Unlock a World of Free Content: Books, Music, Videos & More Await!

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Description
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Advertising
We recommend to visit

Barcha o'zbeklarni kanali 🇺🇿
Bu kanal barcha mavzudagi postlarni🔥 va eng qaynoq ♨️yangiliklarni sizga ulashadi📌

Reklama : @ozbeklar_admini

Инстаграм👉🏻 http://Instagram.com/barcha_ozbeklar

Last updated 5 days, 13 hours ago

Делюсь рецептами, которые испробовала лично и привнесла,что то свое.

Мой Instagram:

https://instagram.com/vkusno_by_seva?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Reklama bo’yicha @vkusnoseva

Last updated 3 days, 11 hours ago

🌐O‘zbekiston va Jahondagi muhim voqealar, eng tezkor xabarlar

Voqea yoki hodisaning guvohi bo‘ldingizmi?
Unda bizga yuboring

Reklama uchun: 👉t.me/UzbSadosiAdmin

Last updated 1 week, 1 day ago

5 days, 21 hours ago

#новое_в_законодательстве

Принято Постановление Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по ускорению процессов обязательной цифровой маркировки».
👉№ ПП-203 от 30.05.2024

Согласно ему:

*🔹до 1 января 2027 года субъектам предпринимательства, занимающимся розничной торговлей продукцией с цифровой маркировкой, предоставляются налоговые льготы (по налогу на прибыль или налогу с оборота либо НДФЛ, уплачиваемому индивидуальным предпринимателем) в случае приобретения устройств для считывания маркировки в размере, не превышающем 4 БРВ за одно устройство.
Ранее льгота была предоставлена до 1 января 2023 года(ПП-5252 от 4 октября 2021 года). По предварительным подсчетам Налогового комитета, в 2024-2026 гг. 2D-сканерами необходимо обеспечить свыше 34 тысяч субъектов предпринимательства. Льготы позволят им сохранить средства в размере 46,2 млрд сумов.
*🔹с 1 сентября 2024 года внедряются следующие нормы:
▫️при выявлении факта реализации субъектами предпринимательства продукции с цифровой маркировкой без использования 2D-сканеров им направляются предупреждения об этом через персональный кабинет;
▫️если субъект предпринимательства в течении 1 месяца после двукратного предупреждения снова нарушит правила маркировки, то в таком случае назначается налоговая проверка субъекта предпринимательства, которая охватит деятельность за квартал, в котором совершено правонарушение; ▫️если же после окончания налоговой проверки субъект предпринимательства в течении 1 месяца снова нарушил правила маркировки, то в его отношении назначается налоговая проверка уже без уведомления субъекта предпринимательства. В день проверки об этом уведомляется** Уполномоченный по защите прав и законных интересов субъектов предпринимательства.

Налоговые проверки проводятся без уведомления субъектов предпринимательства с уведомлением в день проверки Уполномоченного по защите прав и законных интересов субъектов предпринимательства.
Ежеквартально проводятся налоговые проверки деятельности субъектов предпринимательства, занимающихся розничной торговлей товарами, подлежащими обязательной цифровой маркировке.

Также Налоговому комитету поручается ежеквартально без человеческого фактора в автоматическом режиме отбирать 10% из числа субъектов предпринимательства, занимающихся розничной торговлей продукцией с цифровой маркировкой, в разрезе каждого региона, проводить в них контрольные мероприятия, а также осуществлять контроль за субъектами предпринимательства, у которых выявлены правонарушения, в течение следующих трех кварталов.

🔹С 1 сентября 2024 года устанавливается следующий порядок:
▪️деятельность по розничной торговле пивной продукцией включается в перечень видов деятельности, осуществляемых в порядке уведомления уполномоченных органов;
▪️ внедряется ежемесячный сбор в размере 10% БРВ за право розничной торговли табачной и пивной продукцией.*📌Субъекты предпринимательства должны уведомить налоговые органы о начале или прекращении деятельности по розничной торговле пивной продукцией.*Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

5 days, 22 hours ago

#qonunchilikdagi_yangiliklar #markirovka

"Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Prezident qarori qabul qilindi.
👉 PQ-203 30.05.2024

Qarorga ko‘ra,

🔹2027-yil 1-yanvarga qadar raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun markirovkani oʻqish qurilmalarini sotib olishda bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda (foyda soligʻi yoki AOS yoxud YATTlar tomonidan toʻlanadigan JSHODS) soliq imtiyozi berildi.

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi. (PQ-5252 04.10.2021 y) Soliq qoʻmitasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, 2024-2026-yillarda 34 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti 2D-skanerlar bilan taʼminlanishi kerak. Imtiyozlar ularga jami 46,2 mlrd soʻm mablagʻni tejash imkonini beradi.**

*🔹2024-yil 1-sentabrdan quyidagi normalar joriy etiladi:
▫️tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi;
*▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi;
▫️soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.**

Soliq tekshiruvlari tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
▫️har chorakda majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari amalga oshiriladi.

Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari orasidan har chorakda, har bir hudud kesimida avtomatik tarzda kamida 10 %ini tanlab olingan holda nazorat tadbirlari oʻtkaziladi hamda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan subyektlar faoliyati keyingi 3 chorak davomida nazorat qilib boriladi.

*🔹2024-yil 1-sentabrdan quyidagi tartiblar oʻrnatiladi:
▪️pivo mahsulotlarining chakana savdosi* faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
▪️*tamaki va pivo mahsulotlari* bilan chakana savdo qilish huquqi uchun BHMning 10 %i miqdorida har oylik yigʻim** joriy etiladi.

*📌Tadbirkorlik subyektlari pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyatini boshlash yoki to‘xtatish haqida soliq organlarini* xabardor qilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

6 days ago

#markirovka
Onlayn-NKT orqali 5 oyda 724 mlrd soʻmlik alkogol mahsulotlari raqamli markirovka kodlarisiz realizatsiya qilingan

Bugungi kunda Oʻzbekistonda quyidagi mahsulotlarga majburiy raqamli markirovkalash talablari joriy etilgan:
▪️tamaki va alkogol (01.01.2021-yildan);
▪️pivo (01.04.2021-yildan);
▪️maishiy texnika (15.04.2022-yildan);
▪️dori vositalari va tibbiy buyumlar (01.09.2022-yildan);
▪️suv va salqin ichimliklar (01.03.2024-yildan).
👉 VMQ-737 20.11.2020-yil

Majburiy raqamli markirovkalash talablarining toʻliq bajarilishi uchun markirovkalangan tovarlarni onlayn-NKT chekida MXIK va markirovka kodlarini aks ettirish orqali realizatsiya qilish lozim.

Raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish va ularning markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni kiritmasdan yakuniy isteʻmolchiga realizatsiya qilish markirovka qoidalarining buzilishi deb baholanadi.
[👉 VMQ-833-son 31.12.2020](https://lex.uz/docs/-5205248#-5788190:~:text=mahsulotlarni%20sotib%20olish%3B-,markirovka%20kodlari%20to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi%20ma%E2%80%99lumotlarni%20o%E2%80%98z%20ichiga%20olgan%20elektron%20hisobvaraq%2Dfakturalarni%20qabul,markirovka%20kodlari%20to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi%20ma%E2%80%99lumotlarni%20kiritmasdan%2C%20mahsulotni%20yakuniy%20iste%E2%80%99molchiga%20realizatsiya%20qilish%20(sotish)%3B,-nuqsonli%20(brak%20bo%E2%80%98lgan)

Bu esa qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Bu haqda soliq organlari xodimlari tomonidan joylarga chiqqan holda bevosita tushuntirish-targʻibot ishlari oʻtkazib kelinmoqda.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovka qoidalarga amal qilmaslik holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, onlayn-NKT cheklari tahliliga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida respublika boʻyicha alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi 5 035 ta tadbirkorlik subyektida raqamli markirovka qoidalari buzilishi holatlari aniqlangan. Ularga tegishli 7 021 ta onlayn-NKT orqali 3,4 mln dona xarid chekida 724,7 mlrd soʻmlik alkogol mahsulotlari raqamli markirovka kodlarisiz realizatsiya qilingan.

Bu haqda tadbirkorlik subyektlari shaxsiy kabinetlariga ogohlantirish xatlari yuborilmoqda.

📌Soliq xizmati organlari majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar chakana savdosida mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalariga toʻliq amal qilish lozimligini tavsiya etadi.
__________
#маркировка

За 5 месяцев через онлайн-ККТ реализована алкогольная продукция без кодов цифровой маркировки на сумму 724 млрд сумов

На сегодняшний день в Узбекистане требования обязательной цифровой маркировки введены для следующих товаров:
▪️табак и алкоголь (с 01.01.2021 г.);
▪️пиво (с 01.04.2021 г.);
▪️бытовая техника (с 15.04.2022 г.);
▪️лекарственные средства и медицинские изделия (с 01.09.2022 г.);
▪️вода и прохладительные напитки (с 01.03.2024 г.).
👉ПКМ № 737 от 20.11.2020 г.

Для полного соблюдения требований обязательной цифровой маркировки необходимо реализовать маркированный товар с отражением ИКПУ и кодов маркировки в чеках онлайн-ККТ.

Покупка продукции без цифровой маркировки и реализация ее конечному потребителю без внесения сведений о кодах маркировки считается нарушением правил маркировки.
[👉](https://lex.uz/docs/-5205248#-5788190:~:text=mahsulotlarni%20sotib%20olish%3B-,markirovka%20kodlari%20to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi%20ma%E2%80%99lumotlarni%20o%E2%80%98z%20ichiga%20olgan%20elektron%20hisobvaraq%2Dfakturalarni%20qabul,markirovka%20kodlari%20to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi%20ma%E2%80%99lumotlarni%20kiritmasdan%2C%20mahsulotni%20yakuniy%20iste%E2%80%99molchiga%20realizatsiya%20qilish%20(sotish)%3B,-nuqsonli%20(brak%20bo%E2%80%98lgan)ПКМ № 833 от 31.12.2020 г.

Это влечет за собой ответственность в установленном законом порядке.

Сотрудники налоговых органов выезжают на места и проводят адресную разъяснительно-просветительскую работу в этом направлении.

Несмотря на принимаемые меры, имеются случаи несоблюдения правил маркировки некоторыми субъектами предпринимательства.

В частности, в результате анализа чеков онлайн-ККТ в январе-мае 2024 года выявлены нарушения правил цифровой маркировки у 5 035 субъектов предпринимательства, занимающихся розничной торговлей алкогольной продукцией по всей республике. Через принадлежащую им 7 021 единицу онлайн-ККТ выдано 3,4 млн товарных чеков на реализацию алкогольной продукции без кодов цифровой маркировки общей стоимостью 724,7 млрд сумов.Об этом в персональныекабинеты субъектов предпринимательства направляются уведомительные письма.

📌Органы налоговой службы рекомендуют при розничной реализации продукции, подлежащей обязательной цифровой маркировке, полностью соблюдать правила цифровой маркировки продукции средствами идентификации и контроля за ее оборотом.Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

1 week, 6 days ago

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq imtiyozlari va preferensiyalarni yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi belgilandi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ-193-son 24.05.2024)

Qaror bilan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda:

Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

*🟩yuqori toifaga – 80-100 %
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %
*🟦o‘rta toifaga – 50-70 % ▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %

❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda 76 ming korxonaning reyting darajasi “B” va undan yuqori. 2023-yilda 25,1 mingta korxonaga 15 trln so‘m soliq imtiyozi berilgan.

Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.

4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

Bugungi kunda 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanda jami 105,7 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 8,8 mingtasining reytingi “B” va undan yuqori.

Tadbirkorlarning reyting darajasi:
⬇️pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
⬆️yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

2 weeks ago

#ЭСФ #НДС
Электронные счета-фактуры необходимо заполнять своевременно

Налоговыми органами на постоянной основе осуществляется мониторинг электронных счетов-фактур (ЭСФ), оформляемых хозяйствующими субъектами.

ЭСФ выставляется на календарную дату отгрузки (передачи) товаров или оказания услуг.
👉ПКМ №489 от 14.08.2020

ЭСФ предоставляется один раз на последнее число календарного месяца по общему объему поставленных в течение этого месяца товаров (оказанных услуг) при реализации:

🔸электрической и (или) тепловой энергии, воды, газа, коммунальных услуг, услуг связи;
🔸железнодорожных перевозок;
🔸транспортно-экспедиторских услуг;
🔸реализации услуг по транспортировке грузов по системе трубопроводов;
🔸в других случаях реализации товаров (услуг) на постоянной (непрерывной) основе.

*✅При этом счет-фактура выписывается последней датой месяца реализации товаров (услуг) и предоставляется до 10-го числа* месяца, следующего за месяцем реализации.

❗️Если меняются стоимость реализованного товара...

Согласно законодательству, при изменении стоимости или количества реализуемого товара выставляется дополнительный или исправленный ЭСФ.

Вместе с тем в случае изменения суммы налога, исчисленной в ранее представленной налоговой отчетности, в нее нужно внести необходимые исправления и представить уточненную отчетность.

При проведении анализа имеющейся информации выявлены случаи неначисления налога в результате непредставления некоторыми налогоплательщиками перерасчета по дополнительным или исправленным ЭСФ.

К примеру. ООО “GSI” представило отчетность за ноябрь 2023 года. После этого в январе 2024 года организация внесла исправления в ЭСФ за прошедший ноябрь, оформив ЭСФ на общую сумму 96,6 млрд сумов, но не исправила налоговую отчетность за этот период. В результате остались неначисленными 11,8 млрд сумов НДС.***

❗️Налогоплательщикам рекомендуется правильно вести налоговую отчетность в соответствии с требованиями законодательства. Напоминаем, что в противном случае в соответствии с нормативными документами применяются меры ответственности.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

2 weeks ago

#EHF #QQS
Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.
Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

*❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...*

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

Misol uchun. “GSI” MCHJ tomonidan 2023-yil noyabr oyi uchun hisobot taqdim etilgandan soʻng, 2024-yil yanvar oyida oʻtgan davrning noyabr oyidagi EHFlariga tuzatish kiritilib, jami 96,6 mlrd soʻmlik EHF rasmiylashtirilgan boʻlsada, mazkur davrdagi soliq hisobotiga tuzatish kiritilmagan, natijada 11,8 mlrd soʻmlik QQS hisoblanmasdan qolgan.**

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

3 weeks ago

#jamoatchilik_kengashi

Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi a’zolari VM-595-son qarorni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi 16-may kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Avvalo, tadbirkorlar onlayn nazorat-NKTlarni erkin tanlashi va soliq organlari tomonidan muayyan bir rusumdagi texnikadan foydalanishga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi dolzarb masala ko‘tarildi.

Mutaxassislar Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (VMQ-595-son 22.09.2021) qarorida belgilangan normalar bo‘yicha ham fikr almashdi. Ayni paytda mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’siri baholashdan o‘tkazilmoqda.

Jamoatchilik kengashi a’zolari mazkur hujjatni takomillashtirish, xususan, QQS guvohnomasini olish va uni bekor qilish tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq xavfi darajasini aniqlash va boshqa talablar bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.
__________
#общественный_совет

Члены Общественного совета при Налоговом комитете дали свои предложения по пересмотру положений ПКМ №595

16 мая в онлайн-формате состоялось очередное заседание Общественного совета при Налоговом комитете.

В первую очередь, был затронут актуальный на сегодняшний день вопрос о свободном выборе предпринимателем онлайн-ККТ и недопустимости принуждения со стороны налоговых органов к использованию определенной модели.

Специалисты также обменялись мнениями по положениям Постановления Кабинета Министров "О мерах по дальнейшему совершенствованию учета налогоплательщиков и упрощению порядка возмещения НДС" (ПКМ № 595 от 22.09.21 г.). В данное время проводится оценка регуляторного воздействия этого нормативно-правового акта.

Членами Общественного совета высказаны предложения по усовершенствованию документа, в частности, пересмотру порядка получения и аннулирования действия свидетельства НДС, определения уровня налогового риска и других требований.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

3 weeks ago

#savol_javob

- Men “Yoshlar ittifoqidan” imtiyozli kredit asosida uy-joy olganman. Kredit olishda bankka toʻlangan boshlangʻich to‘lov uchun ham soliq imtiyozi bormi?

- Agar yosh oilalar tomonidan ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olingan boʻlsa, ularning ushbu kredit va unga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlariga daromad soligʻi solinmaydi. 2023-yil 1-yanvardan kreditni soʻndirishga yoʻnaltirilgan summa miqdori yiliga MHTEKMning 80 baravari (84 mln soʻm)gacha* (2022-yilda 15 mln soʻm)* etib belgilangan.
👉*** Soliq kodeksi 378-modda 16-band

*mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm.

Avval bunday imtiyoz budjetdan ajratilgan subsidiya asosida uy-joy sotib olinganda qo‘llanilgan. 2022-yil 1-yanvardan esa yosh oilalar uchun ushbu talab bekor qilindi.

Bunda soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh)ga toʻlguniga qadar qoʻllaniladi.

Ushbu soliq imtiyozi boshlangʻich toʻlov uchun yoʻnaltirilgan daromadlarga qoʻllanilmaydi.
__________
#вопрос_ответ

- Я получил жилье по льготному кредиту от "Союза молодежи". Есть ли налоговая льгота для первоначального взноса, который я уплатил в банк?

- Еслимолодая семья получает жилье в ипотечный кредит, то освобождаются от налога те доходы, которые она направляет на его погашение. С 1 января 2023 года сумма погашения кредита должна составлять до 80 МРОТ* (84 млн сумов) в год (в 2022 году эта сумма составляла 15 млн сумов).
👉п.16 ст.378 НК

* минимальный размер оплаты труда = 1 050 000 сумов

Ранее такая льгота предоставлялась только при условии, что жилье приобретено с учетом субсидии из бюджета, а с 1 января 2022 года это требование было отменено.

Налоговая льгота применяется до достижения супругами или одним из них установленного возраста (30 лет).

Данная налоговая льгота не распространяется на сумму первоначального взноса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

3 weeks ago

#ochiq_muloqot

Soliq qo‘mitasi Raisi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ)da faoliyat yuritayotgan tadbikorlik subyektlari vakillari bilan yuzma-yuz muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimiyati va “G‘ijduvon” EIZ direksiyasi rahbariyati hamda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, jumladan xorijiy investor va eksportchi korxonalar vakillari qatnashdi.

Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish hamda investitsiya dasturlari va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda ishbilarmonlar tomonidan o‘rtaga tashlangan ayrim masalalar shu yerning o‘zida qonuniy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan boshqa murojaatlarni hal etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Maʼlumot o‘rnida. 2024-yil 1-may holatiga “G‘ijduvon” EIZga aʼzo bo‘lgan 43 ta korxonada 2 379 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan.

EIZ hududida shu kunga qadar 528,9 mln AQSH dollari qiymatidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilib, joriy yilning o‘tgan davrida 274,7 mlrd so‘mlik tovarlar realizatsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

4 weeks ago

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Pillachilikni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralari

Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-72-son, 03.05.2024-y.

Hujjatda 2026-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini taqdim etish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash nazarda tutilgan:

🔹 uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish;
🔹 kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni, boʻshagan mablagʻlarni ularni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilish;
🔹 ipakchilik sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qoʻllagan holda toʻlash.

Shu bilan birga, ushbu soha uchun amalda quyidagi soliq imtiyozlari ham mavjud. Jumladan, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha foyda soligʻini 0 foiz stavkada qoʻllaydi.
👉 Soliq kodeksi 337-modda
Bunda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar eʼtirof etiladi:
▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini, shu jumladan uni oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;
▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur yer uchastkalariga ega boʻlsa.
👉 Soliq kodeksi 57-modda

Shuningdek, ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulklarga yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi solinmaydi.
👉 Soliq kodeksi 414-modda
__________
#новое_в_законодательстве

Дополнительные меры поддержки сферы шелководства

Принят Указ Президента "О дополнительных мерах по ускорению внедрения рыночных механизмов в сфере выращивания шелкопряда и шелководства".
👉№ УП-72 от 03.05.2024 г.

Документ предусматривает подготовку проекта закона по предоставлению на срок до 1 января 2026 года следующих налоговых льгот:
🔹освобождение от налога на доходы физических лиц, занимающихся выращиванием живых коконов шелкопряда в домашних условиях (надомников);
🔹освобождение от соцналога средств, направляемых на оплату труда надомников, а также высвобожденных средств с условием их направления на материальное стимулирование;
🔹уплату земельного налога за земельные участки, занятые тутовыми плантациями, используемыми в качестве кормовой базы в сфере шелководства с применением коэффициента 0,1 к установленным Кенгашами народных депутатов районов (городов) налоговым ставкам.

Вместе с тем в этой сфере имеются следующие действующие налоговые льготы. Так, к сельскохозяйственным товаропроизводителям применяется нулевая ставка налога на прибыль - в части прибыли, полученной от реализации сельскохозяйственной продукции собственного производства.
👉ст.337 НК
При этом сельскохозяйственными товаропроизводителями признаются юрлица, которые:
▫️производят сельхозпродукцию и осуществляют ее первичную переработку, при условии, что в совокупном доходе такого юрлица доля дохода от реализации произведенной ими сельхозпродукции составляет за налоговый период не менее 80%;
▫️имеют земельные участки, когда такие земельные участки являются необходимыми для производства сельхозпродукции.
👉ст.57 НК

Также имущество, используемое для выращивания тутового шелкопряда и находящееся на балансе сельскохозяйственных предприятий, не облагается налогом на имущество юридических лиц.
👉ст.414 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

We recommend to visit

Barcha o'zbeklarni kanali 🇺🇿
Bu kanal barcha mavzudagi postlarni🔥 va eng qaynoq ♨️yangiliklarni sizga ulashadi📌

Reklama : @ozbeklar_admini

Инстаграм👉🏻 http://Instagram.com/barcha_ozbeklar

Last updated 5 days, 13 hours ago

Делюсь рецептами, которые испробовала лично и привнесла,что то свое.

Мой Instagram:

https://instagram.com/vkusno_by_seva?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Reklama bo’yicha @vkusnoseva

Last updated 3 days, 11 hours ago

🌐O‘zbekiston va Jahondagi muhim voqealar, eng tezkor xabarlar

Voqea yoki hodisaning guvohi bo‘ldingizmi?
Unda bizga yuboring

Reklama uchun: 👉t.me/UzbSadosiAdmin

Last updated 1 week, 1 day ago