@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
#Dilso'zlar
Bedor tun
Honamda ozodlik nafasi,
To'rt tomon ozoda sarishta,
Uxlasam pichirlab, turtkilab,
Bomdodga uyg'otgan farishta,
Kulaman yuzimda tabassum,
Yosh bo'lib to'kilar gunohim.
Samoda muallah yumilgan,
Ko'zlarim ochildi Allohim.
Tilimda muqaddas kalimi
Chorlasin Madina ko'chasi,
Bir yilda bir bora mehmondir,
Ko'nglimga baroat kechasi,
Bedor tun shukuhi kezinar,
Joniga jonimni tortishi,
Ul zotni tushimga kirmog'i,
Oldida qadrimni ortishi.
Uyg'onib ketaman seskanib,
Bekordir dunyoyim deganim,
Yetarli men uchun yo robbiy,
Muhammad ummati ekanim.
✍Asadbek Tursunzoda
Bizning manzil: @Beshinch1_Fasl
Sen itfel yigitlarga dil berding,
Ular esa, seni tishladi.
✍Asadbek Tursunzoda
Sogʻinish?
Holimni oladi sensizlik,
Quritib qoʻyadi tinkamni,
Sen sabab koʻp jabr tortkanman,
Bu kammi azizam bu kammi?
Yoʻqotib qoʻyaman hushimni,
Boshlanib ketadi sovrilish,
Doktorni tashxisi qoʻyildi,
Bir qizni uzoq vaqt sogʻinish.
Oʻylashni cheki yoʻq bir qizni,
Halovat topmayman kechasi,
Bormasam boʻlmaydi shu bugun,
Kutadi bir qizni koʻchasi.
Yarim tun chiqasan alanglab,
Suvlarni shiviri atrof jim,
Urunding bagʻringga bosmoqqa,
Bagʻrimga bosmoqqa urindim.
Jin ursin she'rlarim uyatsiz,
Niqobi yechilgan oʻgʻirimi,
Uyalma tunov kun ming bora,
Oʻpmoqqa urunding toʻgʻrimi?
Jinniman shoirni sogʻi yoʻq,
Ishonib barin tan olaman,
Taqdirdan qochmoq bu nomardlik,
Men seni sogʻinib oʻlaman.
✍Asadbek Tursunzoda
#Yo'l_yozma
NOYABR CHIZGILARI
Erkaroqsan o'jar va tanti,
Muhabbatim dilning qarida,
Barcha tuyg'u bokiralandi,
Noyabrning chizgilarida.
•°•°•°•°
Balki sevgim bunda but ko'rding,
Kelmoq uchun taraddut ko'rding,
Chiroyligim tavallud ko'rding,
Noyabrning chizgilarida.
°•°•°•°
Dil berilgan ishonch qurilgan,
Vadasida sobit turilgan,
Qancha sevgi o'lib tirilgan,
Noyabrning chizgilarida.
•°•°•°
Ko'p urishib qolganmiz jonim,
Ko'z qarashib borganmiz jonim,
So'ng yarashib olganmiz jonim,
Noyabrning chizgilarida.
•°•°•°
Kulishingdan sarmast bo'lgandim,
Pok ishqingni rost deb bo'lgandim.
Yuragimni sovg'a qilgandim,
Noyabrning chizgilarida.
•°•°•°
Dilning yo'li faqat to'g'ri yur,
Ming shukurkim bahtimiz butun,
O noyabr senga tashakkur,
Bizni go'zal chizganing uchun.
✍ Asadbek Tursunzoda
Bizning Manzil: @Beshinch1_fasl
Tushun menga ogʻir sensiz yashamoq,
Seni tinch qoʻymayman ololmaysan tin,
Toki sen halolim boʻlguninggacha,
Begona koʻzlardan uzoqroq yurgin.
Ishongin biror bir chorang qolmagan,
Jonginam beraver taqdiringga tan,
Bir kuni yonimga kelishing bilib,
Shaharlik qizlarni sevmay turibman.
Uzun sochlaringni raqsi oʻzgacha,
Sevgi bor yuragim dukurlarida,
Ikki oshiqlarni baxtini koʻrdim,
Goʻzal kulguchingni chuqurlarida.
Yoʻlingni tikilgan koʻzlarim nursiz
Taqdiri azallar haqning qoʻlida,
Men seni eshitgim kelyabdi uzoq,
Gaplashib olaylik sevgi tilida.
✍️ Asadbek Tursunzoda
°Umrimning daqiqalari°
Yerga achchiq yosh toʻkar bulut,
Daraxtlarni boshi egik jim,
Tuproq qayta loylanganida,
Yodga tushar kim ekanligim.
Vaqt oz qoldi, keladi Ya Kun
Yuguraman yahshilik sari,
Tugab borar oʻtkani sayin,
Umrimning daqiqalari.
M/f Asadbek Tursunzoda
Seni soʻrab
Goʻzal she'rlar yozayabman oqshomlari,
Gohi darddan yolgʻon ertak toʻqiyabman,
Kechalari mijja qoqmay Hodoyimdan,
Seni soʻrab taxajjudlar oʻqiyabman.
Bor va yoʻqni orasida turishing baxt,
Shodonlikka yoʻyma yolgʻon kulishimni,
Tushlaringda ayon qilib qoʻysin Xudo,
Seni soʻrab duo qilib turishimni.
✍️ Asadbek Tursunzoda
#kel_ qiyin boʻlsa ham
Oʻrtada ayriliq yuragimiz gʻash,
Sevgimiz qargʻishga qoladi har kun,
Shunchalar qiyinmi hol ahvol soʻrash,
Oʻlishim kerakmi kelishing uchun.
✍ Asadbek Tursunzoda
https://t.me/+elTHphowtGw5ZjEy
Xaaalq men Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf iymon kitobini yutib olishim uchun shu kanalga obuna bo’ling!
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago