قناة احمد علي على تيليجرام ( شروحات تقنية ، تطبيقات ، أفلام ومسلسلات ، خلفيات ، و المزيد )
Last updated 1 year, 3 months ago
يرمز تيليجرام إلى الحريّة والخصوصيّة ويحوي العديد من المزايا سهلة الاستخدام.
Last updated 1 year, 4 months ago
- بوت الإعلانات: ? @FEFBOT -
- هناك طرق يجب ان تسلكها بمفردك لا اصدقاء، لا عائلة، ولا حتى شريك، فقط انت.
My Tragedy Lies With Those Things That Happen in One Second And Remain
- @NNEEN // ?: للأعلانات المدفوعة -
Last updated 1 year, 5 months ago
#bedorlikdagi_halovat
Ba'zan insonga voqif bo'lish - bilish ozor beradi.
Masalan, futbol sharhlovchisi futbolni zavqlanib ko'ra olmaydi: o'yinga qaratilishi kerak bo'lgan e'tiborini sharhlovchining so'zlariga qaratadi, beixtiyor " xavfli vaziyatni boshqacha ochib berishi kerak edi" deya xato topgan bo'ladi, xullas, sharhlovchi sabab futboldan maza olmaydi.
Savodxon, tilga mohir, yozuvda farosatli o'quvchi, qanchalik dono so'zlar bo'lmasin, imloviy xato-yu kamchiliklar bilan, xunuk yozuvda yozilgan narsani o'qiy olmaydi: e'tibor bo'lingan, hafsala ketgan bo'ladi.
Avtoulov va yo'l qoidalarini yaxshi bilgan odam rulning yonidagi o'rindiqda o'tirsa qiynaladi - haydovchining chamasi bilan uniki to'g'ri kelmaydi, qo'rqadi...
Xuddi shunday Qur'oni karim o'qituvchisi, bo'lib ham tas'hih va tahsin bilan shug'ullanuvchi ustoz, naqadar ohangdor qilib o'qimasin, maxraj va sifatda, ahkomda*, vaqf-ibtidoda haminqadar birini eshitsa, yuqoridagi holatlarga o'xshash holatga tushadi.
Shu fikrni ko'p o'ylab yuraman. Qachon o'ylasam, F.Dostoyevskiyning: "Qasam ichaman, janoblar, ortiqcha bilim sohibi bo'lish - haqiqiy xastalikdir, kamiga shifosiz xastalik", degan so'zi yodimga tushaveradi.
Lekin baribir, bilish orqali yetadigan ozorlar, g'amlar - bilmaslikdagi beg'amlikdan ming karra avlo. Chunki asl halovat - bedorlikdadir.
Beg'amlikdan Alloh saqlasin.
Shu yerda yana bir muhim nuqta: kishi bilaman ekan deb, nuqul ayb izlovchi, ma'nodan ko'ra shaklga ko'p e'tibor beruvchi, injiq va zavqlanolmaydigan biriga aylanib qolmasligi kerak. Odam bu bilan o'zini qiynab qo'yadi, atrofdagilarni esa o'zidan bezdiradi.
Ba'zan biroz kengchilik qilish, shunchaki ko'z yumish kerak.
(Omonat bo'lgan shar'iy va muhim ilmlar, ularga oidlari bundan mustasno, albatta. Unda, shaksiz, yetkazish lozim bo'ladi.)
Ba'zan qiynalmaslik uchun "tajohuli orif - bilgan odamning o'zini bilmaslikka olishi" rejimini yoqib olish kerak bo'ladi. ?
----------
tas'hih - qiroatdagi xatolarni to'g'rilash.
tahsin - to'g'ri qiroatni yana-da sayqallash.
**ahkom - tajvidiy qoidalar
Ne diyeyim papatyam bu hatayı bir kere ablan yaptıydı, sen de yapmışsın.
Haydi geçmiş olsun ?
Shu duo haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Nega haqni haq qilib ko'rsat deya kifoyalanmaganlar? Nega unga ergashishni rizq qilib ber, deb alohida zikr qilganlar, ikkisini alohida sanaganlar?
Men shu savolni ko'p o'ylayman.
Haqni tanish, uning farqiga borish bir narsa, unga ergashish esa boshqa bir narsa, murakkab bir amaldir. Inson ko'pincha to'g'risini biladi, haqiqatni taniydi ammo unga ergashishga o'zida kuch topolmaydi, unga bu borada ilohiy tavfiq yetishmaydi.
Bilishning o'zi qutqaruvchi emas, bilib turib to'g'ri yo'lni tark qilish esa - halok qiluvchidir, Alloh saqlasin. Shayton ham haqiqatni bilardi ammo unga ergashmagani sabab, bilgani unga foyda bermadi.
Endi agar haqiqatni tanishning yoniga unga ergashish, bo'yinsunish ham qo'shilsa, Allohning fazli bilan, bandani saodatga eltuvchi natijaga erishish mumkin bo'ladi.
Shuning uchun ham yuqoridagi nabaviy duoda faqat to’g'ri yo'lni ko'rsat, deb emas, balki unga ergashishni ham nasib et deb duo qilinyapti. Chunki asl maqsad bilish emas, bilganiga amal qilishdir. Bilish - amal qilishga ko'prikdir. Eng ishonchli ko'prik.
Rosululloh sollollohu alayhi vasallam hech bir narsani o'zlaridan gapirmasdilar, ummatlariga shariatdan o'rgatganlarining bari VAHIY edi.
Ushbu duo ham bizga vahiy ila o'rgatilgan, ijobat bo'lganda bandaning ikki dunyosi go'zallashadigan duodir. Alloh taolo kitobida aytganidek:
لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِى رَسُولِ ٱللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُواْ ٱللَّهَ وَٱلْيَوْمَ ٱلْءَاخِرَ وَذَكَرَ ٱللَّهَ كَثِيرًا○
"Batahqiq, sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo'lganlar va Allohni ko'p zikr (yod) qilganlar uchun Rosulullohda go'zal o'rnak bordir." Ahzob, 21.
•Ey Alloh, Sen bizga haqni haq qilib ko'rsatgin va unga ergashishni nasib et!
•Bizga botilni botil qilib ko'rsatgin va undan chetlanishni nasib et!
•Uni bizga chalkash qilib qo'ymagin, yo'qsa biz adashib qolamiz!
•Ey Alloh, Sen bizga xayrlisini nasib et!
•Xayrlisining farqiga borivchi fahm nasib et!
•Xayrlisiga rozi bo'luvchi qalb nasib et!
Amin!
#shunchaki
Tanlagan va rozi bo'lgan narsangga munosibsan.
#sabab
Kishining o'zi bilan yuzlashishga yuzi yo'q bo'lsa, boshqalarning xatolari bilan o'ralashib o'tiradi.
Oscar Wild
Psixologiyada qiziq gap bor ekan:
"Sen e'tirof etib, taslim bo'lganingdan so'ng ham tortishuv davom etaversa, demak, muammo - narigi tomonda".
Chalg’ish qidirib keladi
Meni qidirib keladigan kontentdan qochib yurardim. You tube algoritmi, instagram lentasi va storislar, reels va shortlar. Oldimdan chiqib qolganini emas, qidirib topganimni ko’rardim.
Telegramni yangiladim va kontaktimdagilar storislari telegramda paydo bo’lib qoldi.
Ish bitirish uchun telegramga kirasiz — tepada storislar yig’ilib turibdi. Qiziqib bosasiz.
Instagramdagi storislar muammo emasdi. Hech kim instagramga ish bitirish uchun kirmaydi. Telegramdagi bu o’zgarish esa haqiqiy chalg’ituvchi bo’ldi.
Yaqinlarning holatini bilib turishning yomon joyi yo’q. Shunchaki, o’z hayotingizni qurayotganingizda — boshqalar hayotini tomosha qilish faqat xalaqit beradi.
Endi chalg’ishlar yanadi ko’payadi.
Fokus qilib ish qiladiganlar, fokus qilib ilm olayotganlar, oldinga o’tib ketasiz. Telegram storislariga ham turib bera olsangiz bo’lgani.
Yana bir gap - telegramga storis qo’shilgani bizga muhim qoidani eslatdi:
Chalg’ish sizni qidirib keladi, haqiqiy ilmni esa, qidirib borish kerak.
©Aziz Rahimov
#hulasetül_kelam
Olgunlaşmak hem tuhaf, hem güzel bir şey. Her şeyi olduğu gibi kabul ediyorsun. Anlatsalar dinliyor, seninki doğru diye geçiyorsun. Ne bir şeyi ispatlamaya, kendini sevdirmeye, onaylatmaya çalışır, ne de bunu sana yapmayanlara küsersin. Güzelce gülümseyerek geçer, unutar, yargılamak yerine anlamaya çalışır bir halin olur.
Neden diye sormazsın. Her kesten her şeyi beklersin. Hani Dostoyevsky'in dediği gibi:
"Olgunlaşmak, hiç bir şeye şaşırmamaktır."
Demek ki insanı büyüten yaş değil, yaşadıklarıdır.
Kafan rahat olur, sıfır stress. Boş verirsin. Bazı en önemli şahıslar da sıradanlaşır. Onlara hayır dediğinde için sızlamaz artık.
Bu hale gelene kadar olacağın olur ama. :)
Bence olgunlaşmak - acının sonucu, hem münasip mükafatıdır.
Maktabda o'rganganimiz eng muhim narsa - eng muhim narsalarning maktabda o'rganib bo'lmasligidir.
©Haruki Murakami
Hozirgi zamonda ayol ishlab mustaqil pul topishi, bolalarini o'zi boqa olishi va moliyaviy jihatdan erdan bеhojat holatda bo'lishi bag'oyat maqtaladigan maqomga aylandi, o'shanday ayollarga " kuchli" unvoni bеriladi. Unday ayollar davralarning to'rida qaddini g'oz tutgancha jiddiy qiyofa bilan boshqalarga nasihat qilish va aql o'rgatishni o'ziga ravo ko'radi. Oilaviy muammolarga uchragan ayollarga " vot imеnno shuning uchun ishlab pul topishingiz kеrak" dеya maslahat bеradi.
Aslida qanday edi? Aslida ming yillar osha Islom tarixida ayol kishi oilasini boqishi nari tursin loaqal o'zini o'zi eplashga majbur bo'lmagan. Ayolning ta'minoti qizligida otasining bo'ynida,otasi bo'lmasa aka-ukasining , bobosining, amakisining,tog'asining yoki akasining zimmasida bo'lgan. Turmushga chiqqandan kеyin esa eri uning nafaqasiga mas'ul bo'lgan. Eri vafot etsa yoki ajrashsa yana qaytib dadasi, bobosi, aka-ukasi , tog'asi va amakisining zimmasiga tushgan. Bularga qo'shimcha endi o'g'li yoki nabiralari ham unga qarashga majbur bo'lgan. Hеch qachon ayol o'zini o'zi boqishga majbur bo'lmagan. Mеn hozirgacha shunday oilalarni bilaman, er 200% ta'minlaydi.
Ayol ham ishlab o'zini ta'minlash va ayni paytda bola tug'ib ularni parvarishlash majburiyatini еlkasiga olgandan bеri ro'shnolik ko'rgani yo'q. Hozirgi zamondagi " kuchli ayollar"ning havas qilinadigan joyi yo'q, tеridan sal chuqurroqqa kirsangiz ich-ichidan o'zini baxtsiz his qiladi. Chunki qachonki inson o'zi uchun mo'ljallangan vazifa qolib boshqa narsa bilan ovora bo'lsa shunday iztirob chеkishi tabiiy hol. Karеrasiga mukkasidan kеtgan ayollar ham shunchaki o'zini chalg'itib yurganini anglab oxirida nadomat qilgan holatlarini Angliyada ko'p uchratdim.
Hozirgi holatga ayollar aybdor emas. Qachonki erkaklar o'z mas'uliyatini va majburiyatini chiroyli bajarib qo'ysa o'z o'zidan ayollar o'zini xavfsiz his qilib ayollik maqomida turishdan qanoatlanadi va erkak bo'lishga ehtiyoj sеzmaydi. Hozirgi qilinayotgan harakatlar ostida " agar erim yaxshi chiqmasachi?" dеgan xavotir bor holbuki ayol kishi uchun eridan tashqari yana nasab bo'yicha 8 xil erkaklar himoyachi bo'lishi kеrak. Ana shu erkaklardan kamida bittasi o'z vazifasini bajarsa va Alloh ularga omonat qilib topshirgan ayolni ( xoh u qizi , xotini, jiyani, singlisi , onasi yoki momosi bo'lsin) tashlab qo'ymasa ayol hеch qachon xoru zor bo'lmaydi inshaolloh. Erkaklari haqiqiy erkak bo'lgan oilalarda ayollar rohatlanib yashashini ko'rdim. Erkaklari mas'uliyatni bo'yniga olmaydigan oilalarda esa ayollar zo'riqib yashashini ko'rdim.
Faiziddin Mu'min
Qanchalar yaxshi ko'rsang ham, ko'rmagan yuzing sekin-asta unutiladi.
Baxt - mahbubingga yaqin bo'lishdir.
O'rhan Pamuk
قناة احمد علي على تيليجرام ( شروحات تقنية ، تطبيقات ، أفلام ومسلسلات ، خلفيات ، و المزيد )
Last updated 1 year, 3 months ago
يرمز تيليجرام إلى الحريّة والخصوصيّة ويحوي العديد من المزايا سهلة الاستخدام.
Last updated 1 year, 4 months ago
- بوت الإعلانات: ? @FEFBOT -
- هناك طرق يجب ان تسلكها بمفردك لا اصدقاء، لا عائلة، ولا حتى شريك، فقط انت.
My Tragedy Lies With Those Things That Happen in One Second And Remain
- @NNEEN // ?: للأعلانات المدفوعة -
Last updated 1 year, 5 months ago