Oson Marketing

Description
1000$ lik kurslardan ham qimmatli bilimlarni bepul oling.

Marketingni professional darajagacha sodda tilda o'rganing!

Real misollar, strategiyalar va mijozlarni jalb qilish usullari bilan bo'lishaman.

Takliflar uchun: @hitrocs
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 year, 6 months ago

Ideaga qoyil lekin👏****

Shunda Payme Usain Boltdan deyarli 2x tezmi?😅

@oson_marketing - 1000$ lik kursdan yaxshiroq!

1 year, 6 months ago
**Shunchalik qiyinmikan-a?**

Shunchalik qiyinmikan-a?

Xalqaro kompaniya O‘zbekiston bozoriga kirib, nahotki 1 ta o‘zbek tilini biladigan kopirayter olmasa!

ChatGPT ham bundan yaxshi tarjima qilib berardi, menimcha Google Translatedan olishgan.

Tez orada 1 ta kopirayter yangi ishli bo‘lishiga ishonaman😅

O‘zlariga jo‘natib qo‘yinglar)

@oson_marketing - 1000$ lik kursdan yaxshiroq!

1 year, 6 months ago
1 year, 6 months ago

Xarid qilishda ta'sir o'tkazuvchi insonlarni aniqlang!

Yuqoridagi postda maqsadli auditoriya sifatida ota-onalarni olganmiz. Lekin qaysi biri xarid qilishda asosiy rolni o'ynaydi?

Bizni keysda asosiy qaror qabul qiluvchi sifatida - onalar olindi(70-80%). Ular mahsulot dizayni, rangi, xavfsizligi va qulayligi bo'yicha ko'proq qayg'uradi.

20-30% holatda otalar qaror qabul qiladi. Ular ko'proq mahsulot sifati, chidamliligi va narxi haqida qayg'uradilar.

Hamda bevosita va bilvosita boshqa qaror qabul qiluvchi insonlar ham bo'ladi. Bobo-buvilar, amma-holalar, qo'shnilar deganday.

Huddi shu holatlar ham hisobga olinishi kerak.

#marafon - 9/30

@oson_marketing - 1000$ lik kursdan yaxshiroq!

1 year, 6 months ago
**Marketingda birinchi qadam nima bo'ladi?**

Marketingda birinchi qadam nima bo'ladi?

Bolalar mebellari ishlab chiqaradigan kompaniya sifatida ish boshlaymiz. Har qanday ishni boshlashda eng birinchi qiladigan ishingiz tahlil va tadqiqot bo'lsin.

Avvalo maqsadli auditoriyangizni to'g'ri aniqlang. Sizning butun marketing strategiyangiz ushbu insonlarga mos va muammosiga yechim berishi kerak. Agar boshidan xato qilsangiz, barcha ishlaringiz behuda ketadi.

Keling endi o'zimni ishim bilan tanishtiraman. Bolalar uchun mebellarni maqsadli auditoriyasi kimlar?

Umumiy qilib aytganda, 12 yoshgacha farzandi bor bo'lgan ota-onalar.

Yana ham chuqurroq fikrlasak, ushbu auditoriyani 3 ta kategoriyaga ajratsak bo'ladi.
1️⃣ Yangi ota-onalar (chaqalog‘i bor oilalar)
2️⃣ Farzandi 3-7 yosh bo‘lgan oilalar
3️⃣ 7-12 yoshli bolalari bor oilalar

Umumiy qilgandan ko'ra, bularning har biriga alohida taklif va muammolariga yechim bersak marketing yanada samaraliroq bo'ladi.

Shuningdek, demografik tomonlama ham tahlil qilishingiz kerak bo'ladi. Batafsil yuqoridagi rasmda ko'rishingiz mumkin.

#marafon - 8/30

@oson_marketing - 1000$ lik kursdan yaxshiroq!

1 year, 6 months ago

Marafon endi haqiqiy realityga aylanadi!

Bilaman, nazariy bilimlar tashlayverilganidan zerikib ketgan bo’lishingiz mumkin.

Endi yanada qiziqarli bo’ladi. Sizlar bilan bir biznesni 0 dan birgalikda ko’taramiz.

Nazariya bilan birgalikda endi o’zimni qilgan ishlarimni ham bo’lishib boraman.

Ana sizlarga tayyor shablon bo’ladi. O’zingizni biznesingizda qo’llash uchun ajoyib imkoniyat.

Qanday biznes deb o’ylaysiz?

1 year, 6 months ago

Barcha harakatlarimiz behudaBiz behisob kitoblar sotib olamiz, seminarlarda qatnashamiz, juda koʻp darslar olamiz. Sanoqsiz podkastlar tinglaymiz.

Lekin hammasi behuda. Agar oʻrganayotgan narsamiz asli nima ekanini aniq bilmasak, barcha harakatlarimiz behuda.

Oʻrganish - qatnashish, tinglash yoki oʻqish emas. Shunchaki bilim olish ham emas. Oʻrganish - bu bilimingizni shu bilimga asoslangan harakatga aylantirishdir. Boshqacha aytganda, u oʻzgarishni anglatadi.

Oʻrganish oʻzgarish demakdir. Agar oʻzgarmagan boʻlsak, demak, oʻrganmabmiz.

Siz bugun nima oʻrgandingiz?

@oson_marketing - 1000$ lik kursdan yaxshiroq!

1 year, 7 months ago

Kichik va o'rta bizneslar marketingi - minimal harajat, maksimal foyda!

To'g'ridan-to'g'ri undovchi marketing - kichik biznesni kam mablag' bilan raqobatdosh qila oladigan marketing usullaridan biri hisoblanadi.

Bu shunday usulki, unda siz sarflagan harajatingizga yarasha natija olasiz. Masalan: marketingga sarflangan har 100 ming so'm uchun siz sotuvdan 1 mln so'm foyda olasiz.

Bu bo'lajak mijozning aynan bir muammosini yechishga qaratilgan bo'lib, u maxsus bilim va maslahat bilan o'z yechimini topadi.

Ushbu marketing usuli bo'lajak mijozni ma'lum bir harakatni bajarishga undaydi, masalan: sizga SMS yozishga, qo'ng'iroq qilishga, telefon raqamini yozib qoldirishga yoki buyurtma berishga va hkz.

To'g'ridan-to'g'ri undovchi marketingning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular haqida keyingi postlarda ma'lumot berib o'taman.

#marafon - 7/30

@oson_marketing - 1000$ lik kursdan yaxshiroq!

1 year, 7 months ago

Bitta reklama, bitta maqsad

Maqsadli marketingni boshlash uchun biz ikkita asosiy elementni inobatga olishimiz lozim.
1. Reklamadan maqsad nima?
2. Reklamaning asosiy nishoni nimaga qaratilgan?

Reklama berishdan maqsad odatda mana shunday bo'lishi mumkin:
• Brending;
• Nomni tanitish;
• Savdo;
• Mijozlar qo'ng'iroq qilishi va hkz;

Bu maqsadlarning deyarli hammasi bir-biridan farq qiladi va siz bitta reklama bilan bularning barchasini amalga oshira olmaysiz. Xo'sh unda qanday usul qo'llash kerak?

Eng yaxshi usullardan biri - bitta reklama, bitta maqsad. Agar reklamadagi biror narsa maqsadga erishishda yordam bermayotgan bo'lsa, u ortiqcha bo'ladi va undan voz kechish kerak. Reklamadagi har bir joy qiymatga ega, undan maksimal foydalanish kerak deydiganlar aslida mijozni jalb qilishdan ko'ra uni chalg'itib qo'yadi.

Reklama maqsadini aniqlab olgach, uni ko'rgan mijozga nimani yetkazishi haqida o'ylash kerak. Ya'ni xabarni o'qigan odamdan nima qilishini kutasiz? Telefon qiladimi yoki saytga kirib ro'yxatdan o'tadimi? Siz unga keyingi harakatini aniq aytishingiz kerak, "bizga qo'ng'iroq qilishdan ikkilanmang" degan noaniq gaplardan yiroq bo'ling.

Ular nima qilish kerakligi va buning evaziga nima olishini aniq qilib ko'rsating. Shuningdek, ularga buni amalga oshirish uchun bir nechta variant bering.

Masalan, agar mahsulotga buyurtma berishni xohlayotgan bo'lsangiz, bo'lajak mijozga buni bir necha yo'l: qo'ng'iroq qilish, online buyurtma berish yoki boshqa usullar orqali amalga oshira olishi kerak. Shuning uchun ularga o'ziga qulay bo'lgan usulda harakatlanish imkoniyatini bering.

#marafon - 6/30

@oson_marketing - 1000$ lik kursdan yaxshiroq!

1 year, 7 months ago

Kichik ko'lmakda katta baliqqa aylanasiz

Tor bozor — aniq bir auditoriyaga mo'ljallangan biznes kategoriyasining ixtisoslashgan bir bo'limi. Tushunarsiz-a? Keling jaydaricha qilib tushuntirman.

Masalan, taomlanish joylarini olaylik. Bu bozor juda keng: milliy taomlar, yevropa taomlari, fast-fudlar, pitseriya, turk taomlari, gummaxonalar va shunga o'xshash boshqa turdagi taomlarni taklif etadi.

Agar biz mana shu subkategoriyalardan birini olsak, misol uchun pitseriya, shu bizning tor bozorimiz bo'ladi. Bu esa faqat pitsa yeyuvchilar uchun mo'ljallangan bozor bo'ladi.

Xo'sh savol, nega biz bozorni bunchalik toraytirib, cheklashimiz kerak?

  1. Mablag' cheklangan. Juda keng auditoriya olinsa, marketing kuchini yo'qotadi, natija esa kam bo'ladi.

  2. Sizning reklamangizni bo'lajak mijoz ko'rganda - "Vavv, bu men uchun" degan taassurot uyg'otishi kerak.

Bu ko'plab xizmatlarni bir vaqtda taklif qila olmaysiz degani emas, har bir xizmat bo'yicha alohida marketing yondashuv kerakligini bildiradi.

Bitta tor bozorda ustunlikka erishganingizdan keyin, boshqa bir serdaromad bozorni topib biznesingizni kengaytirishingiz mumkin.

Xuddi, Akfa kompaniyasi kabi. Boshlanishiga faqat rom ishlab chiqarish bilan boshlangan biznes, hozirda lampochka, zapchastlar, universitet va boshqa turdagi bozorlarni egallagan.

#marafon - 5/30

@oson_marketing - 1000$ lik kursdan yaxshiroq!

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid