Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 months ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 5 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 7 months ago
Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Samarqand viloyati Toyloq tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan oilaviy korxona aniqlandi, deb xabar berdi “Hududgazta'minot” matbuot xizmati.
“Hududgaz Samarqand” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Toyloqtumangaz” GTB, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida reyd o‘tkazilgan. Jarayonda “Qo‘rg‘oncha” MFYda joylashgan “S.Sh.” oilaviy korxonasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgani ma’lum bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, korxona (novvoyxona) egalari yashirin yo‘l bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgan. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va davlat manfaatlariga 1 milliard 329 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
Barcha daliliy ashyolar va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirildi.
👉 https://ming.uz/posts/samarqandda-13-mlrd-somlik-gazdan-noqonuniy-foydalanish-holati-aniqlandi
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Qozog‘iston O‘zbekiston tomon yangi temiryo‘l qurmoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2027-yilda ishga tushirilishi kutilayotgan yangi temiryo‘l qurilmoqda. Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘llari” (QTY) kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
QTY ma’lumotlariga ko‘ra, yangi temiryo‘l liniyasining qurilishi mavjud Sariag‘ash — Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi tarmoqqa yo‘naltirish, “Sariag‘ash” stansiyasini tushirish va O‘zbekistonga eksport yuklarini ko‘paytirish imkonini beradi.
“Shu maqsadda „Qazaqstan temir joli“ — „Samruq-Qazina“ portfel kompaniyasi tomonidan qiymati 286 milliard tenge (545,8 million dollar) bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar 203 km dan 100 km ga yaqin rels-shpal tarmoqlari yig‘ildi. Loyihani amalga oshirish uchun 46 ta yo‘l-qurilish texnikasi va 70 dan ortiq kishi jalb etilgan”, – deyiladi xabarda.
Yangi temiryo‘l qurilishi 2023-yil noyabr oyi oxirida boshlangan. O‘shanda Darbaza — Maqtaaral temiryo‘l liniyasining uzunligi 152 kilometrni tashkil etishi ma’lum qilingandi.
Qozog‘iston hukumati yirik infratuzilma loyihasi davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayevning topshirig‘i bilan amalga oshirilayotgani va respublikaning transport-tranzit salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilganini ma’lum qildi. Uning doirasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasi orqali yangi o‘tkazish punkti ochiladi.
Loyiha ikki bosqichga bo‘lingan. Birinchisi, “Sirdaryo” bekatiga chiqadigan Yerdaut — Maqtaaral — O‘zbekiston davlat chegarasi liniyasini qurishni nazarda tutadi.
Ikkinchi bosqichda O‘zbekistonning davlat chegarasi bo‘lgan Jetisay shoxobchasini xuddi shu stansiyaga chiqish yo‘li bilan foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Loyihada Qozog‘istonning ulushi 85% deb baholandi.
QTYning sobiq rahbari Kanat Almagambetovning ta’kidlashicha, Darbaza — Maqtaaral liniyasi Turkiston viloyatining ikkita chekka hududi — Maqtaaral va Jetisayni Qozog‘istonning qolgan qismi bilan bog‘laydi.
“9 ta stansiya quriladi. Temiryo‘l Qozog‘istondan ushbu hududlarga va ushbu hududlardan Qozog‘istonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklarni olib chiqadi. Chunki hozir ular O‘zbekiston bilan chegaradan o‘tishga majbur. Bu tumanlar rivojiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Qurilishdan so‘ng ular jiddiy impuls oladi”, – dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning tranzit salohiyati ham sezilarli darajada oshadi.
“Afg‘oniston, Eron, Tojikiston va O‘zbekistonga ketayotgan yuklar bu yo‘ldan tezroq o‘tadi. Yana bir ta’sir: Sariag‘ash — Toshkent uchastkasidagi taranglik kamayadi. Keyingi yillarda u yerda yuklar ko‘p bo‘lmoqda. Ayni paytda, ularning barchasi ham o‘z vaqtida uzatilgani yo‘q, chunki u yer bunday yuk oqimiga mo‘ljallanmagan. So‘nggi ikki-uch yil ichida miqdor keskin o‘sdi. Qurilish ushbu asosiy uchastkadagi muammoni hal qilishga va yo‘lovchi poyezdlarini harakatlantirishga yordam beradi”, – dedi Kanat Almagambetov.
👉 https://ming.uz/posts/qozogiston-ozbekiston-tomon-yangi-temiryol-qurmoqda
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 1-fevraldan yana oshadi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 1-fevraldan mamlakat ichida ayrim poyezdlar chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qildi.
Narxlarning o‘sishi quyidagicha bo‘ladi:
yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi: ekonom-klass chiptalari — 20 foizga, VIP va biznes-klass chiptalari — 25 foizga;
“Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlari — 30 foizga.
Shunday qilib, “Afrosiyob” uchun chiptalar narxi:
Toshkent — Samarqand:
Ekonom — 294 ming so‘m;
Biznes — 450 ming so‘m;
VIP — 619 ming so‘m.
Toshkent — Qarshi:
Ekonom — 406 ming so‘m;
Biznes — 634 ming so‘m;
VIP — 854 ming so‘m.
Toshkent — Buxoro:
Ekonom — 484 ming so‘m;
Biznes — 751 ming so‘m;
VIP — 994 ming so‘m.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, narxlar temiryo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, vokzallar faoliyatini zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilmoqda.
👉 https://ming.uz/posts/ozbekistonda-poyezd-chiptalari-narxi-1-fevraldan-yana-oshadi
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
O‘zbekistonda Hyundai Rotem poyezdlari ishlab chiqarilishi mumkin
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev juma kuni Hyundai Rotem’ga tegishli (Janubiy Koreya) Global Rail Group kompaniyasi rahbari Kvak Chol Xun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Transport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekistonda zamonaviy elektropoyezdlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi muhokama qilindi.
Bugungi kunda Janubiy Koreyaning KORAIL kompaniyasi tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan elektropoyezdlar turini Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodida mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish taklifi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan elektropoyezdlarining asosiy texnik xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Tomonlar loyihaning qo‘shimcha imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, taklifni tahlil qilish va yangi ishlab chiqarish maydonlarini o‘rganishga kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, iyunda Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yolning tashrifi chog‘ida “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Temiryo‘lekspress” va Hyundai Rotem kompaniyalari o‘rtasida yangi “Toshkent — Urganch — Xiva” tezyurar yo‘nalishi uchun oltita elektropoyezd yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.
👉 https://ming.uz/posts/ozbekistonda-hyundai-rotem-poyezdlari-ishlab-chiqarilishi-mumkin
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Toshkentda favqulodda chaqiruv tugmasi va multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi
Toshkent shahrida yangi turdagi avtobus bekatlari o‘rnatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi turdagi bekatlar 2 xil o‘lchamda ishlab chiqariladi. Ulardan biri 3,2 metr, ikkinchisi esa 6,50 metr uzunlikda bo‘ladi.
Bekatlar mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlanmoqda. Ularda zamonaviy multimedia tizimlari va tezkor chaqiruv tugmalari mavjud bo‘ladi.
Moslamaning 80% qismi metalldan tayyorlanadi. Shuningdek, 10% qismi plastik, 30% esa oynadan bo‘ladi. O‘rindiqlar yog‘ochdan tayyorlanishi aytib o‘tilgan.
Bekatdagi oyna -25 daraja sovuq hamda +60 daraja issiqqa bardosh bera oladi. Oyna chidamliligini oshirish uchun 800 daraja haroratda toblanadi. Uning qalinligi 12 mm.
Qurilmaga tezkor chaqiruv xizmati uchun tugma o‘rnatilmoqda. Bu orqali ichki ishlar organlariga murojaat qilish mumkin. Shu bilan birga, videokuzatuv kamerasi o‘rnatiladi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani fosh bo‘ldi
“Namangan musaffo iqlim” kompaniyasi 2024-yilning I-yarimyilligida maishiy chiqindi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonun talablarini buzdi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi.
Olib borilgan o‘rganishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan maishiy chiqindi tashish xizmatlari ko‘rsatilgan Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Namangan va Mingbuloq tumanlari mahallalaridagi iste’molchi abonentlar xonadonlariga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha olingan dalolatnomalar tahlil qilindi.
Shuningdek, Namangan viloyatning 6 ta hududida joylashgan 275 ta mahallada 1,3 millionga yaqin aholi istiqomat qilsada, tashkilot tomonidan hududda 176 ta mahalladagi 633 598 nafar aholini (qamrov 50,8 foiz) qamrab olinmagani hamda 762 512 nafar iste’molchiga 11 mlrd so‘m ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblangani holatlari aniqlandi.
Hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan “Namangan musaffo iqlim” MCHJga nisbatan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 19 va 21-moddalari talablari buzilgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, 762 512 nafar iste’molchi foydasiga 11 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 months ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 5 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 7 months ago