasida tashkil etilgan edi va 7-11 sinflar eng yuqori ballar olgan ishtiroqchilar uchun ikkinchi bosqich offline tarzda tashkil etilishi to‘g‘risida ma'lumot berilgan edi.

Xalqaro informatika Bebras Olimpiadasiga bog‘liq savollar bo'yicha quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz so'raladi.
**a.ikramov@newuu.uz*📞*+998712024111

4 months ago

Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ishtirokchilari egallashi zarur bo‘lgan umumiy bilim va ko‘nikmalar. Mazkur mavzular ro‘yxati fanlar bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi rahbarlari hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan hamkorlikda yaratildi. Xalqaro olimpiada tashkilotchilari tomonidan beriladigan topshiriqlar tarkibi o‘zgarishi bilan mavzular ro‘yxatiga ham o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Nufuzli va mintaqaviy xalqaro olimpidalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun ushbu mavzularni mukammal o‘rganish tavsiya etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

5 months, 2 weeks ago

📣 **E’lon!

1-4 dekabr kunlari - Bebras musobaqasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlik darajasidan qat'iy nazar, barcha 4-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishga taklif etiladi. 
Bebras musobaqasi o‘quvchilarning  savodxonligi va ilmiy ko'nikmalarini rivojlantirishga qiziqishini oshirishga qaratilgan.
📅 Musobaqa o‘tkazilish jadvali:
🔸 4-sinflar, 1-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

🔸 5-6-sinflar, 2-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

🔸 7-8 sinflar, 3-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

🔸 9-10-11-sinflar, 4-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;
(Test sinovlari uchun 1 soat vaqt ajratiladi)

7-11 sinflar eng yuqori ballar olgan ishtiroqchilar uchun ikkinchi bosqich 2024-yil yanvar oyida Toshkent shahrida joylashgan Yangi O‘zbekiston Universitetida offline tarzda tashkil etiladi. G'oliblar uchun sovg'alar mavjud.Musobaqa oo.uzedu.uztizimida o‘tkaziladi.
Natijalar
4 dekabr soat 22:00 dan** keyin shaxsiy kabinetingizda natijalar bo‘limida e'lon qilinadi.

🖥 Ushbu olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart!
Ro'yxatdan o‘tish 👉 https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Telegram

Fan olimpiadalari

***🇺🇿*** Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada\_departamenti/ Youtube: bit.ly/olimpdep

***📣*** **E’lon!
We recommend to visit

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 5 days, 15 hours ago

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 days, 23 hours ago

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 3 weeks, 2 days ago