Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 weeks, 4 days ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 6 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 8 months ago
Zinnatoy Sattorova'nın kurslarında okuyorum, sonuçlar mükemmel
Zinnatoy Sattorova sizin için sadece bir öğretmen değil aynı zamanda bir kız kardeş olacak. Bu kursa katıldığım için çok gururluyum. Öğretmenim çok zeki, güzel ve naziktir.
Eğer dersin herhangi bir bölümünü anlamadıysanız görevler sırasında tekrar açıklayacaklardır.
Eğlenerek öğrenirsiniz
Ben mutluyum🥰❤️
*Qahramonlar
Hayotda turli xil insonlar bo’ladi. Ba’zi insonlarning sabr-matonati, aqlbovar qilmas mashaqqatini ko’rib, ularni haqiqiy qahramon deb atagim keladi. Qahramon deganda ana shunday insonlar ko’z oldimda gavdalanadi.
— Oilasini ta’minlash, qizlarini uzatish uchun orzu umidlaridan, issiqqina o’rnidan kechib, minglab kilometr narida, barcha ishga tayyor bo’lgan o’zbegim, sen haqiqiy qahramonsan;
— Vatan sarhadlarini qo’riqlash niyatida kechalari sovuqlarda, cho’l-u biyobonlarda turgan askar, sen haqiqiy qahramonsan;
— O’z ishini har doim professional bajaradigan, bugungi kunini kechagi kundan ko’ra yaxshiroq qiladigan mutaxassislar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Umri davomida jamoat transportida yoki oddiy mashinalarda ishga qatnab, qimmat mashinalarda yuradigan shogird tayyorlagan ustoz-u murabbiylar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— “Buyurtma” dorilarni emas haqiqiy malhamlarni tavsiya qiladigan shifokorlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Imkoniyati bo’lsa ham poradan, tilyog’lamalikdan o’zini qat’iy cheklay olgan amal egalari, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Yoshligidan intizomni qoyim tutgan, ilm uchun bedor tunlarni o’tkazayotgan yoshlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Barcha imkoniyat bor zamonda, faxshdan, ma’siyatdan, o’zini tiygan o’g’lonlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Iymoni sabab turli qiyinchiliklarga uchrasa-da, ilm yo’lida to’xtamayotgan muslima qizlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— O’zidan ko’ra boshqaning hojatini birinchiga qo’yadigan himmati baland insonlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
—Farzandini omonat deb bilib uni tarbiyasi uchun astoydil bel bog‘lagan, buni o‘z maqsadiga aylatirgan onajonlar, asl qahramonsizlar;
— Yolg’iz boshi bilan farzandini tarbiya qilayotgan onalar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Dardi millat, vatan va din g’amida bo’lgan insonlar, sizlar bizning qahramonimizsizlar!*
"Oilaviy munosabatlarda samimiylik" nomli audio chatimiz zapisi. Eshitib manfaatlaning?, yaqinlaringizga ulashing☺️**
Muhabbat va ehtirom ila pedagog, psixolog Mashhura Amin**@hazrat_inson
***Molu davlatni topgaysan
Ota-onang topilmaydi...
Keyin bunday noyob gavhar
Durdonag topilmaydi...
Ota-onasi borlar, ularni asrang, avaylang, hol so‘rang, urushib-so‘ksa ham xafa bo‘lmang! Qabul qiling, rozi bo‘ling, bag‘rizga bosing, shirin so‘zingizni ayamang!
Ishoning, butun borliqni yaratgan Allohdan keyin sizga eng yaqin, sizni eng ko‘p yaxshi ko‘radigan shulardir!!!
???***@hazrat_inson
Xayrulla Hamidov & Yusufxon Nurmatov
? Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda...
Juda go‘zal, siz ham eshitib ko‘ring?☝️
???
@hazrat_inson
@psixolog_mashhura_amin
O‘zimning qori o‘g‘lim?****
? Bepul vebinar mavzusi…Yuqoridagi izohlar natijasiga ko’ra dangasalik mavzusi ko’proq xabarlar yig’di. Lekin man sizlar uchun ikkita mavzuni ham o’rgatmoqchiman.
Shuning uchun 19-iyul soat 20:30 da bepul vebinarda siz matnlarni eslab qolish va dangasalikdan qutulishni o’rganasiz.
Aynan shu efirda yangi kurs qabulini ham ochaman. Xabarga ? olovlar qoldiring, ko’rishguncha!
Namoz o'qiydigan professorlar
Yo'ldaman, Konyadagi olimlar bilan Mersinga ketyapmiz. Ertaga Mersinda "Bir Yol Bir Kuşak" SIRCON2024 nomli xalqaro konferentsiya boshlanadi. Bizni ham taklif qilishgandi, Konyadagi olimlar bilan avtobusda yo'lga chiqdik. Avtobusda 25 kishi atrofida olimlar bor. Bu insonlarning deyarli yarimi, o'z sohasining ustalari bo'lgan (turli sohalarda) professor o'qituvchilar. Hozirgina yo'lda to'xtab ozgina dam oldik. Yo'llarda shunaqa dam olish uchun maxsus joylar bor. Har qanday hojatingiz bo'lsa chiqarishingiz mumkin. Shu yerda ajoyib holat bo'ldi (aslida bunaqa holatlar ko'p bo'ladi) va shuni sizlarga ilinmoqchi bo'ldim.
Asr vaqti kirgani uchun shu yerda tezda namoz o'qib olmoqchi bo'ldim. Tahoratim ham bor, avtobusimiz harakatga tushmasdan tezda o'qib olaman dedim. To'xtagan joyimiz tog'li hudud bo'lib, juda ham chiroyli manzarasi bor ekan. Nimadir bo'ldiyu, manzaraga termulib bir-ikki daqiqa turib qoldim. Bu orada hamma shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ketgan, bir o'zim qolib ketibman. Atrofda yurgan bir xizmatchi akadan namozxona qayerda deb so'radimu, ko'rsatgan tomonga chopdim. Namozxona eshigini ochib ne ko'z bilan ko'rayki, avtobusda men bilan kelayotgan professorlar jamoat bo'lib namoz o'qishayotgan ekan. Tezda safga qo'shildim.
Namozni bir guruh professor bilan jamoat bo'lib o'qib oldik. Bu holat menga boshqacha tuyuldi. Nimaga deysizmi, chunki men 25 yildan beri ilm bilan mashg'ulman, bu davrning katta qismi "professor" laqabli insonlar bilan o'tdi. Lekin men yashagan muhitda professor bo'lish boshqacha edi. Bir-ikkitasini hisobga olmaganda, bu insonlar o'quvchilarni mensimas, yonlariga yaqinlashtirmasdi. Bu insonlardan ilm olish tugul bir og'iz shirin so'z eshitib bo'lmasdi. Namoz, din degan narsalardan yiroq, namoz o'qish bir yoqda tursin namoz o'qigan o'quvchilarni yomon ko'rishardi. Xullas bu kabi "fazilatlarini" sanab tugatib bo'lmaydi.
Bu yerda esa holat boshqacha, men ko'rgan "professorlar" bu yerda yo'q. Ayniqsa, mening atrofimda. Professorlar seni odam o'rnida ko'radi, senga yordam beradi, ilm o'rgatadi, kerak bo'lsa sen bilan choy ichib, jamoat bo'lib namoz ham o'qishadi.
Islom dini Arabiston yarimorolida paydo bo'lgan bo'lsa ham, bu dinga xos madaniyat, ilm-fan Movarounnahrda ya'ni hozirgi ona vatanimizda rivoj topdi. Buyuk olimlar yetishib chiqdi, sanog'i yo'q asarlar yozildi. Lekin o'sha madaniyat, o'sha olimlardan hech narsa qolmadi. Hatto namozni ham unutib yubordik.
O'zi biz qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni boshqalar qilganini ko'rib, hayratga tushadigan holatga keldik. Professor qanaqa bo'lishi, ilm qanday egallanishi, kitob, asarlar, qo'yingki, ilm-fanga oid nima bo'lsa biz boshqalarga o'rgatishni o'ringa boshqalarga havas qiladigan ahvolga tushib qoldik. Oddiy bir professor namoz o'qisa hayratlanib qaraydigan bo'ldik.
© Доктор Иқболжон Усмонов
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 weeks, 4 days ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 6 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 8 months ago