Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

E-BAZA ISH REJA

Description
📚Ta'limga oid barchasini biz bilan kuzatib boring

✅YouTube kanalimiz: http://surl.li/gpddq

🌐Reklama xizmati uchun: @e_baza_rek

⏯Videodarsliklar
@e_baza_uzbekistan

Obuna bo'lishni unutmang😉
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 2 days ago

hace 1 semana, 5 días

*⚡️*Maktablarda qachon, qaysi vaqtda, qaysi sinf va qaysi fanlardan ta'lim sifati monitoringi o'tkazilishini bilasizmi?XTVning 2022-yil 11-oktyabr kundagi 313-sonli buyrug'i bilan tanishib chiqingizni tavsiya etamiz.

*✅️*Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
👉*@ebazaga_bot✅️*O'qituvchilar uchun maxsus kanalimizhttps://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIyhttps://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy

hace 1 semana, 5 días

7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!
Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.*1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing.* Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

*4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.*Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

*5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.*Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

*6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar*Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

*7️⃣ Har bir savolga javob bering.*DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

*✅️***@BahoIashUz

hace 1 semana, 5 días

#OTA_ONALAR_UCHUN

Farzandi 1-sinfga chiqqan Ota-Onalar:

—Ustoz, bolam birinchi partada o‘tirsin, iltimos Bizdan nima xizmat, Ustoz..

Farzandi 2-sinfga o‘tganda

—Ustoz, bolamning o‘qishlari yaxshimi? Rahmat, Ustoz, albatta, uy vazifalarini o‘zim birga bajaryapman. Rahmat, sizga Ustoz.

Farzandi 3-sinfga o‘tganda

—Mening bolam ham tadbirda qatnashsin, o‘zim yodlataman, she’rini. Baraka toping, Ustoz.

Farzandi 4-sinfga o‘tganda

—Ustoz, bolamni odobi yaxshimi, o‘zingiz charchamayapsizmi? Baraka toping, Ustoz.

Farzandi 5-sinfga o‘tganda

—Meni bolam boshlang‘ich sinfda hamma fandan a’lo baho olardi, nimaga o‘qituvchi ona tilidan 4 baho qo‘yadi, o‘zingiz bir gaplashib ko‘ring, Ustozi.

Bolasi 6-sinfga o‘tganda

—Majlis deysizmi, man ishdaman, Adasi chet eldalar, keyingi safar borarman.

Bolasi 7-sinfga o‘tganda

—Menga uy vazifalarini tayyorlayapman dedi-ku, o‘zi o‘qituvchilaringiz bitta meni bolamni topib olgan. Maktabga borolmayman, vaqtim yo‘q!

Farzandi 8-sinfga o‘tganda

—Nima bitta mening bolamda telefon bor ekanmi, tortib olishga nima haqingiz bor. Ustingizdan shikoyat qilaman.

Farzandi 9-sinfga o‘tganda

—Mushtlashgan bo‘lsa tarbiya bering, hadeb meni bezovta qilavermay, siz bilan gaplashgani vaqtim yo‘q.

Farzandi 10-sinfga o‘tganda

—Ustoz, farzandimning o‘qishlari yaxshi bo‘lishi uchun nima qilishim kerak, u ertaga bir kasbning egasi bo‘lishi kerak, yordam bering.!

Farzandi 11-sinfga o‘tganda

Ustoz, Farzandim gapimga kirmayapti, nima qilishni bilmayapman, yordam bering.!

P.S. Xulosa qilish kerak... Ota-onalar uchun...

*✅️*Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
👉*@ebazaga_bot✈️*Attestatsiya bo'yicha yangiliklarhttps://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIyhttps://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy

hace 2 semanas, 4 días

⚡️Vazir jamgʻarmasidan ustama olishga nomzodlarning kasbiy mahoratini mezonlari va suhbat bo‘lib o‘tadigan manzil va sanalar tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olish uchun oʻtkazilgan birinchi bosqich test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan.

Ikkinchi bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun mamlakatimizning barcha hududlarida joriy yilning 23-27-aprel kunlari suhbat oʻtkaziladi.

Shu munosabat bilan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan nomzodlarning 2-bosqich kasbiy mahoratini baholash boʻyicha Nizom, baholash mezonlari va hududlarda suhbat oʻtkazish jadvali tasdiqlandi.

Har bir nomzod hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari tomonidan suhbat topshiradigan kuni va vaqti bo'yicha qo'shimcha xabardor qilinadi.

*✅️*Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
👉*@ebazaga_bot✅️*O'qituvchilar uchun maxsus kanalimizhttps://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIyhttps://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy

hace 2 semanas, 4 días

⭕️⭕️⭕️

📣**MAKTABLAR O‘RTASIDAGI TANLOV DAVOM ETMOQDA!

Ovoz berish uchun “Maktablar o‘rtasida tanlov bot” ga o‘ting va o‘z maktabingizni tanlab ovoz bering. Ovoz berish 25-maygacha davom etadi. Tanlovda qatnashish shartlari bu yerda (ko‘k yozuvga bosing). Maktabingizga ovoz yig‘ish uchun ushbu xabarni o‘quvchilar, ota-onalar guruhlariga yuboring!

Bot linki bu yerda*👇*👇
https://t.me/tanlov2_bot?start=6313854151
https://t.me/tanlov2_bot?start=6313854151

hace 2 semanas, 4 días

⚡️Bu ro'yxatdagi maktablarda ishlashga rozi bo'lsangiz oylik ish haqingizga 100% ustama qo'shib beriladi!

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

✅️@BahoIashUz

hace 3 semanas, 4 días
hace 3 semanas, 4 días

⭕️⭕️⭕️⭕️🟢🟢🟢
2023-2024-O'QUV YILIDA IMTIHON O'TKAZISH UCHUN HUJJATLAR TO'PLAMI NAMUNALARI, O'ZINGIZGA KERAKLI BO'LGAN HUJJAT USTIGA BOSING

📎Ariza (yakuniy nazorat boyicha)

📎Dalolatnoma jismoniy tarbiya

📎Dalolatnoma(konvert ochilishi yuzasidan)

📎Dalolatnoma 2

📎Imtihon bayonnomasi

📎Imtihon buyruq jismoniy tarbiya

📎Imtihon buyruq pedkengash

📎Imtihon qarori

📎Imtihon qaydnomasi

📎Imtihon varaqasi

📎Maktab buyrug'i

📎Maktab buyrug'i imtihon 2

📎O'quvchi arizasi

📎Pedkengash bayoni

📎Sinf yig'ilish bayoni

📎Vazirlik yakuniy imtihon buyrug'i

📎Imtihon o'tkaziladigan Fanlar ro'yxati

P.S. Internetdan olinganligi sababli tekshirib olib foydalanish tavsiya etiladi!

*✅️*Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
👉*@ebazaga_bot✅️*O'qituvchilar uchun maxsus kanalimizhttps://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIyhttps://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy

hace 3 semanas, 4 días
hace 1 mes

#ustozlar_uchun

ATЕSTATSIYAGA TAYYORLANAYAPMAN

Toifa olish uchun,
O‘rnimda qolish uchun,
Tinim bilmay tun-u, kun,
Testga tayyorlanyapman.

O‘qiyman erta turib,
Goh o‘tirib,goh yurib,
Hammasin chetga surib,
Testga tayyorlanyapman.

Bilsang sabrdan po‘stim,
Ilm deb undim,o‘sdim,
Gapga bormayman do‘stim,
Testga tayyorlanyapman.

Intilib baxt omadga,
Yetay deb saodatga,
Qolmay deb malomatga,
Testga tayyorlanyapman.

Yorug‘ bo‘lsinda yuzim,
O‘tkir bo‘lsin gap so‘zim,
Ovqatga qara qizim,
Testga tayyorlanyapman.

Gohi shaxdam,goh tolib,
Gohi shodon,goh nolib,
Yakshanbada yotvolib,
Testga tayyorlanyapman.

Ulguryapman zo‘r,arang,
Qilmang asabni tarang,
Xotinjon molga qarang,
Testga tayyorlanyapman.

Tanaffusga chopaman,
Telefonni yoqaman,
Test yechaman yana man,
Testga tayyorlanyapman.

Kecha kunduz yo‘q tinim,
Meni tushungin inim,
Cho‘ntakda qolsin pulim
Testga tayyorlanyapman.

Oliylar qilsin nasib,
Qayda bor tayyor hasip,
Omad sizga hamkasb,
Testga tayyorlanyapman.

✍️Muallif: Xurshid Karim
t.me/Xurshid_Karim

*✅️*Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
👉*@ebazaga_bot✅️*O'qituvchilar uchun maxsus kanalimizhttps://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIyhttps://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy

We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 2 days ago