Sardor Ikramovich || Shaxsiy kanal

Description
                  
Toshkent viloyati Sport boshqarmasi Oliy sport yutuqlari sho'basi boshlig'i

Instagram: https://instagram.com/sardor_ikramovich?igshid=ZDdkNTZiNTM=

Murojaat va reklama: @SIkramovich
Advertising
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 1 day, 7 hours ago

✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"

Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!

REKLAMA: @aslfutbol_reklama

INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol

Last updated 3 days, 10 hours ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 3 months, 1 week ago

2 months ago

Эртадан субсидия учун аризалар бериш бошланади
1. Субсидия учун кимга мурожаат қилинади*
▪️***Субсидия олиш учун давлат хизматлари маркази ёки ЯИДХП орқали(my.gov.uz/oz/service/325) ариза берилади.

▪️Бунда анкета-ариза электрон тарзда тўлдирилади ва мазкур хизмат мутлақо бепул.

▪️23 сентябрдан аризалар қабул қилиш бошланади.

2. Субсидия олиш учун даромад қанча бўлиши лозим
▪️Субсидия даромади юқори бўлмаган фуқаролар ёки оилаларга берилади.

▪️Ариза берувчи ва/ёки унинг турмуш ўртоғининг (шу жумладан, кафил сифатида келтирган яқин қариндошлари) ўртача даромад миқдори:

– Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда — МҲТEКМнинг 2,7 бараваридан (2 млн 835 минг сўм) 8 бараваригача (8 млн 400 минг сўм);

– Тошкент шаҳрида — МҲТEКМнинг 2,7 бараваридан (2 млн 835 минг сўм) 9,2 бараваригача (9 млн 660 минг сўмгача) бўлиши зарур.

3. Даромади етмаса қандай йўл тутиш мумкин*
▪️***Ариза берувчи ўзининг даромади етмаса, унинг хоҳишига кўра, даромадлари ҳисоб-китобига яқин қариндошларининг ҳам даромадларини киритиши мумкин.

4. Cубсидия ажратишда нималарга эътибор қаратилади*
▪️***Субсидия ажратишнинг мезонлари бор, уларнинг биринчиси юқорида келтирилган ойлик даромад миқдори.

▪️Иккинчиси, аризачининг амалдаги турар жойининг мақоми:

– ижара (эр-хотиннинг ўз мулкида уй-жойи мавжуд эмас)

– эгасининг рухсати билан текин турар жой (эр-хотиннинг ўз мулкида уй-жойи мавжуд эмас)

– ариза берувчининг ўз мулкида якка тартибдаги уй-жойи мавжудлиги (якка тартибдаги уй-жой қуриш ва реконструкция қилиш учун).

▪️Учинчидан, ижтимоий ҳимояга муҳтож бўлган айрим шахслар:

– “Labor-migration” дастурида рўйхатдан ўтган меҳнат мигранти;

– олис ва чекка ҳудудларда жойлашган бюджет ташкилотларига бошқа ҳудудлардан меҳнат фаолиятини амалга ошириш учун келган олий маълумотли мутахассис ва (ёки) тиббиёт ходими;

– ёш оилалар, шу жумладан, 30 ёшдан ошмаган фуқаролар

– оғир ижтимоий вазиятга тушиб қолган аёллар.

▪️Тўртинчидан, ариза берувчи ва унинг оиласидаги шахсларнинг қуйидаги тоифага мансублиги:

– биринчи гуруҳ ногиронлиги бўлган шахс;

– сурункали касалликнинг оғир турларидан азоб чекувчи;

– оғир ногиронликка олиб келувчи касалликка чалинган болани парваришлаётган.

– Ижтимоий мезонлар асосида 30 (жами 50 балдан) ва ундан юқори балл тўплаганларга субсидия берилади.

5. Қайси ҳолатларда субсидия берилмайди*
▪️***Қуйидаги ҳолларда субсидия ажратиш рад этилади:

– аризада кўрсатилган маълумотлар ижтимоий мезонларга мос келмаганда;

– маълумотлар нотўғри ёки сохта бўлганда;

– илгари имтиёзли ипотека кредитлари асосида квартира ёки уй-жой ҳамда субсидия олганлар ариза берганида;

– жорий йилда ҳудуд учун ажратиладиган субсидия сони тугаганда;

– ариза берувчи ва/ёки оиланинг ўртача ойлик даромади юқорида кўрсатилган даромаддан кўп ёки кам бўлганида.

– Бошқа асослар билан рад этиш мумкин эмас, ариза рад этилганидан сўнг яна қайта мурожаат қилиш мумкин.

– Субсидия олувчилар кўп бўлганда, дастлаб биринчи ариза берганларга субсидия ажратилади.

6. Бошланғич тўлов ва кредит фоизи қанча*
▪️***Дастлабки тўлов учун 30 млн сўм субсидия берилади.

▪️Шунингдек, субсидия асосида олинган кредит фоизининг 12 фоизидан ошган қисми қоплаб берилади, илгари 10 фоизидан ошган қисмига берилган. 2025 йилдан бошлаб эса фақат Марказий банк асосий ставкасидан ошган миқдор қоплаб берилади.

7. Кредит миқдори қанча*
▪️***Субсидия асосида ажратиладиган кредит миқдори Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда 330 млн, Тошкент шаҳрида эса 420 миллионни ташкил қилади.

▪️Субсидия асосида ажратилган кредит сотиб олинаётган уй нархига етмаса, банклар ўз маблағидан кредит ажратиши мумкин.

Масалан, уй нархи 600 млн, субсидия эса 420 млн, 180 млн етмаганини банк ўзи кредит сифатида беради ва фоизини ҳам мустақил белгилайди.

Ипотека асосида янги уй олаётганда кредитни суғурта қилиш бекор қилинган.

@Sardor_Ikramovich

2 months ago

23 сентябрдан ипотека кредитлари бўйича субсидиялар учун аризалар қабул қилиш бошланади23 сентябрь куни соат 09:00 дан мақсадли параметрлари доирасида ипотека кредитлари бўйича субсидия учун аризалар қабул қилишнинг иккинчи босқичи бошланади.

Шунингдек, энди ариза берувчининг хоҳишига кўра, унинг даромадлари ҳисоб-китобига яқин қариндошларининг ҳам даромадларини киритиш мумкин бўлади.

Аризаларни Давлат хизматлари марказларига бевосита борган ҳолда ёки “my.gov.uz” ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали мустақил равишда топшириш мумкин.

2 months, 1 week ago
***☎️*** **БАНКЛАРНИНГ ТЕЛЕФОН РАҚАМЛАРИ**

☎️ БАНКЛАРНИНГ ТЕЛЕФОН РАҚАМЛАРИ

Банк хизматлари бўйича тўлиқроқ маълумот олиш ёки пластик карта блокка тушиб қолганда банкларнинг қуйида кўрсатилган телефон рақамларига қўнғироқ қилинг.? Асакабанк—1152
? Ўзмиллийбанк—1344
? Халқ Банки—1106
? Азия Альянс Банк—1270
? Ипотека-банк—1233
? Агробанк—1216
? Туронбанк—1220
? МКБанк—1285
? Ўзсаноатқурилишбанк—1180
? Ипак Йўли Банки—1296
? Бизнесни ривожлантириш банки—1254
? Тенге Банк—1245
? Трастбанк—1287
? Давр Банк—1284
? Инфинбанк—1214
? Ҳамкорбанк—1256
? Гарант Банк—1326
? Зираат Банк—1293
? Анорбанк—1290
? ТБС Банк—1150
? Универсалбанк—1355
? Капиталбанк—1340
? Апекс банк—1881
? Ҳаёт банк—1320
? Ориент Финанс Банк—4004
? Смарт Банк—1377
?Янги банк — (+99878)-777-88-87
? КДБ Банк—(+99878)-120-80-00
? Садерот Банк—(+99871)-252-11-61
? Узум Банк—(+99878)-777-07-99
? Октобанк—(+99871)-202-33-33
? Авобанк—(+99878)-888-78-87
? Пойтахтбанк—(+99871)-214-20-00
? Май банк—(+99873)-241-70-31
? Алоқабанк—(+99871)-230-7777
? Марказий банк—(+99871)-212-62-05

2 months, 1 week ago

Taʼlim krediti haqida batafsil: uni qanday olish mumkin?

Huquqiy asos

Vazirlar Mahkamasining 26.07.2001 yildagi “Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisida"gi 318-sonli qarori
Kredit miqdori: talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan toʻlov-kontrakt shartnomasi miqdorida

Muddati: bakalavr bosqichi uchun - 10 yilgacha, magistratura bosqichi uchun - 5 yilgacha.
Foizi: ikki xil kategoriya boʻyicha turli foizlarda beriladi:
a) chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga - nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
b) talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻlmagan miqdorda (hozir 14%).

imlarga beriladi: OTMlarga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning oʻzlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga.

Kredit taʼminoti

Kredit taʼminoti sifatida quyidagilardan biri yoki bir nechtasi taqdim etilishi mumkin:
a) mol-mulk yoki qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyish;
b) bankning kafolati;
v) uchinchi shaxsning kafilligi;
g) sugʻurta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
d) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam taʼminlangan oilalardan chiqqanlar uchun).

Qanday hujjatlar kerak?

Taʼlim kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
b) talaba va OTM oʻrtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) mahalladan yashash joyi toʻgʻrisida maʼlumotnoma:
g) kreditni qaytarishning taʼminlanishi toʻgʻrisida hujjat;
d) imtiyozli taʼlim kreditlari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar tegishli tasdiqlovchi hujjat.

Ariza qancha vaqtda koʻrib chiqilishi kerak?

Ariza bank tomonidan 10 ish kunida koʻrib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar kredit berilmasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi koʻrsatilgan yozma xulosa berishi lozim. Sizga shunchaki ogʻzaki rad javobi berishlariga yoʻl qoʻymang. Albatta asoslangan yozma javob berishsin. Bu kelgusida asossiz rad qilinganlik uchun shikoyat qilish huquqini beradi.

Kredit qachon toʻlanadi?

Taʼlim kreditlari boʻyicha mablagʻlar har yarim yilda yillik kontrakt miqdorini ikki teng qismga boʻlish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Bunda, 1-kurslar uchun 1-yarim yillikda 1 oktyabrgacha, 2-yarim yillikda 15 martgacha toʻlanishi mumkin. 2-kursdan boshlab sentyabr va mart oyining 5-sanasidan kechiktirilmasdan toʻlanadi.

Kam taʼminlanganlar uchun imtiyoz bormi?

Kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan talabalar uchun kredit boʻyicha qoʻshilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan toʻlanadi.

Maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim uchun ham taʼlim krediti olsa boʻladimi?

Nizomga koʻra, taʼlim krediti faqat kunduzgi boʻlimlarda oʻqiyotgan talabalarga beriladi. Shunga koʻra, maxsus sirtqi, kechki va sirtqi boʻlimlar uchun taʼlim krediti ajratish nazarda tutilmagan.

Xorijlik fuqarolar ham taʼlim krediti olishi mumkinmi?

Yoʻq. Nizomga koʻra, taʼlim krediti faqat Oʻzbekiston fuqarolariga beriladi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham Nizomda nazarda tutilmagan.

Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olish mumkinmi?

Taʼlim krediti berishga oid qonun hujjatlari qabul qilingan paytda hali qoʻshimcha kontrakt degan narsa yoʻq edi. Shu sababli bu masala normativ hujjatlarda aniq koʻrsatilmagan. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-son qaroriga koʻra, taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan OTMlarning kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning oʻqishi uchun berilishi mumkin.

@Sardor_Ikramovich

2 months, 1 week ago

Imtiyozli ta’lim kreditining shartlari va imtiyozlari qanday?

Imtiyozli ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

Imtiyozli ta’lim krediti muddatlari
Ta’lim krediti rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. 1-kurs talabalari uchun bu muddat 11 yil 7 oygacha davom etishi mumkin.

Ta’lim krediti miqdori va foiz stavkasi
Kredit talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontraktda ko‘rsatilgan miqdorda beriladi. Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasida (14 foiz) ajratiladi, lekin stavka pasaytirilgan taqdirda, foiz stavkasi ham mos ravishda kamayadi.

Bundan tashqari, xotin-qizlar uchun kredit 0 foiz stavkada ajratiladi. "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalarning farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.

@Sardor_Ikramovich

2 months, 1 week ago

​​“Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi o‘tkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 22-son bayoni ijrosi boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda “Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 2024-yil 23-avgustdagi 29-sonli qoʻshma qarori ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, endi bir yilda ikki marta — “Kuzgi” (oktabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida yugurish musobaqasi oʻtkaziladi.

G'olib va sovrindorlar

1-orin** uchun **5 000 000** som miqdorida, 
2-orin** uchun **3 000 000** som miqdorida, 
**3-orin** uchun **2 000 000** som pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 

Bundan tashqari har bir mavsum natijasi bo'yicha oliy taʼlim muassasasining talabalari orasidan bosqich (kurs)lar kesimida 1-3 orinlarni egallagan (ogil va qiz bola boyicha alohida-alohida) talabalarga oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) stipendiyasi bilan taqdirlanadi. 

Musobaqada ishtirok etgan oliy taʼlim muassasasi professor-oqituvchi va xodimlar boyicha “Yugur” platformasida qayd etilgan natijalarga asosan har bir oliy taʼlim muassasasi kesimida 1-3 orinlarni egallagan (erkak va ayollar boyicha alohida-alohida) xodimlarga lavozim maoshiga 10 foiz miqdorda 3 oylik qo`shimcha ustamalar belgilanadi.

Musobaqa natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Barcha talaba yoshlarni ushbu marofonda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

@Sardor_Ikramovich

5 months ago
**Май ойида 45,4 млрд сўм миқдорида …

Май ойида 45,4 млрд сўм миқдорида имтиёзли таълим кредитлари ажратилган
Натижада 6302 нафар талабанинг ўқиш харажатлари тўланган.

Кредитларнинг 70 фоизи хотин-қизларга берилган.

?@Sardor_Ikramovich

5 months ago

“BRICS” спорт ўйинларининг ярим финал баҳслари якунланди.
Бугун мусобақанинг финал олди баҳслари бўлиб ўтди ва эркаклар терма жамоамиз тўлиқ 13 та вазнда рингга кўтарилдилар.

Финалга йўл олган боксчиларимиз билан танишинг:

-48 кг: Шодиёржон Мелиқўзиев
-54 кг: Шаҳзод Музафаров
-57 кг: Ҳудойназар Файзов
-60 кг: Дилшод Абдумуродов
-67 кг: Шавкатжон Болтаев
-71 кг: Ҳавасбек Асадуллаев
-75 кг: Жавоҳир Умматалиев
-80 кг: Тўрабек Ҳабибуллаев
-92 кг: Мадияр Сайдраҳимов
+92 кг: Баҳодир Жалолов

-54 кг: Нигина Ўктамова
-75 кг: Азиза Зокирова

?Бронза медалларига эга чиққан вакилларимиз:

-51 кг: Асилбек Жалилов
-63,5 кг: Адҳамжон Муҳиддинов
-86 кг: Шоҳжаҳон Абдуллаев

-52 кг: Феруза Казакова
-57 кг: Ситора Турдибекова
-63 кг: Дилфуза Бекова
-70 кг: Мавлуда Мовлонова
-81 кг: Олтиной Сотимбоева

Эртага мусобақанинг финал баҳслари бўлиб ўтади.

?@Sardor_Ikramovich

5 months ago

⚡️Маҳаллий Кенгашларга энди ҳокимлар раислик қилмайди

Қонунчилик палатаси депутатлари томонидан ишлаб чиқилган қонун лойиҳасига кўра, эндиликда маҳаллий Кенгашларга раис айнан депутатлар орасидан сайланади.

?@Sardor_Ikramovich

7 months, 1 week ago
[#ибрат](?q=%23%D0%B8%D0%B1%D1%80%D0%B0%D1%82)

#ибрат

Раҳбарнинг инқирози нимада?- Бировни ёмонлаб кирган кишига қулоқ солганида;
- Ўзини ҳаммадан кўпроқ биламан, деб ўйлаганида;
- Маддоҳларни олқишлаб, ҳақ талаб қилувчиларни ёмон кўрганида;
- Кибрланиш ва манманликка берилиб кетишида;
- Ходимларни нафсониятига тегишида;
- Ўтирган жойи унинг учун деб билишида;
- Кўпчилик олдида шахсий хулоса ёки муносабатини айтиб юборганида;
- Ортиқча мақтовни ҳазм қилишида;
- Йил бошида йил охиридаги аҳволни тасаввур этмаганида;
- Маҳаллийчилик ва таниш-билишчиликка берилганида;
- Ходимлар билан ўчакишганида;
- Фидойиларни рағбатлантиришни унутганида;
- Нафақага чиққач, нима иш қила олишини аниқ билмаганида;
- Ўзини арз қилувчининг ўрнига қўя олмаганида.

?@Sardor_Ikramovich

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 1 day, 7 hours ago

✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"

Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!

REKLAMA: @aslfutbol_reklama

INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol

Last updated 3 days, 10 hours ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 3 months, 1 week ago