Iqtiboslar™

Description
​#iqtibos, siyosat, tahlil va tarix

“Bugun Ovropa xalqi osmonga uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovropaliklar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va kalta kiyim janjallari."
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 year, 6 months ago

Olamlarga nur bo‘lib tushgan,
qalblarni poklaydigan, sabr va shukr fasli muborak Ramazon oyi kirib keldi!

Alloh taolo barchamizni bu oyda ko‘proq ibodat qilishga, ezgu niyatlar bilan yashashga va chin qalbdan duo qilishga muvaffaq qilsin. Alloh ro‘zalarimizni qabul, duolarimizni ijobat, gunohlarimizni esa mag‘firat qilsin! Ushbu muborak oy bizga baraka, tinchlik va ma’naviy yuksalish olib kelsin.

Ramazon muborak bo‘lsin!

1 year, 6 months ago

#Ramazon

MEN SIZDAN ALLOH UCHUN KECHIRIM SO‘RAYMAN.

MENI KECHIRING!
Muborak Ramazon oyi gina-adovat, nafrat-arazlar, xafagarchiliklar unutiladigan, hamma bir-biridan rozilik hamda kechirim so‘raydigan oydir.

1 year, 6 months ago

🇰🇬🇹🇯Qirgʻiziston va Tojikiston ikki davlat oʻrtasidagi chegarani delimitatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatni imzoladilar

🇰🇬Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev va uning tojikistonlik hamkasbi Saymo‘min Yatimov Bishkekda chegaraning umumiy qismini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi. “Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston oʻrtasidagi chegarani delimitatsiya qilish boʻyicha protokol imzolandi, Qirgʻiziston tomoni nomidan hujjatni Tashiyev imzoladi, Tojikiston tomonidan Yatimov ishtirok etdi”, — deya taʼkidlagan Qirgʻiziston TIV matbuot kotibi.

Bugun Qirgʻiziston va Tojikiston xalqlari uchun alohida tarixiy kun. Biz qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha yakuniy protokolni imzoladik”,- deb taʼkidlagan 21-fevral kuni Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Tashiyev.

Unga ko‘ra, bir qator hujjatlar tayyorlandi:
-Davlat chegarasi to'g'risidagi shartnoma;
- hukumatlar o'rtasidagi energiya ob'ektlari va suv resurslari bo'yicha kelishuvlar;
- kesishgan yo'llardan foydalanish va yangi yo'llar qurish to'g'risida kelishuv.

Hujjatlar ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolanishi uchun tayyorlandi. “Biz nihoyat chegaraning butun uzunligi boʻylab muvofiqlashtirishni yakunladik”, deya taʼkidlagan Tashiyev. U Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Saymoʻmin Yatimov va delegatsiyalar aʼzolariga amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Chegara masalasi har ikki tomondan mahalliy aholi va harbiylar oʻrtasida koʻplab mojarolarga, jumladan oʻqotar qurollardan foydalanishga sabab boʻlmoqda, oxirgi marta toʻqnashuv 2022-yilning kuzida avj olgandi. Umuman olganda, 2014-yildan beri qirgʻiz-tojik chegarasida 10 dan ortiq jiddiy mojaro kelib chiqqan. 2024-yil dekabr oyida Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari umumiy davlat chegarasini to‘liq tavsiflashni yakunlagandi. Qirg‘iziston MXDQ raisi bir necha oydan so‘ng masala “butunlay hal bo‘lishini” ta’kidlagan edi.

Qirgʻiziston Xitoy, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh boʻlib, Tojikiston Qirgʻiziston chegara masalalari hal etilmagan oxirgi qoʻshni davlatdir. Shu tariqa Markaziy Osiyo davlatlari orasida chegara boʻyicha oxirgi muammolar hal etildi deyish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
📱Twitter 📱YouTube 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram

1 year, 8 months ago

Yangi 2025-yil muborak boʻlsin!

1 year, 9 months ago
1 year, 9 months ago

Ey Ulugʻ Turon, arslonlar oʼlkasi!
Senga ne boʻldi? Holing qalaydir? Nechuk kunlarga qolding?
Ey Temurlarning, Oʼgʻuzlarning, Atillalarning shonli beshiklari!
Qani u chiqdigʻing yuksak oʻrinlar? Qullik chuqurlarigʻa nedan tushding?!
Dunyoni "urho"lari bilan titratgan yoʻlbars yurakli bolalaring qani? Yer tuprogʻini koʻklarga uchraturgʻon togʻ gavdali oʻgʻlonlaring qani? Nechuk tovushlari chiqmaydir?
Yer yuzining bir necha polvonlari boʻlgan botir turklaring qani? Nechun chekindilar? Nechun ketdilar? Kurash maydonlarini oʻzgalarga nechun qoʻydilar? Nechun... Nechun... nechun? Gapir menga, ey Ulugʻ Turon, arslonlar oʻlkasi! Senga ne boʻldi?!
Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen kurmadingmi? Hindistonning, Eronning, Ovroʻpaning ulugʻ xoqonlarini sen yubormadingmi? Ey xoqonlar oʻchogʻi! Ey qahramonlar tuyogʻi! Qani u chaqmoq chaqishli botir xoqonlaring? Qani avvalgi oʻq yurishlik, otli beklaring? Nechun "urho"laring eshitilmaydir?
Dunyo xalqini boʻysundirgan saltanatlarini nechun buzildi? Insonlik olamini qanotlari ostinda olgan xoqonligʻing nechun kuchi oʻldi? Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qolding?
Yoʻq...yoʻq... Tangri haqqi uchun yoʻq!..Sen kuchsiz emassan, sen kimsasiz emassan!
Ey Ulugʻ Turon, arslonlar oʼlkasi!
Qaygʻurma! Eski davlating, eski saltanatning, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech biri yoʻqolmamishdir.
Yolgʻiz... Ox, yolgʻiz... tarqalmishdir.

?Abdurauf Fitrat

1 year, 11 months ago

*??Turkiya “Markaziy Osiyo” atamasini “Turkiston”ga almashtirmoqda, — TRT Haber.*

Turkiya ta’lim vazirligi tarix fani o‘quv dasturiga jiddiy o‘zgarishlar kiritdi. Yangi oʻquv dasturlarida “Markaziy Osiyo” atamasi oʻrniga “Turkiston” tushunchasi qoʻllanilmoqda. Bu qadam, mutaxassislar fikricha, kelajak avlodlarda turkiylik, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan.

@erontahlili

1 year, 11 months ago
1 year, 11 months ago

Sadoqat...

Usmon roziyallohu anhu shahid qilinganidan keyin u kishining beva qolgan ayollari Otika roziyallohu anhoga Muoviya roziyallohu anhu sovchi qoʼydilar. Otika sovchilarga rad javobini berdilar. Lekin rad javobiga qaramay Muoviya roziyallohu anhu qayta-qayta sovchi joʼnataverdilar.
Otika roziyallohu anho Muoviyaning nega qayta-qayta sovchi joʼnatayotganini soʼraganida aytishdiki: ,,Muoviya sizning tabassum qilganingizda old tishlaringizni koʻrgan va shu holatingizni sevib qolgan ekan. Shuning uchunʼʼ-deb javob berishdi. Bundan Otika roziyallohu anho qattiq jahllari chiqdi va old tishlarini sindirib sovchilarga berdi. Va shunday dedilar: ,, U mening shu tishlarimga oshiq boʼlgan ekan, uni Muoviyaga olib borib beringlar. Vallohi mening qalbim Usmonda edi. U qalbimni oʼzi bilan olib ketdi. Endi undan keyin hech kimga turmushga chiqmayman.ʼʼ

@Iqtiboslarga

2 years, 1 month ago

⚡️⚡️⚡️

? КЕЧКИ ТАФАККУР ?

Бир куни бир инсон вафоти олдидан фарзандларига илтимос қилибди:
— Фарзандларим! Умрим мобайнида ҳалол пул топмадим, ҳалол емадим, зора охирги кунларимда ҳалол еб жон берсам.

Фарзандлари дарров маслаҳатлашиб, Шайх олдига бориб маслаҳат олишни режалаштиришибди ва Шайхга отасининг муродини баён қилишибди, шунда Шайх:
— Ён-атрофингизда бирон ўқитувчи яшайдими?,- деб сўрабди.

Фарзандлар эса:
—Ҳа, албатта яшайди,- деб жавоб берибди.

Шунда Шайх:
— Ўша ўқитувчи уйидан бирон таом олиб едиринглар, -деган экан.

Қарангки, Шайх айнан "ўқитувчи уйидан",-деб бежиз айтмаган, чунки ўқитувчи топгани ҳалол ва баракотлидир

➡️@sharq_xabar

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid