@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Умид бор экан, демак, бемалол яшаш мумкин! 🌱*
Шуҳрат Ориф*
Bugun 27-yanvar 2024-yil, shanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 BMT - Xolokost qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇨🇦 Kanada - Oila savodxonligi kuni.
🇵🇱 Polsha - Davlat bandlik xizmatlari xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Leningrad qamali to‘liq yakunlangan kun.
🇹🇲 Turkmaniston - Vatan himoyachilari kuni.
🇲🇨 Monako - Muqaddas Devota xotirasi kuni.
🇻🇳 Vyetnam - Tinchlik kuni.
👉 VOQEALAR:
- 98 - Trayan Rim imperatori bo‘ldi.
- 661 - Ali ibn Abu Tolib vafot etishi bilan Xulafoi Roshidin davri tugadi.
- 1820 - Antarktida kashf etildi.
- 1918 - Finlyandiyada fuqarolar urushi boshlandi.
- 1924 - V. I. Leninning dafn marosimi.
- 1931 - Per Laval Fransiya bosh vaziri bo'ldi.
- 1944 - Leningrad qamali yakunlandi.
- 1945 - Sovet jangchilari Osvensim (Polsha) konslageri asirlarini ozod qilishdi.
- 1948 - AQShda magnitofonlar sotish boshlandi (Wire Recording, 149$).
- 1962 - Inga Voronina „Medeu“ muz oʻyingohida konkida uchish boʻyicha jahon rekordini yangiladi.
- 1967 - Koinot butun insoniyatga tegishli deb e’lon qilindi.
- 1967 - KA Apollon-1 sinovlaridagi halokat, 3 ta astronavt halok bo‘ldi.
- 1973 - Vyetnamda tinchlik o‘rnatish haqidagi Parij kelishuvi imzolandi.
- 2005 - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2 palatali: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib shakllantirildi.
- 2010 - birinchi iPad Internet-plansheti taqdim etildi.
- 2013 - Braziliyaning Santa-Mariya shahridagi "Kiss" tungi klubida yong'in sodir bo'ldi, 242 kishi halok bo'ldi, 630 kishi jarohat oldi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1571 - Abbos I Buyuk (1629) - safaviylardan bo‘lgan Eron shohi (1587-1629).
- 1756 - Volfgang Amadey Motsart (1791) - avstriyalik bastakor.
- 1775 - Fridrix Shelling (1854) - nemis faylasufi.
- 1808 - David Fridrix Shtraus (1874) - nemis faylasufi, ilohiyotchi va publisist.
- 1824 - Yozef Israels (1911) - golland realist rassomi.
- 1826 - Mixail Saltikov-Shedrin (1889) - rus yozuvchisi.
- 1832 - Lyuis Kerroll (1898) - ingliz yozuvchisi, matematik va faylasuf.
- 1834 - Mendeleyev Dmitriy (1907) – rus kimyogar olimi va pedagogi.
- 1903 - Ekls, Ekkls Jon Keryu (1997) - avstraliyalik fiziolog.
- 1906 - Sara Ashurbeyli (2001) - Ozarbayjon olimasi, tarixchi va sharqshunos.
- 1921 - Donna Reed (1986) - amerikalik kinoaktrisa.
- 1922 - Xonazarov Qo‘chqor - faylasuf olim, O‘zbekitstonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1982).
- 1928 - Islom Zokirov (2000) - akusher-ginekolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
- 1936 - Semyuel Ting - xitoylik va amerikalik yadro fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1976).
- 1944 - Meyrid Korrigan - shimoliy irlandiyalik tinchlik uchun kurashchi, Nobel mukofoti sohibasi (1976).
- 1960 - Samiya Suluhu Hasan - tanzaniyalik siyosatchi, Tanzaniyaning oltinchi prezidenti (2021-yildan).
- 1964 - Bridjit Jeyn Fonda - amerikalik aktrisa.
- 1974 - Ule Eynar Byorndalen - norvegiyalik biatlonchi.
- 1980 - Marat Safin - rossiyalik tennischi.
- 1980 - Sherzod Husanov - bokschi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2001), "Oʻzbekiston iftixori" (2002).
- 1992 - Yegor Krimets - Surxon klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi himoyachi.
- 1994 - Jorjina Rodriges - Krishtianu Ronalduning rafiqasi va model.
DOIMO HAMROHINGIZMIZ...
Bizga qanchalar qiyin boʻlmasin, qanchalik bizni azoblashmasin, Alloh tomonidan bizga berilgan har bir kunni, har bir daqiqani insoniylik qiyofamizni yoʻqotmay munosib ravishda yashaymiz deb qasamyod qilamiz!
*? "101 oʻzbek" filmidan parcha*
Bugun Davlat boshqaruv akademiyasida Siyosiy institutlar va jarayonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda bugungi siyosiy jarayonlarda qaysi mavzular tadqiqi zarurligi, siyosiy soha olimlarining jamiyat rivojiga ta’siri va bo‘lajak tadqiqotchilar oldiga qo‘yilishi lozim bo‘lgan talab, vazifalar haqida suhbatlashdik.
Muloqotimiz davomida bugungi tahlikali zamonda siyosiy sohadagi ilmiy faoliyat takomillashishi, aniq real vaziyatlar tahlili asosida bo‘lajak siyosiy jarayonlar bo‘yicha ham xulosalar bera olishi yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi.
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago