BBA| Samarqand viloyati

Description
Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali.
Murojaat uchun telefon:
66-232-12-69
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago

1 week, 3 days ago
BBA| Samarqand viloyati
1 week, 3 days ago
BBA| Samarqand viloyati
1 week, 3 days ago
BBA| Samarqand viloyati
3 months ago

#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 18-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 288 407 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 12 860 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 22 543 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 17 971 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 25 758 nafar
👉 So‘x tumani -- 557 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 13 670 nafar
👉 Namangan viloyati -- 16 162 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 19 191 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 27 753 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 30 627 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 10 118 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 10 306 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 4 859 nafar
👉 Toshkent shahri -- 54 939 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 21 093 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:

👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --152 683 nafar
💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 135 724 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar -- 140 871 nafar
👩🏻‍🔧 ayollar -- 147 536 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 249 480 nafar
🇷🇺 rus tili -- 32 356 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 5 613 nafar
🔘  boshqa tillar -- 958 nafar

*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari*:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 months ago

⚡️Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent #qabul2024🗓 Ma’lumki, oliy harbiy ta’lim muassasalari (OHTM)ga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.

‼️ Shu sababli OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlar davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasiga e’tibor qaratishlari lozim.

❇️ Bunda abituriyent hujjat topshirgan OHTMning tegishli ta’lim yo‘nalishidagi fanlar majmuasi bilan hozir ro‘yxatdan o‘tayotganda tanlayotgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lishi kerak.

‼️ Agar abituriyent OHTMning tegishli yo‘nalishiga mos bo‘lmagan fanlar majmuasini tanlasa, OHTMga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Izoh. my.uzbmb.uz saytida OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlarga shunga mos fanlar majmuasi chiqarilmoqda.

*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari*:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 months ago

Xotin-qizlar tavsiyanomasiga ega abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent   #qabul2024

Koʻplab abituriyentlardan ularga xotin-qizlar tavsiyanoma berilgani toʻgʻrisida SMS xabar kelgani, lekin my.uzbmb.uz saytida tavsiyanoma maʼlumotlari chiqmayotgani boʻyicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Maʼlumki, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan besh yillik ish stajiga ega xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga krish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma berish jarayoni yakunlangandan soʻng tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Bilimni baholash agentligiga taqdim etiladi.

Ushbu jarayon hali yakunlanmagani sababli abituriyentlarning shaxsiy kabinetida xotin-qizlar tavsiyanomasiga oid maʼlumotlar aks etmayapti.

Nima qilish kerak?

Roʻyxatdan oʻtish uchun tavsiyanomani kutish shart emas. Hozirning oʻzida roʻyxatdan oʻtib, fanlar majmuasini tanlash mumkin.

Qoʻmita tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi (hafta oxirida taqdim etilishi kutilmoqda) bilan my.uzbmb.uz saytida bu maʼlumotlar aks etadi.

@jtodilov

4 months, 3 weeks ago

Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati

Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda.

*✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi* ishlab chiqildi.

⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin.

*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari*:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

4 months, 3 weeks ago

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2024-yil 30-martdan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (26-28-aprel) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari*:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

4 months, 3 weeks ago

Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi

📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi.

⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.

📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.

🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

** Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!

*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari*:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

5 months ago

⚡️ **Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!

📣 Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuniBilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib, seminar yakunida test sinovi topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari e’lon qilindi**.

📱 Nomzodlar test sinovi natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📝 Tanlovning suhbat bosqichi barcha hududlarda 2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar (shu kunlari ham) o‘tkaziladi.

🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/62

* *Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago