Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago
#izohsiz
Hammani ham kitobxon qilib boʻlmaydi. Mana hozir juda koʻp ragʻbatlar chiqyapti. Mashina sovgʻa qilyapmiz, pul beryapmiz. Bu yaxshi... Lekin sotib olganday-da.
Muhabbat emas-da bu. Muhabbat begʻaraz boʻladi...
©Erkin Aʼzam
#Arab_tili darsi
Arabiy harflarning tanvinli holatdagi talaffuzi
Yo’ldoshbek Ibrohim (arab tili ustozi)
Bizni kuzatib boring:
https://t.me/Yuldoshbek_Ibrohim
#reallik
Hayotiy haqiqatlarni tan olish kerak. Alamli bo'lsa ham. Masalan, tug'ma kasalliklar aksar hollarda tuzalmaydi. Qancha harakat qilmagin, urinishlaring nihoyatda nomuhim bo'ladi.
To'g'ri, inson umidlar bilan yashaydi, ammo umidsizlikka umid bog'lab, o'zni aldagandan ko'ra, haqiqatni tan olib qo'yavergan ma'qul. Pushti ko'zoynak taqib yashash yaramaydi.
Jiyloniyda bir gap bor: "O'zingizga va o'zgalarga berilgan qadarga rozi bo'ling."
Rozilikda halovat bor.
Neyrolingvistika darsidan olganlarim
02.02.2023
#Arab_til darsi jarayonidan lavha
Arabiy harflarning harakatli va sukunli holatdagi talaffuzi
Yo’ldoshbek Ibrohim (arab tili ustozi)
Bizni kuzatib boring:
https://t.me/Yuldoshbek_Ibrohim
Bugun, har biri o’z sohasi va yo’nalishlarida faol mehnat qilayotgan hamda ko’plab yutuqlarga erishgan, katta reja va maqsadlari bor, yoshlarning ilm-ma’rifat va kasb egasi bo’lishlarida salmoqli hissa qo’shayotgan ikki do’stimizning tanishuviga sababchi bo’ldik, alhamdulillah.
Rasmda:
Ali Asqarxon Qosimov,
Yaqin do’stimiz, Ankara shahridagi “Yildirim Bayezid” xalqaro universiteti qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazi prorektori.
Temurbek Adhamov,
Oliy ma’haddagi sinfdoshimiz, IT sohasiga ixtisoslashgan va o’z yo’nalishida peshqadam hisoblangan “Najot ta’lim” o’quv markazi asoschisi va rahbari.
Shohruhxon aka,
Do’stimiz Ali Asqarxon akaning tog’alari.
Ushbu tanishuv har ikki do’stimiz uchun ham xayrli, manfaatli bo’lsin. Ilmu faoliyatlari barakali bo’lsin. Birgalikda ham yana-da ko’plab xayrli ishlarni amalga oshirishlarini Robbimiz nasib aylasin. Zero, kuch birlikda. Bular kabi bilimli, serg’ayrat insonlarning birlik va hamkorlikda bo’lishlarida ko’plab foydalar bor deb ishonamiz. Alloh hamisha muvaffaq va muzaffar aylasin. Omiyn!
P/S Aslida yana bir do’stimiz, “Yuksalish” liderlar maktabi asoschisi Muhammadali Eshonqulov ham kelishlari kerak edi. Ammo u kishi ba’zi sabablarga ko’ra kela olmay qoldilar. Keyingi safar qazosini o’taydilar, inshaAlloh ))
https://t.me/Yuldoshbek_Ibrohim
Telegram
Yo’ldoshbek Ibrohim
#Shaxsiy\_blog Ushbu kanal - administratorlar tomonidan yuritiladi. Maqsadi: Yo’ldoshbek Ibrohim qori faoliyati hamda maqolalarini yoritib borish Yo’nalishi: ommaviy va ijtimoiy mavzular Ulanish uchun: @Yuldoshbek\_Ibrohim
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ Токиода, дeнгиздан оқиб кeлиб дeнгизга қуйилувчи бир дарё бор. Бу дарё шаҳар марказида жойлашгани учун, дарёнинг икки қирғоқи одамлар сайр қиладиган болалар ўйнайдиган сўлим гўша қилиб қўйилган. Адашмасам бундан икки йил олдин, айнан…
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ
Токиода, дeнгиздан оқиб кeлиб дeнгизга қуйилувчи бир дарё бор.
Бу дарё шаҳар марказида жойлашгани учун, дарёнинг икки қирғоқи одамлар сайр қиладиган болалар ўйнайдиган сўлим гўша қилиб қўйилган.
Адашмасам бундан икки йил олдин, айнан мана шу пайтлари эди. Гоҳ-гоҳида китоб ўқиш учун ўша ерга борар эдим. Бу гал ҳам бордим. Тинч, осойишта жой. Ҳар доимгидeк, японлар сайр қилиб юрибди.
Кимдир китоб ўқияпти, кимдир итини сайрга олиб чиққан, кимдир мусиқа тинглаяпти, кимдир югуриш машқларини бажараяптии, бир нeчта болалар махсус болалар майдончасида ўйнаяпти.
Болалар майдончасига яқин жойга, “скамeйка”га бориб жойлашдим. Тўсатдан, бир 3-4 ёшлар атрофидаги япон болача югураман дeб йиқилиб тушди ва болаларча бeғуборлик билан ўксиниб йиғлаяпти. Ўрнидан турмай, кимдир кeлиб кўтариб турғизиб қўйишини, эркалаб овутишини кутаётгандeк йиғлаяпти.
Бизни ўзбeк мeнталитeтимиздан, болажонлигимиздан кeлиб чиқиб қарайдиган бўлсак, бeгона бўлишидан қатъий назар овутишга ёрдамга ошиқамиз.
Балки бу бизнинг хатойимиздир.
Қисқа фурсат ичида ҳаёлимга шундай фикрлар кeлди-да, ўзимча ғудраниб, сўкингандек бўлдим. Наҳотки, жондан азиз фарзандинг йиқилиб йиғлаб ўтирибди бориб овутмасанг, хавотир олмасанг дeган маънода, нарироқда икки учта аёл кўриб пинагини ҳам бузмагани учун уларга қараб (қайси биридир боланинг онаси)
Ҳуллас, ўрнимдан турдим-у , югуриб бориб болакайни турғизиб қўйдим, кийимидаги чангларини қоқиб, овутдим. Шу пайт бир аёл биз томонга кeла бошлади. Фаҳмладимки, болани онаси. Кeлиб раҳмат айтса кeрак дeган ҳолатга тайёр турган миямга болға билан ургандай бўлди. Аёл кeлиб бақириб- бақириб мени урушиб кeтди-ку.
Нима дeйишимни, нима қилишимни билмай қолдим. Яхшилик қилганимга жавобинг шуми дeдим-у, бузилган кайфиятда ўз “скамeйка”мга бориб ўтирдим.
Бунақа кайфиятда китоб ҳам ўқиб бўлмайди, сайр ҳам қилиб бўлмайди. Қаердан ҳам, шу ишни қилдим , айбсиз айбдор бўлдимми?
Ёки хақиқатдан ҳам айбдорманми, каби бир қанча саволлар қийнаб, жаҳлим чиқиб уйга қайтаман дeб турганимда, ҳалиги аёл яна мен томонга кeла бошлади. Бу сафар миямни бошқа ҳолатга тайёр, жаҳл билан аччиқ гапириб ташлайман дeб тургандим. Аммо, ҳалиги аёл бу сафар жуда мулойимлик билан, японларга хос маданият билан гап бошлади:
- Боя бўлиб ўтган воқeа учун чин қалбимдан узр сўрайман. Жуда ҳам яхши (мeҳрибон) инсон экансиз.
-Ие, нимага ҳeчқиси йўқ.
-Сизни урушмасам ҳам бўлар эди. Аммо сизни қилган хатти-ҳаракатингиз менинг фарзандимнинг кeлажаги учун, тарбияси учун ёмон таъсир қилар эди.
- Нимага ? Мен нима ёмон иш қилдим? Ёрдам бeрдим ҳолос.
- Тўғри, сиз ёрдам қилдингиз. Аммо бир томондан катта зарар ҳам қилдингиз. Ҳозир болам йиқилиб тушиб, кимдир кeлиб турғизиб қўйсин дeб йиғлаб ётибди, мен ёки бошқа одам турғазса, у ўрганиб қолади. Келажакда ҳам бирор қийинчик бошига тушса, қоқилса, кимнидир ёрдамини кутиб яшайдиган бўлиб қолади. Ўзининг қўлидан ҳeч нарса кeлмайдиган бўлиб қолади. Сиз кeлажакда ҳам мени фарзандимни турғизиб қўяман, қийинчиликка тушса ёрдам бeраман дeсангиз, бўйнингизга олсангиз, бeмалол ёрдам қилавeринг. Қила олмайсиз-а?
Мури (имконсиз) бу нарса. Бугунги ҳолат учун узр сўрайман. Ҳайр.
-Фарзандингиз буюк инсон бўлсин. Минг бор узр.
?Анчадан бeри ўйлайман бу воқeани.
Кўпчилик японларнинг нима сабабдан бировдан унча-бунчага ёрдам сўрамаслигининг сабабини тушундим. Кўп сонли японлар қийинчиликда ухламасдан, ўқиб ишлаётганларини кўриб ҳайрон қоласиз. Қайсидир акаси, таниш-билишни ишга солиб бирор бир ишини ҳал қилаётганларини дeярли кўрмайсиз. Кўпчилик қисми, фарзандларининг контракт пулларини тўлашмайди. Ўзлари арубаито (соатбай иш) қилиб тўлашади. Ёки давлатдан крeдит олиб ўқишади. Ўқишни битиргандан кeйин нeча йиллар давомида ойлигидан ушлаб қолишади. (Яхши тизим)
©️ Баҳодир Искандаров
- Joriy yilning may oyida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida o’tkazilgan "ROBOT.uz-2023" xalqaro tanlovining Toshkent shahar bisqichida maktabimiz o’quvchilari
Zargarova Dilnura va Toshpòlatova Ma'mura “SumoBoro” yo’nalishida faxrli 1-o’rinni egallashdi.
Shuningdek, o’quvchilarimiz Husniddinov Sunnatilloh 2-o’rinni va Nurov Abubakr esa 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.
- Shuningdek, may oyida o’tkazilgan mazkur "ROBOT.uz-2023" xalqaro tanlovining Respublika miqyosidagi final bosqichida ham maktabimiz o’quvchilari faol ishtirok etib, faxrli 2-o’rin sovrindori bo’lishdi.
O’quvchilarimizning ushbu natijalarni qo’lga kiritishida barcha maktabimiz jamoasining hissasi borligini e’tirof etgan holda, chet tillari, IT texnologiya, robototexnika, mental arifmetika hamda matematika fan o’qituvchilariga alohida minnattorchilik bildiraman.
“Mudarris” maktabini ochishda ham aynan chet tillari, hisob-kitob (matematika, SAD, mental arifmetika) hamda zamonaviy texnologiya (IT) fanlariga alohida urg’u berish maqsad qilingan edi. Maktabning ilk faoliyat yilida ushbu maqsadga erishildi deb bemalol ayta olamiz.
Kelgusida bundan-da yuqori darajalarni qo’lga kiritishimizga albatta ishonamiz va harakat qilamiz. Zero, bizning maqsadimiz - sifatli ta’limni tarbiya asnosida berish!
Maqola muallifi - Yo’ldoshbek Ibrohim
(“Mudarris” xalqaro maktabining arab tili fani katta o’qituvchisi, magistr)
——————
PS: Robototexnika musobaqasi finalida eng oliy 1-o’rinni egallab, vazir Hilola Umarova tomonidan taqdirlangan o’quvchimiz (Holmurodova Asal)ga “Asila” ismini shaxsan men qo’yganman. Ma’nosi - “Aslzoda” degani.
https://t.me/Yuldoshbek_Ibrohim
Telegram
Yo’ldoshbek Ibrohim
#Shaxsiy\_blog Ushbu kanal - administratorlar tomonidan yuritiladi. Maqsadi: Yo’ldoshbek Ibrohim qori faoliyati hamda maqolalarini yoritib borish Yo’nalishi: ommaviy va ijtimoiy mavzular Ulanish uchun: @Yuldoshbek\_Ibrohim
O’QUV YILI YAKUNI
(kechikkan post)
25-may - yurtimiz bo’ylab barcha maktablarda “so’ngi qo’ng’iroq” nomli bitiruvchilar bayrami. Poytaxtimizda joylashgan “Mudarris” xalqaro maktabi ham “so’ngi qo’ng’iroq” bayramona tadbirini o’tkazish barobarida, o’zining ilk bir yillik faoliyatini sarhisob qilib, o’quvchilar bilan birgalikda bir yil mobaynida qanday natijaga erishganini ularning ota-onalariga namoyish qildi. Yuqori bilim va malakali o’qituvchilarimiz tomonidan master-klass mahorat darslari o’tib berildi.
Maktabimiz o’z faoliyatini boshlaganiga hali bir yil to’lmagan bo’lsa ham, ko’plab yuqori natijalarga erishishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan:
- Joriy yilning fevral oyida Toshkent shahar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida o’tkazilgan “mental arifmetika” bo’yicha viloyatlararo Respublika ochiq olimpiyadasida 4-sinf o’quvchimiz Karimberdiyev Ibrohim eng yuqori - oliy o’rinni qo’lga kiritib, oltin medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, turli yo’nalishlarda:
Nazarov Behruz (4-sinf) 1-o’rin va oltin medalni,
Abdumalikov Imron (1-sinf) 1-o’rin va oltin medalni,
Eng yosh ishtirokchi sifatida qatnashgan Abdulhakimova Robiya (maktabgacha tayyorlash sinfimizdan) 1-o’rin va oltin medalni,
Obiddonov Firdavs hamda Zaripov Muhammadaminlar (1-sinf) 2-o’rinni egallab, kumush medallarni qo’lga kiritishdi
Jamoa hisobida ham maktabimiz jamoasi mutlaq g’olib deya topildi.
- Joriy yilning mart oyida ham Toshkent shahar miqyosida bo’lib o’tgan “mental arifmetika” fan olimpiadasida o’z yo’nalishida g’olib deb topilgan ikki o’quvchimiz - Karimberdiyev Ibrohim va Nazarov Behruz Qirg’izistonda bo’lib o’tadigan mental arifmetika bo’yicha xalqaro olimpiadaga yo’llanma olishdi.
- Shuningdek, mart oyidagi ushbu olimpiadaning Respublika miqyosida bo’lib o’tgan final bosqichida ham maktabimiz o’quvchilari mutlaq g’olib va eng kuchli jamoa deya topildi. Ta’kidlash joiz-ki, ushbu musobaqada qatnashayotgan maktabimizning 1-2 sinf o’quvchilarining har biri 1 (bir) daqiqa mobaynida 200 (ikki yuz)tadan ortiq matematik misollarni to’g’ri va aniq yechib berib, eng oliy o’rinni qo’lga kiritishdi. Ayniqsa, o’quvchilarimiz tez va aniq yechib berayotgan misollarni tekshirishda musobaqa hakamlari qo’lida hisoblagich (korkulyator) bilan ham ulgura olmay qolishgani diqqatga sazovor bo’ldi. Ikkinchi o’rinni olgan jamoa vakillari esa 1 daqiqa ichida 100tadan kam misollarni yechishgan edi va o’quvchilarimiz katta farq va ustunlik bilan g’alaba qozonishdi.
- Joriy yilning may oyida “Raqamli avlod” IT festivali doirasida o’tkazilgan Robotatexnika musobaqasida “RoboSumo” yo’nalishining Respublika miqyosida bo’lib o’tgan final bosqichida maktabimiz o’quvchisi Holmurodova Asila (Asal)* eng oliy 1-o’rinni egallagan bo’lsa, maktabimizning yana bir o’quvchisi Abduqayumova Nazira 2-o’rinni egallab, maktab va maktabgacha ta’lim vaziri Hilola Umarova tarafidan taqdirlanishdi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago