@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
O’ylash
Man ko’p o’ylayman, qaror qilishim qiyin. Keskin qarorlar kamdan kam bo’ladi.
Chuqur tahlil, turli tomonlardan hisob kitob qilib xulosa qilaman.
Buni o’zimni kamchiligim deb bilar edim, sababi bu prokrastinatsiyaga ham sabab bo’ladi, vaqt ketadi.
Lekin bir xislat ham bor, qaror qilgach qayta o’ylamayman, o’zim bilan gaplashib, muhokama qilmayman.
Oddiygina ovqatlanishda ham tanlov qilishim qiyin, menyuda ovqat ko’p, ammo tanladimmi o’zgartirmayman, ortga qaramayman!
Tez, keskin qaror qiladigan odamlarga havas qilardim, ammo ko’ryapman ular ham vaqtdan yutqazishadi. Ular qarordan keyin o’ylanib, diqqatlarini vaqtlarini yo’qotishadi.
To’g’ri qaror qildimmi, qayerda xato qildim va h.k o’ylarni ularni yeb bitiradi.
Emotsiyada, puxta o’ylanmay qilingan ishlarda xatolar ehtimoli yuqori bo’ladi.
Xulosadan keyin qaror qilish bilan qarordan keyin xulosa qilishni farqi bor. Xulosa o’zgarishi oson, ammo qarorlar emas!
Kutuv
Ishxonangizda sizga bonus berishdi, siz kutmagan edingiz, birdan quvonib ketdingiz.
Bir ozdan so’ng buxgalter xato hisoblaganini aytib, sizdan bonusni olib qo’ydi. Xafasiz.
Bir oz avval hech nima yo’q edi, hozir ham yo’q. Faqat bu orada sizga deb berilgan bonus qaytib olindi xolos.
Buxgalter sizdan uzr so’rab, sizga yana bonusni qaytarib berdi, yana adashibdi. Endi siz xursand ham, xafa ham emassiz.
Bizning emotsiyamizga kutuv ta’sir qiladi, sizga bonus berishlarini kutmagan edingiz xursand bo’ldingiz.
Sizdan olib qo’yishdi, xafasiz, sababi kutmagan edingiz. Yana berilganda endi avvalgidek xursand emassiz, sababi o’z haqqingizni olgandek his qilasiz.
Bolaligimda bir qarindoshimiz vafot etdi, ammo yaqinlari ko’zida yosh ko’rmadim, sababi u odam 3-4 yillab o’lim to’shagida yotgan edi. Uning o’limi hech kimni hayratlantirmadi.
Biz hayotda kutgan ishlarimiz bo’lmagani sabab xafa bo’lamiz, kutilmagan yangilik esa xursand qiladi.
Xulosa: kutuv qilmang, kutuvsiz yashang, buguningiz mazmunli bo’ladi!
Muvozanat!
Work Life Balance terminini eshitgan bo'lsangiz kerak, ish va shaxsiy hayot o'rtasidagi me'yor!
Xodimlarga Work Life balance kerakligi haqida ko'p aytiladi, bu juda muhim, lekin bo'lajak menejerga-chi?
Ko'pincha menga me'yor kerak, ishdan ortib o'zimni rivojlanishim uchun vaqt topishim kerak, vaqtimni noto'g'ri taqsimlayapman deb o'ylar edim.
Hozir fikrim o'zgargan, agar siz sohangizda rivojlanish uchun ishdan tashqari vaqtga ehtiyojingiz katta bo'lsa, siz noto'g'ri joydasiz.
Sizni ishdan tashqari mashg'ulotlardan ko'ra, ishni o'zi ko'proq rivojlantiradi.
Agar siz yosh, oila qurmagan bo'lsangiz, o'zingizni rivojlantiradigan ishga to'liq sho'ng'ishingiz mumkin.
Hozir ishga kirmoqchi bo'lgan yoshlar ichida, 2-3 yil avvalgi Rustamni ko'raman va jamoaga olmayman.
2-3 yil avvalgi Rusgtamni yoqtirmayman ochig'i, 7 o'lchab bir kesmaydigan xodim edi, qilib ko'rmagan nazariyalari bilan hammani mot qiladigan.
Siz qanday qilishni bilmagan ishlar sizni o'stiradi, kitobdan olingan bilim ham amaliy kartina bo'lmasa yuqmaydi.
Hozir yoshsan, rivojlanmoqchisan, rivojlanish ishdan tashqari mavzularda emas, ishxonani o'zida.
Muammolardan qochma, mas'uliyat ol, qiynalyapsanmi? Zo'r, demak o'rganyapsan, o'syapsan.
Bizni ko'proq o'qib o'rganishimizdan ko'ra, to'g'ri joyda, to'g'ri yo'nalishda bo'lishimiz ko'proq dars bo'ladi!
Savollarga javob nimalar qilishing kerakligida emas, aslida nimalar bilan bandligingda!
Bemaza osh
Dam olish kuni oilaviy ovqatlanishni niyat qildingiz, uyga osh uchun barcha masalliqlarni olib keldingiz.
Osh shirin chiqishi uchun hamma masalliqlarni eng sifatlisini, yaxshisini oldingiz.
Mehr bilan osh tayyorladingiz. Osh pishti, hammani qorni och, hamma kutyapti.
Oshni laganga suzib dasturxonga tortdingiz, ammo osh judayam bemaza!
Hech unday bo'lmas edi, qo'li gul oshpaz edingiz, ammo bu safar bemaza chiqdi.
Siz tuz solishni unutgan ekansiz. Yarim qoshiq tuz sabab bir qozon ovqat bemaza bo'ldi.
Ishda ham sizda kuchli tizim bo'lishi mumkin, yuqori darajadagi strategiya va sharoit, ammo rejani amalga oshirishga yetarli resurs bo'lmasa barchasi bekor.
Resurs bu faqatgina moddiy buyumlar emas, hattoki xodimlarni kompetensiyasi ham bo'lishi mumkin.
Kuchli oshpaz tuz solmaganini tezda payqaydi, aksi bo'lsa bilolmay hayron bo'ladi.
Menejmentda ham yaxshi boshqaruvchi og'riqli nuqtani bittada payqaydi, aksi bo'lsa ko'p noto'g'ri qarorlar qilib qo'yadi.
Bir qadam
Registon xususiy maktabi Farg'ona filialida, abituriyent uchun haftada 2 soat dars oldim.
Har hafta ular bilan uchrashaman. Ularga qarab o'zimni kechagina abituriyent bo'lib yurgan vaqtlarim yodimga tushdi.
Litseyda bir-birimizdan o'zamiz deb, ba'zida litseyda do'stlarim bilan kechasi bilan dars qilib chiqar edik.
Hech qanday telefonsiz, qo'limizda faqat kitob, o'qib o'rganish ham osonroq edi.
Oradan ko'p vaqt o'tmagan bo'lsada, hozirgi bolalarda tafovut ko'raman.
Hozirda juda ko'p yigit qizlar telefonga, ijtimoiy tarmoqlarga bog'lanib qolgan. Diqqat qilishlari avvalgidan qiyin.
Bu holat faqat yosh bolalar emas, balki barchamizda aslida. Hammamiz umrimizni bir qismini telefon bilan o'tkazamiz.
Avvallari boshqalardan o'zish uchun ular qilmayotgan nimadir qilish orqali oldinga o'tish mumkin edi.
Hozir esa boshqalar qilayotgan ishlarni qilmaslik kifoya. Siz bir qadam oldindasiz!
2024
Har nimani o’z xotimasi bor, yakunga kelganida qanday boshlangani yodingga keladi.
Boshlanish va tugash o’rtasidagi barchasi xotiraga aylanadi.
Bir yilda ko’p o’zgarish bo’ldi, o’zimda ham, shaxsiyatimda ham, karyeramda ham.
Bir yil avvalgi odamlar bilan hozir birga emasman, hozir birga bo’lganlarim balki kelasi yil bo’lmas.
2024-yilni hayotimdagi eng band bo’lgan yilim deya olaman. Shu qadar bandki, juda tez o’tib ketdi.
2024-fevral oyi, Registon tibbiyot texnikumini ochdik.
Aprel oyi, Registon litseyi produkti, loyihasi ustida ishladik.
May oyidan boshlab Registon maktabi Farg’ona filiali ishlari boshlandi.
Sentabr oyi, maktab faoliyatini boshladi.
Noyabr, dekabr oyi Registon birinchi bog’chasini Farg’onada ochdik.
2024 kutilmagan o’zgarishlarga va yangi tanishlarga boy bo’ldi. Suv toshdan toshga urib oqqanidek, hayot sizni qanday sinovlar bilan qayerlarga olib borishini bilmas ekansiz.
So’ngida
Siz sayohatga chiqdingiz, yo’lda turli odamlarni, yaxshi yomonni, dengiz va o’rmonlarni ko’rdingiz.
Manzilga yetkach esa ortga o’girilib bosib o’tgan yo’lingizni ko’rasiz.
Kun keladi bu sizning so’ngi kuningiz, so’ngi ovqatlanishingiz, so’ngi bor kim bilandir suhbatlashishingiz bo’ladi.
U kun biz tasavvur qilgandek 80 yoshimizda yotoqda yuqoriga termilib yotganimizda sodir bo’lmasligi mumkin.
Bu har daqiqada bo’lishi mumkin. O’ylab ko’ring vaqtingiz tugadi, sizda ikkinchi imkoniyat, qo’shimcha bir soniya ham yo’q.
Ortga qarab nimalarga afsuslanasiz yoki quvonasiz? Siz harakat qilgan narsalar qanchalik qiymatga ega? Nimalarga ulgurdingiz va nimalarga yo’q?
Bu hayot sizniki, siz egalik qiladigan in’om. Uni qanday sarflayapsiz? Kimlar uchun va nimalarga? O’ylang!
Sayyoh o’z yo’lida turli odamlarni bir zumga uchratganidek, odamlar ham hayotimizda bir muddat bo’ladi xolos.
Hech kim biz tug’ilgandan toki o’lguncha birga bo’lmaydi, bo’la olmaydi ham. Bir birimizga omonatmiz.
Siz bir yil avval birga bo’lgan odamlar hozir siz bilan emas, hozirgi yaqinlaringiz esa bir yildan keyin o’zgarishi mumkin, bu hayot.
Muhimi hayotda uchratganlaringiz hotirasida yaxshi iz qoldirish. Ortga qarab afsuslanmasangiz bas!
Qonli qo'l
Bolaligimda bir film ko'rgan edim, unda podshoh o'z vazirini qatlga mahkum qiladi.
Podshoh shahzodalik vaqtidan buyon vaziri birga bo'ladi, birga vaqt o'tkazadi, o'z do'stidek bo'lib qoladi.
Saltanat va sulola taqdiri uchun vazirini o'limga hukm qilishga majbur bo'ladi.
Vazir vafotidan so'ng qirol o'z xonasida yig'laydi, ko'p siqiladi, behalovat bo'ladi.
Ish vaqtida esa, o'z savlatini tutgan holda, davlat boshqaruvida davom etadi.
Ishda ham bizda shaxsiy hissiyot va ish mas'uliyati bo'ladi.
Mas'uliyatimiz hissiyotimizdan ustun kelishga majbur, sababi hissiyotlarimiz faqat o'zimiz bilan bog'liq, mas'uliyatimiz esa boshqalar bilan.
Vaqti kelib sevimli xodimingiz bilan hayirlashishga majbur bo'lasiz, qo'lingiz qon bo'ladi, buni xohlamaysiz, juda og'ir qaror, ammo majbursiz.
Siz hissiyotlaringizni boshqarmasangiz, hissiyot sizni boshqarishni boshlaydi.
O'sha vaqti qirolni tushunmagan edim.
Chegara
Hayotda turli maqsadlar qo’yamiz, maqsadlarimiz katta yoki kichikligi esa bizning qila olish yoki olmasligimizga bo’lgan ishonchga bog’liq.
Hindistonga sayohatga borgan turistlar yosh bolakay katta finni arqonda yetaklab ketayotganini ko’rib hayron bo’lishadi.
Turistlar u yerdagilardan fil ancha katta, nega bolani tortib ketmaydi deb so’rashadi. Shunda mahalliy odamlardan biri jimlayob “kichikligida tortib keta olmagan” deb javob berishadi.
Yoshligidan arqonda katta bo’lgan fil, kuchga to’lib, katta bo’lganda ham torta olmayman deb o’ylar ekan.
Biz ham hayotimizda juda ko’p ishlarda qila olmayman, men uchun katta degan fikrga boramiz. Buning ostida ikki omil yotadi.
Eng zo’r qoida bu - nima qila olasan bilmoqchi bo’lsang urinib ko’rmasdan qaytma. Xato qilishing mumkin, lekin ongingdagi chegarani yenga olgan bo’lasan!
Barchasi imkonsiz, toki kimdir uddalamaguncha!
Nelson Mandela
#SelfD
@Rustam_Tursunov
Bugun
Inson ko'p o'ylanadi, kelajagi havotirga soladi, o'tmishi esa mahzun qiladi.
Biz ko'p eshitgan gap bu - "buguning bilan yasha". Bugun bilan yashash qanday?
Bugun bilan yashash deganda odatda erta haqida ko'p o'ylamaslik, o'zida boriga rozi bo'lishni tushunar edim.
Aslida esa bugun bilan yashash bugunimizni qanday o'tkazish ekan. Haftalik, yillik rejalar tuzib, bugunni rejalashtirmaymiz.
Bugunimiz hafta, haftamiz oy, oy esa yilga aylanadi, yillar esa umrimizdir.
Kunlarimiz bir xil, kechani qanday o'tkazgan bo'lsak, bugun ham shunday, erta ham shunday bo'ladi.
Buguningiz siz 3 yil avval qo'ygan poydevor mahsuli, hozirimiz esa 3 yildan keyin kim bo'lishimizni belgilaydi.
Cho'qqiga qarab harakatlanayotgan alpinist diqqatini cho'qqiga qaratmaydi, balki oldidagi qadamlarga qaratadi.
Kichik qadamlar, cho'qqiga eltadi. Oldidagi qadamlarga emas, cho'qqiga qarab qadam bosgan alpinist albatta qulaydi.
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago