Grand School Toshkent

Description
Haqiqiy Qorako'l o'qitish tizimidagi xususiy maktab.
-19 yillik tajriba
- Individual yondashuv
Qabulga yozilish:👇
https://bit.ly/3XOBdS5

Aloqa uchun: 55 510 50 00
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 3 weeks, 4 days ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 days, 15 hours ago

8 months, 4 weeks ago

⚡️Maktabimizda ingliz tili o'qituvchisi Abduvoxidov Otabek tomonidan eng so'nggi zamonaviy metodikalar asosida ochiq dars tashkil etildi

O’quvchilarni “Speaking Club” dasturi orqali , bilimlarini tekshirib oldik😊

8 months, 4 weeks ago

Grand School Tashkent maktabining

kunlik ovqatlar joylanadigan kanalga obuna bo’ling

https://t.me/grandschool_tashkent_ovqatlanish

8 months, 4 weeks ago

Olmazor tumanidagi 326-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi hamda “Grand school Tashkent” nodavlat ta’lim muassasasining 6-7 sinf o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning 13-dekabr kuni ingliz tili, matematika fanlaridan “Bilimlar bellashuvi” tanlovi o‘tkazildi.

O‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, matematika va ingliz tili fanlaridan savodxonliklarini oshirish hamda eng bilimdon o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan ushbu tanlovda o‘quvchilar matematika va ingliz tili fanlaridan sodda, o‘rta va murakkab darajadagi testlarni yechdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra eng bilimdon o‘quvchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi rejalashtirildi.

9 months ago

“Grand school Tashkent” nodavlat ta’lim muassasasining muhtaram mehmoni Qorako’l Akademik litseyi direktori Golibjon Jumaqulov 9-10-11-sinflarning oquvchilari ortasida “Fanlarning shoxi- matematika”ga oid “Mahorat darslari” ni o`tkazdi. Shuningdek, o‘quvchilarni yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga undagan holda bugungi kunda ilm olish uchun qilayotgan say’-harakatlari-ertaga ular uchun hayru-barokatlarga, ijobiy yutuqlarga aylanishini eslatib o‘tdi.

9 months ago

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan o‘quvchilarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatlarini oshirish, ularda qonunlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida joriy yilning 7-dekabr kuni “Grand school Tashkent” nodavlat ta’lim muassasasida “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” shiori bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida maktabning hurmatli mehmoni, Qoraqo‘l akademik litseyi direktori-G‘olibjon Jumaqulov o‘quvchilarni bayram bilan tabrikladi hamda ularga ilm olishda g‘ayratli, shijoatli bo‘lishlarini, vaqtni behuda o‘tkazmasdan har bir daqiqasidan samarali-unumli foydalanishlarini, kelgusida ijobiy yutuqlarga erishib, davlatimizning turli sohalarida yetuk, malakali kadrlar bo‘lishlarini tiladi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Konstitutsiyani madh etuvchi va vatanparvarlikka chorlovchi videoroliklar namoyishlari, ijodiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, huquqiy savodxonlikka oid viktorinalar tanlovi tashkil etildi. Yosh avlod ongiga huquq va burch, odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini tushuntirish, o‘quvchilar o‘rtasida xalqimiz tarixi, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil etilgan ushbu tadbir o‘quvchilarda daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar va pedagoglar faхriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

9 months, 1 week ago

Joriy yilning 29-noyabr kuni “Grand school Tashkent” nodavlat ta’lim muassasasining yuqori sinf o‘quvchilari uchun Xalqaro Vestminster Universitetining akademik prorektori doktor Michael Clarke bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida doktor Michael Clarke 2002-yilda Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster Universitetini Londondagi Vestminster universiteti hamkorligida tashkil etilganligini, bugungi kunda ham hamkorlik aloqalarini tizimli olib borilayotganligini, jumladan seminarlar, konferensiyalar doimiy tashkil etilishini hamda Xalqaro Vestminster universitetining imkoniyatlari, imtiyozlari, shart-sharoitlari haqida batafsil so‘zlab berdi.

Suhbat davomida doktor Michael Clarke Xalqaro Vestminster Universiteti O‘zbekiston va O‘rta Osiyoning eng yaxshi universitetlaridan biriga aylanganligini, Universitetda malakali, mahoratli pedagoglar tomonidan Britaniya oliy ta'lim tizimi asosida o‘quv mashg‘ulotlarining ingliz tilida olib borilishini, universitetni tamomlagan talabalar davlatning rivojiga xissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishini ta’kidladi.

Uchrashuv barchada katta taassurot qoldirdi.

9 months, 2 weeks ago

“Grand School Tashkent” 🏫xususiy maktabida bugungi tushlik uchun tayyorlangan dasturxon!

Osh🍲
Limon choy☕️
Salat🥗

9 months, 2 weeks ago

⚡️Xabar berganimizdek, o'qituvchilarimiz tomonidan har kuni ochiq darslar tashkil etilmoqda.

Bugungi darsda:
Ingliz tili fani o'qituvchisi Tanjarov Diyorbek tomonidan ochiq darslar tashkil qilindi.
Ustoz o'quvchilarga ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishish uchun kerak bo'ladigan ko'nikma va tajribalarni ingliz tilida misollar bilan tushuntirib berildi.

Ochiq darslar o'quvchilarimizda nafaqat o’zlarining ijodiy salohiyatlarini, balki hamkorlik, do’stona sog`lom raqobat muhitini shakllantiradi. Shuningdek, fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, qobiliyatlarini namoyon etishga va vaqtlarini mazmunli o’tkazishga yordam beradi.

9 months, 2 weeks ago

“Grand School Tashkent” 🏫xususiy maktabida bugungi kechki choy uchun tayyorlangan dasturxon!

Rogalik🥐
Olmali kompot🧋

9 months, 3 weeks ago

“Grand School Tashkent” 🏫xususiy maktabida bugungi tushlik uchun tayyorlangan dasturxon!

Gulyash bilan guruch🧆
Salat 🥗
choy☕️

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 3 weeks, 4 days ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 days, 15 hours ago