Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi

Description
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Advertising
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 1 month ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 4 months, 1 week ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 6 months ago

1 month ago
Murojaat bo’yicha olib borilgan o’rganish jarayonlarida …

Murojaat bo’yicha olib borilgan o’rganish jarayonlarida Qumqo’rg’on tumani “To‘g‘on” mahallasida faoliyat yurituvchi “Surxon Shag’al Savdo” xususiy korxonasi tuman hududidan oqib o’tuvchi “Surxon” daryosi sohil bo‘yi hududlarida va suvni muhofaza qilish zonalarida qum shag‘al mahsulotlarini qazib olish taqiqlanganligiga qaramasdan korxona o‘ziga tegishli qum tosh saralash sexini va beton plita ishlab chiqarish sexini faoliyati to‘xtab qolmasligi uchun “Surxon” daryosining sohil bo‘yidagi tuman hokimi zaxirasidagi yer maydonidan ruxsatsiz noqonuniy qum shag‘al mahsulotlarini qazib olganligi aniqlandi.

Korxona mazkur harakati oqibatida O‘zbekison Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”qonunning 35-moddasining talabini buzib, noqonuniy ravishda qazib olingan qum-tosh aralashmasining miqdori hisoblanganda 1649,34 metr kub tashkil etgan.

Qumqo’rg’on tumanida faoliyat yurituvchi “Surxon Shag’al Savdo” korxonasi tomonidan qazib olingan 1649,34 metr kub qum xomashyosini qazib olishi oqibatida tabiatga 29 million 820 ming so’m zarar yetkazilganligi ma’lum bo’ldi.
Shuningdek,o‘rganish davomida ham Qumqo‘rg‘on tumani “Imomtepa” mahallasi hududida joylashgan “Hisor” ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligining “Surxon Sohili” o‘rmon bo‘limi o‘rmon fondi yer maydonidan “Turon Oltin Baliq havzasi” fermer xo‘jaligiga EKO turizmni rivojlantirish uchun ajratilgan yer maydonidan “Turon Oltin Baliq xavzasi” fermer xo‘jaligiga boshlig‘i J.F tomonidan daraxtlarning kam qimmatli bo‘lgan, o‘suvchanligini yo‘qotmagan 9 tup Turong‘ul daraxtlarini tag qismidan va 5 tup Turong‘ul daraxtlarini kesib, o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlantirganlik holati aniqlangan.

Aniqlangan holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, “Turon Oltin Baliq havzasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i J.F ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qaroriga asosan 17 000000 (o‘n yetti million) so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar summasi hisoblangan.
Shuningdek noqonuniy ravishda har bir kesilgan daraxt uchun kompensatsiya tarzida ko‘chatlar ekib berish bo‘yicha “Turon Oltin Baliq xavzasi” fermer xo‘jaligiga boshlig‘i J.F ga majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Mazkur ikki holat bo'yicha to'plangan hujjatlar qonuniy to'xtamga kelish uchun sud organlariga taqdim etildi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko

1 month ago
Rasmiy munosabat.

Rasmiy munosabat.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qumqo’rg’on tumani hududidan oqib o’tuvchi “Surxon” daryosi bo’yida turli xil ekologik muammolar vujudga kelayotganligi, qum -shag’al mahsulotlarini noqonuniy ravishda olinayotganligi bo’yicha e’lon qilingan xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko

1 month ago
2025 йил – Атроф-муҳитни асраш ва …

2025 йил – Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили
16:33
https://uza.uz/uz/posts/2025-yil-atrof-muhitni-asrash-va-yashil-iqtisodiyot-yili_659630

1 month, 1 week ago

📹 Termiz va Sherobod tumanlarida ko‘chat ekish uchun maydonlarni tayyorlash ishlari, Termiz shahrida investitsiyalar bo‘yicha taqdimotlar hamda loyihalar faoliyati bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko

1 month, 1 week ago
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1 month, 1 week ago
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
4 months, 1 week ago

Chinor daraxtini sotish uchun kesgan fuqarolar tabiatga 111 million 520 ming so’m zarar yetkazdi
2024-yilning 11-aprel sanasida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hududida joylashgan “Chak-chak” mobil Yo’l patrul maskanida kunduzgi soat 12:00 da Surxondaryo viloyati Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N. Sh boshqaruvidagi “FAV” rusumli davlat raqami 75 263 BBA bo’lgan yuk avtomashinasi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tuman Ekologiya bo'limi hamda Yo’l patrul xizmati xodimlari tomonidan to’xtatiladi.

Mashina tegishli tartibda tekshirilganda yukxonasida har xil o’lchamdagi chinor daraxtlarining kundalarini noqonuniy ravishda olib ketayotgani aniqlanib, surishtirilganda haydovchi daraxtni Surxondaryo viloyati Denov tumanidan olib kelayotganini aytadi. Holatga oydinlik kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi holat bo’yicha mavjud ma’lumotlarni Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasiga taqdim etadi.

Mazkur holat bo’yicha o’rganish ishlari davomida chinor daraxtini Denov tumani “O’rta qishloq” mahallasida yashovchi fuqaro Q. A tumanning “Qiziljar” mahallasida yashovchi fuqaro I. A bilan hamkorlikda “O’rta qishloq” mahallasida mavjud bo’lgan tana oldi diametric 102 sm bo’lgan, o’suvchanligini yo’qotmagan Chinor daraxtini noqonuniy ravishda kesib, ildizi bilan qo’porib olgani, bu ishni daraxt kundalarini sotib mo’may daromad topish maqsadida sodir etganligi ma’lum bo’ldi.

Gap shundaki, kesilgan chinor daraxtini yaxshigina pullamoqchi bo’lgan shovvozlarga Denov tumani “Qiziljar” mahallasida yashovchi fuqaro A. R baland narxda sotib oladigan xaridor topishda yordam beradi va ana shunday xaridorni tez orada topib beradi. Xaridor Farg’ona viloyati Buvayda tumani “Qoratepa” mahallasida yashovchi fuqaro M. O’ edi. Fuqaro M. O’l chinor daraxtini 19 million 900 ming so’mga sotib olishini aytgan va tezda pulini to’lab bergan.

Shunday qilib, diametri 102 sm bo’lgan chinor daraxti ortilgan yuk mashinasi 9-aprel sanasida Farg’ona viloyatiga jo’natilgan. Ammo qo’shtirnoq ichidagi qahramonlar maqsadiga yetolmadilar. Daraxt kushandalarining noqonuniy harakatiga Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat IIB hamda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan chek qo’yildi.

Holat yuzasidan fuqaro Q. A ga daraxtni kesganligi uchun O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risdagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga binoan BHMning 25 barobari – 8 million 500 ming so’m miqdorida jarimaga tortildi.

Bundan tashqari holat oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar 111 million 500 ming so’mni qoplash majburiyati yuklatildi.

*Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati*

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 1 month ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 4 months, 1 week ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 6 months ago