ARUZ ARZI

Description
Bunda siz aruzning ayrim vaznlariga oid asarlar yoki ulardan parchani tinglashingiz va mashq qilishingiz mumkin.
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 year, 7 months ago

#davomi

Bunda Majnunning, birinchidan, rashkini koʻrishimiz mumkin. U yoriga niqob boʻlishni istaydi. Har oʻtgan-ketgan sevganining ismini aytishini xushlamaydi.
Ikkinchidan, vahdat masalasi. Modomiki, Layli Majnun koʻnglida ekan, u qayerda boʻlsa, yori ham birgadir, demak. Ayon narsaga bayon ne hojat. Hazrat Navoiy aytganlaridek:

Vahdate boʻlgʻay muyassar may bila jom ichrakim,
Jomu may lafzin degan bir ism ila qilgʻay ado.

(Mazmuni: May bilan qadah orasida birlik hosil boʻladi. Natijada “qadah va may” deydigan kishi bir soʻz (odatda “qadah” atamasi) bilan muddaosini bildiradi.)

Doston nuqtayi nazaridan olib qarasak, bunda jom — Majnun, may — Laylidir.

@aruz_arzi

1 year, 7 months ago

#shunday_qilib

Adashmasam, universitetning bakalvr bosqichida o'qiyotgan paytim bu fikrporalar yozilgan edi. Hali ham fikrim o'zgargan emas...

“Navoiyga qaytish” deb nomlanibdi. Bu boradagi sizlarning ham qarashlaringiz muhim. Hazratga qanday qaytsa bo'ladi?

@aruz_arzi

1 year, 7 months ago

#davomi

Bir kuni gʻazablangan shoh yigitda nimadir nuqson koʻradi va jahl ustida itboqarlarni chaqirib, yigitni itlar oldiga tashlashni buyuradi. Itboqarlar ham itlik qilib yigitni itlar oldiga sudrab borib, oyoq-qoʻlini bogʻlab tashlab yuborishadi. Qonxoʻr itlar yigitga parchalagudek boʻlib tashlanishadi, faqat yaqinlashgach oʻzlariga qoʻylar keltirib bergan yigitni tanib, darhol oʻzgarishadi. Atrofida qoʻllarini chalishtirib, tumshuqlarini qoʻllari ustiga qoʻyib, dumlarini likillatib turaverishadi.
Shu tariqa bir kechayu bir kunduz vaqt oʻtadi. Podshoh jahlidan tushadi, kecha shoshilib qaror qabul qilganidan pushaymon boʻlib, borib qafasdan xabar olishni buyuradi. Itboqar borib vaziyatni koʻrib, shoh oldiga yugurib keladi va hayrat bilan aytadi: “Shohim, bu yigit odam emas, naqd farishta ekan. Xudo unga karomat bergan koʻrinadi. Shunday vahshiy itlar uning bir tukiga ham zarar yetkazishmabdi!”. Shoh darhol uni olib kelishlarini buyuradi. Shunday qiladilar. Bu yigitning itlari changalidan qanday omon qolganiga hayron qolgan shoh uni koʻradi-yu koʻzida yosh bilan uzr ohangida bu holning sirini soʻraydi. Shunda yigit:

Гуфто: “Сабаб он ки пеш аз ин банд
Додам ба сагон наволае чанд.
Эшон ба наволае, ки х(в)арданд,
Бо ман лаби худ ба мӯҳр карданд.
Даҳ сол ғуломии ту кардам,
Ин буд баре, ки аз ту х(в)ардам.
Доди ба сагонам аз як озор,
Ин буд, ки набуд саг ошнохор.
Саг дӯст шуду ту ошно на,
Сагро ҳақи ҳурмату туро на.
Саг сулҳ кунад ба устухоне,
Нокас накунад вафо ба ҷоне!”

(Mazmuni: Dedi: “Buning sababi shuki, bu asirlikdan oldin itlarga nechadir bor luqma berdim. Ular shu yegan luqmalari haqi menga zarar yetkazmaydigan boʻlishdi. Ammo oʻn yil sening xizmatingni qildim, yegan hosilim bu boʻldi. Birgina ozor (xato) uchun itlar oldiga tashlading, vaholanki, itlar doʻst goʻshtini yeydigan jonzot emasdi. It doʻst boʻldi, lekin sen boʻlolmading. Shu boisdan it hurmatga loyiq ekan, sen emas! It bitta suyak haqini unutmaydi, ammo nokasga joningni fido qilsang ham, senga vafo qilmaydi!)

Bu hikoyat Majnunning hayvonlarni oʻziga qanday oʻrgatib olganini kengroq tushuntirib berish uchungina keltirilganday taassurot uygʻotgani bilan, Shayx Nizomiy xayr-u saxo, ehson insonning shaxsiy sugʻurtasi hisoblanishini, shu bilan birga, kishilarning haqini unutmaslik shartligini, koʻrnamaklik juda xunuk illat ekanligini uqtiradi.

@aruz_arzi

1 year, 9 months ago

❗️Yuqorida qayd etganimizdek, asl ruknlar sakkizta bo‘lib, ularning hosil bo‘lishida, Alisher Navoiyning fikricha, sababi xafif, vatadi majmu’, vatadi mafruq va fosilayi sug‘ro juzvlari; Boburning fikricha esa sababi xafif, sababi saqiyl, vatadi majmu’ va vatadi mafruq juzvlari ishtirok etadi.

1 year, 9 months ago

Mumtoz manbalarda asl ruknlarning hosil bo‘lishiga oid qarashlar deyarli farq qilmaydi. Jumladan, Bobur “Muxtasar”da yozadi: “Fusaho (fasohatli kishilar) ajzoni (juzvlarni) har biri bila tarkib qilib ruknlar e’tibor qildilar”. Boshqacha qilib aytganda, juzvlarni…

1 year, 9 months ago

Mumtoz manbalarda asl ruknlarning hosil bo‘lishiga oid qarashlar deyarli farq qilmaydi. Jumladan, Bobur “Muxtasar”da yozadi: “Fusaho (fasohatli kishilar) ajzoni (juzvlarni) har biri bila tarkib qilib ruknlar e’tibor qildilar”. Boshqacha qilib aytganda, juzvlarni turli tartibda birlashtirish orqali ruknlar hosil qilinadi. Masalan “sen” va “san” so‘zlari bir harakatli va bir sokin harfdan iborat bo‘lganligi uchun, yuqorida ko‘rganimizdek, sababi xafif juzviga teng; “gulim” so‘zi esa, vatadi majmu’ juzviga teng.

2 years ago

Bit(il)magan she’r

Agarchi har kim ham baxtga munosib,
Sen ko‘proq loyiqsan unga, azizam...

@aruz_arzi

2 years ago

#qõshiqdan

Men senga jon birlan oshiqman, vale
Sen, nigoro, qandasan, man qandaman?!

@aruz_arzi

2 years ago

#таржима

Лоиқ Шералидан

☆ ☆ ☆

Кеча ўқиб мактуботинг
Уйқум ўчди то саҳар пайт.
Дилда маҳшар қўпди, гўё
Келди бошимга қиёмат.

Айтиб эрдинг: “Хатларимга
Кўз югуртиб, ёқ ўшал он”.
Хатларингни ёқсам, э-воҳ,
Ўртанур дил, ўртанур жон.

Хатларингни ёқмадим, лек
Ёнди қалбим, тийнатим, ёр.
Бўлди менга айни дамдан
Ўтда куймоқ қисматим, ёр.

Сўнгги битган бир хатингда
Гўиё янграр васият
Интиҳо топмай дил ўти,
Интиҳо топмай муҳаббат.

Сўнгги битган бир хатингда
Эрди оҳангу наво ҳал.
Гўё келди бир қаро хат
Айрилиқ онидан аввал.

Дастлабки мактубингда
Кулди ёшлик ибтидоси.
Сўнгги битган мактубинг-да
Бўлди ёшлик интиҳоси.

Дастлабки мактубингда
Тўлди севги иштиёқи.
Сўнгги номангда ҳувайдо
Бўлди севги дарду доғи.

Дастлабки ул паёминг
Эрди севги саргузашти.
Сўнгги номанг бўлди бизга
Ишқ кетган ҳажр дашти.

Хатларингни, неки бўлса,
Сақладим кўксимда музмар.
Ҳам йироқ тутдим зиёндан
Бор-будимдай, мисли гавҳар.

Номаларда қолган аксинг,
Нолалардан ўрлаган хат.
Бебаҳо ул мактуботинг ―
Номаларким, ишқу ҳасрат!

Эндиликда кўксим ичра
Қолган ишқинг ёди, ҳайҳот:
Ул бири қўшқўллаб ургай,
Бошқаси айлар муножот.

Айтиб эрдинг: “Хатларимга
Кўз югуртиб, ёқ ўшал он”.
Номалар гар ёнса, ёнгай
Бу ярим дил, бу ярим жон.

Мен ўзим куйдим, етар шу,
Энди хатлар ёнмасин ҳеч.
Хотиротим мулкини то
Нурга кўмсин эртаю кеч.

Алишер Сабрий таржимаси

@aruz_arzi

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid