Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago
#التفويض
Fuzayl ibn Iyoz shunday duo qilardilar:
"اللهم إني عجزت عن إصلاح ولدي، فأصلحه لي"
"Allohumma, inniy ajiztu an islaahi waladiy, faaslih'hu liy"
Ey Alloh, men bolamni tarbiya qilolmay qoldim, uni menga O'zing tarbiya qilib ber!
Duo qilaverdilar-qilaverdilar, oxiri farzandlari solih bo'ldi, deyiladi.
Aytadilar-ki, kimki farzandi salohiyatli, tarbiyali bo'lishini istasa, avval o'zi tavba qilsin.
Alloh taolo Kalomida farzand haqiga duo qilishni bunday o'rgatadi:
وأصلح لي في ذريتي
"Va bolamni menga tarbiya qilib bergin..."
Agar Sen uni isloh qilmasang, to'g'ri yo'lga solmasang, O'zingni sevdirmasang, men nima ham qilolardim?!
إني تبت إليك
"Albatta, men Senga tavba qildim..."
Gunohimdan o't, kibrdan, shahvatdan bo'lgan toyilishlarimni kechir, mening qilig'im bolamga yuqmasin...
وإني من المسلمين*
"Va albatta, men musulmonlardanman."
Men Senga ishonganlardan, gunohini e'tirof qilib, Sengagina yukinganlardanman. Sen yordam bermasang, isloh qilmasang, bolamga insof-u tavfiq bermasang, menda na kuch, va na quvvat bor. Albatta, men Senga taslimman!
------
Ahqof surasi, 15-oyatdan
tafviyd (التفويض) - ishni Allohga topshirish
(Updated)
@RobiyaNajmiddinova
4. "Hamma narsa o'ranishdan iboratmi, din o'ranishdan iboratmi, ko'ryapmiz o'ranganlarniyam, o'shanaqa o'ranganimdan ko'ra, umuman o'ramay qo'ya qolaman..." deyotgandirsiz.
Dinga dindorga qarab baho berilmaydi. Din - mukammal, bekam, ammo dindorning kam-ko'stlari bor, xatolari bo'ladi. Hammamiz xato qilamiz, qaysidir shaklda, qaysidir yo'nalishda toyilishlarimiz bo'ladi. Siz - o'zingizga buyurilgan narsani, buyurilgan shaklida qiling, ular - ibratlansin.
O'ranish - nomahramlar qarshisida/jamoat oldida qilinadigan ibodatdir, musulmonlarga nisbatan, ularning ko'zlariga nisbatan qilingan yaxshilikdir, himoya, sharaf va madaniyat libosidir. Ibodatlar - kishining o'zigagina foyda keltiruvchi va ham o'ziga ham boshqalarga foyda keltiruvchiga bo'linadi. Tasattur - ikki yaxshilikni o'zida jamlagan ibodatdir.
5. Eplolmasdan yechvorsam-chi, deb qo'rqayotgandirsiz...
Bu - shaytonning klassik tuzoqlaridan. Qur'on yodlamoqchi bo'lib o'tirsang, "unutvorsang-chi?!", namoz o'qimoqchi bo'lsang, "oying bir o'zi oshxonada", boshqa xayrga boshlasang, "ro'za tut", ro'za tutib charchoqda turganingda - "ko'rdingmi, shundan ko'ra og'izni ochib, quvvatlanib Qur'on yodlash kerak edi...."
Qarabsiz-ki, siz u shoxdan bu shoxga qo'nib, hech birini mahkam ushlamay, umrni o'tkazvorgan bo'lasiz, fursat qo'ldan ketgan bo'ladi. Shaytonga shu kerak.
"O'rab keyin yechvorsam..." qanchalik mumkin bo'lsa, "hech qachon yechmayman!" ham shunchalik mumkin. Biz - mumkinlar dunyosida yashaymiz. Yo'q narsa bilan o'zingizni qo'rqitib, yaxshiliklarni kechiktirmang. Niyatni go'zal qiling, Allohdan yordam so'rang. Zero U Zot yaxshi niyat ila Unga qarab yurgan bandasini tashlab qo'ymaydi!
Qarang, har bir to'siqqa mantiqli javob va yechim bor. Muhimi - Siz ichdan va rostdan istashingiz kerak. Atrofdagilarni bahona qilib, o'zimizdan bechora va qurbon yasamaylik! Izlaganga imkon, izlamaganga bahona topiladi bu dunyoda.
Hozir - Ramazon oyi. Sarkash shaytonlar kishanlangan. Doim bir o'zimizga ikki dushman - nafs va shayton bor bo'lsa, hozir faqat nafs bilan qolganmiz, u ham bo'lsa, ro'zador, charchab qolgan :)
Kurashning ayni vaqti!
Mujodala qilsangiz, yengiladi, inshaAlloh.
Hozir - to'siq yoki to'siq laqabli bahonalarni bir chekkaga surib, qaror qabul qilish vaqti. Ko'p kechiktirmang.
**Munosib deb o'ylaydiganingiz zamon kelishini kutmang. Zamon kelar, unda Siz bo'lmasligingiz mumkin...
Hozir, shu on - eng** munosib!
Tasatturga kirishni - o'ranishni istaysiz, ammo oldingizdagi to'siqlar yo'l qo'ymaydi... Shunday-a?
Keling, shu to'siqlarni bir ko'rib chiqamiz:
1. O'ranish imkoniyatlarimni cheklaydi, deb o'ylayotgandirsiz.
To'g'ri, o'ranish ba'zi holatlarda, ba'zi yerlarda sizni cheklab qo'yishi bor, ammo inson ba'zi o'rinlarda o'z-o'ziga chegara qo'yishi kerakli narsalardan. Chunki HALOL va HAROM degan ILOHIY QONUN bor. Shunga qanchalar amal qilsak, saodat va huzur ichida yashaymiz. Ham halolga haromni aralashtiraman, ham asl halovatni topaman, deb inson o'zini aldamasligi kerak.
2. Atrofdagilar (erim, qaynonam ishxonam, boshlig'im, kazo-kazo o'rtoqlarim vhkz) nima deydi, deb o'ylayotgandirsiz.
Hayotingizdagi barcha insonlar - qo'llab turgan yoki tanqid qilganlar, farqi yo'q - faqat qabr boshigacha siz bilan birga, keyin ustingizdan tufroq tortib, ortga qaytishadi. Uyog'iga hisobni bir o'zingiz berasiz. Hisobni Kimga bersangiz, U bilan hisoblashib yashang. Odamzot - rozi bo'lmasligi bilan mashhur. :)
3. O'ransam chiroyli bo'lmay qolaman-da, qariroq ko'rinaman, odamlar meni xola deb o'ylaydi, deb o'ylayotgandirsiz.
O'randi degani - o'ziga qaramay qo'ydi, xunuk ko'rindi degani emas! Ham farzni ado qilib, ham didli/pokiza/dazmolli/ yarashtirib kiyinib yurish mumkin. O'ranish sizni xunuk ko'rinsin deb emas, go'zalligingizni faqat haqdor inson ko'rsin, har kim ko'ravermasin deb joriy qilingan. Bundan tashqari, ayol kishi badanining bir qismini ochishi, yuzini bo'yashi bilangina chiroyli bo'ladi, desangiz, adashasiz. Bular - o'ziga jalb qiluvchi narsalar. Ammo ayolning asl ziynati, haqiqiy jozibasi - intellektida, dunyoqarashida, tanlagan so'zlarida, o'zini tutishida, xarakterida bo'ladi. Bular - ro'mol bilan to'sib qo'yiladigan narsalar emas.
Davomi bor...
“Fotiha” surasi hamda “Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)” surasi 12-19 oyatlar
“Muhammad Murod eshon” jome masjidi (Taxiyatosh tumani, Qoraqalpog’iston)
“Fotiha” surasi hamda “Ahqof” surasi 28-35 oyatlar
“Muhammad Murod eshon” jome masjidi (Taxiyatosh tumani, Qoraqalpog’iston)
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago