Ulugbek Samigjonov | Blog

Description
Shaxsiy tavsiyalarim, tajribalarim va fikr-mulohazalarim
We recommend to visit

· · ─────·〖 ????????? 〗·───── · ·

❰ ☠️ ❱ contact: @JEONASTER_BOT
❰ ☠️ ❱ shitpost: @SHlTPOSTJEON

1 year, 6 months ago

Oxirgi 7 oy davomida sportzalga muntazam qatnashib kelaman. Ertalab soat 7da borib, odatda ikki soat shug‘ullanaman.

Bugun ham odatdagidek bo‘ldi. Aslida, bu qorda va sovuq havoda sportga borish tugul, ertalab erta turishning o‘zi ham men uchun bir mashaqqat 🥶

Fitness yoki sport nafaqat jismoniy rivojlanishga, balki ruhan o‘sishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ertalabdan shunday qiyin vazifani bajarganingizdan so‘ng, kun davomida issiq joyda o‘tirib, deyarli hech qanday jismoniy harakat talab etmaydigan bug yoki feature ustida ishlash ancha oson tuyuladi 🙂

1 year, 6 months ago
1 year, 6 months ago

Newsletter – ma'lum bir mavzuga oid yangiliklar, maqolalar, tavsiyalar yoki foydali ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan email bo‘lib, u odatda obunachilarga muntazam (haftalik, oylik yoki belgilangan intervalda) yuboriladi. Obuna bo‘lgan newsletterlar'im orqali…

1 year, 6 months ago
Bugun OpenAI GPT-4.5'ni [taqdim etdi.](https://www.youtube.com/watch?v=cfRYp0nItZ8) Videodan …

Bugun OpenAI GPT-4.5'ni taqdim etdi. Videodan ko'rish mumkinki model Reasoning (mulohaza qilish) bo'yicha ancha yaxshilangan. Endilikda berilgan savollarga aniqroq, qisqaror va tushunarliroq qilib javob berishni boshlagan.

Hozircha Research Preview ko'rinishida faqat Pro foydalanuvchilar uchun taqdim etilgan. Keyingi haftalarga Plus user'lar uchun ham rollout qilish reja qilingan ekan. Coding bo'yicha ham yaxshilanish bo'lganini aytishdi.

Bulardan kelib chiqib, hozirda AI Startup qilish uchun eng yaxshi davrlardan biri ekanligini ko'rishimiz mumkin.

#news #ai

1 year, 6 months ago

“Menga do‘stlaringni ko‘rsat, men esa kimligingni aytaman.”

Do‘stlarimiz - bizning aksimiz va o‘zimizning tanlovimizdir. Atrofimizdagi insonlarning ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Odatlarimiz, dunyoqarashimiz va maqsadlarimiz ko‘pincha eng ko‘p vaqt o‘tkazadigan insonlarimiz ta’sirida shakllanadi.

Biroq hozirgi davrda do‘stlardan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatuvchi omil – biz iste’mol qilayotgan kontentdir. Ko‘pincha o‘zimiz sezmagan holda vaqtimizning katta qismini turli xil kontent tomosha qilishga sarflaymiz.

Bu jarayonning o‘zi ham "iste’mol" deb ataladi. Xuddi ovqat kabi, qabul qilayotgan kontentimizga ham e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Tanamizni zaharlaydigan yoki salomatligimizga zarar yetkazadigan taomlardan saqlanganimiz kabi, ongimizni buzishi yoki keyinchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kontentdan ham uzoq bo‘lishimiz lozim.

Siz ko‘rayotgan kontent kelajakda qanday inson bo‘lishingizni belgilab beradi. Agar asosan dasturlashga oid materiallarni tomosha qilsangiz – dasturchiga, sportga oid kontent iste’mol qilsangiz – sport mutaxassisiga aylanasiz. Agar ma’nosiz, foydasiz kontent bilan vaqtingizni o‘tkazsangiz...

Shunday qilib, xabarning boshidagi iqtibosni hozirgi davrga moslasak:

“Menga iste’mol qilayotgan kontentingni ko‘rsat, men esa kim bo‘lishingni aytaman.”

1 year, 6 months ago

Farnam Street (umumiy rivojlanish va biznes) – Warren Buffett va Charlie Munger'dan ilhomlanib, Shane Parrish o‘z bilimlarini boshqalar bilan bo‘lishish maqsadida ushbu newsletterni yo'lga qo'ygan.

Tezroq o'rganish (accelerated learning), qaror qabul qilish (decision making), yaxshiroq o‘qish (reading better), shaxsiy rivojlanish (self improvement) va umuman olganda o‘sishingiz uchun kerak bo‘lgan bilimlarni shu newsletter orqali olishingiz mumkin.

Naval Ravikant ham shu newsletter'ni tavsiya etgan. Har yakshanba jo'natilinadi.

Shane'ni yozish uslubiga havas qilaman. Juda qisqa gaplar yordamida, ortiqcha so'zlarsiz, juda ko'p ma'no berish qobilyatiga ega.

#newsletter

1 year, 6 months ago

The Pragmatic Engineer (dasturlash bo‘yicha) – agar sohangiz dasturlash bo‘lsa, ushbu newsletterga obuna bo‘lishingiz kerak. Hozirgi menejerimning sobiq hamkasbi tomonidan yuritiladi.

Gergely Orosz o'zining newsletter'i orqali dasturlash, boshqaruv, startaplar va umuman olganda, soha bo‘yicha juda ko‘p bilimlarni berib boradi. Bepul va pullik shakllarda mavjud. Haftada ikki martta jo'natilinadi.

Yaqinda AI yordamida kodlash va uning sohaga ta'siri bo'yicha maqolani e'lon qildi. O'qishga tavsiya etaman.

#newsletter

1 year, 6 months ago

Newsletter – ma'lum bir mavzuga oid yangiliklar, maqolalar, tavsiyalar yoki foydali ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan email bo‘lib, u odatda obunachilarga muntazam (haftalik, oylik yoki belgilangan intervalda) yuboriladi.

Obuna bo‘lgan newsletterlar'im orqali juda ko‘p foydali bilimlarga ega bo‘laman. Keyingi postlarda obuna bo‘lgan va muntazam ravishda o‘qib kelayotgan newsletter'lar haqida aytib o'tmoqchiman.

#newsletter

1 year, 6 months ago

O'rganishning eng yaxshi usuli – o'rgatish.

Boshqalarga tushuntirish orqali biz yanada yaxshiroq o'rganamiz. Chunki biror mavzuni tushuntira olish uchun avval o'zimiz uni yaxshi anglashimiz kerak.

Shuningdek, bizdan o'rganayotgan odamning savollari bilimimizdagi kamchiliklarni topishga yordam beradi. Shu tariqa, o'rganish jarayoni yanada yaxshilanadi.

Darslik yozish orqali shuni o'zimda his qildim. Har bir mavzuni oddiyroq tushuntirish uchun avval o'zim uni chuqurroq o'rganishimga to'g'ri keldi.

Bu yondashuv bilimni uzoq vaqt esda saqlashga yordam beradi. Chunki yaxshi tushunilgan mavzular tez unutilmaydi.

Siz ham o'rgatishni hozirdan boshlashingiz mumkin. O'qigan kitobingizni yoki o'rgangan mavzularingizni boshqalarga tushuntiring. Agar ular savol bersa, javob topishga harakat qiling.

Hozirdan o'rgatishni boshlang!

1 year, 7 months ago
We recommend to visit

· · ─────·〖 ????????? 〗·───── · ·

❰ ☠️ ❱ contact: @JEONASTER_BOT
❰ ☠️ ❱ shitpost: @SHlTPOSTJEON