"Navbahor tongi" gazetasi / Rasmiy kanal

Description
"Navbahor tongi" gazetasining rasmiy telegram kanali
Manzil: Navbahor tumani, "Beshrabot" qo'rg'oni
Murojaat uchun telefon: (79) 56-2-13-49
Taklif va shikoyatlar uchun: +998 90 739 77 01
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 months, 1 week ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 5 months, 2 weeks ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 7 months ago

1 month, 1 week ago
1 month, 1 week ago
1 month, 1 week ago
2 months, 3 weeks ago
FiKR

FiKR

Yevropa Ittifoqida soʻnggi 12 oyda kitob oʻqigan insonlar statistikasi ekan. Raqamni Eurostat bermoqda. Eʼtibor bergan boʻlsangiz reyting boshidagi mamlakatlar aholi boshiga YAIM boʻyicha ham eng yaxshilar safidadir.
Yana bir holat, aholi baxtliligi boʻyicha reytingda ham oʻrinlar tahminan shunaqa shakllanadi.

Koʻp kitob oʻqilsa, mamlakat boy va baxtliroq boʻladimi bilmadimu, lekin boyroq va baxtliroq davlatlarda aniq koʻp kitob oʻqiladi.

Kanalga obuna bo‘lish: https://t.me/navtongi

2 months, 3 weeks ago

АЧЧИҚ ҲАҚИҚАТЛАР

  1. Негадир доим кўнглимизни оғритгандан эмас қ- кўнглимизга қарайдиган инсонлардан аламимизни оламиз...

  2. Бизни севганларга
    озор берамизу - севмаган инсонларга пояндоз бўламиз...

  3. Тўғри йўл кўрсатганни ёмон кўрамизу - эгри йўлга бошлаганни ортидан доим қолмаймиз...

  4. Яхши кўрган яқинларимизга, касал биродарларимизга вақтимиз йўғу, етти ёт бегонаникига ошга боришга ҳар доим вақт топамиз...

  5. Оиласи ночорроқ синглимизга ҳар хил баҳоналар билан ёрдам бермаймизу лекин - халқни кўзига қозон - қозон ош қилиб зиёфат берамиз...

  6. Ота - онамизни ҳафтада бир бора кўриб келишга фурсат йўқ - аммо улфатлар билан ўтиришга ҳар доим ҳам тайёрмиз...

  7. Аёлимизга бир неча калима ширин сўзимизни аяймизу - лекин кўчадаги аёлларга гўзал калималар орасидан гўзалларини аямаймиз...

  8. Озгина пулимизни йўқотиб қўйсак қанча асабимиз бузилиб хафа бўламизу - аммо хеч кандай бойликка сотиб олиб бўлмайдиган вақтимизни арзимаган кишилар, бекорчи бўш нарсаларга сарфлаётганимизга ачинмаймиз...

Вақтимизни беҳуда нарсаларга сарфламайлик. Вақтимизни савобли амалларга ва яқинларимиздан хабар олишга сарфлайлик...!

Kanalga obuna bo‘lish: https://t.me/navtongi

2 months, 3 weeks ago
5 months, 3 weeks ago

ПЕДАГОГНИНГ КАСБИЙ СЕРТИФИКАТЛАШ ИМТИҲОНИ

Ҳукумат қарори (12.02.2024 №87) билан тасдиқланган регламентга кўра касбий сертификатлаш жараёнига талабгор ўз муддатида жалб этилиши учун у фаолият кўрсатаётган давлат умумий ўрта таълим ташкилотининг раҳбари масъул ҳисобланади.

Назорат синовида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиб, назорат синовида узрли сабабларга (вақтинча меҳнатга қобилияцизлиги, давлат ёки жамоат вазифаларини бажараётган, республика ва халқаро мусобақаларда иштирок этганлиги, вақтинча хорижий мамлакатда сафарда бўлиб турганлиги, яқин қариндоши вафот этган, ваколатли давлат органи ёки таълим ташкилотлари раҳбарларининг маълумотномасида кўрсатилган асослар) кўра иштирок этмаган талабгор назорат синовидан ўтмаган ҳисобланади ҳамда назорат синовида иштирок этиш учун қайтадан рўйхатдан ўтиши талаб этилади.

Узрли сабабларга кўра назорат синовида иштирок этмаган талабгордан навбатдан ташқари назорат синовида иштирок этиш учун такроран тўлов ундирилмайди.

- Назорат синовида қайта иштирок этиш учун талабгор томонидан БҲМнинг бир баравари миқдорида тўлов тўланади.
- Талабгор белгиланган назорат синовига кечиккан ёки узрсиз сабабга кўра келмаган ҳамда назорат синови қоидаларини бузганлик учун жараёндан четлатилган тақдирда, тўланган тўлов қайтарилмайди.

- Узрли сабабларга кўра назорат синовида иштирок эта олмаган ҳамда биринчи маротаба назорат синовида иштирок этиб, ундан ўта олмаган талабгор учун навбатдан ташқари назорат синови ҳар йили янги ўқув йили бошлангунга қадар ташкил этилади.

Навбатдан ташқари назорат синовида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш санаси ва назорат синовини ўтказиш муддати Вазирликнинг расмий веб-сайти орқали эълон қилинади.

Kanalga obuna bo‘lish: https://t.me/navtongi

5 months, 3 weeks ago
5 months, 3 weeks ago

ОНА МАДРАСАДИР...

Аёл жамиятнинг ярми дейишади.
Йўқ, у жамиятнинг ҳаммасидир.

У жамиятнинг ярми бўлиб қолган ярмини тарбиялайди.
Аёлнинг диний, ватаний ва ижтимоий аҳамияти жудаям буюк.

У она ва бувидир.
У хотин, сингил ва қиздир.
У мураббия, зиёкор ва эзгулик куйчисидир.
Агар уларни ҳаётга тайёрлашни эплай олсак, умумий уйимиз биносига ҳисса қўшолган бўламиз.

Қуйидаги сатрларни айтган Аҳмад Шавқийга Аллоҳнинг раҳмати бўлсин:
"Она мадрасадир...
Агар уни муносиб тайёрлай олсанг, қони тоза халқни тарбиялайсан!"

Доктор Салоҳиддин Кофтару...

Kanalga obuna bo‘lish: https://t.me/navtongi

6 months ago

E’lON

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9
apreldagi 291- sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Chaqiriluvchilarni
tanlab olish tartibi toʻg’risida»gi Nizomga asosan chaqiriluvchilarni
harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish
va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safiagi muddatli
harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tadbirlari 2024 yilning
10 avgust kunidan 2025 yilning 10 fevral kuniga qadar tuman
va shaharlarda oʻtkaziladi.

Harbiy-texnika mutaxassisliklari
boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtish yoki muddatli harbiy xizmatni
oʻtash istagida boʻlgan chaqiriluvchilar yashash joyidagi tuman
Mudofaa ishlari boʻlimlarga murojaat qiladilar. Tanlovga chaqirish
muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga
ega boʻlmagan, sog’ligining holati boʻyicha harbiy xizmatni
oʻtashga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.

Tanlovda
ishtirok etishda chaqiriluvchilarning soni cheklanmaydi. Tanlov
chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini
baholash va yakka tartibda suhbat oʻtkazish maqsadida tuman va
shahar hokimining qarori bilan tuziladigan Chaqiriluvchilarning
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, ular bilan yakka
tartibda suhbat oʻtkazish boʻyicha tanlov kengashi tomonidan tashkil
etiladi va oʻtkaziladi. Tanlovning shaffoflgini bevosita kuzatib
borish uchun mazkur jarayonga chaqiriluvchilarning ota-onalari
taklif etiladi. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashga va
yakka tartibda suhbatga chaqiriluvchilar roʻyxat asosida fuqarolik
pasporti bilan kiritiladi.

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda chaqiriluvchilar
kuch, tezlik va chidamlilikni aniqlovchi normativlarni topshiradilar.
Yakka tartibda suhbat jarayonida chaqiriluvchilarning mahalla
va jamiyatda tutgan oʻrni, oilaviy ahvoli, obroʻ-e’tibori, yurishturishi, qiziqishlari, Oʻzbekiston tarixi, buyuk sarkardalarimiz va ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir bilimlari aniqlanadi, shuningdek, umumjismoniy tayyorgarlik va yakka tartibda suhbat boʻyicha oʻtkazilgan sinov natijalari asosida chaqiriluvchilarni
harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish
yoki ularning muddatli harbiy xizmatni oʻtashi yuzasidan tavsiya
beriladi yoki tavsiya berilmaydi.

Chaqiriluvchilar tanlovda bir yilda faqat bir marta ishtirok etadilar.
Navbahor tumani Mudofaa ishlari bo‘limi.

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 months, 1 week ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 5 months, 2 weeks ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 7 months ago