Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago
Уважаемые Дамы и Господа,
Рады сообщить Вам, что Представительство германской экономики в Центральной Азии, German Industry and Commerce проводит конференцию «День германской экономики» 25 ноября 2024 года в очном формате в городе Ташкент, Узбекистан.
Мероприятие предназначается для представителей немецкого и узбекского бизнес-сообщества, инвесторов и организаций, связанных с бизнесом, а также высокопоставленных государственных деятелей.
Немецкие компании, уже активно работающие в регионе, представят свою деятельность и опыт в соответствующих областях и в диалоге с представителями политики и бизнеса принимающей страны раскроют возможности и перспективы для делового сотрудничества.
Сердечно приглашаем Вас и Ваших коллег принять участие на конференции.
Дата проведения: 25 ноября 2024 года
Место проведения: Гостиница Hyatt Regency Tashkent, ул. Навои 1 А, Ташкент
Онлайн трансляцию нашего мероприятия вы можете посмотреть здесь:
https://youtu.be/mWlV9woN7Jk
@germaniyadagi_ozbeklar
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanadi...
Germaniyada ishlash, asosan, oilali insonlar uchun qiziqarli deb bilaman. Chunki bu yerda ijtimoiy himoya kuchli, ya’ni:
- bir yilda 30 kun haq to‘lanadigan ta’tilga chiqish (standard), kamida 25 kun tatil imkoniyati bor. Agar ta’til davomida kasal bo‘lsangiz, shu kunlarni qo‘shimcha cho‘zdirishingiz;
- agar ishlash davomida kasal bo‘lib qolsangiz 6 haftagacha oyligingiz uzilmagan holatda ish munosabatingiz davom etishi mumkin. Jiddiyroq kasal bo‘lsangiz, adashmasam, 6 oygachami yoki undan ko‘proq muddat tibbiy sug‘urtadan oyligingizni davomiy olib turish imkoniyati (ishlay olmagan taqdiringizda);
- farzandingiz kasal bo‘lgan vaqtlari, parvarishi sabab ishlay olmasangiz ham, jami yil davomida 10 kungacha oylik saqlangan holda yana qo‘shimcha tatilga chiqish imkoniyati;
- ish soatingiz haftasiga 40 soatdan oshmaydi. Work-Life-Balance (Ish-Hayot-Muvozanat) uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan.
Boshqa umumiy afzalliklarga misollar:
- Kop kompaniyalar ishchilarini malakasini oshirish uchun hamma xarajatlarni qoplab berishadi.
- Ish uchun kerak bo‘ladigan butun infratuzilmani (PC, telefon, telefon va WiFi xarajatlarini qoplash) o‘z zimmalariga olishadi.
- Ko‘p kompaniyalarda qo‘shimcha bonuslar ham bor: 13 oylik, fitnes klubga a’zolik, velosiped yoki firma nomidan mashina olib minish (butun xarajatlari firma bo‘ynida).
— O‘zingiz duch kelgan yoki kuzatgan kamchiliklarni sanab o‘ta olasizmi?
— Ayrim kamchiliklar:
- Soliq yuki baland, boshqa rivojlangan davlatlarga solishtirganda. Agar yolg‘iz bo‘lsangiz, eng ko‘p soliq va qo‘shimcha yuklamalar (pensiya, tibbiy sugurta) to‘laydigan davlatlardan birida yashayotgan bo‘lasiz. Yevropa davlatlaridan faqat Belgiyada yanada balandroq xolos.
- Chuqur bilimga ega dasturchilarga yoki IT sohasida karyera qilaman, biror global kompaniyada (Google, Apple, Microsoft) ishlayman deganlarga, Germaniyani tavsiya qila olmayman. Bu yerda AQSHga solishtirganda, oylik va tezlik surati pastroq.
- Nemis tilini bilish, ko‘cha hayotida baribir kerak bo‘ladi.
- Byurokratiya juda kuchli bu yerda: viza yoki har xil rasmiy idoralar bilan ishlashda ko‘p hujjatlar talab qilinadi va uzoq muddat davom etadi. Nemis idoralari bilan ish bitirishda sabr kerak bo‘ladi.
— Yaqin 10-15 yilda qaysi kasblar zarur bo‘ladi? Hozir bu sohaga qiziqqan insonlarga qanday mutaxassis bo‘lishni tavsiya qilasiz?
— Fullstack- va Backend-dasturchilar, IT security, IT-consultant, Test-engineer – shu yo‘nalishlarda ehtiyoj kattaligini ko‘ryapman. Kelajakda qo‘shimchasiga AI (sun’iy intelekt) programmalari bilan ham birgalikda ishlay oladigan soha mutaxassislariga talab ko‘p bo‘ladi.
— Doniyor aka, siz kabi dasturchilik yo‘nalishida o‘qishni rejalashtirayotgan vatandoshlarimizga ta’lim tizimi bosqichlarini sanab o‘ta olasizmi?
— Albatta! Germaniya ta’lim tizimi haqida qisqacha ma’lumot, maktabdan keyin:
Ausbildung: 3 yillik kasb-hunar o‘rganish uchun o‘qish mavjud (bizdagi oldingi kollejlarga tog‘ri keladi). Bu yerda talabalar ko‘proq amaliyotga bog‘langan holda, aniq bir kasb uchun o‘qishadi, haftada 3-3,5 kun ish va 1 – 1,5 kun darslarga borishadi, xolos, ishlagan kunlari uchun bazaviy miqdorda oylik ham olishadi.
Hochschule/Fachhochschule: Universitetni bir soddaroq shakli, lekin diplomi universitet bilan deyarli bir xil tan olinadi. O‘qish davomida talabalarning 2/3 qismi vaqti nazariy bilimlar olishga va 1/3 qismi amaliy bilimlar olishiga e’tibor qaratiladi.
Baholash tizimida ham amaliy va ham nazariy bilimlar yig‘indisi hisobga olinadi.
Duales Studium: biror universitet yoki Hochschuleda o‘qish bilan birgalikda dars bo‘lmagan kunlari o‘zi o‘qiyotgan sohasida biror firmada aktiv ishlash mumkin. Amaliyot uchun eng samarador yo‘l hisoblanadi. Talaba uchun o‘qish davomida ancha stress bo‘ladi, ammo kelajakda ham o‘qib ham ishlagani ko‘p foyda beradi.
— Unchalik qiyin kechmagan, sababi shu yerda o‘qiganim va nemis oilasida yashab ko‘rganim bo‘lsa kerak. Demoqchimanki, Germaniyada punktuallik, ishonchlilik, kelishuvlar va muddatlarga rioya qilish yuqori baholanishiga ko‘nikib bo‘lgandim. Til tomondan ancha mukammalashgan bo‘lsam-da, baribir yangi atamalar va so‘zlashuv uslublariga duch kelaverardim. Til masalasi doimiyligicha qoladi, umr davomida o‘z ona tilingiz bo‘lmagan tilda muloqot qilishga to‘g‘ri kelarkan, doimo yangi o‘rganadigan mavzular chiqib kelaveradi.
Lekin kasbiy tomondan ham o‘zlashtirish kerak bo‘lgan yangi narsalar va moslashish kerak bo‘lgan sharoitlar paydo bo‘lgan. Misol uchun, Teamwork ya’ni jamoa bilan ishlash. Ko‘pincha biror ishni o‘z bo‘ynimga olsam, boshqalar bilan hisoblashishga ko‘nikmaganim boshida menga g‘alati tuyulgan. Kunlik qisqa davom etadigan majlislarda nima qilayotganimni hammaga aytib turish, jamoani boshqa vakillari bilan hamkorlikda ishlashga ko‘nikishimga to‘g‘ri kelgan.
— Ish va shaxsiy hayotni bir-biridan ajratish haqida ham ko‘p eshitamiz, bu holatga duch kelganmisiz?
— Albatta, Germaniyada hamkasblaringiz bilan 5-10 yil birgalikda ishlashingiz, lekin ularning shaxsiy hayoti haqida umuman ma’lumotga ega bo‘lmasligingiz mumkin. O‘zbekistonda esa hamkasblaringiz bilan shaxsiy hayotda bo‘layotgan ishlar haqida bemalol gaplashaverasiz. Bu yerda nemislar “hamkasb degani do‘st degani emas’’ degan naqlga ko‘ra yo‘l tutishadi. Boshida men ham hamma muammo va yutuqlarimni hamkasblarimga aytaverardim. Ular haqida so‘raganimda esa qoniqarli javob kelavermasdi. Vaqt o‘tgan sari, men ham shaxsiy ma’lumotlarni hamkasblarimga hammasini ham aytmaydigan bo‘lib qoldim. Ba’zi tengdosh hamkasblar bilan do‘stlashib ham ketasiz, lekin bu holat kam uchraydi.
Bundan tashqari, samaradorlik va sifatga e’tibor berishni o‘rgandim. Ish vaqtida nimadir bilan band bo‘lib vaqt o‘tkazishni emas, butun e’tiborni oldinda turgan vazifalarni shu berilgan ish vaqtida bajarishga ulgurish ko‘nikmasi hosil bo‘ldi.
— Musofirlikda jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?
— Eng katta muammo til bo‘lgan avvaliga. O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganganimizga qaramasdan, bu yerda yana juda ko‘p o‘rganishim kerakligini tushunganman. Ijaraga uy topish ham doim qiyin bo‘lgan, to‘lov qobiliyatimizga to‘g‘ri keladigan uy topish muammolarimizdan biri edi. Talabaligimizda bir uyni (kvartira) bir tanishimiz ijaraga, keyin 2-3 o‘zbek birgalikda turardik.
Yana bir bariyerlardan biri — bu yerdagi mahalliy aholi bilan do‘stlashish. Ko‘pincha chet elliklar bilan tez chiqishib do‘stlashib ketasiz, balki dardi bir xil bo‘lganligi sabab. Lekin nemislar bilan inoq bo‘lib ketish uchun ancha vaqt kerak, ular doim boshqalar nisbatan masofa saqlab turadi. Hozir ham boshqa millatlarga solishtirganda germaniyalik do‘stlarimiz soni ancha kam. Siz bilan munosabatlarda o‘sha bog‘lab turgan mavzudan tashqari sizga yaqin kelaverishmaydi.
Nemislar aniq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qadrlashadi. Ishdami yoki shaxsiy munosabatlardami ochiq va aniq gapirish muhim. Biz esa noqulay mavzular haqida gaplashganda, tabiatan gapni aylantiramiz, to‘g‘ridan-to‘gri yuziga gapirishga qiynalamiz, bizga ma’qul kelmasa “Yo‘q’’ deyishni o‘rganmaganim sabab, ko‘pincha hammasiga “Ha’’ deyaverardim, hattoki qo‘limdan kelmasa ham. Bir-ikki noqulay vaziyatga tushganimdan keyin, men ham “Yo‘q’’ deyishni o‘rgandim, biror masalaga tanqidiy yondashishni (critical thinking) o‘rgandim.
— Boshqa mamlakatlarga nisbatan Germaniyada IT sohasida afzalliklar yoki dasturchilar uchun alohida qanday imkoniyatlar bor?
— Germaniyada so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, IT sohasida 149 ming atrofida bo‘sh ish o‘rni bor ekan. Imkoniyatlar ko‘p va juda keng. Raqamlashtirish sabab har bir sohada loyihalar ko‘payyapti yoki takomillashtirib borilyapti. Shu orqali ko‘p kompaniyalarda IT mutaxassislariga talab ortib bormoqda. Demografik va boshqa sabablarga ko‘ra o‘zlaridan kadrlarni yetkaza olishmayapti, oxirgi yillarda aktiv chet eldan mutaxassislarni jalb qilishga urinishyapti.
Germaniyadagi o‘zbek IT mutaxassisi — ish topish va hayot tarzi haqida
Vatandosh TV dunyoning turli davlatlarida istiqomat qilayotgan, o‘qib, ishlayotgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra bo‘lib turgan vatandoshlar bilan intervyular o‘tkazib kelmoqda. Bizning bu galgi suhbatdoshimiz Germaniyada IT mutaxassis sifatida ishlayotgan Doniyor Tojiboyev.
Vatandoshimiz 1986-yil Namaganning Mingbuloq tumanida tug‘ilib, Namangan davlat universitetining nemis tili fakultetiga grant asosida qabul qilinadi. 2 yildan so‘ng esa bir yillik Au Pair madaniy almashinuv dasturi bilan Germaniyaga kelgan va hozirgi kunga qadar oilaviy Myunxen shahrida istiqomat qilib keladi. Biz vatandoshimizning musofir yurtda boshdan kechirganlari, ish topish va tavsiyalari haqida suhbatlashdik.
— Doniyor aka, Germaniyaga kelish uchun nega Au Pair almashinuv dasturini tanlagansiz?
— Bu hamyonbop dastur edi, ko‘pchilik biladi, dasturga qabul qilinsagiz yil davomida biror nemis oilaning xo‘jalik ishlariga qarashib turasiz. Loyiha bir yil uchun bo‘lib, yashash, ovqatlanish xarajatlari ta’minlanadi, 250 yevro miqdorida cho‘ntak puli ham beriladi. Bu integratsiya uchun yaxshi, Germaniya madaniyatini o‘rganasiz, ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi, shu bilan birga til ko‘nikmangizni rivojlantiradi. Bu vaqt davomida Germaniya menga kerakmi yo‘qmi, bu yerda nimalar qila olaman degan savollarga javob ham topa olasiz.
— Germaniyada ITga qanday qilib qiziqib qoldingiz? Bu sohada kasb egallashga nima undagan?
— Germaniyaga kelishdan oldin ham, bu yerdagi oliy ta’limda o‘qish xohishi juda katta bo‘lgan, lekin aniq yo‘nalishni belgilamagan edim. Turizm, iqtisodiyot yoki IT yo‘nalishidan biriga topshirishni ko‘zlab yurardim. Kelgandan keyin oilada va til kursida yurgan vaqtlarim, o‘qish va turli xil yo‘nalishlardagi shart-sharoitlarni o‘rganib, har xil toifadagi tanishlar bilan maslahatlashib IT yo‘nalishidagi o‘qishlarga topshirishni maqsad qildim. Turizmni tanlamaganimga sabab, nemis va ingliz tilidan boshqa yana bir chet tilini o‘rganish sharti meni cho‘chitgan. ’’O‘zi chet eldan kelib, nemis tilim hali yetarli bo‘lmasdan turib yana bir boshqa chet tilini o‘rganishim kerakmi?’’, degan savol meni ikkilantirgan. Iqtisodiyot yo‘nalishini tanlamaslikka, o‘qish davomida huquqiy fanlarni ham ko‘pligi, yaxshi karyera qila olish uchun notiqlik ham muhimligi, ya’ni ko‘proq gapira olish mahorati ham bo‘lish kerakligi sabab bo‘lgan. IT yo‘nalishi uchun ham avvaliga aniq fanlarni o‘qimay qo‘yganimga ancha bo‘lganligi sabab ikkilandim. Lekin bu yerda „Studiyenkolleg“ degan tayyorlov kursida 1 yil o‘qib, shu yo‘nalish uchun kerak boladigan bazaviy bilimlarimni yangilab olganman va bu butun o‘qish davomida ancha foydali bo‘lgan. Dasturlashda, asosan, ishingiz uchun ko‘proq o‘zingiz izlanasiz va bajarasiz, lekin ko‘p gapirishga majbur emassiz, natijani ko‘rsatib tursangiz, ko‘pincha shu yetadi.
Qolaversa, IT sohasi juda keng tushuncha, u ham tibbiyot kabi yana ko‘p qismlarga bo‘linadi. Misol, dasturlashni o‘rganish uchun matematikani juda chuqur bilish shart emas, bazaviy mavzulardan tashqari (8-9 sinfgacha bo‘lgan mavzular) bilan birgalikda mantiqiy fikrlash, internet va yaxshi laptop (noutbuk) bo‘lsa yetarli. O‘qish davomida asosiy yo‘nalishimni ma’lumotlar bazasi boshqaruviga qaratib, shu soha bo‘yicha ’’part time“ turli xil firmalarda ishladim, o‘qishni bitirgandan so‘ng yana shu sohada bilimimni chuqurlashtirib, so‘nggi yillarda baza administratori (database administrator) va hozirda ma’lumotlarni statistik analizlar uchun tayyorlash mutaxassisi bo‘lib ishlayman (Data engineer ham deyiladi ingliz tilida). Hozirda hukumatga tegishli sog‘liqni saqlash sohasidagi bir tashkilotni IT bo‘limida ishlayman.
— Ishlash davomida Germaniya madaniyati, undagi qadriyatlarga moslashish jarayoni qanday bo‘lgan?
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago