Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 months ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 5 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 7 months ago
«Биип, биип...» Э, ярамаслар, яна ўша нарсани тикиб қўйишибди.
Шкафни очиб, осилган кийимларни бирма-бир тита бошладим. «Биип, биип, биип...» Товуши бунча совуқ? Асабни адо қиляпти! Нима кераги бор?! Ҳа, мана топдим - костюмнинг ички чўнтагида худди заҳирадаги тугмачадек қадалган экан. Қандай ўчираман буни? Қаерини босиш керак? Тўхтамай бипиллаб қулоғимни еди-ку бу!
Бир амаллаб мосламани кийимдан узиб олдим. Тирноғим билан чиғаноқ очгандек ажратяпман... Ажралди. Ичида биргина сим ва қандайдир чипга муҳрланган қўрғошин. Симни уздим. Бўлди, энди товуши чиқмайди. Қутулдим.
«Бииип, бииип, бииип!!!»
Вой, нима бўляпти ўзи? Полга ўша нарсани уриб, оёғим билан янча бошладим. Ўчмади. Хонадан чиқиб кетдим. Товуш таъқиб қила берди. Нимадир бўлди... Қоронғулик. Ёнимда телефонимнинг уйғотгичи бипиллаб ётган экан. Ҳайрият! Ҳайрият!
Ўтириб, ўйга толдим. Тавба... Қанчадан-қанча "муаммоларимизни" мана шундай ўчирмоқчи бўламиз. Уйғониш кифоя экан.
ChatGPTga berayotgan savollaringni koʻrsat, kimligingni aytaman.
U mamlakat bir paytlar koloniya bo‘lgan. Keyinchalik, sekulyar millatchilar rahnamoligida mustaqillikka erishgan. Milliy eyforiya tugadi, mustaqil davlatchilik qurish mashaqqatlari boshlandi.
Kechagi milliy qahramonlar tobora sulolaviy xonlar va sultonlarga aylanib bordi, butun hokimiyat (va boyliklar) tepadagi bir oila va uning son-sanoqsiz qarindoshlari qo‘lida jamlandi. Fuqarolar mustaqillik va’da bergan natijani o‘z hayotida sezmadi, mustaqillik bilan bog‘liq umidlari puchga chiqdi. Xususan, sobiq xo‘jayin o‘rniga kelgan mahalliy elita milliy boyliklarni xususiylashtirib, G‘arbga tashib ketdi.
Madaniyat mo‘rtlashdi, quruq “ma’naviyat va ma’rifatga” aylandi, odamlarning xo‘rlanishi va tahqirlanishi odatiy tus olib, jamiyat beqarorlashdi.
Osmonning musaffoligini saqlab qolish uchun “siloviklarga” juda katta imtiyoz va erkinliklar berildi, buning natijasida maxsus xizmatlar yoki harbiylar “davlat ichida davlatga” aylandi.Barcha uchun majburiy, tushunarli qonun-qoidalar o‘rniga “ponyatka” bo‘yicha yashash urf oladi. Do‘stlarga hamma narsa, dushmanga qonun taklif qilindi. Shaffof o‘yin qoidalarini o‘rnata olmagan (istamagan) hukmron elita "lyubaya biznes harasha" va "mendan keyin to‘fon bosmaydimi" kayfiyati bilan yashadi.
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy istiqbol yo‘qligini birinchi bo‘lib sezgan ziyolilar bu jamiyatdan “surdi”. Brain drain natijasida, iqtisodiy, siyosiy va madaniy kelajak haqiqatdan ham barbod bo'ldi, ortda qolgan barcha uchun imkoniyatlar cheklandi, toraydi. Jamiyat har tomonlama primitivlashdi.
Boshqa jo‘yali e’tiroz shakli qolmagani uchun nohaqliklarga e’tiroz Islomiy lisonda ifodalandi. Islom bu jamiyatda zulmga qarshi turib beruvchi, taskin beruvchi yagona mafkuraga aylandi. Hukmron millatchi sekulyar elita Islom faktori bilan hisoblashish o‘rniga, qatag‘on yo‘liga o‘tdi. Yillar davom etgan tazyiq va qatag‘onlarga qaramay, Islomiy harakatlar kuchayaverdi.
O'z xalqini bostirish, yana ozgina ko‘proq millatni talash maqsadida hukmron elita mamlakatni "harbiy yordam evaziga resurslar" formulirovkasi bilan tashqi kuchlarni jalb qildi, ularning vassaliga aylandi. Va baribir, bir kun, mamlakatni honavayron va qashshoq holda tashlab, ayollarining 3400 poy lyuks tuflilarini yig'ib shaxsiy jetlarida sobiq metropoliyaga qochishga majbur bo'ldi.
Mana shu Yaqin Sharqning yaqin tarixi va agar hukmron elitalar o‘zini yig‘ib olmasa, Markaziy Osiyoni kutayotgan voqealar rivoji.
Nizomulmulkdan yana bir dars. 8 minut
https://youtu.be/rSZImcB_Qy4?si=TBPnPJl-7VLT20Tz
QOʻRQUV
Etno psixologiyadan Siyosiy psixologiyaga
https://youtu.be/jDYajRpEcSs?si=gAztOTgMA1zpNNfQ
AI-dan izlash vositasi qilib ishlatayotganlar uchun perplexity.ai ancha aniq ishlayapti, sinab koʻringlar.
Bugun tongda isroil Tehron atrofidagi ayrim harbiy obyektlarini bombalagan. Jiddiy talofotlar yo‘q. Yangi chiqayotgan gaplarga ko‘ra, isroil Eron hukumatini qachon va qaysi obyektlarni nishonga olganini oldindan xabarini bergan va javob harakatlarnini qilmaslikni so‘ragan. Postmodern "urushlari" va "suiqasdlari".
СССР вақтида, челябинскда хизмат бурчимни ўтаганман
музда йиқилиб қўлим синди
армияни касалхонасида ётибман, тўртинчи қават...
хонамизда ҳар-хил жойи синганлар тўла
мазза эди, қўлим то хизмат муддати тугагунча тузалмаса экан, деб орзу қилганман ўшанда, чунки дембелларни калтакларидан безор бўлиб кетгандим
хонамизда бир дона шохдор қўнғизсимон суварак бор эди...
челябинскда суваракни шунақа мутант тури бор экан...
ҳамма уни эркалатиб, дима дерди
димани жуда яхши боқардик
саратов унидан қилинган нон ушоқлари, семечка мағзи, нима топсак, дима билан баҳам кўрардик.
бир куни иккала оёғи синган аскарни олдимиздаги бўш ўринга ётқизиб кетишди...
эртасига уни кўргани врач хонамизга кирди
бу пайтда дима дераза токчасида нон ушоқларини паққос тушираётган эди...
врач димани кўриб қолиб, "фуууу антитозалик", деб патинкаси билан қува кетди
ҳамма аскарлар бирваракайига "димаааа, қооооч, югуууууур", деб чириллай бошладик...
бир пайт янги келган аскар ўрнидан сакраб туриб, ликиллаб югуриб кетди
униям исми дима экан, менга айтяпди, деб ўйлабди 🤦🏻♂️
бечора шу югурганича, иккинчи қаватга тушиб олибди...
пс. рухсатимсиз ҳикояларимни интернетда ўзингизни номингиздан тарқатманг, рози эмасман
Sun'iy intellekt platformalari, masalan, ChatGPT, Copilot yoki Claude kabi vositalar, kundalik hayotda samarali foydalanish uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratadi. Quyida ulardan ba'zilarini keltirib o‘taman:
Sun'iy intellekt sizga kerakli obidalarning ro‘yxatini tuzib beradi, ularni qanday tartibda ziyorat qilishni va qanday yo‘nalishdan foydalanishni tavsiya qiladi.
Keyin, ushbu savollar orqali bilimlaringizni sinovdan o‘tkazib, natijalarni baholash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Bu usul shartnomadagi nozik jihatlarni tezda tushunishga yordam beradi, lekin har qanday tahlilni shaxsiy fikringiz bilan sinchiklab ko'rib chiqishingiz kerak.
Bu sizga matnni yanada aniqlashtirib, qabul qiluvchiga muvofiq shaklda yetkazishga yordam beradi.
Bu usul orqali murakkab kontseptsiyalarni osonroq tushunishingiz mumkin.
Bu sun'iy intellekt yordamida qo‘lda yozilgan matnlarni o‘qish va tahrir qilishni osonlashtiradi.
---
Yuqoridagilarni o'zim qo'llaganman. Ish sohasida ham ko'p foydalanaman. O'z faoliyatingiz uchun o'ylab ko'ring, AI o'zidan so'rang, qanday yordam bera oladi? Promptlar qilishni o'rganing.
Sun'iy aql tabiiy aqldan foydalanishni samarali, oson va maroqli qiladi.
Сиз истеъмол қилаётган ютубдаги контентнинг кўрилиш сони сизнинг ақлий салоҳиятингиз ўсишига тескари мутаносибликда бўлади.
Яъни, чиндан ҳам билим савиянгизни ошира оладиган видео-контент оз кўрилганлари ичидан чиқади. Ва аксинча, юзаки кайфиятдан бошқасини беролмайдиган видеолар юзлаб минглар ва миллионлаб кўришлар йиғади. Албатта бу жиддий қонун эмас. Аммо бу рус ва ўзбек сегментига кўпроқ тегишли. Синаб кўринг.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 months ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 5 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 7 months ago