Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 days, 7 hours ago
✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"
Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!
REKLAMA: @aslfutbol_reklama
INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol
Last updated 4 days, 11 hours ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 3 months, 2 weeks ago
📌Dunyodagi eng katta no‘to‘g‘ri ish, odamlarni ko‘ngliga qarash...
Yillar davomida orzu havas bilan kutilgan to'y ham bir kunda o'tib ketti. Durbek bilan Gulmira avvaliga bir-biridan iymanibgina yurdilar. Ha deganda gaplari qovushavermadi. Ammo turmush aravasi ularni binoyidek er-xotinga aylantirib qo'ydi. Durbek Gulmirani hurmat qilardi, Gulmira ham Durbekni yolg'iz suyangan insonim der edi. Durbek uning ko'zlariga uzoqdan uzoq tikilib qolgan paytlari - Xudoyimga shukur, baxtimni butun qilib berdi, turmush o'rtog'im ko'zlarimga tikilib to'ymayabdi - deb ich-ichidan hursan bo'lib ketardi. Durbek esa bunday paytlar - qaniydi manashu ko'zlarda aqalli bir marta bo'lsa ham o'sha nigohlarni ko'rsam - deb o'ylardi.
Dunyoda hamma narsaning iloji bor. Odam bolasi har qanday muammoga yechim topishi mumkin. Qurbi yetmaganlarini esa vaqtning ixtiyoriga topshiradi. Vaqt - oliy hakam!. Ko'z ochib yumguncha Durbekning sochlariga oq oralab, yuzlarida yarashib turadigan ajinlar paydo bo'ldi. Bu orada Durbek otasini tuproqqa qo'ydi. U, bu ayriliqqa chidolmayman deb o'ylagandi, ammo to'rt farzandini o'ylab yana hayotga qayta boshladi. Asta-sekin ko'nikib ham ketti. Xudoyim unga ikki o'g'il, ikki qiz berdi. eng kattasi Toxir Toshkentdagi Institutda o'qiyapti. Ikkinchisi - Nilufar. Qizining bo'yi yetib uyidan sovchi arimay qoldi. Durbek bo’lsa qizini ulardan qizg'anib - xali yosh, o'qitaman - deb javobini berib yuboradi. Uchinchisi Rayhona maktabda o’qiydi. Bitta besh olib kelsam, bitta mustaqaymoq oberasiz-a? – deb dadasiga erkaladi. Durbek ham bo’sh kelmaydi, beshta besh olib kelsang, bitta konki olib beraman, - deydi. Xullas ularning kelishuvi har tongda Rayhona darsga ketayotganda o’zgaraveradi. Kenjatoylari Nazarbek hali beshikda, endigina yetti oylik bo’ldi. Gulmira unga homlador bo’lganida kasaldan boshi chiqmadi. Shuning uchun - agar o’g’il tug’sam yo’li ochiq bola bo’lsin deb - deb Nazarbek qo’yaman degandi. Mana niyyatiga ham yetti. Xudoyim qo’chqorday o’g’il berdi.
Bugun shanba o'g'li Toxir ikki oy deganda shaxardan keladi. Shu munosabat bilan o'zi o'choq boshida oshga urinib yotibdi. - Toxirim boshqacha kallasi but uni, hali katta odam bo'lib ketadi - deb Gulmiraga maqtanib gapirib o'tirgandi qahramonning o'zi salom berib kirib keldi.
- Assalomu alaykum!
- Iye, iye, va alaykum assalom student, qalaysiz endi. - Durbek o'g'liga faxr bilan qarab, beg'uborlik bilan qah-qah urib kuldi.
- Yaxshi, men kiyimlarimni alishtirib chiqay. - Toxir ota-onasi bilan salomlashgandan so'ng shunday deb xonasiga kirib ketti.
- Bor qarachi, tinchlikmikan – dedi, Durbek Gulmiraga, o'g'lining orqasidan xavotirli boqib. Durbek oshni damlab bo'lgandan so'ng Gulmira ensasi qotib, o’g’lining xonasidan chiqib keldi.
- Tinchlikmikan? - dedi shoshilib, xotinining yaqinlashishini ham kutmay.
- Ha tinchlik, Toxirvoyingiz Zuhrosini uchratganga o’xshaydi - dedi Gulmira o'g'lidan ranjiganday. - Hozzir sevgiga balo bormikan?, oqiyotgan bolaga - deb qo'shib qo’ydi yana.
- Shunga shunchami?, o'g'il bola bo'lgandan keyin sevadida onasi. O'g'lingni kayfiyatini ko'rib, o'qishida muammo bo'libdimikan debman. - Dedi Durbek hotirjam bo'lganday.
- Sevsa sevsin. Lekin, tanimagan, bilmagan qizniyam sevadimi?, yana nima mish – uning nigohlari hayolimdan ketmayapti - deydi. O'rgildim hayolidan ham o'g'lingizni.
- O'zi tanimagan, bilmagan qizni tushida ko'rib sevib qolibdimi? - deb yana handon otib kulib yubordi Durbek.
- Aytishi bo'yicha: bugun kelayotib avtobusda ko'rib qolganmish.
- Avtobusda... - Durbek shu so'zni takrorlabdi-yu, nimadir esiga tushganday bolib, boshqa gapira olmadi...
Durbek kuzda СЕЛХОЗ insititutida oqishni boshladi. Jumahoji aka hech bo'lmaganda o'zimizning ho'jalikdagi mol qo'ylarga qarab yuradi degan maqsadda shu insitutga ikkita buqaning puliga olib kirib qo'ydi. Durbekka esa yo'nalishni ham farqi yo'q, unga qachon hafta oxirlaydi-yu, avtobusga minib uyga uydan esa insititutga borishni o'ylar edi. uning uchun zulfiyani yana uchratish insitutada o'qishdan ko'ra muhimroq edi. Durbek ba'zi paytlarda intitutga ham bormay avtobusga minib quyosh ufqqa botguncha yuradigan bo'lib qoldi. Har zamon xonadoshlari unga - kelinimiz afsonalardagi Shirindan chiroylimi ishqilib - deyishsa,- bilmadim esimdan ham chiqib ketti chiroyi - deb hazil qilib qo'yardi. Hazil qilardiyu ammo chindan ham Durbekka Zulfiyaning nigohlari toboro hiralashib borayotgandek edi. Durbek hatto uni uchratib qolguday bo'lsa, tanishiga shubha qila boshladi. Balki necha marotalab taqdir ularni uchrashtirgandir ham...
Shu zailda fasillar bir birining ketini quvib yuguraverishdi...yillar esa yo’lning chekkasidan erinibga qadam bosib kelayotgan homlador hotinday, bir maromda o'tib boraverdi...
Jumahoji aka - o'g'lim mana o'qishni ham bitirding, ishing ham yomon emas, ozmu-ko'pmi davlating bor, aqlu farosating joyida, oqni qoradan ajratadigan davrdan ham o'tting endi uylanishing kerak, ko'nglingda biron kim bor bo’lsa uyalmay aytavergin - degan edi. Durbek anchadan buyon eslamagan o'sha nigohlarni esladi. – Nima deysan bolam ko’nglingda birontasi bormi?, yoki o’zim ko’z ostimga olgan qizmnikiga boraveraymi? – Durbek beihtiyor - yo'q - dedi. Durbek bu so'zni qaysi ma'noda aytganini faqiga o'zi ham yetmay qoldi, sevgani yo'qmi?, yo otasiga bormang demoqchimi?, yoki endi u nigohlar yo'qmi? bilmaydi... . Bilgani shuki uning uchun allaqachon yulduzlar ortiga berkinib olgan bir juft ko'zmunchoqdan endi nur taralmaydi...
To'y kuni aniq bo'ldi. Kelin - Jumahoji akaning maktabdagi sinfdoshi Dilfuza opaning qizi. Dilfuza opa to'ydan bir necha kun oldin qizi - Gulmiraning xonasiga kirib, - o'zimning kelinchak qizimdan aylanay, aqilli qizim meni, gul qizim meni - deb erkalab, boshlarini silab, anchagacha suxbatlashib o'tirdi.
- Juma baribir aytganini qildi, yaramas - dedi, hushkayfiyat bilan Dilfuza opa bir narsani eslaganday bo'lib. - Yoshligimizda ortimdan qolmasdi, katta sinflar tugul sinfdosh yigitlarimizni ham mendan taqiqlab qo'ygandi. Zab yigit edida o’ziyam. Sovchi ham qo'ydi-yu, otam o'qimaganga bermayman deb turib oldi. Bo'lmasa Juma qishloqning eng oldi yigiti edi. U kiygan kiyimlarga qarab qishloqdagi yigitlar "moda" tanlardi. Men ham befarq emasdim, ammo bir tomondan otamga qarshi borolmaganman. Keyin dadang ham chakki emasdi-da. Hamma oshiqlarimning onalarini qarg’ishiga uchrab meni ilib ketti. Juma bilan oxirgi marta uchrashganimizda - Dilfuza agar qiz ko'rsam seni ismingni qo'yaman, agar o'g'il ko'rsam qiz tug'sang olib beraman - degandi. Mana oradan roppa rosa o'ttiz yil o'tti, niyyati toza bo'lgan ekan boyaqishni qizimni tortib olyapti - deb beixtiyor kulib qo'ydi. Dilfuza opa bir paytlari onasi uning to'yidan keyin doim aytib yuradigan she'rning ma'nosini endi tushunganday edi go'yo:
Qiz degani qush ekan:
Ulg'aytirsang qiynalib.
O'zga uyga ucharkan,
Uyingni bir aylanib...
Sevgi alangasi ikki notanish oshiqlarga ellik ikkinchi tongni ham uyqusiz qarshilashni buyurdi. Durbek uchun visol onlari yaqinlashganday tuyuldi – indiniga imtihonga boradi. Endi uning oldida ikkita imtihon bor: birinchisi – yana o’sha avtobusga minadi, yana gavhar ko’zni qidiradi, topolmasa dosh bera oladimi yo’qmi?, topsa borib gapirishga jur’ati yetadimikan?. Ikkinchisi esa ikki parcha qog’ozga bosiladigan yarim kaft muhr uchun to’rt yil umrini besamar sovurishga sabab bo'luvchi imtihon. Durbek uchun insititutda o'qish bekorchi vaqt o'tkazishday gap edi. Shuning uchun ham Durbek birinchi duch keladigan va g’olib o’tishi kerak bo’lgan imtihon haqida ko'proq o'ylardi.
O'sha kun ham keldi...
Durbek bekatda avtobus kelishini chamasi qirq daqiqalar kutganday bo'ldi. Vanihoyat yuragini ishqqa to'ldirgan katta avtobus keldi. Oraqada joy yo'q ekan Durbek oldi eshikdan minishga majbur bo'ldi. Odatda vodiy tomonlarda avtobuslarda erkaklar orqa o'rindiqlarda, ayollar esa oldi o'rindiqlarida ketishardi. Durbekning ham bu udum qoniga singib ketgani uchun biroz hijolat bo'ldi. Ammo unga bu xolat o'ng kelganday ham tuyuldi. Bo'y yetgan qizlarning orasidan Zulfiyani qidira boshladi. Har bir qizning ko'ziga noodatiy suqlanib boqishi, qizlarning tabini hira qilardi. Durbekning onasi yoshligida vafot qilgan. Jumahoji aka o'g'liga o'gay onani ravo ko'rmadi, Durbekni o'zi ulg'aytirdi. Mana hozzir Durbek bo'yiga yetib qaragan odamning ko’zini quvnatadigan yigit bo'lgan. Ammo ayol kishini o'rnini hech kim bosolmas ekan, ota o'g'illar doim kiyim boshini yuvib tarashdan, uylarni saramjonlashdan qiynalishardi. Bugun ham uning axvoli havas qilarli darajada emasdi. Shuning uchun ham avtobusdagilarning ba'zilari unga qarab turib, - o'g'ri bo'lsa kerak - deb o'ylashdi, sho'xroq qizlar esa - qishloqda yuraverib sharharni ham dala deb o'yladi shekillik - deb bir biriga pichirlab kulardilar. Shunday qilib Durbek Zulfiyani uchratmadi. Har bekatga avtobus to'xtaganida chiqib qolarmikan deb o'zi ochilib yopilayotgan eshiklarga umidvor qarab turardi. Durbek uchun muhim deb bilgan birinchi imtihoni kechiktirildi, yoki umuman bo'lmasligi ham mumkin edi...
…
Шеърларимнинг умри узокми
ё кисками - вакт курсатади ....
Хозир укиб вактингиз чогми,
Менга шунинг узи етади...
(Баходир Исо)
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 days, 7 hours ago
✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"
Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!
REKLAMA: @aslfutbol_reklama
INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol
Last updated 4 days, 11 hours ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 3 months, 2 weeks ago