Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿

Description
Muallif haqqiga hiyonat qilmang.
Aloqa:
+998889980070
@qodirov_odilbek
We recommend to visit

🖤 ️ Eng ѕo'ngι хιт мυѕιclar olaмιga хυѕн ĸelιвѕιz 🥀

Xaммaѕι oldιnda 😅 ѕaвr...❤️

𖤓 хιт мυѕιc 2022+
𖤓 мooмвaн мυѕιc
𖤓 rυѕѕιan мυѕιc
𖤓 вaѕѕ мυѕιc
𖤓 reмιх мυѕιc


💰 Reklama @creator_04_04

— Аллах Великий!

1 year, 8 months ago

КЎНГЛИМГА ДАРД ТЎЛИБ КEТДИ ОНАЖОНИМ

Кўп орзулар сўлиб кетди онажоним,
Дўстлар душман бўлиб кетди онажоним...
Алам қилар, атрофимга қараб туриб,
Кўнглимга дард тўлиб кетди онажоним.

Яқинларим тухмат тошин отганида,
Ишонганим сирим арзон сотганида...
Юрагимга ҳанжарлари ботганида,
Кўнглимга дард тўлиб кетди онажоним.

Кимни яқин билсам кўзим бойлар бўлди,
Пинхон туриб синишимни пойлар бўлди...
Бу ҳасратга йиллар бўлди, ойлар бўлди,
Кўнглимга дард тўлиб кетди онажоним.

Давронимда ҳамма бирдек хон билдией,
Сал йиқилсам тилларида жон тилдией.
Ҳатто бирбор севган эдим қон қилдией,
Кўнглимга дард тўлиб кетди онажоним.

Бу дунёнинг ишларидан толдингиза,
Ташвишлардан қачон ҳордиқ олдингиза...
Мени ўйлаб ёнимда сиз қолдингиза,
Кўнглимга дард тўлиб кетди онажоним.

Одилбек Қодиров

❤️ ????? | ??????? ???????

1 year, 8 months ago

??'????????? ??'????????
??'??

???'? ???????? :
??????? ???????

? ??????? :
????????? ????????

❤️ ????? | ??????? ???????

1 year, 8 months ago

#premyera #mp3

ERKAK XOR BOʻLMASIN

xonanda: Qahramon Xaydarov
shoir: Odilbek Qodirov

Biz qilgan mehnat siz uchun, qoʻllab quvvatlab turganingizdan mamnunmiz.

❤️ ????? | ??????? ???????

1 year, 8 months ago

ДЎСТИГИМИЗ ЙЎҚОЛМАСИН ДЎСТ

Муаллиф: Одилбек Қодиров.

Ижрода: Музаффар Ҳафизович.

❤️ ????? | ??????? ???????

1 year, 8 months ago

Yaqin doʻstlarga yuborib qoʻyamiz

DOʻSTLIGIMIZ YOʻQOLMASIN DOʻST

Hiyonatdan dil qolmasin doʻst,
Yaxshilikdan til tolmasin doʻst.
Doim boʻlgin qiyomatligim,
Doʻstligimiz yoʻqolmasin doʻst.

Jigarimdek qondoshim oʻzing,
Yomon kunda yondoshim oʻzing.
Jonim kuysa jondoshim oʻzing,
Doʻstligimiz yoʻqolmasin doʻst.

Gar yiqilsam koʻnglim qilding toʻq,
Birga turding birov otsa oʻq.
Seni oson topganimcha yoʻq,
Doʻstligimiz yoʻqolmasin doʻst.

Yuzga solmay boʻlsa kam koʻstim,
Sen birgasan, sen bilan oʻstim.
Sodiq doʻstim, haqiqiy doʻstim,
Doʻstligimiz yoʻqolmasin doʻst.

Sherigini sotmas boʻrisan,
Nasihati qalbim qoʻrisan.
Ishonaman sen eng zoʻri san,
Doʻstligimiz yoʻqolmasin doʻst.

Qalbi toza qorliging yaxshi,
Doim madadkorliging yaxshi.
Sen yonimda borliging yaxshi,
Doʻstligimiz yoʻqolmasin doʻst.

Odilbek Qodirov

❤️ ????? | ??????? ???????

1 year, 8 months ago

sheʼr+idea
Aloqa uchun
+998889980070

Qo‘shiq ideasi va matni mualliflik huquqiga ega. Ruxsatsiz har qanday foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

❤️ ????? | ??????? ???????

1 year, 8 months ago

Erkak pulsiz qolgani yomon

Ulugʻbek Ziyo oʻqidi
Odilbek Qodirov sheʼri

❤️ ????? | ??????? ???????

1 year, 9 months ago

ЭРКАК ПУЛЬСИЗ ҚОЛГАНДА ЁМОН

Омад қувиб солганда ёмон,
Тақдир бахтин олганда ёмон.
Инсон қадри пуллик замонда,
Эркак пульсиз қолганда ёмон.

Чойхонага айтмас ошналар,
Менсимайди баланд пошналар.
Йўқчиликда кўзлар ёшланар,
Эркак пульсиз қолганда ёмон.

Кетар экан ҳамма ҳар тараф,
Биров турмас кунинга яраб.
Гаплашишар чўнтакка қараб,
Эркак пульсиз қолганда ёмон.

Давринг келса мақтаб сизлашар,
Бирам ширин ширин сўзлашар.
Жигарлар ҳам фойда кўзлашар,
Эркак пульсиз қолганда ёмон.

Камбағалга қиз берар қай жой,
Совчи қўйиб турганида бой.
Кимга ёқмас машина, сарой,
Эркак пульсиз қолганда ёмон.

Миннатга дучор қилма Худо,
Ўзига бер хор қилма Худо.
Бандасига зор қилма Худо,
Эркак пульсиз қолганда ёмон.

Одилбек Қодиров

❤️ ????? | ??????? ???????

1 year, 9 months ago

Sevib qolganlar uchun maxsus sheʼrimiz

SENI SEVIB QOLYABMAN

Qoshi kamon yoysan jonim,
Sochi toʻlqin soysan jonim.
Oʻn beshkunlik oysan jonim,
Seni sevib qolyabman.

Ishq dilga oʻt yoqqan sari,
Kunlar suvdek oqqan sari.
Ox man sani boqqan sari,
Seni sevib qolyabman.

Koʻzlar dengiz, lablar gʻuncha,
Misli tengsiz yuzlar kuncha.
Qancha kerak boʻlsa shuncha
Seni sevib qolyabman.

Tunlar shirin tushim oʻzing,
Oʻngim ham sarhushim oʻzing.
Tutqich bermas qushim oʻzing,
Seni sevib qolyabman.

Sen tomonga ex dam ba dam,
Ketaverar bossam qadam.
Mendek sevmas boshqa odam,
Seni sevib qolyabman.

Yeru osmon, falak kafil,
Qancha oshiq malak kafil.
Borliq kafil yurak kafil,
Seni sevib qolyabman.

Sensiz baxtga toʻlolmayman,
Senga yetmay oʻlolmayman.
Tushun sensiz boʻlolmayman,
Seni sevib qolyabman.

Har nafas har onim bilan,
Hatto qaynoq qonim bilan.
Ruhim bilan jonim bilan,
Seni sevib qolyabman...

Odilbek Qodirov

❤️ ????? | ??????? ???????

We recommend to visit

🖤 ️ Eng ѕo'ngι хιт мυѕιclar olaмιga хυѕн ĸelιвѕιz 🥀

Xaммaѕι oldιnda 😅 ѕaвr...❤️

𖤓 хιт мυѕιc 2022+
𖤓 мooмвaн мυѕιc
𖤓 rυѕѕιan мυѕιc
𖤓 вaѕѕ мυѕιc
𖤓 reмιх мυѕιc


💰 Reklama @creator_04_04

— Аллах Великий!