Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

Description
- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 Tage, 11 Stunden her

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 9 Monate, 4 Wochen her

1 month, 2 weeks ago

⚡️ **O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2024-yil 17-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat** imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

Telegram

Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar! ***📩*** @DTMreklama Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi. http://instagram.com/edu.uz

***⚡️*** **O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
1 month, 2 weeks ago
***🤨*** **SIZDA HALI HAM INGLIZ TILI …

🤨 SIZDA HALI HAM INGLIZ TILI MUAMMOMI**❓
Unda biz sizga yordam beramiz
😊*😊*😊

🏫 MENDELEYEV NTM qoshida ochilgan IELTS CENTER ingliz tili markazi o'z faoliyatini boshladi hamda yangi guruhlarga START beradi‼️

Bizda ushbu yo'nalishlarda ta'lim olishingiz mumkin👇****

🔶 IELTS
🔶 MULTILEVEL
🔶 GENERAL ENGLISH
🔶 KIDS ENGLISH
🔶 GRAMMAR
🔶 RUS TILI

*📊 Bizning markazimizni tanlashingiz uchun asosiy sabablar:*

IELTS BAND 7+ olgan tajribali o'qituvchilar
Asistant teacherlar bilan qoshimcha mashg'ulotlar
Haqiqiy ingliz muhiti
MOCK EXAM, SPEAKING CLUB va WRITING TRAINING

‼️ Shoshiling. IElTS olishni cho'zavermasdan "IELTS CENTER"ga keling va muvofaqiyatga erishing.

*📲 Murojaat uchun:*
+998993627788
+998732007788

*📍Manzil:*
Qo'qon shahar,Turon 42. G'ishtli masjid yonida

Telegram | Instagram | YouTube | Telegram Bot

1 month, 3 weeks ago

#talabaga_yengillik *⚡️Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi*

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Safimizga qoʻshiling 👇****
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

Telegram

Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar! ***📩*** @DTMreklama Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi. http://instagram.com/edu.uz

[#talabaga\_yengillik](?q=%23talabaga_yengillik) *****⚡️***Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi**
1 month, 4 weeks ago
1 month, 4 weeks ago

#expo #education_fair #world_expo

📣 Xalqaro ta’lim ko’rgazmasi!

🎬 Har yili o'tkaziladigan xalqaro World Expo ta'lim ko'rgazmasi haqida qisqacha.

📆 6-7 mart do'stlaringiz bilan tashrif buyuring va o'zingiz uchun eng munosib xorijiy universitetda talaba bo'ling!

⬇️ Batafsil ma'lumot olish uchun:

*📞 *788880030 | Onlayn konsultatsiya🌍 World.uz 💬Telegram 🌐Instagram 🌐Tik tok 🌐 Youtube 🌐Facebook

2 months ago

*⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi*✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;
*🎤 *gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

2 months, 1 week ago
*****⚡️***Qonun doirasida litsenziyaning bekor qilishini**

*⚡️Qonun doirasida litsenziyaning bekor qilishini*

"Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonunning 33-moddasida ko'ra, litsenziya talablari bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarlik fuqarolarning

hayoti va sogʻligʻiga ziyon,
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga,
jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga,
jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga,
tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan hollarda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

2 months, 2 weeks ago
***⚡️*** **2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan …

⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari 2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

🇬🇧 Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.

▶️ Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

2 months, 2 weeks ago

*⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi*✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 17-18-fevral kunlari;
*🎤 *gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 19-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Safimizga qoʻshiling 👇****
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

2 months, 2 weeks ago

*⚡️Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygoh talabalari o'qishi davlat oliygohlariga imtihonsiz ko'chirilishi bu – MIF!*

Kecha, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirilgani haqida xabar berdi. Biroq, xabarda talabalar qaysi ta'lim tashkilotlariga hamda qaysi shaklda o'qishi ko'chirilganiga aniqlik kiritilmagan.

Tahririyatimiz surishtiruvlariga ko'ra, vazirlik sanab o'tgan ikki nodavlat oliy ta’lim tashkilot talabalari faqat boshqa nodavlat OTMlarga ko'chirilgan.

Tugatilgan oliygoh talabalari davlat oliygohlariga faqatgina yozgi qabul jarayonlarida (15-iyuldan 5-avgustgacha) imtihon asosida o'qishini ko'chirishi mumkin.

Imtihonsiz o'qishni ko'chirish bu shunchaki manfaatdor tomonlar tarqalayotgan afsona.

Safimizga qoʻshiling 👇****
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 Tage, 11 Stunden her

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 9 Monate, 4 Wochen her