Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 day, 7 hours ago
✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"
Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!
REKLAMA: @aslfutbol_reklama
INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol
Last updated 3 days, 10 hours ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 3 months, 1 week ago
Ушбу ҳар бири минг бетдан ортиқ еттита китоб Абу Райҳон Беруний илмий мероси билан боғлиқ 170 та китобдан бир нечтаси холос.
Шундан 143 тасини Беруний ўз қўли билан ёзган. Ҳар бир китоб ўз соҳаси бўйича юнонлардан то XI асргача бўлган маълумотларни ўзида жамлаган.
Юздан ортиқ китобни ёзиш учун Беруний қанча китобни ўқиган бўлиши керак?
Унинг аниқ фанларга оид китобларининг барчаси таржима эмас, балки Берунийнинг янги услубларда кузатув ва тадқиқот натижаларидир.
Турли ўнлаб соҳаларда ўз даврининг энг илғор илмларини жамлаган олим қаёқда-ю, битта ресторан тарихини ўрганган тадқиқотчи қаерда, масаланда.
Бугун Берунийнинг ҳар бир асарининг ўзи ўнлаб PhD тадқиқотлари учун манба бўлмоқда.
Китобни уқувчи бўл, тўпловчи эмас,
Ки офат келса китобни сақлаб бўлмас.Абу Райҳон Беруний. "Сайдана"
"Қисқаси нима демоқчисиз, шунда?"Мени энг ёмон кўрган саволим мана шу.
Мен китоб ўқиганда одатда китоб муаллифининг хулосасидан кўра, ушбу хулосага келиши учун қандай тафаккур қилгани ва қандай далиллардан фойдаланиб шу хулосага келгани кўпроқ қизиқтиради.
Яъни китобни ўқиш сизни энциклопедик манба (хотира)га эмас, балки тафаккур эгаси (процессор)га ҳам айлантириши керак.
Муаллифнинг илмий салоҳияти ҳақида айнан шундай, унинг тафаккур ва усулини ўрганиш билан баҳо берасиз. Тафаккур ва усулни билмасангиз, сиз учун Абу Ҳанифа раҳимаҳуллоҳ ҳам, Шайх Ютуб Блогерий ҳам бир хил фозил кўринаверади.
Куни кеча устоз Ҳусайн қори билан бўлган суҳбатда ҳам Имоми Аъзам Абу Ҳанифанинг ана шу хислатлари, яъни далилларни ўрганиш, тафаккур қилиш ва хулоса чиқариш салоҳияти ҳақида кўплаб мисолларни келтирилди.
Тавсиям шу, агар сиз илм йўлида бўлсангиз, сизни якуний хулосадан кўра, унга келиш йўлларини кўпроқ ўрганинг.
Hozir to'xtang-da, ijtimoiy tarmoq va telegramda siz kuzatadigan kanallar, guruhlar, shaxslar va mavzularga nazar soling.
Ana shu narsa sizning saviyangizni, amal kitobingizdagi narsalarni belgilaydi.
Keyin o'zingizga savol bering:
Men bu saviyam bilan umrimning qolgan qismida nima ishlar qila olaman?
Har bir tirik qolgan kunimiz bizga berilgan imkoniyatdir.
Abbosiylar xalifaligiPaygʻambar alayhissalomning amakisi Abbos ibn Abdulmutallib avlodidan boʻlgan Abbosiylar sulolasi milodiy 750-yilda hokimiyat tepasiga keldi. Xalifa Mansur 762-yilda xalifalik poytaxtini Iroqda yangi qurilgan Bagʻdod shahriga koʻchirdi. Qadimgi Bobil shahridan shimolroqda joylashgan Bagʻdod shahri keyingi besh yuz yil davomida Islom olamining poytaxti boʻldi.
Dajla va Firot daryolari oraligʻidagi unumdor yerda bunyod etilgan doirasimon shahar Sharq va Gʻarbni bogʻlovchi xalqaro tijoriy yoʻllarning chorrahalaridan biriga aylandi. Tijoriy aloqalar tufayli poytaxt Bagʻdodda turli madaniyat vakillari oʻrtasidagi gʻoya va tajribalar almashinuvi hamda bilimlar rivoji jadallashdi.
Xalifa Horun ar-Rashid (hukmronligi 786‒809 yillar) poytaxt Bagʻdodda yirik kutubxonaga asos soldi. “Bayt ul-Hikma”, yaʼni Donishmandlik uyi deb olgan ushbu maʼrifat maskani xalifa Maʼmun tomonidan (hukmronligi 813‒833 yillar) ilmiy markaz ― Maʼmun akademiyasiga aylantirildi.
Bagʻdod shahri oʻrta asrlarda dunyoning eng yirik ilmiy markazi sifatida jahon ilm-fan, madaniyat va sanʼatining rivojlanishida muhim rol oʻynadi. Noyob manbalar xazinasi hamda ilmiy-tadqiqot markazi sifatida “Bayt ul-Hikma” dunyoning turli mintaqalaridan turli madaniyat va eʼtiqodga mansub mutafakkirlar, olimlar, tabiblar, matematiklar, astronomlar, diniy ulamolar, faqihlar, tarjimonlar, shoirlar, tarixchilar hamda sanʼat va sanoat vakillarini oʻziga rom etdi.
Abbosiylar sulolasi vakillarining ilm-fanga boʻlgan muhabbati, ilmiy-tadqiqotlarni targʻib qilishi hamda olim va mutafakkirlarni qoʻllab-quvvatlash xislatlari bilan Islom sivilizatsiyasi tarixida ilm-fan homiylari sifatida tanildi.
?"O'zgaramiz kitoblar bilan" marafoni 5-bosqichni boshlash arafasida...
?Ilmiy suhbatlar
?Manfaatli kitoblar
?Kitob tahlillari
?Ahil jamoamiz ko‘magi bilan o‘zingiz uchun yangi ufqlarni kashf etishga tayyormisiz?
Biz jamoamiz bilan xizmatingizga shaymiz, siz-chi oʻzgarishga, oʻzingizni isloh qilishga tayyormisiz?
O‘z kasbining usta mutaxassislari, jamiyatimizning oldi kishilari suhbatlaridan bahramand bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang!
Marafonda ishtirok etish shartlari:
1⃣ @nega_ozgardim telegram kanaliga obuna boʻling
2⃣ Ushbu postni 3 ta telegram kanaliga yoki guruhiga yuboring. ( Egasidan ruxsat olib)
3⃣ Postni yuborganingiz tasvirlangan screenshotni @ozgaramiz_qabuli ga yuboring va maxsus link bilan ishtirokchiga aylaning
❗️Qabul 20-fevralgacha davom etadi.
PS: Pdf qo'llanma pullik
Ilhom manbaiAlloh taoloning kalomi bo‘lgan muqaddas Qur’oni karim oyatlarida va Payg‘ambar alayhissalomning hadislarida ta’limga yuksak e’tibor qaratildi hamda insonlarni ilm olishga kuchli targ‘ib qilindi.
Islomning oltin davrida musulmonlarning ilmiy izlanishlar qilishida va ilm-fanni rivojlantirishida Qur’oni karim va hadisi sharifdagi ta’limotlar asosiy ilhom manbai bo‘ldi.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir”, dedilar (Ibn Moja rivoyati). Musulmonlar yaratilgan narsalarni o‘rganish orqali Yaratganning ma’rifatiga yetishish mumkinligini bildilar. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda “Kimki ilm izlab yoʻlga chiqsa, Alloh uni jannatga boshlabdi” deyiladi.
Bundan tashqari, Islom dinining shar’iy ahkomlari va ibodat shakllari musulmonlardan tabiiy bilimlarni bilishni talab etdi. Dunyoning turli mintaqasida yashayotgan musulmonlardan namoz o‘qish uchun Makka tarafga yuzlanishi, namoz, ro‘za va Hajj amallari vaqtini to‘g‘ri aniqlashi, zakot va sadaqalarni to‘g‘ri hisoblash talab etilardi. Natijada musulmonlar astronomiya, geografiya, geometriya, matematika kabi fanlarni o‘zlashtirishi zarur bo‘ldi.
Islom dinidagi diniy va tabiiy bilimlar o‘rtasidagi ana shunday uyg‘unlik islom dinining keng yoyilishi va ilm-fanning rivojlanishida asosiy omillardan biri bo‘ldi. Imom Buxoriy “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay!”, deganlaridek, ikki dunyo saodatiga erishishni istagan har bir musulmon diniy va dunyoviy fanlarni birdek o‘rganishni diniy mas’uliyat hamda dunyoviy taraqqiyotga eltuvchi vosita sifatida qabul qildi.
*©️ O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyi uchun*
Islomning oltin davriIslom dinining VII asrda nozil bo‘lishi ortidan Roshid xalifalar davridan (632-661) boshlab Islom xalifaligi jahonning eng qudratli va rivojlangan davlati sifatida shakllana boshladi. VIII asr o‘rtalarida Abbosiylar xalifaligi tashkil topgach, xalifalik poytaxti Damashqdan Bag‘dodga ko‘chirildi hamda jahon tarixida Musulmon Renessansi, yoxud “Islomning oltin davri” deb nom olgan munavvar davr boshlandi.
Islomning oltin davrida musulmon olamida ilmiy, madaniy va iqtisodiy taraqqiyot kuzatildi. Islom xalifaligining Xitoydan Ispaniyagacha bo‘lgan ulkan hududlarni birlashtirgani hamda davlat miqyosida ilm-fanga bo‘lgan e’tibor natijasida musulmonlar Bobil, Misr, Xitoy, Hind, Rim, Yunon va Fors kabi qadimgi sivilizatsiyalarning ilm-fan yutuqlarini jamlash, o‘rganish hamda rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Musulmon olimlar, muhandislar, tarjimonlar va mutafakkirlar qadimgi xalqlardan qolgan ilmiy merosni tadqiq qilish va uni saqlab qolish bilan birga san’at, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, adliya, adabiyot, jamiyatshunoslik, falsafa, aniq fanlar va texnologiyalar rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Islom sivilizatsiyasi dunyoning ilm-fan, tibbiyot va ta’lim markazi sifatida ko‘plab mutafakkirlarni o‘ziga jalb qildi.
Islom diyorida xalifalar ilmiy-tadqiqot markazlariga asos solib, unda turli madaniyatlarga mansub olimlarni jalb qilgan holda turli tillarda yozilgan ilmiy asarlarni to‘plash, saralash hamda arab va fors tillariga tarjima qilishni yo‘lga qo‘ydilar. Miloldiy 820-yillarda xalifa Maʼmun tomonidan Bag‘dodda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikma”, yani Donishmandlik uyi ana shunday ilmiy markazlarning dastlabkisi edi. Bir necha yillar davomida bu akademiyaga markaziyosiyolik Muhammad Xorazmiy va Ahmad Fargʻoniy rahbarlik qildilar.
IX-XII asrlarda musulmon olamida, jumladan Markaziy Osiyoda roʻy bergan yuksalish islom dinidagi e’tiqod va so‘z erkinligi, Islomning ilm-fan, ezgulik, tinchlik, mehnat va bagʻrikenglikka daʼvati bilan izohlanadi.
Turklar nimaga bayrog'ini sevadi?
Ilm-fan taraqqiyoti darsliklardan boshlanadi. Darsliklar o'quvchilarni ilmga chorlashi, ularga hayotta kerak bo'ladigan mavzularni qamrab olishi hamda fozil jamiyatni shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
Turkiya darsliklari misolida Alohida mavzuda alohida suhbatlashdik.
Bizqayerda xato qildik?Muammolar ildizi haqida gapirar ekanmiz masala har doim ta'limga borib taqaladi. Chunki hammasi shu yerdan boshlanadi.
Yaxshi va sifatli ta'lim olgan har bir kadr o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi turli sohalarda o'zgarish, rivojlanish qilishga sabab bo'ladi. Aks holda, adolatsizlik, korrupsiya va boshqa salbiy holatlar odatiy jarayonga aylanib qoladi.
30 yildan buyon muammolar ichida qolayotgan"Ta'lim" sohasi bizni fikr yuritishga, xatolarimizni tahlil qilishga undaydi. Bu mavzuni "Alohida mavzu"ning navbatdagi soniga olib chiqishga qaror qildik.
Suhbat premyerasi bugun 20:30 da "Alohida mavzu"ning YouTube kanalida bo'lib o'tadi.Havola: https://youtu.be/fbJrLOSVbd4
Telegram
Alohida mavzu
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 day, 7 hours ago
✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"
Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!
REKLAMA: @aslfutbol_reklama
INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol
Last updated 3 days, 10 hours ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 3 months, 1 week ago