?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 6 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
📚Asar nomi: Yonayotgan Buxoro
📝Muallif:
📝Janri: Tarixiy roman
Ushbu kitobni oʻqib tarix haqida qiziqishim yanada oshdi deb aytolaman.
Kitobni oʻqib musulmonlar naqadar buyuk kuch ekanligi, lekin bizdagi xasad, boshboshdoqlik birlasha olmaslik qanchalar ayanchli oqibatlarga olib kelganini yozuvchi juda taʼsirli qilib qalamga olgan.
Avvalo asar Chingizxon davlati qanday tuzilganligi, bu pakana otliq askarlar Xorazmshohni yurtiga qanday bostirib kirishi haqida. Chingizxon aslida bir qaroqchi ekanligini va uning beshavqatlarcha odam o'ldirishi uni nomini dunyoga "tanitgan".
Bu boshboshdoqlikni ko'rgan Asar bosh qahramonlaridan biri Temur Malikni toʻkkan achchiq koʻzyoshlarini sizni ham yigʻlatmay qolmaydi.
📚Asar: Otamdan qolgan dalalar
📖Janr: Roman
✍Muallif: Togʻay Murod
SSSR davri haqida tarix darslarida, Mustaqillik bayrami munosabati bilan, 9-may va boshqa bir qator sanalarda uyushtiriladigan tadbirlarda koʻp bora gaplashganmiz, oʻsha davr qiyinchiliklari, nohaqliklari haqida eshitganmiz. Tan olish kerakki, bilganlarimizning koʻpi notoʻgri yuritilgan siyosat, istibdod va adolatsizlik qurbonlari haqidagi statistikalar. Raqamlar esa hissiz.
Asar shu hissiz raqamlarni jonlantiradi. Bosh qahramon – Dehqonqul Aqrabovich. Bir oddiy dehqon, uning oilasi kechirgan hayot (menga uncha rangli tuyulmadi), atrofdagi shunga oʻxshash millionlab insonlar hayotidan bor-yoʻgʻi bittasining umri. Ma'nosi tortib olingan kechmish.
Oʻquvchi oʻsha davr (asar asosan 1986-1991-yillarni qamragan)da yashab qolishga intilgan birgina inson zahmati bilan tanishadi va oʻsha kitoblarda yozilgan raqamlarni eslaydi: shunga oʻxshash taqdirlarning 25mingiga bu yurt qanday chidadi? 20millioniga qanday sabr qildi?
Umuman olganda, asar yarmidan oʻtganda ham ijobiy fikrda emasdim, romanning nega buncha mashhurligini tushunmagandek boʻldim. Alal-oqibat, oxiriga kelib ravshanlashdi (Kafkadagidek his). Yozuvchining soʻzlar borasidagi mahorati, yozish uslubi "Qoʻrqma"ni eslatadi (ha, undan ancha kuchli, toʻgridan toʻgri solishtirib boʻlmaydi). Umuman olganda, oʻqib, xulosa qilishga, oʻylanishga arziydi, deb oʻylaymiz.
#iqtibos_yalangʻoch_iqtisodiyot
📌 Nimanidir haqiqiy qiymati unga erishish uchun nimadan voz kechishingiz bilan belgilanadi.
📌 Kichik qobiliyatlar oʻrtasidagi kichik tafovutlar katta pulga aylanib boraveradi.
📌Birovga ishni bajartirishni eng samarali usuli - odamlarga shu ishni bajarish uchun sabab topib berish.
📌 Pul topish vaqt talab qiladi, shunday ekan biz harid qilayotganda aslida pulni emas vaqtni sarflayapmiz.
📌Hayot farovonligi dollar va sentlarda emas, balki tirikchilik uchun qancha soat va daqiqa ishlashimiz bilan oʻlchanadi.
Asarni Abdukarim Mirzayev nutqi ostida tinglash esa o’zgacha taassurot qoldiradi:
? Asar nomi: Chingizxonning oq buluti
? Asar janri: Qissa
© Asar muallifi: Chingiz Aytmatov
XX asr. Shaxsga sig'inish, qatag'on, o'sha Stalin hukm surgan yillar. Movarounnahr va Sharqiy Osiyoning shonli yerlarida nomini asrlarga muhrlagan qahramonlar bilan birgalikda sotqinlik va ikkiyuzlamachilikdan boshqasiga yaramaydigan mansabparastlar tug'ilib, tarbiya topgan zamonlar.
Yugoslaviya partizanlik harakatlarida qatnashganlik, sovet tuzumiga xiyonat qilganlikda ayblanayotgan, aybini tan olish uyoqda tursin, bu ishlaridan hali o'zi ham bexabar ota... Turkiy ota – turkiy ayblanuvchi; turkiy tergovchi – ayblanuvchining yonidan topilgan 2 varoq hikoyani qarshi dalil sifatida ko'tarib, amallab aybini bo'yniga qo'yib, "yuqoridagilar" oldida obro' qozonishni maqsad qilgan battol tergovchi.
Ayblanuvchi yonidan topilgan hikoyaning biri kichik va mashhur: manqurtga aylangan o'g'il haqida. Ikkinchisi asarning nomida aksini topganidek Temuchin bilan bo'g'liq tarixiy voqea. Adibning bu mahorati o'quvchining ko'z o'ngida tarixning ikki qora sahnasini birdek gavdalantiradi.
Muallif voqealar asnosida Chingizxon haqidagi qissaga alohida toxtalganida ramziy ma'no bor(mikan?)
? Asar nomi: Abu Rayhon Beruniy
? Asar janri: Roman
© Asar muallifi: Isajon Sulton
Zamonaviy yozuvchi Isajon Sulton qalamiga mansub mazkur asar Beruniy shaxsiyatini yangicha yondashuv bilan namoyon qilgan tarixiy roman hisoblanadi.
Abu Rayhon Beruniy qomusiy olim, Sharq uyg'onish davrining yirik namoyandalaridan biri bo'lgani uchun uning shaxsiyati ko'pchilikka ma'lum va mashhur hisoblanadi. Shunga qaramasdan, Isajon Sulton mazkur romanni yozishga qo'l urar ekan, boshqa yozuvchilar bosib o'tmagan yo'ldan yurishga harakat qiladi.
Avvalo, asarning e'tirofga sazovor jihati shundaki, roman faqat muallif yoki bittagina qahramon tilidan hikoya qilinmaydi. Asar hikoyachilari - Beruniy bilan suhbatda bo'lgan kishilar, o'z davrining olim-u fozillari hisoblanadi.
Romanning o'qishli bo'lishini ta'minlagan yana bir jihat - bu voqealar liniyasining ko'p tarmoqliligidadir. Romanda G'aznaviylar sulolasi davridagi muhit jonli tasvir vositalari orqali kitobxonga taqdim qilinadi. Mahmud G'aznaviy va Beruniy o'rtasidagi munosabat va suhbatlar bu ikki shaxs ichki olamini ochib berishga xizmat qiladi.
? Asar nomi: "Ajal ta'qibi"
? Asar janri: hikoyalar toʻplami
© Asar muallifi: Somerset Moem
Ingliz yozuvchisi. Fransiyadagi Britaniya elchixonasida xizmat qilgan. Geydelberg universitetida, keyin Londondagi tibbiyot institutida tahsil ko‘rgan.
Qahramonlarning ruhiy olamini teran ochib bergan, badiiy so'z imkoniyatlarini yuksak mahorat bilan namoyish etgani bois Moem asarlari juda ko'plab tillarga tarjima qilinib, aytish mumkin bo'lsa, millionlab o'quvchilar e'tiboriga tushgan.
Yozuvchi kitobxonni inson ruhiyatining murakkab dunyosiga olib kiradi, hayotga yangicha nazar bilan ham kuyunib, ham kulib qarashga majbur qiladi.
Adib asarlariga xos bo'lgan jonli, aniq-tiniq, rostgoʻy va samimiy til ularning berilib, katta qiziqish bilan o'qilishini ta'minlaydi.
Ushbu asar esa hikoyalar toʻplami hisoblanib, unda siz turli xil ajablanarli darajadagi qiziq hikoyalar bilan tanishishingiz mumkin. Ularning har biri o'ziga xos uslubda yozilgan va oxirida bo'ladigan keskin o'zgarishlardan kishini zavqlantiradigan hikoyalardir.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 6 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago