Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago
Endilikda “Ijtimoiy karta” tizimi joriy etiladi.
? Sohadagi yana bir yangilik “ijtimoiy karta” tizimining joriy etilishi bo‘ladi. Bu orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi. “Ijtimoiy karta” bir vaqtning o‘zida ham to‘lov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdig‘i hisoblanadi.
? Bu tartib dastlab Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida, keyingi yildan boshqa hududlarda joriy etiladi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordamlar va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga umumlashtiriladi.
↗️ Qog‘oz shaklidagi hujjatlar bekor qilinib, vaqt va mablag‘ tejaladi. Soha to‘liq raqamlashtirilishi orqali har bir oilaning ehtiyojlari va imkoniyatlarini aks ettiradigan “ijtimoiy-raqamli pasporti” joriy etiladi.
Aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan “Inson” loyihasi ishga tushiriladi.
? Taqdimotdagi yana bir taklif Jahon banki ishtirokidagi “Inson” loyihasi haqida bo‘ldi. Bu loyiha aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan bo‘lib, uning doirasida 55 ta ko‘pfunksiyali hududiy xizmatlar markazi tashkil etiladi va 20 turdagi ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Toshkent, Farg‘ona va Samarqandda 4 ta namunali inklyuziv kasb-hunar ta’limi markazlari tashkil etiladi.
Shu bilan bir qatorda loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishiladi:
⏺️57 000 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi sifatli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
⏺️20 000 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs yangi turdagi zamonaviy reabilitatsiya xizmatlarini oladi;
⏺️Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi 7 000 bola hududiy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarida xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
⏺️Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarga 20 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatiladi va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatiladi.
?Besh ming nafar xodimning ijtimoiy ish bo‘yicha malakasi oshiriladi. Moslashuvchan ijtimoiy xizmat va yordam bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantiriladi.
?? Nogironlikni belgilashda yangi raqamlashtirilgan tizimga o‘tiladi
?? Bunda, nogironlikni belgilashda “tibbiy model” dan “ijtimoiy model” ga o‘tish tartibi belgilanmoqda.
?? Xususan, dastlab eksperiment tariqasida Toshkent shahri va Navoiy viloyatida hamda 2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha hududlarda katta yoshdagi shaxslarning funksionalligi baholash tizimi joriy etiladi.
? Qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?
✅ amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi hamda bemorning kasalligidan kelib chiqib o‘zgaruvchan davolanish muddatlari belgilanadi;
✅ ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, ta’limga, sportga tavsiya berish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda transport vositasini boshqarish layoqatini belgilash tartibi bekor qilinadi;
✅ tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan ekspert komissiyalari tomonidan tibbiy hujjatlarga tayanib nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinadi;
✅ nogironlikni shaxs sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash natijalari asosida elektron tarzda belgilash tartibi joriy etiladi;
✅ ixtisoslashtirilgan ekspert komissiyalari tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) Ekspert komissiyalari tomonidan belgilanadi.
*➖@ijtimoiyaxborot➖***
*☝️МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ТАВСИЯСИ БИЛАН УЙ-ЖОЙ ҚУРИШ ВА ТАЪМИРЛАШ УЧУН 120 МИЛЛИОН СЎМГАЧА АЖРАТИЛАДИГАН ИПОТЕКА КРЕДИТЛАРИ ТЎҒРИСИДА Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2024 йилда ипотека кредитларини ажратиш механизмларини такомиллаштириш ва аҳолининг уй-жой шароитларини яхшилашга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги (ПФ-70-сон, 30.04.2024 й.)* Фармони қабул қилинган.
*☑️ Фармонга кўра, 2024 йил 1 июндан “маҳалла еттилиги” тавсияси асосида камбағалликдан чиқариш дастурига киритилган ва уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож шахсларга уй-жой қуриш, реконструкция қилиш ва таъмирлаш учун 120 миллион сўмгача ипотека кредитлари ажратилади*.
Савол: Ушбу кредитларнинг муддати қанча?
Жавоб: Ипотека кредитлари 120 миллион сўмгача миқдорда, 20 йилгача муддатга ажратилади.
Савол: Кредитларнинг фоизи қанча?
Жавоб: Марказий банкнинг асосий ставкасидан тўрт фоиз бандга юқори ставкада уй-жойни қуриш, реконструкция қилиш ва таъмирлаш мақсадлари учун ажратилади (Айни пайтда асосий ставка 14%ни ташкил этади.Унга 4 фоиз қўшилса, фуқароларга 18%дан ажратилади);
Савол: Мазкур ипотека кредитларига субсидия олса ҳам бўладими?
Жавоб: Ҳа, бўлади. Ипотека кредити бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун – ажратиладиган кредитнинг 15 фоизи миқдорида ҳамда фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун – кредит муддатининг биринчи 5 йили давомида 12 фоиздан ошган қисмига субсидия тўланиши белгиланган. 2024 йилги Дастур доирасида ажратиладиган кредитлар бўйича фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар – 12 фоиздан ошган қисмига, 2025 йил ва ундан кейинги йиллар Дастурлари доирасидаги кредитлар бўйича эса – Марказий банкнинг асосий ставкасидан ошган қисмига тўланади. Бирламчи уй-жой бозоридаги квартираларни сотиб олиш учун ажратилган ипотека кредитлари бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар – 2024 йилги Дастурдан бошлаб қатъий белгиланган 30 миллион сўм миқдорида тўланади.
Савол: "Маҳалла еттилиги" тавсияси нима? Уни қаердан олади?
Жавоб: Фармонда белгиланганидек, ушбу ипотека кредитлари барчага ажратилмайди. Фақатгина камбағалликдан чиқариш дастурига киритилган ва уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож шахсларга ажратилади. Бу масалада маҳаллангиздаги ҳоким ёрдамчисига учрашинг. Айнан у ўзининг "Онлайн маҳалла" электрон платформаси орқали "Уй-жой шароитини яхшилашга муҳтожлар" рўйҳатини шакллантирмоқда.
Савол: Ҳозир ушбу кредитларни қайси банклар ажратмоқда?
Жавоб: Банкларнинг расмий саҳифаларидан олинган маълумотларга кўра, айни кунда қуйидаги тижорат банклари мазкур ипотека кредитларини ажратмоқда:
*▪️Микрокредитбанк (Банк сайтига ҳавола);
*▪️Ўзсаноатқурилишбанк (Банк сайтига ҳавола);
▪️Ўзмиллийбанк (Банк сайтига ҳавола);
▪️Алоқабанк (Банк сайтига ҳавола);
▪️Халқбанк (Қуйидаги расмда батафсил кўрсатилган).
Каналга уланиш*?*??
https://t.me/ijtimoiyaxborot
*➖@ijtimoiyaxborot➖***
❗️Тазйиқ ва зўравонликка учраган хотин-қизлар ва уларнингвояга етмаган фарзандларига ижтимоий хизмат кўрсатишнинг маъмурий регламенти тасдиқланди
?Унга кўра, Тазйиқ ва зўравонликдан жабрланган шахслар, бошқа жисмоний ҳамда юридик шахслар томонидан тазйиқ ва зўравонлик ҳолати тўғрисида қуйидаги шаклларда мурожаат қилинади:
✅ “Инсон” ижтимоий хизматлар марказлари ёки ижтимоий ходимга;
✅ ички ишлар органлари навбатчилик қисмининг “102” телефон рақамларига ёки бевосита профилактика инспекторларига;
✅ “112” ягона диспетчерлик хизмати ҳамда 1146 қисқа рақамли “ишонч телефони”га.
? Мурожаат бўйича 24 соат ичида қуйидагилар амалга оширилади:
▫️ хотин-қизлар фаоли ва маҳалладаги профилактика инспектори томонидан тазйиқ ва зўравонликни содир этган шахс билан суҳбат ўтказилади;
▫️ ижтимоий ходим хотин-қизлар ва уларнинг вояга етмаган фарзандларининг ҳолатини дастлабки тарзда баҳолаш чораларини кўради;
▫️ профилактика инспектори хотин-қизларга ҳимоя ордери расмийлаштирилади ҳамда заруратга кўра бирламчи кўмак хоналарига жойлаштириш учун тегишли далолатномани расмийлаштиришга доир чораларни кўради;
▫️ ижтимоий ходим ва профилактика инспектори томонидан хотин-қизлар ва уларнинг вояга етмаган фарзандлари уларнинг розилиги асосида бирламчи кўмак хонасига жойлаштирилади.
☝️ Хотин-қизлар ва уларнинг вояга етмаган фарзандларига ижтимоий хизматлар “Инсон” марказлари, Аёлларни реабилитация қилиш ва мослаштириш республика марказининг ҳудудий марказлари томонидан кўрсатилади.
Каналга уланиш???
https://t.me/ijtimoiyaxborot
2024-yilning may oyidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazga tariflar oʻzgarishi munosabati bilan kam taʼminlangan oilalarga va ayrim toifadagi isteʼmolchilarga quyidagi ijtimoiy yordamlar koʻrsatiladi:
1️⃣ 1-maygacha boʻlgan muddatda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olib, minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini qayta koʻrib chiqiladi.
✔️Bunda, 1 mlnga yaqin eng kam pensiya va nafaqa oluvchilarning pensiya va nafaqa miqdorlari minimal isteʼmol xarajatlari qiymatidan kam boʻlmagan miqdorda qayta hisoblanadi.
2️⃣ Aholining muhtoj qatlamlarini isitish mavsumida qoʻshimcha ijtimoiy himoyasini taʼminlash uchun 2024-yil noyabrda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan oilalarga 270 ming miqdorda bir martalik kompensatsiya ajratiladi.
Ushbu kompensatsiya orqali, qariyb 1,5 mln. kam taʼminlangan oilalarning ijtimoiy himoyasi taʼminlanadi.**
?Mazkur kompensatsiya “mahalla yettiligi” xulosalari asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirmagan qoʻshimcha 200 mingdan ortiq muhtoj oilalarga ham toʻlab beriladi.
Bunda, “mahalla yettiligi” tomonidan muhtoj oilalar roʻyxatlari uyma-uy yurgan holda shakllantiriladi.
3️⃣ Elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha quyidagi miqdorlardagi isteʼmol uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
?tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
?elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.
⚡️Ijtimoiy meʼyordan ortgan isteʼmol uchun kompensatsiya olish uchun ehtiyojmand oila “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga ariza beradi va kompensatsiya keyingi oyda haqiqiy isteʼmolidan kelib chiqib toʻlab beriladi.
Mazkur kompensatsiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali toʻlab beriladi.**
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago