Bobil Kutubxonasi

Description
Reading Because Murder Is Wrong!


Instagram: https://www.instagram.com/muzaffarmirzohid/
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 weeks, 3 days ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 6 months, 2 weeks ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 8 months ago

4 weeks ago
Kecha soat allamahalda bir talabadan shunday …

Kecha soat allamahalda bir talabadan shunday mail kelibdi.

Hurmatli Domla,

Bilaman, ahmoqona tuyulishi mumkin, lekin darsingizdan 10 ball olib yiqilganimni o’qigach qattiq xafa bo’ldim. Bu holatda qo’shimcha biron vazifa bersangiz va u orqali bahoyimni balandlatsangiz bo’larmikan?

Sizni qanchalik yaxshi ko’rishimga qaramay, bilaman, keyingi yil meni darsingizda ko’rishni istamaysiz. Shuning uchun bu vazifa ishi ikkovimizga ham foydali bo’lardi.

Hurmat bilan…

Rosti, vazifani qo’ying, qizning jur’ati uchun ham ellik ball bergim keldi. Odatda, talabalardan kelgan maillarning asosan subject’larini o’qiymiz. Lekin, buni uch martacha o’qidim va “okay girl” deb javob yozdim. Hech yo’q uni ko’rishni istamasligimga aqli yetibdi. Demak, umid bor. 💀

- You need help?
- Desparately.

@bobil_kutubxonasi

1 month ago

Bolaligimda sigirlarimiz bo'lardi. Aslida, har uchta uyning bittasida sigir bor edi. Podaga qo'shardik. Podachi ust ko'chadan hushtak chalib o'tar, biz bolalar esa sigirlarimizni ko'cha boshiga olib chiqardik.
Bir kuni podach oilasini olib Qozog'istonga ishlagani ketdi. Undan keyin mahalladan podachi chiqmadi. Odamlarning mol boqishga vaqti bo'lmagani uchun endi yakkam-dukkam uyda sigir bor. Sut, qatiq qahat.
Bunga nima sabab bo'lgandi?
Chinozni Chinoz qilgan o'sha qadim daryolari bo'g'izlangandi. Tabiiy baliqchilik tugatilib, daryolarda to'g'on ochildi, sun'iy baliq fermalari qurildi. Sohillar tosh zavodga aylantirildi. Natijada, bizning mahalladagi to'qayga suv kelmadi, o't bitmadi. Podachi pul topolmagani uchun emas, podasiga o't berolmagani uchun ketdi.
Bir podachining ketishi ostidagi sabablar... Bir qarashda o'ta oddiy, ammo chidab bo'lmas siyosiy hamdir. Gap faqat iqtisodiy sabablarda ham emas. Chinozning o'zligi yo'qolgandi. Endi u faqat baliq restoranlarida Toshkentdagi boylarni mehmon qiladigan sun'iy istirohat bog'iga aylandi. Endi otam daladan kelgach qarmog'ini olib Chirchiqqa tushmaydi. Endi hech qaysi bola baliq tutgan payt baliq og'irligidan qarmog'ini uzgach o'tirib yig'lamaydi.
Bir daryoning o'limi, bir podachining ketishi. Markes romanlarini eslatadi menga. U baliq fermalari Chinoz emasdi. Qaqrab yotgan daryo izlari Chinoz emasdi. Baliq isi tark etgan ko'chalar, sigirlaridan ayrilib, axlatxonaga aylangan adirlar Chinoz emasdi. Daryolarga qo'shib bolaligimizni ham bo'g'izlashgandi...

Va, Markes aytganidek, kunlardan bir kun shaharchaga qandaydir begona kirib keladiyu barini yakson qiladi...

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

1 month ago

Qizilishtonni hamma xalqlar uning daraxt gavdasini tumshug’i bilan teshib, ichidagi qurtlarni yeyishiga asoslanib nomlaydi. Masalan, turkchada ağaçkakan - daraxt teshar, inglizcha woodpecker - daraxt cho’qigich.
Biz esa uni qizil oyoqlaridan ilhomlanib qiziqilishton deb ataymiz.

Shu yerdan ham bilsangiz bo’ladi, o’zbek xalqi sizni qilgan ishingiz emas, kiygan ishtoningiz yo tashqi ko’rinishingizga qarab baholashini.

Qizilishton uchun adolat.
Mehnat mehnatdir.

@bobil_kutubxonasi

1 month ago

Fikrlashga Jur’at Et!

Biz ko‘rib turgan bugungi rivojlangan dunyo har narsani so‘roqlashdan qo‘rqmaydigan, xurofotlarga qarshi chiqa oladigan, dunyoni o‘zgacha ko‘z bilan ko‘ra oladigan, yangiliklar qilishga intiluvchan, telbalarcha tasavvurlarga boy, fikrlashga jur’ati yetguvchi insonlar tomonidan barpo etilgan. Ishonchim komil, bizning oramizda ham xuddi shunday ishtiyoqmand yoshlar talaygina. Ularning qo‘llariga bilim manbai bo‘lib xizmat qiluvchi kitoblarni tutqazsak bas. Aynan shunday mas’uliyatli vazifaga ozmi-ko‘pmi o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida "Cosmos Books" Nashriyotiga asos soldik.

Cosmos nashriyotining asosiy maqsadi ham o‘zbek jamiyati orasida ilmiy fikrlashni rivojlantirish, yoshlar orasida fantastik dunyolar haqidagi taassurotlarni yaratish, fikrlashga tashna kitobxonlarga klassik adabiyot durdonalari-yu falsafiy tafakkur namunalarini taqdim etish, geek madaniyatining sarhadsiz dunyosini o‘smirlar hayotiga olib kirishdan iboratdir.

Nashriyotimizda asosan quyidagi 3 turkumni o‘z ichiga olgan kitoblar nashr qilinadi:

CosmoScience — ilmiy-ommabop, ilmiy va falsafiy adabiyotlar;

CosmoGeek — fantastika, ilmiy fantastika, sarguzasht, manga, komiks, manhwa, mifologiya va dahshat janrdagi romanlar;

CosmoClassic — rus, amerikan, nemis, yapon va boshqa xalqlarning klassik adabiyot durdonalari, badiiy-falsafiy, detektiv va she’riy adabiyotlar.

Asli nashriyot ochilganiga bir yil bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, podadan oldin chang chiqarmaslik maqsadida tarjima kitoblarimiz yakunlangunga qadar bu haqida e’lon berishni afzal topmadik. Endi esa yangi kitoblar va kelajakdagi rejalarimiz haqida keyingi postlarimizda ma’lumot berib boramiz.

Gapning indallosi shundaki, ayni damda uzoq va mashaqqatli yo‘l bo‘sag‘asida turibmiz. Sizdan yagona umidimiz — savol berishdan, izlanishdan va ilm o‘rganishdan to‘xtamang. Muhimi Fikrlashga Jur’at Eting. Shu orqali bizga ko‘maklashgan bo‘lasiz.

@cosmosbooks

1 month ago

Yaxshi bir ish bo'ldi. Bo'lishgim keldi.
Anqarada Qiziloy nomli tashkilot bor. Bu tashkilot qon kerak bo'lgan bemorlar uchun turli shohobchalarda odamlarni donor bo'lishga undaydi. Olingan qon tahlil qilinib, kerakli bemorlarga beriladi.
Qiziloyga qon berish Anqarada an'anaga aylangan. Qon berish orqali agar gemoglobiningiz yaxshi bo'lsa, hech qanday zarar ko'rmaysiz. Qaytanga, tahlillar asnosida qoningizda nimadir kam bo'lsa, bilib olasiz. Gemoglobiningiz kam bo'lsa, shundoq ham o'zlari qon olishdan avval barmog'ingizdan olingan bir tomchi qon tahlili orqali darrov aytishadi.

Ishqilib, universitetda uch-to'rt kishilik do'st guruh bu yilni yaxshi sh bilan boshlaylik, dedik. Markazga bordik. Hamma jarayonlar bitgach, gemoglobinimizni tekshirgan hamshira yonimizga keldi va mening ismimni o'qidi.

- Qon guruhingizni bilarmidingiz?
- Ha.
- Bu qon guruhining kamyobligini bilarmidingiz?
- Hech qiziqib ko'rmabman.
- Qon guruhingiz chindan kamyob. Avval juda qiynalardik.

Bundan, ehtiyojmandlar uchun xursand bo'lsam, boshqa tarafdan Xudo ko'rsatmasin ertaga menga nimadir bo'lsa ishim qiyin, deb qo'ydim.
Qon berdik. Uyga qaytdim. O'zbekligimga borib, garchi hamshira biz juda kam olamiz, organizmingizda qon kamayishi deyarli sezilmaydi, uch kunda tana olingan qonni qaytadan ajratadi, desa ham jigar qovurdim.)))

Bugun markazga bergan telefon raqamimga sms keldi. Qonim turli tekshirish va qayta ishlashlardan o'tgach, Turkiyaning Sakarya viloyatidagi oqqon kasaliga chalingan yetti yashar qizaloqqa berilibdi. O'zimdan faxrlandim. Albatta uning kimga berilishi meni dahldor qilmasdi. Bemorning yoshi, jinsi bo'lmaydi. Lekin, bir murg'akka ketgani boshqacha ta'sir qildi. Ham, qonning kamyobligi sabab anchadan beri kutishayotgan ekan. Qizcha to'liq tuzaladimi bilmadim. Eshitishimcha, bu kasallikka chalingan bolalar uchun qon bilan birga hujayra va ilik donorligi ham kerak ekan. Uni esa askarlar va shunga o'xshash kuchli kishilardan olishadi. Mayli, oz bo'lsa-da yordamim tekkani ham baxt.
Erkaklar 4 oy, ayollar esa 3 oy oraliqda, 18 yoshdan oshgan va 50 kilogramdan og'ir bo'lish hsarti bilan qon berishlari mumkin ekan.

Bizda ham shunday donorlik markazlari bordir. Siz ham qon berib, kimgadir umid bo'lishingiz mumkin. ?

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

1 month ago
1 month, 1 week ago

Bugun bakalavrlarniyam o’zimniyam imtihonlarim bitdi. Qayta topshirishga qoladigan bo’lsalaring kirmalaring, dedim.

Dobby endi ozod ?

1 month, 1 week ago

Qishlog’idan mehr ko’rmagan bola ulg’aygach, o’sha mehr taftini his qilish uchun qishlog’iga o’t qo’yarmish…
Ba’zan qilayotgan ishim shu emasmikan, deyman.

@bobil_kutubxonasi

1 month, 1 week ago

Shu postga ko'zim tushib qoldi. Va, postdagi ishlatilgan til qiziq tuyuldi.
Diniy ekstremizm va terrorga hammamiz qarshimiz. Sekulyar sifatida men-ku mayli, lekin ekstremistik bir taassurotning yaralishi eng avvalo dindorlar zarariga ishlaydi. Mayli, buni bir chetga qo'yamiz. Diniy bilimi bo'lmay bahsga kirish nafaqat davlat qonunlari, balki insoniy-ahloqiy qoidalarga ham zid. Bu hamma masalaga tegishli. Tarix, ilm, san'at... Bilimingiz bo'lmasa, o'zingizni sharmanda qilmang, ozodligingizga rahna solmasin bu jaholat, ham, bu qilig'ingiz bilan yurtimiz musulmonlari sha'niga tushgan dog' ham bo'lmang.

Faqat meni o'ylantirgani ikkinchi xatboshidagi katta harflar bilan yozilgan ogohlantiruv. Biz qachon siyosat, davlat mafkurasi va siyosatchilar, davlat xodimlari hamda vakolatli organlarga qarshi kayfiyat uyg'otamiz? Tanqid va tahqir orasidagi chegara qayerda? Va, eng achchiq savol shuki, haqqoniy tanqid va buzg'unchi tashviqot orasidagi chegarani amaldorlar belgilaydimi yo xalqning o'zi? Shu savolga javob berilgan payt demokratik baholash o'z o'zini ifodalagan bo'ladi.
Deputatlar, vazirlar, hokimlar... Tuhmat qilish, davlat xizmatini buzib ko'rsatish, mafkuraviy kuduratni qo'zg'atish albatta jinoyat. Ammo, bajarilmagan va'dalarni so'roqlash, adolatsiz qarorga qarshi chiqish, ostida siyosiy elitizmga yarashmaydigan avom adovati yotgan ishlar bo'yicha tanqidiy fikr bildirish...

O'zbekistonda senzuraning borligi va yo'qligi haqida gaplashgandik qachonlardir. Va, bu suhbat oxirida shunday xulosa qilgandik: Davlat tomonidan belgilab berilmagan senzura senzuraning eng beshafqat shaklidir. Qonunan senzura yo'q, ammo yozilmagan qoidalar bor. Ularni buzganingda o'zing bilib buzdingmi yo bilmay farqi yo'q, kaltak kelib boshingda sinaveradi.
Yuqoridagi ogohlantiruvda ham shu muammo bor. Qanchalar yaxshi niyat bilan yozilgan bo'lmasin, har kim uni o'z maqsadida ishlataveradi.
Bir hokimga tuhmat qildingmi? Marhamat, jazolan. Ammo, u hokim qilgan yomonlikni haqli ravishda tanqid qilganingda ham aynan mana shu g'aliz ogohlantiruv, qayerdan boshlanib qayerda tugagani noma'lum cheklov sabab umring xazon bo'lishi hech gapmas.

Qonunlar va davlatga oid cheklovlarning tili aniq va tiniq bo'lishi shart. Toki, har kim uni o'zi istaganidek moslab olavermasin.
Holbuki, demokratik ifoda erkinligi kishilarning uni qanday tushunishi yo umumiy/an'anaviy qoidalar, shaxsiy xohishlar doirasida emas, bevosita aniq belgilangan qoidalar asosida ishlaydi.

Ps. Rasul Kusherbayev men hurmat qilgan siyosatchilardan. Ushbu xabari va xalqni o'ylab ko'rsatgan ogohligi uchun ham minnatdorlik bildiraman.

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

1 month, 1 week ago

Audiokitob tinglashni odat qildim.
Kasbiy kasallikmikan bilmadim, lekin nima o’qisam yo eshitsam, ichimda o’zbekchaga tarjima qilib ketaveraman.
O’tgan kuni Sally Rooney’ning “Intermezzo” romanini tinglash asnosida qiynalayotganimni sezdim. Romanni miyamda o’zbekchalashtirishga qiynalayotgandim.
Keyin tushundimki, “Taxtlar O’yini” va “Qirollar To’qnashuvi” sabab tarjima tilim tarixiylashibdi. Zamonaviy asarlardagi til meni qiynayotgandi. Qadimgi diyorlar, tarixiy atamalar, saroy lisoni… Bularni o’gira turib, kundalik o’zbekcha o’rniga turkiy nafas ufurib turgan, nisbatan she’riy o’zbekchaga sho’ng’igandim.
Avvaldan hech narsa deb bo’lmaydi, lekin zamonaviy asar o’girolmasam kerak. Fantastika, tarixiy asarlarga o’granibdi tilim.
Bu yomonmi? Albatta yo’q. Qaytanga o’zimni erkin his qildim. Chunki, avval hamma o’qigan kitoblarimni “bu tarjima bo’lishga arzirmikan” deb o’qirdim. Endi esa zamonaviy asarlarni faqat o’zim uchun o’qishim mumkin. Yo’qsa, bugungi romanlar tarjimasida ham “minba’d”, “muntazir” kabi so’zlarni ko’rib qolishingiz mumkin.)

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 weeks, 3 days ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 6 months, 2 weeks ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 8 months ago