O‘lmasbek | Kitobdosh kopirayter

Description
KITOB VA KOPIRAYTING

- O‘qilgan va o‘qilayotgan kitoblardan xulosalar!
- Va yana kopirayting haqida foydali postlar!

? Kopiraytingni 2.5 yildan buyon o‘rganib kelaman!

? Ham o‘qiymiz, ham yozamiz!

? Obuna boʻling!

Aloqa: @Kitobdosh_aloqabot
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 month ago
**Bu kitob ham meni oʻqishimni kutmoqda!!!!** …

Bu kitob ham meni oʻqishimni kutmoqda!!!! ?

1 month ago
**"Bir varaqli marketing reja" kitobini tugatib, …

"Bir varaqli marketing reja" kitobini tugatib, shu kitobni o‘qishni boshlayman va xulosalarimni siz bilan bo‘lishib boraman!

1 month ago

*✏️ Agar kopiraytingni boshidan o‘rganishim kerak bo‘lganida, qanday ketma-ketlikda o‘rganar edim?Bu savolga hozirda FCB agentligida kopirayter boʻlib faoliyat yuritayotgan, @copirayt blogi muallif Nurbek Yoʻldoshevdan* javob oldik:
Aslida hozirgacha o‘rganganlarim kamligidan afsuslanmayman. Chunki vaqt o‘tib bo‘lgan. Ammo kimdir kopiraytingni endi o‘rganayotgan bo‘lsa, bu foydali bo‘ladi deb o‘ylayman

1. Til??****
Eng avvalo ingliz tilini o‘rganar edim. Aslida O‘zbekiston reklama bozori uchun rus tilini bilish yetarlidek. Ammo yangi texnologiyalar, dunyo bo‘yicha eng yaxshi kopirayting ishlari ingliz tilida

2. Marketing ?
Marketing bo‘yicha bilimlarni ertaroq o‘rganar edim. Kopirayting yoki kreativ kampaniyalarni ishlab chiqishda marketing juda ham muhim. Chunki g‘oyaning unikalligi bilan bir qatorda uning samarali bo‘lishi ham juda muhim.

3. Blog
Blogimni ertaroq yuritar edim. Va kontentlar sifatiga katta e’tibor qaratar edim. Xalqaro tajribalar, bilimlar haqida ko‘proq yozar edim. YouTube blog yuritar edim. Blog yuritish sizni yangi narsalar o‘rganishga majburlaydi

4. Amaliyot ?
Kreativ agentliklarda amaliyotda bo‘lganman. Buni ertaroq qilardim. Xususan, Moskvada yashagan vaqtimda (2022-2023 yillar) o‘sha yerdagi kreativ agentliklarda tajriba oshirardim.

5. Sayohat??*??**??*??????
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bo‘ylab ko‘proq sayohat qilar edim. Oddiy odamlar hayotini, bozorlar, tarixiy maskanlar, milliy qadriyatlar, hududlar an’analarini ko‘proq o‘rganar edim. Axir, siz xalqni tanimasangiz, ular uchun nima kerakligini ham bila olmaysiz.

Albatta, o'rganish kerak bo'lgan narsalarni bitta postga sig'dirish qiyin. Eng muhimlarini yozdim, xolos.

#marketing0dan

@maqsadli_mijoz

1 month ago

Mahsulot yoki xizmatning o‘zi pul keltirmaydi
Xalqaro darajadagi skripkachi qancha topadi deb o‘ylaysiz? U o‘zini qanday namoyon qilishiga bog‘liq.

Joshua Bell haqida eshitganmisiz? U dunyodagi eng kuchli musiqachilardan biri hisoblanadi. U dunyo bo‘ylab gastrollar uyushtiradi va daqiqasiga 1000 dollardan ko‘p pul topadi. U 1713-yilda yasalgan, 3.5 million dollar turadigan Stradivari skripkasida ko‘y chaladi.

300 yil oldin yaratilgan mazkur musiqa asbobi juda ko‘pchilikni hayratga solgan va dunyodagi eng noyob skripkalardan biri deb tan olingan.

Demak, bizda dunyoning eng noyob skripkasini chaladigan eng kuchli skripkachi bor. Bellni bemalol o‘z sohasining eng zo‘r mutaxassisi deb ayta olamiz.

Karyerasining yuqori cho‘qqisiga chiqqanda "The Washington Post" nashri uni ijtimoiy tajribada ishtirok etishga chaqiradi va mahalliy metro bekatida bir soat skripka chalishini so‘raydi.

Shunday qilib, 2007-yil 12-yanvarda Bell skripkasining qutisini ochib qo‘yib durdona kuylar chaladi. Minglab odamlar uning oldidan kuyni eshitib, e’tiborsizlarcha o‘tib ketadi.

Dunyoning mashhur skripkachisi o‘zining 3.5 million dollar turadigan skripkasida metro yo‘lagida musiqa chalib qancha pul topgan deb o‘ylaysiz? 32 dollar.

Dunyodagi eng zo‘r skripkachi eng qimmat skripkada bir soat davomida arzimagan 32 dollar ishlab topdi.

Xuddi o‘sha skripkachi Bostonda konsert berganda har bir tomoshabin o‘rtacha 1000 dollarga chipta sotib oldi va Bell bir soatda 60000 dollardan ko‘proq pul topdi.

Ayni musiqachi bitta musiqa asbobidan foydalanib birinchi holatda 32 dollar topdi, boshqa holatda esa 60000 dollarda ko‘proq. Bunchalik katta farqni nima keltirib chiqardi? Pozitsiya.

Agar siz professional musiqachi bo‘laturib o‘zingizni metrodagi cholg‘uchi kabi tutsangiz, mijozlaringiz sizni shunday qabul qiladi va shunga yarasha pul tulaydi.

Aksincha, siz o‘zingizni professional musiqachiday tutib konsert zalida chiqish qilsangiz, umuman boshqa mijozlarni jalb qilasiz va shunga yarasha haq olasiz.

Boshqacha aytganda, odamlarga aksini isbotlamaguningizcha ular sizni qarashlaridan kelib chiqib baholaydi.

? "Bir varaqli marketing reja" kitobidan

? Do‘stlaringizga ham yuborishni unutmang!

#kitobdan

@kitobdosh_kopirayter

1 month, 1 week ago
1 month, 1 week ago
**Kopirayterga savdo kitoblar nega kerakligi haqida**

Kopirayterga savdo kitoblar nega kerakligi haqida

Usbu rasmdagi kitoblarni Asaxiy books'dan onlayn sotib olgandim va yetkazib berishdi.

Grand Kardonning "Savdo san‘ati" kitobida shunday so'zlar bilan yozilgan joyi bor ekan:

Aniq bilamanki, inson yaxshi hayot kechirishi uchun buyuk savdogarlar ko‘nikmasini bilishi va amalda qo‘llay olish kerak. Shifokor, advokat yoki me’morni yollash mumkin, lekin muloqot, ishontirish, muzokara olib borish va bitim tuzish ko'nikmalarisiz hayotda biror nimaga erishish qiyin.

Kopiraytingga qaytamiz. Siz matn, ssenariy, post yozish va shu turdagi ishlarni amalga oshirasiz. Mijoz buyurtma beradi. U bilan gaplashasiz, savdolashasiz va uni ishontirib, xizmatingizni sotishishingiz kerak. Albatta, hamma mijoz ham sizni tushunish qiyin va siz bu vaziyatda to‘g‘ri yo‘l bilan ish olib borishingiz uchun sizda savdo va sotuv sohasida bilimlar zarur bu vaziyatda esa ushbu kitoblar sizga yordamga kelishi mumkin!

Sizga ushbu kitoblarni tavsiya qilaman!

@kitobdosh_kopirayter

1 month, 1 week ago

"Bir varaqli marketing reja" kitobining 1-bobidan qisqacha xulosalarim:

? Biznesda hamma ham sizning maqsadli bozoringiz emas!

? Aniq auditoriyaga qaratilgan tor bozoringizni kuchaytiring!

? Kichik bozorni tanlashingiz, narxning kattalashishiga olib keladi!

? O‘z ideal mijozingizni aniqlang!

? Bo‘lajak mijozlaringizni avatarini yarating!

Kitobni o‘qishda davom etamiz!

? Sizga ushbu ma‘lumotlar foydali bo‘lmoqdami, reaksiyalar orqali o‘z fikrlaringini bildiring!

#kitobdan

@kitobdosh_kopirayter

1 month, 1 week ago
**Qimmat qahvaning ajoyib siri haqida**

Qimmat qahvaning ajoyib siri haqida

Salom, aloqada O‘lmasbek

Men qahvani yaxshi ko‘raman. Odatda uyda yoki ish joyimda tayyorlayman. Shunchaki, bu odatiy usulda tayyorlanadi. Lekin siz rasmda ko‘rib turgan qahvada mening rasmim tushirilgan bu menga hissiyot beradi va uning narxi 25.000 so‘m.

Buning uchun ushbu qahvaxona egasi pul sarflab ushbu fotokofe mashinasini sotib olgan hamda boshqa qahvaxonalardan ajralib turishini ta’minlagan va UST (unikal savdo taklifi) ni ajoyib usulda yaratgan.

Keling, endi ushbu holatni kopiraytingga bog‘laymiz. Siz kopiraytersiz va sizda ham raqobatchilar yetarlicha bu holatda sohangizni targetingga, SEOga va boshqa yangi ko'rinishdagi sohalarga bog'langan holatda o'z mijozlaringizga taqdim etasiz.

Bu orqali siz yangi yo‘nalish yaratasiz, kopirayting bozorida moviy ummonga aylanib, o‘z xizmatlaringiz qimmat sotishingiz ham mumkin. Buning uchun o‘zingiz tanlagan qo‘shimcha yo‘nalish yoki qaysidir kasbni mukammal o‘rganishingiz kerak bo‘ladi.

#tavsiya

@kitobdosh_kopirayter

1 month, 1 week ago

Kopirayting nima ekanligi haqida

Kopiraytingning asosiy vazifasi bu sotilishi kerak bo’lgan mahsulot yoki xizmatlarni  har-xil turdagi matnlar yozish orqali maqsadli auditoriyaga uning qiymati va foydaliligini o’zgacha bir shaklda yetkazish va bu orali sotuv bo’lishiga erishish.

Ushbu matnni esa kopirayter* yozadi.

#kopirayting

⛳️ @kitobdosh_kopirayter

1 month, 1 week ago

"Biz uyimizda ishlatadigan 100 vattli lamochka bitta xonani yoritadi, lekin 100 vattli lazer bemalol po‘latni kesa oladi. Bir xil energiya, lekin natijalar har xil. Farq shunadki, energiya aynan nimaga qaratilganiga bog‘liq".

? "Bir varaqli marketing reja kitobi" dan

#kitobdan

@kitobdosh_kopirayter

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago