Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Fozil Omonov

Description
- In the name of God…

- @fozil_adk ga yozing !
Advertising
We recommend to visit

10K🏃‍♀️🏃‍♀️🏃‍♀️🏃‍♀️5K

Last updated 11 months, 4 weeks ago

‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ vs ’ vega store.

Last updated 1 month, 2 weeks ago

ENG ISHONCHLI SAVDO KANAL 🇺🇿🇹🇷🇷🇺🇸🇦

RESALLER: ♻️

@WELCOME_GARANT
@WELCOME_RESALLER



REVIEWS: @WELCOME_OTVIZ ‼️
OFFERTA: @WELCOME_OFFERTA‼️

Last updated 1 month, 2 weeks ago

1 week, 1 day ago

Meni men istagan inson suhbatiga arjumand etmas
Meni istar kishining suhbatin koʻnglim pisand etmas...

©️ Alisher Navoiy

@omonoffozil

1 week, 2 days ago

Baxt or qadar

6 yoshligimda maktabga borganman. Tabiiyki, menda tanlov bo'lmagan, ota-onam aytgan ustozda o'qiganman.

5-sinfda maktabimni o'zgartirganman. O'sha vaqtda yuqori sinflarga sifatliroq ta'limni beradigan maktabga ko'chib o'tganman. O'sha vaqti qaysi sinfda o'qishim bo'yicha tanlov berilgan, o'ylab o'tirmasdan B sinfni tanlagandim.

Univerga topshirishda ham oldinda tanlov bor edi. O'zim Diplomatiyada o'qishni istaganman, lekin atrofimdagilarning maslahati bilan "yuridicheskiga" topshirganman.

Ota-onam Samarqand shahrida o'qishimni xohlashgandi. Ammo, qaysarlik qilib Toshkentda o'qishni tanlaganman.

Hayotda shunaqa vaqtlar bo'ladiki sizni tafakkur qilishga majbur qilib qo'yadi. Ba'zida o'ylab qolaman: 1- sinfligimda o'zbek sinfga emas, rus sinfga borganimda nima bo'lardi? 5-sinfda B sinfni emas, D sinfni tanlaganimda nima bo'lardi? Oliy ta'limda Toshkentni emas, Samarqandni tanlaganimda nima bo'lardi?

Aslida yuqoridagi kabi holatlar hayotning bir qismi xolos. Bundan tashqari yana qancha shunga o'xshash vaziyatlar bo'lib turadi.

Tafakkur qilib ko'radigan bo'lsak, hamma narsa "plan" bo'yicha ketayotganligi, bugun qayerda bo'lsak, xuddi shu narsa bundan ellik ming yil oldin yozib qo'yilganligiga yanada ishonchimiz komil bo'ladi.

Bandalarmiz, ertangi kunimiz qanday bo'lishini bilmay turib rejalar tuzamiz: bir yillik, uch yillik va o'n yillik. Aslida, keyingi o'n soniyamizga ham kafolat yo'q. Nima qilsak ham so'nggida basharning bir qismi bo'lib qolamiz.

Shuning uchun ham ahli imlar bekorga aytmaydi: inson o'tgan voqealarga bor e'tiborini qaratmasdan, bugungi kuni bilan yashasagina baxtli bo'ladi. Fikrimcha, baxtli bo'lish rozilikdan kelib chiqadi. Rozilik esa hadeb qadarni so'roq qilmavermasdan boriga boricha yondashishdan paydo bo'ladi.

Hayot shunaqa: hammasi ma'lum, hammasi bir-biriga bog'liq - sababchi biz va harakat qiladigan ham biz.

@omonoffozil

1 week, 3 days ago

O'rtog'im etadi boshing bo'lsin, u toshdek
Yashagin haddingdan oshmay.
Lekin qara kim sani oshnang
Chalg'imagin qalamqoshga,
Oshna...

Shokir - Tosh🎵

@omonoffozil

1 week, 4 days ago

Tasavvur qil. Toshmat qaysidur univerda "special" guruhda o'qiydi. Bir kun tadbirga chaqirib qolishadi, dars vaqtlaridan tashqari. Lekin, u kelmaydi, aniqrog'i kelishga iloji yo'q - ishi bor, ingliz tilidan kursga qatnashadi. Mas'ul shaxslar Toshmatni tadbirga kelmaganligi uchun "tarbiyaviy xona"ga chaqirishadi. Ammo, Toshmat buniyam ignore qiladi. Va u o'z talabalik vazifasidan tashqari bo'lgan bitta shu harakati uchun "oborib - olib kelinadi".

Tassavvur qilishing shart emas. Axir, bu - O'zbekiston. Va O'zbekistonda hamma narsa bo'lishi mumkin.

@omonoffozil

2 weeks, 1 day ago

Nargiza yaxshigina mavzuni “ko’tarib chiqibdi”. Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lgan mualliflik huquqi.

So’nggi yillarda yurtimizda mualliflik huquqiga nisbatan munosabat anchayin o’zgargan. Oddiy kitoblar misolida buni ko’rishimiz mumkin.

Ammo, sanaladigan kamchiliklar ham yetarlicha. Mana masalan postda aytilgan kino bilan muammo ham bor. Tanishlarimning ko’pchiligi shu kinoni telegram platformasi orqali ko’rib chiqishganini aytishdi.

Shuningdek, telegram platformasida Sport kanalidan yoki boshqa kanallardan futbol o’yinlarini jonli ravishda ulab berishadi. Siz ham men ham kanallarning transliatsiya bo’yicha qandaydur kelishuvi yoki shartnomasi bor ekanligiga ishonmaymiz.

Bundan tashqari, chet el kinolarini o’zbek tiliga tarjima qilib o’z ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qiladigan jamoalar ham son mingta. Kim ishonadi ular kinoga nisbatan mualliflik huquqiga ega insonlar bilan kelishuv tuzganiga?

Kinolarni sifatli formatda ko’rish imkonini beruvchi saytlarni aytmasam ham obunachilar juda yaxshi bilishadi. Xullas, misollar va muammolar juda ko’p, lekin yechim juda kam.

Ushbu vaziyatda asosiy rol o’ynovchi faktor bu huquqiy ongning rivojlanmaganligi deb o’ylayman. Askiga olib biz ham o’sha jonli translatsiyani yoki tarjima kinolarni telegram kanallarda ko’ramiz. Noqonuniy ekanligini 100% bilamiz, huquqiy ongimiz shakllangan, ammo shu joyda huquqiy madaniyat bilan bog’liq muammo yuzaga chiqadi.

Demak, ushbu sohada tartibga solinadigan narsa faqatgina qonunning o’zi emas ekan. Avvalo, madaniyat va insonlarning munosabati juda ham muhim. Qachonki biz shu ikki xislatni yaxshigina rivojlantira olsak, o’z o’zidan mualliflik huquqi tushunchalari ich-ichimizga singib ketadi.

Masalan, Germaniya tajribasini qo’llab ko’raylik. Germaniyada rasmiy saytlardan boshqa hammasi “ban” qilingan. Umuman kirishni iloji yo’q. Shaxsan o’zim ikki uch marta sinab ko’rdim, o’xshamadi. Agar sizni “illegal” saytlarga kirishga urinayotganizni aniqlab qolishsa, juda katta summa jarimaga tortishar ekan. Shuning uchun ham GOOGLE bilan bog’liq mualliflik huquqi masalalari bu yerda juda yaxshi tartibga solingan.

@omonoffozil

2 weeks, 2 days ago

Murod Rizayev eng saviyasiz sharhlovchilardan biri ekanligini bugungi o'yinda ko'rsatib qo'ydi. Bunaqa sharhlovchilar faoliyatini tugatish kerak. 70-daqiqada aytgan gapi 90 daqiqaga to'g'ri kelmaydi. Bir o'yinchini maqtasa, 5 daqiqadan keyin uning birgina xatosi uchun ustiga mag'zava to'kishdan ham toymas ekan. Vatan o'yini turganda doim qo'llab-quvvatlash kerak. Bu o'yin, hamma xato qiladi. Bratimga shuni tushintirib qo'yish kerak ekan.

P.S #rizayev_out

Rahmat yigitlar!!!

We stand with #Umarali

@omonoffozil

2 weeks, 4 days ago

Germaniyada bugun bayram. Hamma uchun dam olish kuni.

Shu vaziyatdan foydalanib umrimda birinchi marta katta shaharga aylanishga borishni rejalashtirgandim. Albatta, o’zbek yigitlari men bilan birga!

Germaniyada poyezdlar sistemasi bor. “Deutschebahn” deb nomalanadi. Ularga ham bayram bo’lganigami poyezdni juda kechiktirishyapti. 08:49 da ketishimiz kerak bo’lgan poyezd 09:51 ga qoldirilgandi. Keyin yana orqaga cho’zildi.

Odamlarning nolalari yetib bordi shekilli poyezd keldi va mana endi yo’lga chiqyapmiz.

Ha, har bir joyning o’z plyus va minus tomonlari bor. Bu haqida keyinroq batafsil yozarman.

Myunxen o’ylaganimday bo’lasan va yaxshi onlar taqdim qila olasan deb umid qilaman.

🇩🇪Regensburg, Hauptbahnhof. 10:19

@omonoffozil

2 weeks, 4 days ago

Germaniyada hamma narsa ham yaxshi emas!

2 weeks, 5 days ago

Bu videoni shu yerda qoldiraman. Har safar ko'rganda ko'zlarimga yosh keladi.

Gracias Cristiano 🤖!

Hala Madrid🤍👑

@omonoffozil

4 weeks ago
We recommend to visit

10K🏃‍♀️🏃‍♀️🏃‍♀️🏃‍♀️5K

Last updated 11 months, 4 weeks ago

‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ ‌ vs ’ vega store.

Last updated 1 month, 2 weeks ago

ENG ISHONCHLI SAVDO KANAL 🇺🇿🇹🇷🇷🇺🇸🇦

RESALLER: ♻️

@WELCOME_GARANT
@WELCOME_RESALLER



REVIEWS: @WELCOME_OTVIZ ‼️
OFFERTA: @WELCOME_OFFERTA‼️

Last updated 1 month, 2 weeks ago