Azizbek Mukhtorov

Description
'A calm mind
A fit body
A house full of love'

Contact: @azizbek_muxtorov
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

3 months, 1 week ago

Qiyinmi? Eng qiziq oʻyindasiz

Video oʻyinlar oʻynashga qiziqardim.
Oʻsha paytlardan eslayman. Eng qiziqmas oʻyin - eng oson oʻyin boʻlardi. Biror oʻyinda qanchalik tez yutsam, oʻyindan shuncha tez zerikardim.

Qiyin oʻyinlarda aksi, soatlab oʻynasam ham zerikmasdim. Yutqazaverardim, qayta boshlardim. Oxirigacha tugatib qoʻyish uchun qayta-qayta oʻynayverardim.

Hayotni ham oʻyinga oʻxshataman. Hayotda qanchalik oson va tez natija boʻlsa, zerikish ham shuncha tez boʻladi.

Toʻsiqlar keladi. Yiqilamiz. Qiyin  bosqichlar keladi. Qayta qayta harakat qilamiz. Shuning uchun ham zerikib qolmaymiz.

"Oʻyin" qiyin boʻlyaptimi, demak borgani sari qiziq boʻlyapti. Kichik yutuqlardan ham zavq oladigan payt kelyapti.

"Oʻyin" oson boʻlyaptimi, demak ikkita variant bor: 1. Oʻyinni hali boshlamagansiz. 2. Oʻrningizga boshqa oʻyinchi oʻynab beryapti.

Oʻyin boshlamay turavergan oʻyinchi aniq yutqazadi. Oʻrniga boshqasi oʻynab berayotgan chekkada tomosha qilib zerikadi.

Ishonavering, hammasi xohlaganingizdek boʻlganda zerikardingiz. Hayotni qiziq qolmay qolardi. Yashagingiz kelmay qolardi.

@azizbekmukhtorov

3 months, 4 weeks ago

#n

Sizni tanlashayotgani shunchaki kadr yetishmovchiligidan boʻlishi mumkin.

Yurayotgan yoʻlini bilmayotgan esa omad bilan erishganiga kibrlanib yuradi.

© Aziz Rahimov

5 months, 2 weeks ago

#n

"Yaxshimisiz?" deb bergan savolimga hali hech qachon "yoʻq" degan javobni olmadim.

5 months, 2 weeks ago

Siz kimsiz?

Baliq suzish uchun moslangan. Jabralar, suzgichlar, tana hammasi.

Qushlar esa uchish. Qanot, yengil tana, patlar hammasi.

Insonda ham shunday moslanmalar bor. Inson yartilibdiki nimadadir iqtidorli.

Iqtidorni aniqlash va shunga asoslanib kasb tanlash muvaffaqiyatli boʻlish ehtimolini oshiradi.

Iqtidorga qarab tanlangan kasb oson tuyiladi. Oson ish - qiziqarli boʻladi.

Iqtidorni, shaxsiyatni aniqlashning bir qancha usullari bor. Shulardan biri - "16personalities test".

Test dunyo boʻyicha foydalinaladi. Kompaniyalar, universitetlar kandidatlarni baholashda ishlatiladigan eng ishonchlisidan.

Siz ham bir sinab koʻring. Saytga kiring. Testni yeching. Sizga 16 ta shaxsiyatdan qaysi biri ekanligingizni aniqlab berdi. Qaysi kasb sizga koʻproq mos tushishini aytadi.

@azizbekmukhtorov

5 months, 4 weeks ago

Blog ochib nima koʻrdim?

Blog yurqizib boshlaganimga ham 4 oycha vaqt oʻtibdi. Bu postda blog olib kelgan plus va minuslari haqida yozmoqchiman.

  1. Yozish qobilyatimni kashf qildim, shaklantirdim. Chiroyli, qisqa va ta'sirli yoza olish osonmasligini tushundim.

  2. Bir nechta onlab odamlar maqolalarimdan foyda koʻrganligini bilidirdi. Fikrlashi va u orqali amali oʻzgarganligini aytdi. Bu men uchun haqiqiy "Woow!" boʻldi.

  3. Yozish uchun ma'lumot qidirib, oʻqidim. Oʻrgandim.

  4. Odamlar bilan tortishmaslikni oʻrgandim. Boshida koʻpchilik "blogingdagi bunga qoʻshilmayman, unga qoʻshilmayman" dedi. Boshlagan paytlarim bahs qildim. Tortishdim.

Hozir esa yoʻq. Shunchaki oddiy haqiqat - odamlar turli xil, fikrlar turli xil, hamma menday fikrlashga majbur emas!

  1. Atrofimdagi doʻstlarimni deyarli barchasi blog ochdi. Blogi borlar ularni yanada foydaliroq qilishga harakat qildi.

  2. Men fikrlashi zoʻr deb yurgan odamlarim, aslida men oʻylganchalik emasligini tushundim.

  3. Qayerga borsam, blog va postlarim suhbat mavzusiga aylandi. Ular ustida bahs, munozalar boʻldi.

  4. Bilganlarimga amal qilishida qiynalardim. Hozir esa shunchaki bitta post chiqarib qoʻyaman. Bilganimdan koʻra yozganimga amal qilishim kuchaydi.

  5. Sekin asta blog mening asosiy rezyume (CV)ga aylanib bormoqda.

Sizchi? Blogimda boʻlish sizga ham foyda berdimi?

"Ha" boʻlsa bosing.

@azizbekmukhtorov

5 months, 4 weeks ago

Yaxshi natija

Norozlikka, negativlikka toʻlib toshgan dunyoda ozgincha shukur qila olish.

Kunlab vaqt ijtimoiy tarmoqlarga sarflanayotgan paytda 1-2 soat ijtimoiy tarmoqda boʻlish.

Hamma yangi mashina haqida oʻylayotgan paytda shunchaki sayr qilib yura olish.

Hamma shoshayotgan bir paytda ozgina sabr qila olish.

Ekologiyasi biroz yaxshiroq joyda yashay olish.

1 minutlik videolar epidemiyasida chalgʻimasdan 1 soat nimadir qila olish.

Bular - eng yaxshi natijalar.

Bor yogʻi 30 yilcha oldin yuqoridagilarni qila olgan boshqalardan farq qilmasdi. Chunki bu ishlarni hamma eplardi.

Rozi boʻling. Tarmoqlardan tiyiling. Sayr qiling. Sabr qiling. Tozaroq joyda yashang. Chalgʻimasdan ishlang. Gʻalaba aniq.

@azizbekmukhtorov

6 months ago

Eh, ajib odamlarmiz...

"Orqasidan gapirishmasu" deb gap boshlab qolamiz. Orqasidan gapirish uchun.

"Gʻiybatmas-ku, a" deb boshlaymiz. Keyin esa gʻiybatlarimiz soatlab choʻziladi.

"Toʻgʻrisini aytsam" deymiz. Demak boshqa gaplarimizni "no'togʻrisini aytsam" deb boshlaymiz. Shunchaki, ichimizda.

"Ishonavering" deymiz. Demak "boshqa qolgan gaplarimga ishonmang" deganday qilib.

"Roʻza ogʻiz boʻlib turib yomon gapirmayman" deymiz. Demak roʻza emas payti oʻylanmay yomon gapiraveramiz.

Eh, ajib odamlarmiz...

Gaplarimizni, kimligimizni yashirishga harakat qilamiz. Eplay olmaymiz. Soʻzlarimiz, koʻzlarimiz sotib qoʻyaveradi...

@azizbekmukhtorov

6 months ago

Hayit muborak, doʻstlar!

Bir necha yillar oldin, men uchun bu kun - soqqani soqqaga uradigan kun edi.?

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago