Jaxongir Xo'jaaxmedov | blog

Description
Siz bir marta yashaysiz. Qayta bu imkoniyat berilmaydi. Uyg'oning.

Savollaringizni @JaxongirXojaaxmedov_bot ga yuboring
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 5 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

3 weeks, 6 days ago

"*Kim odamlardan doimo ayb topish bilan mashg‘ul bo‘lsa, o‘z ayblarini unutadi."

"Insonlar seni qanday baholashidan ko‘ra, Alloh seni qanday baholashi muhimroq."

"Kim odamlarning roziligi uchun yashasa, hech qachon haqiqiy baxt topa olmaydi."

"Odamlarning seni yomon ko‘rishi seni Allohga yaqin qilsa, bu yomonlik emas, balki ne’matdir.*

Imom G'azzoliy

Telegram | Instagram | Facebook

4 weeks, 1 day ago

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh

*Siz munosabatlarda ochiqlik masalasiga qanday qaraysiz?
Siz qanchalik o'z muammolaringiz va rejalaringizni atrofdagilar bilan muhokama qila olasiz?

Muammolar: oilaviy, moliyaviy, juftingiz bilan bo'lgan munosabatlar, iymon zayflashuvidan.

Bunday vaziyatlardan qanday chiqib ketasiz?

Munosabatlarni tahlil qildim.

O'sish uchun ochiqlik muhim omillardan biri ekanligini ko'rdim.

Yopiq shimoliy Koreya tipidagi munosabatlar. Yechimi tayyor muammolarni yechimini qayta yana kashf qilishga o'xshaydi*.

Kanalda ko'pchilik tanishlarim va o'quvchilarim 😄. O'qib chiqib ketmasdan keling fikrlashamiz kommentariyada.

👇👇👇👇

1 month, 1 week ago

#Tushunish.

*Sen qanchalik keng dunyoqarash bilan tushuntirsang ham, suhbatdoshing faqat o‘z fikrlash doirasidagi qismini qabul qiladi xolos.

Suhbat jarayonida gapirgan gaplarimning 50 foizini tushungan, qolganini esa umuman tushunmagan insonlarni ko‘rdim.

Tushungan qismini ham men savollar orqali bilsam, ularning sifati va kayfiyati mening tushuntirgan ma’lumotim bilan ancha farq qildi.

Demak, men tushuntirishda xatolik qilgan bo‘lishim mumkin, deb o‘ylab qoldim.

Balki blogimga yozgan fikrlarimni ham ko‘pchilik tushunmayotgandir.

Demak, tushuntirish uslubimni dehqonchasiga qilishim kerak degan xulosaga keldim.

Ko‘p podkast tinglaydigan, kitob o‘qib, hard skills ustida ishlaydiganlar turli terminlarni oddiy hol deb qabul qilishi mumkin. Lekin shu oddiy o‘zbekcha terminni kimdir hayotida umuman ishlatmagan bo‘lishi ehtimoli bor.

Suhbatda 30 ta tinglovchi bor deylik. Siz ularga 100% ma’lumot berdingiz, lekin har bir odam uni turlicha qabul qiladi. 30 kishi 30 xil foizda tushunadi.

Domlalar ma’ruzalarini minglab odamlar eshitadi. Ularning har biri uni har xil darajada tushunadi va manfaat oladi.

O‘zim uchun qoida qildim:

Odamlarni tushunishim uchun maksimal darajada fikrlash doiramni kengaytirish. Odamlarga tushuntirishim uchun esa maksimal darajada sodda, dehqonchasiga gapirish va yozish.

Albatta, bu suhbatdoshlarga qarab moslashadi.*
Telegram | Instagram | Facebook

3 months, 2 weeks ago

Muomala ilmdan, puldan, mansabdan ustun.
*Ko'p ilmlilarni ko'rdik. Ilmlari kibrga sabab bo'lgan.
Ko'p puldorlarni ko'rdik. Pullariga sig'ingan holda, odamlarni cho'ntagiga qarab muomala qiladi.
Tog‘ut ular uchun pul.

Ko‘p mansabdorlarni ko‘rdik. Mansabi oyog‘ini yerdan uzgan:
"Sen menga nima deyapsan? Men kimman, bilasanmi?" — deydi.

Uchalasining ichidan muomalasi eng yaxshisi, xulqi eng go‘zali bizning hurmatimizga loyiq bo‘ldi.
Ana o‘sha insonlar bizning qalbimizda qoldi.

Ex, kelgan joyini unutganlar.
Ex, borar joyini unutganlar.
Ex, pulingni, mansabingni, ilmingni senga bergan Zotni unutganlar.

Qorinlari to‘q holda, ochlarning holatini "tahlil qiluvchilar".
O‘zlari sog‘-salomat bo‘la turib, kasallarning ahvolini "baholovchilar".

Sizning o‘rningizni Alloh taolo almashtirib, sizni ham faqir, sizni ham zehni past, sizni ham tili chuchik, sizni ham alkash, sizni ham zinokor, sizni ham semiz, sizni ham kofir qilishga qodir edi.

Sizga berilgan ne'mat. Uni qadrlang!
Ko‘zingizni ko‘r qiladigan kibrga yo‘l qo‘ymang. Ne'mat o'zimdan deya bilmagan xolda kibrda qolmang.

Kibrlanmang. Muomalangizni to‘g‘irlang. Avvalo, inson bo‘ling.

Agar o‘lmaslikka, savol-javobga kirmaslikka, qarimaslikka abadiy sertifikat va va'da olmagan bo‘lsangiz, albatta.

Uzr, Marsdan kecha keldim. Fikrlashim tegib ketgan bo‘lsa, xafa bo‘lmang. 3-4 kunda Yerga moslashib olarman..*

Telegram | Instagram | Facebook

3 months, 2 weeks ago

*25 yoshgacha biznes boshlagan biznes forum o'tkazdik.

Juda qiziqarli va insaytlarga boy bo'ldi.

Eshitdim bo'ldi emas.

Keraklilarini amalda qo'llash uchun hamma uchun yozib oldim.

Tadbirga qatnashmagan bo'lsangiz ham lekin insaytlarni o'qishingiz mumkin.

O'zimiznikilarga bo'lishgim keldi*.

3 months, 2 weeks ago

Moliyaviy savodxonlik
*Pul odamni buzmaydi, aslida buzuq bo'lgan nafsiga erkinlik beradi...

Pul ilmi — pulni sizga ishlashni o‘rgatadi.

Moliyaviy yostiq — bu ishlamasa ham 6 oyga yetadigan pul miqdoriga ega bo‘lishdir.
Moliyaviy xavf — daromadimiz xarajatimizdan kam bo‘lishi.

Moliyaviy xavfsizlik — moliyaviy yostiqga ega bo‘lish.*

*Moliyaviy barqarorlik — daromad xarajatdan ikki baravar ko‘p bo‘lishi, ishlamasa ham 12 oyga yetadigan pul bo‘lishi.

Moliyaviy mustaqillik — agar sizning passiv daromadingiz xarajatlaringizni to'liq qoplasa*.

Telegram | Instagram | Facebook

3 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum

O'qimizni qadrdonlarga yaxshi imkoniyatni bo'lishgim keldi.

Taklif kimlarga?

1) Start-up loyihangiz bo'lsa, sizga inverstor kerak bo'lsa.
Agar siz Toshkent xududida bo'lsangiz sizga yaxshi taklifim bor.

2) Siz kontrakt o'qiydigan talaba bo'lsangiz va loyiha qilish, muammolarga kreativ yechim bera oladigan bo'lsangiz.
Sizga yaxshi taklif 1 yillik kontraktingizni to'lab berish taklifi.

3) Siz top manager siz yoki siz mutaxasissiz sizga yaxshi daromadli ishkerak.
Unda sizga top managerlar auksioniga taklif qilaman.

Ba'tafsil kimga shu takliflar qiziq bo'lsa menga aloqaga chiqing.
@jaxongir_xojaaxmedov

Ha murojaat tartibi:
Ism familiya
Aynan qaysi yo'nalishda siz qatnashmoqchisiz ?
O'qish joyi
Yashash manzili
Yosh
Doimiy bog'lanish mumkin bo'lgan raqam.

Sizga tez orada javob beraman.

Diqqat bu habar 23,11,2024 yil soat 10:00 gacha amal qiladi.
Agar bu vaqtdan keyin siz bu habarni o'qigan bo'lsangiz.
Bu loyiha yakunlangan bo'ladi.

3 months, 3 weeks ago

Eng katta baxt xalovat.
*Qalb xotirjamligi, tafakkur hozirda kamayib ketgandek.

Hayotimiz poyga. Robotday fikrlaymiz. Fikrimizni boshqarishadi, media propaganda.

O'zligimizni yo'qotib boramiz.
Sof fitratimiz biz uchun notanish.

Qalb ko'rligi boshlandi.
Gunohlarni bilasiz. Aql buni anglaydi. Lekin qalbda qiynalish yo'q. Qalbni ta'sirchanligi o'lgan.

Vaqt suv kabi o'tadi. Himmat pasayadi. Holatinga qaraysan.
Bosib o'tgan yo'lingda chalg'ituvchi narsalarga lim to'la.

Asl maqsad unitilgan.

Bu paytda qisqa pauza kerak.
Ma'no topish uchun. Yana yurish uchun*.

Telegram | Instagram | Facebook

4 months, 1 week ago

Oxrigacha olib bormaydigan ishlar, mashg'ulotlar bilan shug'illanmang.

Baxt jimjitlikni yaxshi ko'radi.

Telegram | Instagram | Facebook

6 months, 3 weeks ago

Hamma narsa bor. Faqat sen uchun yo'q. *Bugun ko'plab insonlar va davlat xizmatlari bilan ishlashga to'g'ri keldi.

Ba'zi ishlarni bitirish uchun bir necha kun ketishini aytishdi.

Bitta qo'ng'iroq bo'ldi. Hamma ishni cho'zayotganlar hozirni o'zida ishlarni bitirib berishdi.

Hulosa

Uchrashuvga hammada vaqt bor.
Pul kerak bo'lsa albatta unda bor.
Ishlaringni bitirish uchun albatta uni imkoniyati bor....

Faqat sen u uchun muxim inson bo'lsang.

Vaqtining yo'qligi, pulning yo'qligi, e'tibor berishmasligi, kelishgan bo'lsan kelishuvni buzishi, buni hamma hammasi sen ular muhim inson sifatida ko'rishmasligidadir.

O'zingizni muhimlilik shkalangizni ko'taring. Qiymat hosil qiling.

Shunda hamma sizni tinglaydi.
Vaqtlar topiladi.
Zahiralar ishga tushadi*.

Telegram | Instagram | Facebook

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 5 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago