Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago
⚡️Marketing ortidagi propaganda .
Marketingga qiziqqanim, shu sohada ham ishlaganim sababli, ko’p reklamalarni analiz qilaman…
Hech e’tibor berganmisiz kokakola, pepsi, nestle, orbit va shunga o’xshash brendlar reklamalarida o’yin kulgu, qiz yigit uchrashuvi, bizning milliy qadriyatlarimizga mos tushmaydigan ochiqlik va raqs sahnalari juda ko’p qo’llaniladi. Yana TVda eng ko’p qo’yiladigan reklamalardan asosiylari shunaqa. Hatto ayrim reklama sahnalarida ijrochilar qiladigan harakatlarida ma’no tugul, etiket qoidalaridan asar ham yo’q.
Ularning mahsulot sotishga qaratilgan reklamalari asosida yengil yelpi maqsadsiz bayramlarga to’la hayot va faxshga targ’ibot ham yotadi fikrimcha. Ammo bugun sizlarga boshqa jiddiyroq argument bilan fikrimni bildirmoqchiman..
Kolaning har yili namoish etiladigan reklamalarida “mo’jiza, sexr, santa klaus yoki qorbobo” kabi jumlalar va asosiy o’rinda turadi va bu million martalab ekranlarimizda qo’yiladi.
Reklama kompaniyalari va qorbobo haqidagi kinolarning asosida esa qorbobo baxt ulashuvchi, tilaklarni bajaruvchi sifatida, koka kola esa mo’jiza sifatida targ’ib qilinadi. Yana qaytaraman, bunaqa reklamalar millionlab marta ekranlarda, bannerlarda namoish etiladi.
Siz-u biz bunga shunchaki reklama sifatida qarashimiz mumkin. Ammo yuqorida aytganimizga o’xshash kinolar, reklamalarni millionlab marta ko’rib, eshitib katta bo’ladigan kelgusi avlod orasida o’yin kulgu va diskobazmlarga o’ch bo’lganlar, qorboboga ishonadiganlar, tilaklarini Allohdan emas qorbobodan kutadiganlar, rojdestvo bayramini nishonlaydiganlar chiqmasligiga kim kafolat beradi?! Bular albatta shaxsiy fikrlar, ammo faktlarni tekshirib, o’ylab ko’rishingizni maslahat berardim.
Ha aytgancha, Falastindagi urushni moliyaviy qo’llab quvvatlab turgan kompaniyalar orasida kokakola, nestle, pepsi kabilar birinchi o’rinlarda turishini aytmasam ham bilasizlar a )
Manfaatli deb bilsangiz ulashib qo’ying!
Eshitilishni xohlaysizmi? Bunga loyiq bo’ling!
- Bir fikrga diqqat qiling-a : O’xshash faoliyat bilan shug’ullanuvchi katta yoki kichik jamoadagi suhbatda, o’sha sohada eng yaxshi natijalar qayd etgan va qiziqarli va foydali keyslarni boshdan o’tkazganlar ko’proq eshitiladi. Buni aynan bugun marketing bo’yicha masterklass darsimizda o’zim uchun qayta kashf etdim desam ham bo’ladi.
Ko’pchiligimiz (balki hammadir) yoshligimizdan birovlar bizni eshitishini xohlaymiz. Buni 1-2yoshli boladan tortib 70-80 ga kirganlarda ham ba’zan uchratishingiz mumkin.
Ammo nima uchun boshqalar bizni eshitishi kerak? Birovlarga biror qiymat bera olamizmi, bera olayapmizmi? Eshitilishga loyiqmizmi o’zi?
Avvalo bu xohish qanchalik toʻgʻri degan savolga javob topsak!?
-E’tibor va eshitilishga, kuzatilishga bo’lgan xohish har qanday holatda bo’lishidan qay’iy nazar xato manimcha. Bu yosh bolalarga xos bir diqqat talablikdek go’yo.
Bizda bor bilim, ilm, tajriba, xatolardan xulosalar va boshqa istalgan qiymatli ma’lumot borki, uni eshitadiganlar shundoq ham topiladi. Hattoki pul to’lab eshitadiganlar topiladi, ishonavering!
Avvalo o’zim uchun xulosa eslatma: eshitilishni xohlashning o’zi xato bo’lgan holda, birovlarga manfaatli bo’lar ekanmiz, hatto biz xohlamasak ham eshitadiganlar bizni qidirb keladi.
Hozirgi paytdagi ko’plab infoqalloblar va haqiqiy ekspertlar orasidagi farq ham ana shunda aslida.
Kimlardir eshitilish uchun borini beradi, kimlarnidir eshitish uchun esa boshqalar borini beradi. Media tobora rivojlanayotgan bir paytda, kimni eshitayotganimizga, kuzatayotganimizga e’tiborli bo’laylik.
Buguncha shular o’rtoqlar, manfaatli deb bilsangiz, eng yaqinlaringizga ham ulashib qo’ysangiz bosh ustiga ;)
Dangasalik haqida…
- Bilaman, bu sizni ham qiynaydi. Agar shunday bo’lsa bu post sizga biroz yordam berishiga ishonaman. O’qigach layk bosib minnatdorlik bildirsangiz bo’ladi ;)
Dangasalik - biror ishni umuman qilmaslik yoki keyinga qodlirish. Buni bilasiz ammo bularning ildizida nima yotadi, shu haqda to’xtalsak:
Oliy ma’lumotli va bu masalada ko’p ishlagan, professional dangasa, prokrastinator sifatida ayta olamanki, dangasalik ortida maqsadsizlik va ma’suliyatsizlik yotadi va bu Inson “qarichi”ga qarab har xil kalibrda bo’lishi mumkin. Eng oddiysiga misol o’zi yegan idishlarni yuvmaslik, o’zi yotgan yotog’ini yig’malsik va hkz.
Maqsadsiz odam hech narsa qilmaydi, hech narsa qilishni xohlamagan kishi esa dangasa deyiladi. Xo’sh demak tushungandirsiz, bundan qutulish uchun aniq nima qilish kerak ekanligini: maqsadlarni aniqlab olish va shu bo’yicha harakat kerak ekan.
Endi yana bir masala, siz “menda aniq maqsadlar bor, dangasa emasman” deb bajarishingiz kerak bo’lgan vazifalarni ortga surasiz. Agar shunday bo’lsa tabriklayman, siz dangasa emassiz…Undan ham battarroq - siz prokrastinatorsiz.
Prokrastinatsiya nima - bu dangasalikka o’xshab ketadigan holat bo’lib aniq yoki uncha aniq bo’lmagan maqsadlar bo’yicha vazifalarni bajarishni ortga surish va buning o’rniga vaqtincha dofamin (kayp) beradigan ishlarni qilish, misol uchun media tarmoqlarda reels, qiziqarli videolar ko’rish, behuda prikollar, suhbatlar qurish, yig’ilib ichkilik ichish va hkz. Bu holatni Tim Urban o’zining prokrastinatsiya haqidagi nutqida “faqat hoziri uchun rohat qidiruvchi maymuncha” misolida ajoyib tushuntirib bergan. (You tube dan qidirsangiz chiqadi)
Buni dangasalikdan ham
yomon deganimga sabab esa siz hech narsa qilmay “hamma narsa qilayapman” deb o’ylashingizdir. Shu shaklda oylar hattoki yillarni yo’qotgan kishi sifatida aytayapman sizga buni. Bu holatdan chiqib ketish uchun maqsadlar va harakatlarimizni qayta tahlil qilishimiz, o’zimiz uchun check listlar va deadline lar qo’yishimiz kerak fikrimcha.
Shu yergacha o’qigan bo’lsangiz tabriklayman. Sizda prokrastinatsiyadan qutulish foizi hali ham yuqori. Prokrastinatorlar sal uzunroq ma’lumotni ham oxirigacha yetkazmay o’tkazib yuborishadi odatda.
Harakatlarimizni tahlil qilish, qayta ko’rib chiqish va prokrastinatsiya, dangsalik bilan kurashish vaqti aynan hozirdan, shu ma’lumotlarni o’qigan paytingizdan boshlang. Keyinroq yana bu masalaga to’xtalamiz. Rivojlanish borasida esa sizga omad tilayman.
Manfaatli deb bilsangiz xohlagan yaqiningizga ham yuborishingiz mumkin )
Nima uchun hamma ishlarimizni ertaga qoldiraveramiz?!
Miyamizda shunchaki falon ishni bajarishim kerak deya o’ylab yurishimiz, o’sha ishni qilayapman degan signalni beradi miyaga. Natijalar haqida ham xuddi shunday. Uni bajardikmi yo’qmi qizig’i yo’q miyamiz uchun. Miya haqida qanchalik ko’p o’rganganim sari kamdek. Yurgan ekanman 8yildan beri do’xtir bo’laman deb.
Bugun bajarsak - bugun natija olamiz, qachondir qilaman desak, natija ham qachondir keladi.
Natija qanday bo’lishi esa boshqa masala. Bajarish muhim ekan.
Suhbatlashib olish - muhim!
Gap insonlar bilan o’zaro munosabatlar haqida ketganda, har qanday munosabatlarda o’zaro yuksalish va qulash davrlari, esda qolarli va mavhumlik paytlari bo’lishini deyarli hamma o’z hayotidan kuzatgan bo’lsa kerak.
Keling, muammoli davrlar haqida to’xtalsak: oddiy bir suhbat orqali hal qilinishi mumkin bo’lgan masalani haftalab, oylab, balki yillar davomida cho’zib yurish, yoki bu muammoni butun umrga ham qalbning tub tubiga saqlab qolish mumkin. Va bu faqatgina zararga ishlaydi.
Shu paytgacha ustida ishlagan bir qancha ijtimoiy loyihalar, davlat ishidagi oz muddatli faoliyatim doirasida bunaqa insonlardan aksariyati bilan suhbatdosh bo’lganman. Ayrim bemorlar bilan suhbatimiz davomida shunchaki o’z miyalarida o’z yaqinlari haqida o’y-fikrlari oqibatidan surunkali qon bosimi, hattoki bundanam jiddiyroq kasalliklarni o’zlariga yopishtirib olganliklarini va birgina suhbatdan so’ng muammo ular o’ylagandan ko’ra tezroq hal bo’lganini va tez orada kasalliklaridan ham qutulishganiga guvohi bo’lganman.
Bu holatni har qanday bizneslarda, xodimlar, sheriklar, boshliqlar bilan munosabatlarda ham hech ikkilanmay misol qilish mumkin. Biz miyamizda o’ylagan ishlarni undan tashqariga chiqarmas ekanmiz atrofimizdagilar undan qanday xabardor bo’lsin axir. Misol uchun siz boshliqsiz va bir yaxshi xodimingizga vazifasidan tashqari falon muhim ishni qilsa unga mukofot bermoqchiligingiz haqida miyangizda o’yladingiz (ammo o’ziga aytmadingiz)…
Bir hafta, bir oy, hatto bir yil o’tdi ammo xodimingiz siz o’ylagan ishni qilmadi va siz unga borib janjal qilyapsiz, “falon ishni bir yildan beri qilmayapsan, senga mukofot bermoqchi edim, endi ishdan ham haydalasan” deya. U hayron, o’zi ham tushunmay ishdan ketdi! Xodimning ishdan haydalishida ayb kimda? Jimgina indamay ishdan haydalib ketgan xodimmi, yoki qo’shimcha vazifani shunchaki miyada o’ylab, amal qilishni talab qilgan boshliqdami?
Har ikkalasi ham o’zicha haq! Siz boshliqni ayblashingiz mumkin ammo e’tibor bering ayb ikkalasida ham emasmikan!? Balkim xodim “Iya o’rtoq boshliq, aytmadingizku bu haqda, aytganingizda allaqachon bajargan bo’lardim deganida” ishida qolardi va va boshliq ham xato qilganligini tushunib oradagi tushunmovchilik yechilardi balkim.
Bunaqa vaziyatlar hayotimizda tiqilib yotibdi. Insonlar haqidagi o’z miyamizda o’ylagan fikrlarimizni, ularning majburiyati qilib qo’ymasligimiz va shunday bizdan bexabar shunaqa majburiyatlarni bizga yuklaganlar bilan muammo chiqsa ochiq gaplashib olishimiz muhim.
Qimmat restoranga kirib menyudan eng arzon narsalarni qidirmaslik uchun ham ishlash kerak.
Dadam aytganlaridek “ Tinmasang - tinasan.. “
#fikr
?Biz osongina deb o’ylagan ish ortida aslida juda ko’plab mehnat yotadi.
Fikrimizni bir logotip misolida yoritsak, oxirida nima uchun bu logotipni misol keltirganimni tushunasiz:
Branding jarayoni va ayniqsa logotip tayyorlash bu shunchaki qaysidir saytga kirib, “logogenerator” yordamida rasm yasash emas (sohadan xabari yo’qlar shunaqa o’ylashadi, xususan o’zim ham shunday o’ylaganman yaqin-yaqingacha).
Bu ancha murakkab va qiyin jarayon. Shuning uchun ham professional brend dizaynerlari xizmatiga qimmat haq to’lanadi.
Yana bir misol, o’z sohasining ustasi bo’lgan shifokorga borganda ayrimlar “bir ikkita oddiy maslahat berganiga shuuncha to’laymanmi, undan ko’ra internetdan qidirsam ham bo’lardi deyishadi. Xuddi shuningdek har bir sohada ham o’z professionali bilan gaplashganda yoki undan yordam so’raganda, “o’zi oddiygina ishiga shuncha to’laymanmi, shuncha pul oladimi” deb jig’ibiyron bo’lishimiz noto’g’ri, uning bu darajaga yetib kelishi uchun qancha mehnat qilganini bilmaymiz. Arzirli ishi yo’q bo’la turib, o’ziga qimmat narx belgilab olgan ayrim “uddaburonlar” boshqa masala, u haqida ham vaqti kelib to’xtalamiz.
*Rasmda esa “Tour de France” velomusoboqalari logotipi keltirilgan. Unda velosiped haydovchi va velosiped rasmi yashiringanini bir qarashda aniqlash imkonsiz )
#fikrlar
Hammamiz ham insonmiiz!
Shunday insonlar bor, arzirli hech narsasi* yoʻq, dunyo qoʻlimda deb oʻylaydi…
Shunday insonlar borki, juda koʻp narsasi* bor, oʻzini hech nimasi yoʻqdek tutadi.
** narsa deganda moddiy narsalar bilan birga yanada kengroq tushunishingizni xohlardim.
? Birinchi toifadan ehtiyot boʻling, ularga oʻziga xos hurmat bajo keltirmasangiz, qoʻlidan kelgan hamma ishni qilib boʻlsa ham sizga qarshi turadi. Yaqinda bittasiga oʻralashib qoldim, xarakteridan boshida asabiylashdim, unga hammamizam bir xilda inson ekanligimizni aytib, ta’kidlashga harakat qildim. Lekin befoyda ekan, ularga shunchaki e’tiborsiz boʻlish kerak ekan.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago